Jizzax EIZda elektrotexnika sohasini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12-may kuni Jizzax Erkin iqtisodiy zonasi ma’muriy binosida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Jamshid Xamrakulov boshchiligida elektrotexnika sohasini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda soha vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, elektrotexnika sohasini rivojlantirish, elektrotexnika sanoatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar rejasi, investitsiya loyihalari va ularni moliyalashtirish, mahalliylashtirish dasturi hamda kooperatsiya aloqalari, yaratilayotgan imkoniyatlar, preferensiyalar haqida ma’lumotlar berib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishdan iborat.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Mahalliy kontent” tizimi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarga quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- barcha davlatlarga, jumladan qo‘shni davlatlarga eksport qilishda barcha turdagi transport xarajatlarining 50 foizini subsidiya qilish;
- tanlovlar (tenderlar) doirasida tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov ta’minoti sifatida kafolat summasining 50 foizigacha moliyaviy kafilliklar berish.
- eksport qiluvchi korxonalarni aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish uchun Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan 3 mln. dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yillik 2 foizli stavkada revolver tartibda mablag‘lar ajratish.
- Investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan kreditlarning 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan qismi bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismini, biroq 5 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda uch yil muddatgacha kompensatsiya qilish.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
|| Telegram (https://t.me/jizinvest)
|| Facebook (http://fb.com/jizzaxinvestitsiya/)
|| Instagram (http://instagram.com/jizzakh_invest/)