June 20

ONLY MINE

(Endi Ariana oʻrniga Aseul qoʻyaman)

Ofis ichidagi quvnoq kayfiyat endi sekin pasaya boshlagan payt edi. Otasi endi jiddiylashgan ohangda gap boshladi:

— Ha, bolalar... endi bir muhim gap bor edi.

Jungkook va Aseul birdan jim bo‘lib, otasiga qaradi. Mingyu ham yuzidagi tabassumni yo‘qotib, e’tiborini unga qaratdi.

Ota bir zum sukut saqladi, keyin asta dedi:

— Mingyu, bugun kechki ovqatga ota-onangni ham taklif qilmoqchiman. Ular bilan ko‘rishishni istayman.

Aseul yelkasini biroz silkib, hayron qiyofa bilan so‘radi:

— Nega? To‘satdanmi?

Otasi unga sokin va muloyim nigoh bilan qaradi:

— Chunki bu muhim. Men va Mingyuning otasi... uzoq yillik qalin do‘stmiz. Juda ko‘p narsalarni birga boshimizdan o‘tkazganmiz. Bugun kechqurun ularni mehmon qilamiz. Gap bor.

Aseul bir lahza qotib qoldi.

"Gap bor" degani... odatiy gap emasdi. Bu so‘zlar har doim nimadandir darak berardi. Ayniqsa otasi bunday jiddiy ohangda aytsa.

U yuragining urishini eshitayotgandek bo‘ldi. Ko‘zlari asta-sekin Mingyu tomonga qaradi. Mingyu esa jim edi, lekin nimagadir u ham bu taklifdan bexabardek emasdi.

Aseul asta so‘radi:

— Qanaqa gap?

Otasi jilmaymadi. Faqat asta javob berdi:

— Vaqti kelganda bilasan, qizim. Hozircha... tayyor tur.

Aseul ichkarida bir o‘zgarish bo‘layotganini his qildi. Uning nafas olishi chuqurlashdi. Go‘yo hayoti o‘z yo‘lidan chiqib, boshqa bir noma’lum yo‘lga burilayotgan edi...

———

Ota soatiga qaradi, so‘ng Aseul tomon ohangsiz, jiddiy nigoh tashladi:

— Yur, ketamiz.

Aseul indamay bosh irg‘adi. U o‘rnidan turdi, yuragida g‘alati bir tortinish bor edi. Orqasiga qarab, Jungkook va Mingyuga bir zum nigoh tashladi. Ayniqsa Mingyu — u hali ham sokin, lekin nimadandir boxabar qarab turardi.

Aseul hech narsa demadi, otasining yoniga o‘tdi.

Eshik ochildi. Ular tashqariga chiqishdi.

Eshik ortidan sukut cho‘kdi.

Aseul shunday qaragancha ketib qoldi

Aseul va otasi ofisdan chiqib ketgach, eshik ohista yopildi. Xonada yana sokinlik hukm surdi.

Jungkook kresloga cho‘zilib, yengil nafas oldi. So‘ng sal jiddiy ohangda gap boshladi:

— Mayli, endi bo‘ldi. Asosiy gapga o‘tamiz.

Mingyu derazadan uzoqlashib, stulga o'tirdi. Uning nigohi sovuq, ohangi esa odatdagidek sokin edi:

— Shimoliy tomonlarda harakat boshlangan. O‘sha eski odamlar yana paydo bo‘ldi. Ular yana joy so‘rayapti. Biz nazorat qilayotgan hududga.

Jungkook qoshlarini chimirdi:

— Yana o‘sha "Black Serpents"mi?

— Ha. Ular haligacha tirik. O‘ylagandik — tugatdik, lekin...

Mingyu stol ustidagi stakanga qarab, davom etdi:

— Biz yo‘qotgan har bir odam ortidan ular iz qoldiryapti. Bu safar jimgina emas, ochiq urush bo‘ladi.

Jungkook asta bosh irg‘adi:

— Oʻshlarni hammasini yoʻq qilib tashasin rosayam jonga tegdi

— Tushunarli - dedi Mingyu

Bir lahzalik sukut.

So‘ng Mingyu yengilgina stuldan turdi, ko‘zoynagini to‘g‘rilab, eshikka yaqinlashdi. Ketayotib, xotirjamlik bilan, ammo labida kulgu bilan hazillashdi:

— Bo‘pti, endi men... chiroyli bo‘lib kelay.

Jungkook uning ortidan qarab kulib yubordi:

— Hah! Baribir foydasi yo‘q, Mingyu. Qanchalik chiroyli bo‘lishga harakat qilsang ham... singlimning qalbiga kira olmaysan.

Mingyu kulimsirab yelkasini qisdi:

— Yuraklar kalit bilan ochilmaydi, JK. Ba'zida... faqat qarash yetarli bo‘ladi.

U eshikni ochdi va chiqib ketdi.

Jungkook esa yelkasini orqaga tashlab, uzoqqa tikildi.

Kechki payt. Uyda hamma ovqat dasturxoni ustida band edi. Ota va ona mehmonlar kelishini kutishar, Aseul esa jim o‘tirardi. Uning yuragida allaqanday kutish, hayajon aralash hissiyotlar bor edi.

Shu payt otasining telefoni jiringladi. U ekranga qarab, ovozini pasaytirgancha javob berdi:

— Ha, Mingyu?

Uning ohangi qisqa va sokin edi. Aseul boshini ko‘tardi, e’tibor bilan qaradi. U otasining yuz ifodasini kuzatdi — avval jiddiy, keyin esa yengil tushkunlik bilan o‘zgardi.

— Tushunarli. Unday bo‘lsa mayli. O‘zim yetkazaman.

U telefonni qo‘ydi. Ona savolomuz qaradi:

— Nima bo‘ldi?

Ota sekin javob berdi:

— Mingyuning ota-onasi bugun kela olmaydilar. Baʼzi sabablar bo‘libdi. Bir qarindoshlari kasalxonaga tushgan emish.

Aseul seskanib ketdi. Nigohi tushib ketdi, labini tishladi. Ichida g‘alati bir tuyg‘u g‘imirlab o‘tdi. U faqat ota-onasi emas, Mingyu o‘zi ham keladi deb o‘ylagandi.

Ammo...

Ota yana davom etdi:

— Mingyu ham kechki yig‘inga qatnasha olmaydi. Aytishicha, to‘satdan ish chiqqan. Shaxsan o‘zi kechirim so‘radi.

Poov_AseulUmrimda birinchi marta mehmonnu chin dildan kutgan edim afsus ular ham kelmas ekan

Aseul xafa boʻlgandi

Aseul bosh irg‘adi, lekin ichidan nimadir sinib tushgandek bo‘ldi. Bu g‘alati edi: u Mingyuni hali yaxshi ham tanimasdi, ammo kelmasligi... nimagadir qattiq botdi.

U hech narsa demasdan dasturxonga tikildi.

Stol atrofida sukut cho‘kdi va Jungkook....

#Aseul