Joriy yilning 12-may kuni Jizzax Erkin iqtisodiy zonasi ma’muriy binosida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Jamshid Xamrakulov boshchiligida elektrotexnika sohasini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda soha vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulot turlarini o‘rganib chiqish, kelgusida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va ish ko‘lamini kengaytirish uchun buyurtmalar portfelini (shartnoma va memorandumlar) shakllantirish maqsadida Jizzax viloyat hokimining 2022-yil 3-fevraldagi 50-3-0-F/22-sonli Farmoyishiga asosan joriy yilning 3-mart kuni Jizzax shahri “Olimpiyada zaxiralari kolleji” binosida Jizzax viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyat hokimligi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, Iqtisodiy...