June 1

ONLY MINE🔞

Ofisda biroz sukut hukm surdi. Ariana deraza oldida turar, tashqaridagi manzaraga termulardi. Nihoyat, Jungkook so‘z boshladi. Uning ovozida qandaydir ehtiyotkorlik sezilardi:

— Dadamning oldiga bordingmi?

Ariana yuzini asta burdi. Ko‘zlarida xafagarchilik, ovozida esa yengil ranjish ohangi bor edi:

— Ha, birinchi bo‘lib ularni ko‘rdim. Kiyimlarimni joyladim, keyin sizning oldingizga keldim.

Jungkook bosh irg‘adi, muloyim kulimsirab so‘radi:

— Ha, yaxshi... Amerika qanday ekan?

Ariana ko‘zlarini yumib, xotiralarni yodga oldi:

— Amerika juda zo‘r joy. U yerda ancha do‘st orttirdim, o‘qishim ham yaxshi edi. Lekin... etti yil o‘tdi, sizlar birdan chaqirdinglar...

U oxirgi so‘zlarni aytar ekan, yuragidagi xafalik yuziga aks etdi. Go‘yo qayta boshlamoqchi bo‘lgan hayoti keskin to‘xtatilgandek edi.

Jungkook va Mingyu bir-birlariga qarab kulib yuborishdi. Jungkook sekin boshini chayqab, yumshoq ohangda gap boshladi:

— Axir, o‘z yurtimizni unutmasin deb o‘yladik-da. Endi bundan buyog‘iga Koreyada o‘qiysan. Hujjatlaringni o‘zim taxlab qo‘yaman.

Ariananing ko‘zlari kattalashib ketdi. Uning yuzidagi ifoda birdan jiddiylashdi, lablari titrab, hayrat va norozilik aralash ohangda so‘z qildi:

— Nima? Akaaa, axir siz o‘zingiz aytgandiz-ku, bir kelib-ketasan, keyin yana qaytasan deb! Men Amerikada o‘qishni davom ettirmoqchiman. O‘sha yerda hammasi yaxshi edi…

Jungkook bu safar yanada qat’iy ohangda javob berdi. Uning ovozida singlisi uchun qayg‘urayotgan akalik izzati sezilib turardi:

— Bu qarorni dadam rejalashtirgan. Men faqat u kishining aytganlarini bajaryapman. Singlim, men senga hech qachon yomonlikni ravo ko‘rmayman-ku. Bularning barchasi seni asrash uchun. O‘zingni bilganingcha yurishingni istamayman. Endi bu yerda yangi hayot boshlaysan. Bu — bizning qarorimiz.

Ariana indamay qoldi. Qalbi to‘lqinlanib, ichida bir-biriga zid tuyg‘ular qaynardi: erkinlikka bo‘lgan ishtiyoq va oilasining ustidan bosimi. Bu gaplar unga og‘ir botdi. Ammo bu hali boshlanishi edi…

Ariana shunaqa xafa boʻlgandi 😅

Ariana jim turardi. Yana biror so‘z aytsa, ko‘zlaridan yosh to‘kilib ketishi aniq edi. Jungkook esa singlisi bilan qanday gaplashishni bilmay, bir chekkaga o‘tib, jim turardi. Mingyu esa deraza yonida qo‘llarini cho‘ntagiga solib, bor voqeani ichida tahlil qilardi.

Shu payt ofis eshigi ohista ochildi. Og‘ir qadam tovushlari eshitildi. Ichkariga baland bo‘yli, jiddiy qiyofali erkak kirdi. Uning nigohlari sovuqqon, yurishi ishonchli edi. Bu odam — Ariananing otasi edi.

U ofisga kirishi bilan ko‘zlari bir zumda Mingyu tomon qaradi. Qattiq, ammo hurmat aralash ohangda gapirdi:

— Mingyu! Yana bir bor ko‘rishdik, o‘g‘lim.

Mingyu salom berib, unga yengil ta’zim qildi:

— Assalomu alaykum, janob Kim. Yaxshi ko‘rib turibman sizni.

Ota kulimsirab, uning yelkasiga engil urdi:

— Sen juda o‘zgarding. Kuchli, dadil, harakatli yigitga aylangansan. Men seni har doim ishonchli deb bilganman. Mening eng yaqin do‘stimning o‘g‘li sifatida sening orqangda turganman va hali hammaning ichida eng ko‘proq senga ishonaman.

Mingyu yengil tabassum qildi☺️

U so‘zlarini davom ettirdi, ko‘zlari Arianaga tushdi:

— Ariana, sen hali tushunmaysan, lekin bu yigit — hozirgi zamon uchun kerakli odam. Aqlli, dono, bizning ishimizda ishonch eng katta boylik

Ariana beixtiyor qotib qoldi. Otasining bu so‘zlari uni butunlay ajablantirib qo‘ygandi. U bir qarashda Mingyuga, so‘ng otasiga qaradi.

"Bu yigitga nima uchun bunchalik ishonadi?" degan savol miyasida aylanardi.

