
Jimin shovqinli dunyoning odami edi. Sahnalar, chiroqlar, millionlab nigohlar… u kulardi, raqsga tushardi, gapirardi — lekin ich-ichida u... sukunatni quchoqlashni orzu qilardi.

Dunyoda odamlar turli tarzda yasaladi. Ba’zilar uchun xursandchilikni topish oson, boshqalar esa yillar davomida o‘zini izlaydi. Jimin — yulduz edi, sahnalarda boshqalarga baxt ulashgan odam. Har bir qarsakda u o‘zini yo‘qotardi, ammo sahna ortida, yagona tinch joyi — o‘zi bo‘lishni orzu qilardi. Sevaa esa boshqacha edi. U odamlarni sevardi, ammo ba’zan ularga kerak bo‘lgan sevgi o‘zi uchun yo‘q edi. O‘zi ham juda jim yashardi.