August 22

Promise in the Moonlight

Sevgi — bu qalbning eng chuqur his-tuyg‘usi, u bizni kuchaytiradi, lekin ba’zan bizni topishi uchun uzoq yo‘l bosishimizga to‘g‘ri keladi.

1-Qism

Aniel saroy darvozasidan asta sekin kirib kelarkan yuragi tez-tez ura boshlardi. Osmon bilan tenglashgandek baland minoralar va oppoq marmardan yasalgan Saroy uni hayratga soldilardi. Hamma joy jim jit faqat mayin shamol gul barglarini uchirar edi.

— Voy... bu saroy nega bunchalik katta? Hatto ichkarisida adashib ketsam kerak... Qanday qilib bunday joyda yashash mumkin — dedi Aniel o‘zicha sekin kulib , ko‘zlari bilan atrofdan ko‘zni uzmay ichkariga kira boshladi

Qizning mayin ovozi devorlar orasida aks sado berib, yanada sirliroq tus oldi. U qadam tashlagan sari, saroyning har bir burchagi unga ertakdek tuyulardi.

Uning ko‘nglidan o‘tgan gaplarni esa kimdir eshitib turgandek bo‘ldi. Yuqoridan deraza ortidan unga qarab turgan Mingyu turardi. U nigohini Anieldan uzolmasdi.

Anielning ko‘zlari hayratdan chaqnardi. Aynan shu chaqnash Mingyuni yuragidan larzaga soldi.

— Bu qiz kim va qayerdan kelgan — dedi Mingyu qatʼiy ovozda

— Bu Kyotolik Aniel hozirda ularning mamlakatida katta urush boʻlayotganligii boiz uning otasi yaʼni qirol Kael bizni yerimizga joʻnatdi— dedi xizmatkor

— Bu qiz qirol Kaelni qizmi

— Xuddi shunday

Mingyuning Anielga qarashi

Mingyu uzoqdan Anielni kuzatayotgan mahal birdan yonida bir xizmatkor asta ta’zim qilib gapirdi

— Shahzodam otangiz qirol Rian sizni huzurlariga chorlayaptilar

Mingyu nigohini hali ham pastdagi qizdan uzolmagan holda sekin bosh irg‘adi
— Xo‘p…

U qadamlarini ohista tashlab saroyning ulug‘vor zallaridan o‘tib borarkan yuragidagi g‘alati hissiyot uni tark etmadi. Nihoyat katta taxtxonaga yetib keldi. Og‘ir oltin eshiklar ochildi

Ichkarida ulug‘vor kiyimlarda o‘tirgan Qirol Rian uni kutib turardi. Taxt yonida esa yana bir kimsa oppoq libosli, hayrat va qo‘rquv aralash ko‘zlari bilan atrofga qarab turgan Aniel edi.

Tasavvur uchun

Mingyu taxt oldiga yaqinlasharkan, yuragi beixtiyor tez ura boshladi. Chunki endigina uzoqdan kuzatgan o‘sha sirli qiz endi otasining yonida turardi…

— Ota menga gapingiz bormi — gap boshladi Mingyu hech qanday yuz ifodasiz

— Ha oʻgʻlim senga muhim gapim bor.Yonimdagi qiz Aniel hozirda ularning mamlakatida urush avjida buni oʻzing eshitgandursan.Xullas urush tugagunicha Aniel biz bilan qoladi.Endi uni xavfsizligi bizni zinmamizda

— Tushundim ota , boshqa gapingiz boʻlmasa men ketay...

#Aniel #Hebi_Kundaligi uchun maxsus