July 8

Elsa uchun maxsus 🌚😅

Soat 07:42. Elsa doim kechikadi. O‘sha kuni ham maktabga yugurib ketayotgan edi. Piyoda yugurib, avtobusga chiqdi va taq! Nimagadir urildi.

Yaxshilab qarasa, ko‘zoynakli, qo‘lida musiqa pleyeri bo‘lgan bir yigit unga qarab kulib turardi.

— “Yugurishda Olimpiadaga tayyorlanayapsanmi?” — dedi yigit.
— “Sen eshik bo‘lib o‘rnatilgansanmi?” — dedi Elsa, ensa qotirib

Yigit jilmaydi. Elsa esa yonida o‘tirishga majbur bo‘ldi. Yigitni ismi Taehyung edi.

Ular birgalikda makatbga kulib gaplashib ichkariga kirishdi

Darsda Elsa doim jiddiy bo‘ladi. Lekin Taehyung yonida o‘tirganidan beri unga tinchlik yo‘q. Har soatda unga varaq yozib uzatadi:

— “Sen bugun kofe ichganmisan? Ko‘zing ochilmagan ko‘rinadi.”

— “Ertalab oyna seni yoqtirmagan shekilli...:)”

Elsa birinchi marta darsda tovush bilan kuldi. O‘qituvchi hayron:
— “Elsa, nimaga kulayapsiz?”
Elsa: “Menga... kechirasiz…ustoz”

Elsa sekin Taehyungga qaradi va Tae kulyotganini koʻrib asabiy buzildi.

Taehyung —" Bundan battar boʻl"

———

Bir kuni Taehyung Elsa uchun bir narsani olib keladi. Ochiq rangli kichkina paket. Elsa ochsa... ichida chiroyli bir qo‘g‘irchoq!
Boshida yozuv:

Tae —“Men seni asraydigan qoʻriqchi emasman, lekin bu seni kuzatadi.”

Elsa hayron:
— “Boshqalarga bunday sovg‘a qilasanmi?”
Tae: “Yo‘q. Boshqalar menga uncha kulmaydi.”

Elsa yana jilmaydi. Chunki u tushundi — bu yigit oddiy emas. U kuldirish bilan yurak egallaydi.

Tae—" shu qoʻgʻirchoq xuddi senga oʻxshagani uchun sotib oldim"— dedi Elsani ustidan kulib.

Albatta bundan Elsa jaxli chiqib Taehyunga qaradi va qoʻgʻirchoqni uning yuziga otdi

Elsa—" sovgʻang oʻzinga buyursin" deya ketib qoldi Taehyung kulib soʻng qoʻgʻirchoqni olib Elsani orqasidan bordi

Tae— "axir hazillashgan edimku😂"

Tae bergan oʻyinchoq 🌚😂

Bir kecha, darsdan chiqib, Elsa yomg‘irda qoladi. Uyga borish uchun yomg‘irda yugurmoqchi bo‘ladi, lekin orqasidan kimdir unga plash yopadi.

Taehyung.

— “Men seni har doim kuzataman. So‘ngra o‘zimga kulaman: qachon yuragim seni eslab kulganday bo‘ldi?”

Elsa hech narsa demaydi. Shunchaki so‘radi:

— “Sening yoningda nima uchun o‘zimni... xotirjam his qilaman?”

Tae: “Chunki yuraging men tomon yurmoqda, faqat o‘zing sezmayapsan.”

Elsa: "Yoʻgʻe😂 kamroq romantik drama koʻr"

Tae: " shu gaplarimni jiddiy qabul qilsang nima boʻlarkin a"

💞 Yakun:

Ular hali o‘pishmagan, hali rasmiy aytishmagan.
Lekin yuraklar... jimgina kulib turardi.

Elsa endi har safar kulganda... kimni eslardi?
Taehyung.
Chunki u kuldirib yuragiga kirgan edi.