May 31, 2025

Qirol Alfaning yoqolgan jufti

14-qism.

Qoshlarim shu darajada ko‘tarildiki, xuddi sochlarim ichiga kirib ketganday bo‘ldi, chunki Ambrose meni bag‘riga tortdi va ko‘ksiga mahkam bosdi. Uning issiq, muskulli qo‘llari meni butunlay quchog‘iga oldi.

Shunda sezdimki, qirol… butunlay yalang‘och edi.

Alpha Qirol mening yotoqxonamda, meni quchog‘ida ushlab turardi — butunlay yalang‘och holda.

Yuzlarim olovdek yonib ketdi, yuragim esa hayotimda hech qachon bu qadar tez urmagan edi. Hatto kecha — Qirol Ambrose meni o‘zining jufti ekanimni aytganida ham bunchalik tez urmagan.

“Seni juda o‘yladim,” deb pichirladi u sochim ichiga yuzini yashirib, meni iloji boricha mahkam quchib. “Uyg‘onganimda sen yotog‘imda yo‘q eding, keyin hammomga bordim, u yerda ham yo‘q eding.”

U gaplarini zo‘rg‘a aytdi. “Seni topolmadim, hiding ham yangimasdi va—” Ambrose bo‘g‘zidan vahimali g‘urillash chiqdi, aytmoqchi bo‘lgan so‘zlarini to‘xtatib qo‘ydi.

U meni yana ko‘kragiga bosdi, pichirlab dedi: “Muhimi — sen yana mening bag‘rimdasan, xavfsizsan.”

Men qimirlay olmadim. Qo‘llarim yonimga qamalib qolgan, yuzim Ambrosening ko‘ksiga ezilib ketgan edi. Hatto oramizdan qog‘oz ham o‘tolmasdi.

Uning hidimda yanada kuchliroq qolib ketishini bilgan holda, qo‘rqar edimki, bu hidni qabilamdagi jangchilar sezib qolishlari mumkin edi. Shuning uchun harakat qilib, uning quchog‘idan chiqishga urindim. Ammo, albatta, bu ish bermadi.

“Qimirlamani to‘xta,” deb g‘udrandi Qirol Ambrose. “Joyingda qol.”

Uning jiddiy ohangidan kulgim qistadi. U mening kichkina karavatimda — butunlay yalang‘och holda o‘tirardi.

“Men faqat—” deb gap boshlagandim, u yana meni o‘ziga tortib oldi.

“Iltimos, bunday qilma endi, Kichkigina,” dedi u. “Sen bizga — menga va bo‘rimizga qancha tashvish berganingni bilmaysan. Seni topolmay, butun qabilani ostin-ustin qilishga tayyor edim.”

Kechagi kabi, uning shirin so‘zlari yuragimni erkalab yubordi.

“Ishga turishim kerak edi, ertalabki vazifalarni bajarishim kerak,” deb tushuntirdim, nihoyat u meni quchog‘idan biroz bo‘shatganida.

“Nega bunchalik erta turasan vazifalar uchun?” — dedi Ambrose, ko‘zlarini mening yuzimga qadab, o‘sha qoramtir yashil ko‘zlari bilan tikilarkan.

“Men har kuni qabila uchun nonushta tayyorlayman,” dedim. “Bu mening ertalabki birinchi vazifam. Quyosh chiqishidan avval uyg‘onaman. Ammo bugun kech qoldim, chunki sening quchog‘ingdan chiqishim juda qiyin bo‘ldi.”

“Kichkigina,” dedi u yumshoq ohangda, menga atagan laqabini yana takrorlab. “Kecha aytganlarimni eslaysanmi? Sen mening juftimsan. Sen…” — u jag‘larini qattiq qisdi. “…xizmatkor emassan.” Ambrose bu so‘zni aytishda zaharlidek tupurdi.

“Sen endi Qonli Oy Qabilasiga tegishli emassan. Sen mening juftimsan. Bo‘lajak Luna Qirolicamansan, Kichkigina. Endi past darajadagi ishlarni qilmayapsan.”

Ambrose chuqur nafas oldi — ehtimol o‘zining g‘azablangan bo‘risini tinchlantirmoqchi bo‘ldi — lekin aksincha, u past ohangda yana g‘urillab yubordi.

“Kim tegdi senga?”

Nima?

“Men sezayapman — boshqa bo‘rilar senga tegishgan. Hozirgacha ustingdan ularning hidi kelayapti, va…” — u g‘urillab — “hali ham qo‘rquv hidini sezayapman. Xo‘sh, kim tegdi senga, Kichkigina? Qaysi axmoq bo‘ri mening juftimga qo‘l tekkizishga jur’at etdi?”

“Men nonushtaga kech qoldim,” dedim. “Navbatchilikdan qaytgan jangchilar har doim hammaning oldida ovqatlanishni xohlashadi. Odatda ularga xizmat qilaman.” Past labim titray boshladi. “Ammo bugun kech qoldim.”

Ambrosening ko‘kragi ostimda g‘urilladi, yana bir marta. Uning qo‘llari hanuz meni mahkam ushlab turgan edi.

“Bu boshqa hech qachon takrorlanmaydi.” Uning ohangida e’tirozga joy yo‘q edi. “Men sendan afzalroq juft bo‘laman va seni har qanday zararli narsadan himoya qilaman, Kichkigina. Buni va’da qilaman.”

Yuragim yana tez ura boshladi, ammo bu safar bu asabiylikdan emas edi. Bu boshqa bir his edi. Oldin hech sezmagan bir narsa.

Baxtmi?

Sevgimi?

Umidmi?

Bilmadim. Ammo bu tuyg‘uni Ambrose bilan birga o‘rganish — yomon fikrga o‘xshamasdi.

Demak… kecha Ambrose aytgan hamma gaplar — rost edi? U hozir aytgan va’dalar ham? U hali ham meni jufti deb biladimi? U charchoqdan yoki hushsiz holatda shunchaki gapirib yuborgan emasmi?

Og‘zim ochilib qoldi, hayratdan.

“Sen—” dedim, asabimni yutib. “Hali ham menga ishonayapsanmi? Men sening juftingman, deb hali ham qat’iy ishonayapsanmi? Men shunchaki—”

“Kichkigina,” dedi u, so‘zimni bo‘lib. “Sen mening juftimsan. Ruhimning yetishmayotgan yarmi. Yillar davomida izlagan yagona narsam. Ishonchim komil. Bu borada hech qanday shubham yo‘q.”

Hamma narsa endi chinakamiga tuyuldi.

Men uning juftiman.

Men Alpha Qirol Ambrose Fitzgeraldning juftiman. Uning ruhining yarmi. Oy Ma’budasi meni unga juft qilib tanlagan.

Men pastkash bir Omega edim… ammo men uning juftiman. Bu ikkisi bir vaqtda rost bo‘lishi mumkin emasdi. Ulardan biri yolg‘on bo‘lishi kerak.

Agar Ambrose — butun yer yuzidagi eng qudratli bo‘ri — meni jufti deb qat’iy ishonayotgan bo‘lsa… unda men qanday qilib shunchaki Omega bo‘lishim mumkin?

14-qism tugadi.

Author: Jinxe Miller

PAINFUL FANFIC kanali uchun yozildi!!!