Mingyu esa odatdagidek jim edi. Ammo yuragi ichkarida qizishib, unga qarab turgan Ariana nigohidan qochmasdi.

Ofis ichida yana sukut cho‘kdi.

Bu sukut — endi boshlanadigan sirli, xavfli va ehtirosli voqealarning boshlanishi edi...

Ariananing otasi hali ham Mingyu haqida gapirardi. Har bir so'zida ishonch va mehr aralash edi. Ariana esa bu gaplarni eshitib, ichida nimadir gʻalati o‘ynayotganini sezdi. Ammo undan ham ko‘proq bu so‘zlar Jungkookni ranjitdi. U asta oldinga qadam tashlab, kulimsirab otasining yoniga bordi, ammo kulgi ortida biroz g‘ashlik ham sezilardi.

— Dada… — dedi u biroz kinoyali ohangda. — Siz nega faqat Mingyuni maqtayapsiz? Axir bu yerda men ham borman-ku... o‘zingizning o‘g‘lingiz!

Ota kulib qo‘ydi:

— Ehh, Jungkook... o‘zingni qayoqqa qo‘yapsan? Sening o‘rning yuragimda boshqa! Mingyu — ishonchli odamim, sen esa mening faxrim!

Jungkook buni eshitib, bir oz bo‘lsa-da taskin topdi, lekin yuzida "baribir tanlab aytdiz" degan ifoda bor edi.

Mingyu esa ularning bu hazil-jiddiy gaplariga jim turib turolmadi, kulib qo‘ydi:

— Hah, baribir mendan zo‘r emassan-da, Jungkook.

Jungkook bir sapchib, unga yaqin keldi, yelkasiga urib hazil aralash gap qildi:

— Ha, tushunmadim? Kim mendan zo‘r ekan-a? Shunchaki seni otam maqtadi deb o‘zingni osmon qilma!

Mingyu kulgancha yon tomonga bir qadam chekinib, qo‘lini ko‘tarib, "urvurma" degandek qiyofa oldi:

— O‘zi aytinglar, maqtovlarni men tanladimmi? Hamma meni yaxshi ko‘raveradi-da, nima qilay endi?

— Aytganlaringga o‘zing ishonmaysan-a! – deya Jungkook yelkasidan itardi, ikkalasi bolalarcha hazillasha boshlashdi.

Ofis ichida biroz kulgi ko‘tarildi

Jungkook va Mingyu o‘zaro hazillashib, bolalardek bir-birlarini yelkalab, kulishardi. Ofis ichida quvonchli kayfiyat hukm surayotgan bir vaqtda Ariana ham endi asta kulimsirab ularning yoniga yaqinlashdi.

— O‘zlaringni ko‘r-chi, bolalardek tortishib olgansizlar… — dedi u kulib.

Jungkook biroz masxaraomuz ohangda so‘radi:

— Ariana, ayt-chi, bizdan qay birimiz zo‘r?

Mingyu birdan kulishni to‘xtatdi, Ariana tomonga qiziqib qaradi:

— Ha, ha, juda qiziq savol. Kim eng zo‘r, qizaloq?

Ariana bir zum jiddiy qiyofa oldi. U go‘yo o‘ylayotgandek labini tishlab, ko‘zlarini ikkisiga solishtirib qaradi. So‘ng birdan jilmayib:

— Albatta… Jungkook oppa eng zo‘r! – dedi shartta.

Jungkook g‘alaba qilgandek ikki qo‘lini ko‘tarib yubordi:

— Yeeeeey! Eshitdingmi, Mingyu? Mana kim zo‘r!

Mingyu esa qoshlarini ko‘tarib, labini cho‘chchaytirdi:

— Hmm… yuragimga sal og‘ir tegdi bu gap. Endi Ariananing yuragini zabt etaman degandim…

Ariana kulib qo‘ydi:

— Hali sizga yurak beradigan darajada ishonmaganman, Mingyu

— Vaaay, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum bo‘ldi-ku! — dedi Mingyu kulib, yelkasini ushlab go‘yoki ranjigandek qildi. — Akang bilan til biriktirib, meni masxaralayapsizlar-a?

Jungkook kulib yelkasiga urdi:

— Bilasanmi, bu bola hazilniyam ko‘tara olmaydi.

— Hazil bo‘lsa bo‘ldi, lekin yurakka tegmaydiganidan qilinglar. Ariana, sen mendan xafa bo‘lmadingmi?

Ariana yana bir bor kuldi va qo‘lini oldinga qilib:

— Yo‘q, hozircha faqat sizning mashinangizdan qochganim esimda turibdi.

Ular baravariga kulib yuborishdi. Ularning o‘rtasida endi hazil va samimiylik bilan to‘la bir atmosfera paydo bo‘layotgandi. Ammo bu kulgular ortida asta-sekin boshqa — yurakda paydo bo‘layotgan hislar ham yashirincha o‘sayotganini hech kim inkor eta olmasdi...

Ariana kulishi😄

Birdan yana gap boshlandi va hama shok holatga tushdi🫢

Nima boʻlgan deb oʻylaysiz