Sahna ortidagi sukunat...
Jimin shovqinli dunyoning odami edi.
Sahnalar, chiroqlar, millionlab nigohlar… u kulardi, raqsga tushardi, gapirardi — lekin ich-ichida u... sukunatni quchoqlashni orzu qilardi.
Sevaa esa boshqa dunyoda yashardi.
U kichik kutubxonada ishlardi. Telefonini ko‘p ishlatmas, ijtimoiy tarmoqlardan yiroqda edi. Uning tongi kitob hidi, ohangli qushlar sadosi va choy bilan boshlanardi. Hech qanday shovqin, hech qanday iztirob.
Ular tasodifan uchrashishdi.
Jimin bir kun to‘satdan shahar chetidagi kichik kutubxonaga kelib qoldi. Qo‘lida eski kitob — xuddi u bu yerga yuragidagi tinchlikni izlab kirgandek.
Sevaa unga birinchi bor o‘sha yerda "Assalomu alaykum" dedi.
Oddiy, kulgisiz, sokin salom. Jiminni aynan shu jimlik o‘ziga tortdi.
O‘sha kundan keyin Jimin yana qayta-qayta o‘sha kutubxonaga keldi. Sevaa unga kitob tavsiya qildi, ohanglar tavsiya qildi, bir kuni hatto:
— “Sen... g‘amgin ko‘rinasan, lekin hech kim sezmaydi,” dedi.
Bu so‘zlar Jimin uchun millionlab qarsaklardan kuchliroq edi. Sevaa unga qaradi — idolini emas, insonni ko‘rdi.
Ularning sevgisi sokin edi.
Ular hech qachon suratga tushishmadi.
Hech qachon ommaga oshkor qilishmadi.
Faqat har uchrashuv — yuraklaridagi eng beg‘ubor makon edi.
Sevaa:
— “Men seni yulduz deb emas, Jimin deb sevaman.”
Jimin:
— “Men sening sukunatingni sahna deb bilaman. Chunki faqat seni ko‘rsam — chinakam yashayman.”
Ammo vaqt... u doim biror sinov olib keladi.
Sevaa bir necha oy kasal bo‘lganini Jimin ko‘p o‘tmay bilib qoldi. O‘sha kuni u konsertni bekor qildi.
Dunyo uni tushunmadi, ammo Sevaa yoniga yetib bordi.
Sevaa yotgan edi. Sochlari to‘kila boshlagan. Ammo nigohida — o‘sha eski osoyishtalik.
Jimin yoniga o‘tirdi. Uni ushladi. Jim turdi. Yig‘lamadi. Chunki Sevaa aytgan edi:
— “Sen jim tursang, men tinch bo‘laman.”
Va Sevaa, so‘nggi marta Jiminning yuziga qarab, pichirladi:
— “Meni yodda tutma. Meni yuragingning sukunatida yashayman”
Jimin bu dunyoda qoldi. Sahnaga qaytdi. Endi kulgusi og‘irroq, ohanglari chuqurroq.
U har konsertdan keyin bir joyga boradi — kichik kutubxonaga.
O‘sha stolda yolg‘iz o‘tirib, kitob varaqlaydi.
— “Sen mening sukunatim eding. Endi men seni har jim turgan onimda his qilaman.”