May 15, 2025

Qirol Alfaning yoqolgan jufti

9-qism.


“U… iliq edi.” Xuddi yangi pishgan non yoki tongda yotgan to‘shagim kabi – o‘sha alanga meni tanigandek edi.

Qirol boshini sekin egdi, ko‘zimning chetida bu harakatni ko‘rdim, uning to‘q jigarrang sochi sham yorug‘ida porlab turardi.

Yotoq yonidagi stol ustidagi sham alangasi qimirlamadi.

"Men hech qachon bunday narsani ko‘rmaganman", — dedi u, so‘zlari yuzimga tegdi. "Yillar davomida, qancha to‘dalarda, qancha yerlarni kezib yurgan bo‘lsam-da, qancha Alfa, Beta va Gammalarni uchratgan bo‘lsam-da — men hech qachon bunday narsani ko‘rmaganman, Kichkinam."

Endi esa Qirol meni — oddiy bir Omega — nima bo‘lgani noma’lum bo‘lgan narsani qilganimni ko‘rdi. Meni.

"Kechirasiz." Bu paytda ayta oladigan eng mos keladigan narsa shu edi. "Kechirasiz."

Qirol Ambrose karavotda tik o‘tirib oldi, qo‘lini yelkamdan oldi. "Kichkinam, hozir kechirim so‘rashga senga hech qanday sabab yo‘q."

U bosh barmog‘i va ko‘rsatkich barmog‘i bilan iyagimni muloyimlik bilan ushlab, nigohimni sham alangasidan uzoqlashtirdi. Qirolning ko‘zlari och yashil edi va hozirda unda bo‘rining alomati ham ko‘rinmasdi.

"Men nima bo‘lganini yoki buni qanday qila olganingni bilmasligim mumkin, kichkinam, lekin biladigan bir narsam bor: sen kechirim so‘rashing kerak emas," — dedi Qirol qat’iy ohangda, ko‘zlarimga tikilgancha. "Maylimi? Qirollikka qaytganimizdan keyin, buni tushunib olamiz."

Qirol ilgari o‘zining Betasiga meni Qirollik yerlariga olib borishni aytganini eshitgandim, lekin baribir nima bo‘lishini bilmasdim. Men hech qachon Blood Moon to‘dasidan tashqariga chiqmagan edim.

"Silas allaqachon seni uyga olib borish uchun tayyorgarlik ko‘rayapti," — davom etdi u. "U orqali to‘dadagi ba’zi oqsoqollar bilan bog‘lanib, ular bu haqda nima bilishini bilib olamiz."

Bu gaplarning birortasi ham mantiqqa to‘g‘ri kelmasdi.

Qirol meni Qirollik to‘dasiga nima uchun olib bormoqchi edi? Meni xizmatkor qilmoqchimi? Bu mening jazoyimmi edi? Yangi to‘daya o‘tkazishmi?

Qirollik to‘dasidagi xizmatkorlar qanday muomalada bo‘lishini faqat tasavvur qila olardim.

"Men... Jazom Qirollik to‘dasida bo‘ladimi?" Bu savolni berish ahmoqchilik tuyuldi, lekin o‘zimni tutolmadim.

"Jazoingmi?" Qirol Ambrose savolimga javoban qoshlarini chimirdi, iyagimni biroz qattiqroq ushladi. "Qanday jazo, Kichkinam? Men ilgari hech kim senga endi jazo bermaydi, deb aytganimni unutdingmi?"

Men bunga ishonmasdim. Men xatolarim uchun jazoga loyiq edim.

"U... sehr uchun, men uni... nima qilgan bo‘lsam..." So‘zlarim bo‘g‘zimda tugadi, Qirolning ko‘zlari qorayib ketdi.

"Kichkinam," — u bu laqabni deyarli g‘azab bilan aytdi. "Men hech kim senga jazo bermaydi, deb aytganimda, bu shunchaki gap emas. Nafratli Gamma ham, Madam Olympia ham, sening to‘dangdagi boshqa hech bir bo‘ri ham, va albatta men ham — hech kim senga zarar yetkazmaydi."

Bu rost emas, deb xayolimdagi ovoz yana takrorladi. U faqat ishonchingni qozonmoqchi, keyin esa seni yanada qattiqroq ranjitadi. Axir sen oddiy bir Omega, u esa Alfa Qirol.

"Kichkinam," — Qirol Ambrosening ovozi chuqur va sokin, go‘yoki yuragimga singib ketdi. "Men seni himoya qilaman, va seni hech qachon ranjitish haqida hatto bir soniya ham o‘ylamaganman."

"Amm—" Pastki labim asabiylikdan titray boshladi.

Bu men hayotim davomida kim bilandir eng ko‘p gaplashgan holatim edi. Madam Olympia biz, omegalar, ko‘rinmas va eshitilmas bo‘lishimiz kerakligini doim eslatardi. Gap qaytarish har doim jazoga olib kelardi — yo u yoki Gamma Thomas tomonidan.

"Lekin... nega siz yarama zahar surdingiz?" deb so‘radim.

"Zahar?" Qirol Ambrose qoshlarini ko‘tardi. "Qanday zaharni nazarda tutyapsan, kichkinam?"

"Yaramga surganingiz... u shunaqa yopishqoq, pushti zahar edi." Barmoqlarim uchlari bilan yaradagi matoni sekin siladim.

Qirolning ifodasi asta yumshadi, peshonasidagi chiziqlar yo‘qoldi. "Bu seni tezroq sog‘aytirish uchun edi, Mening Kichik Juftim. Men seni hech qachon ranjitmayman, deb aytganman."

Qirol meni zaharlamaganmi? Bu rost bo‘lishi mumkinmi?

Agar Qirol Ambrose meni zaharlamagan bo‘lsa, va u doim meni jazolamayman, deb aytsa — unda nima uchun? Nega men bu yerdaman? Nega?

Bu savol og‘zimdan o‘zim ham bilmay chiqa ketdi.

"Nega? Nega men bu yerdaman?"

Qirol Ambrosening lablari biroz yuqoriga ko‘tarildi, ko‘zlari esa mening ko‘zlarimga tikildi.

"Balki Silas va Jasper haq bo‘lgandir — men buni aniqroq aytishim kerak. Sen — mening juftimsan, Kichkinam. Men bunga mutlaqo ishonaman. Sen — mening ruhimning ikkinchi mukammal yarmisan."

Avvalgi o‘sha kichik ovoz miyada quvonch bilan sakrab tushdi. Ko‘rdingmi! Men aytgandim — Qirol Ambrose bizga hech qachon zarar yetkazmaydi, degandim!

Va ichimda nimadir porlay boshladi. Tiriklanib, o‘zini namoyon etayotganidek edi...

9-qism tugadi.

Author: Jinxe Miller

Painful fanfics kanali uchun yozildi!!!

Yoqimli mutolaa