
Gruzin yozuvchisi. Ilk hikoyalar to‘plami — «Qishloq bolalari» (1958). Dastlabki yirik asarlari — «Men, buvim, Iliko va Illarion» (1960) qissasi va «Quyoshni ko‘ryapman» (1962) romanida 2-jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlarining og‘ir hayoti aks etgan. «Quyosh kechasi» (1967), «Oq bayroqlar» (1972) romanlarida zamonaviy muhim ijtimoiy-axloqiy masalalar ko‘tarilgan. «Abadiyat qonuni» (1978)da insonning jamiyatdagi o‘rni, yashashning ma’nosi mavjud hayotiy lavhalar, shaxslar orqali aks ettirilgan. Dumbadze asarlari chuqur lirizm bilan sug‘orilgan, ularda dramatizm yumor bilan uyg‘unlashib ketgan. Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan («Quyoshni ko‘ryapman», 1969; «Qo‘rqmang onaginam», 1982; «Abadiyat qonuni», 1983 va b.)...

Mixail Lermontov (1814-1841) Mixail Yurevich Lermontov [1814.3(15).10, Moskva — 1841.15(27).7, Pyatigorsk] — rus shoiri. Bolalik chog‘lari Penza gubernyasidagi Tarxan (hozirgi Lermontov) qishlog‘ida kechgan. 1827 yilda buvisi Ye.A.Arseneva bilan birga Moskvaga ko‘chib borgan va 1828 yilda Moskva universiteti qoshidagi pansionning 4-kursiga o‘qishga kirgan. Dastlabki she’rlari, «Cherkeslar» (1828) va «Kavkaz asiri» (1929) dostonlari shu yerda yozilgan. Lermontov pansiondagi 2 yillik tahsilidan so‘ng 1830 yilda universitetning ma’naviy-siyosiy bo‘limiga o‘qishga kiradi. Lermontov talabalik yillarida qator lirik she’rlar, doston va dramalar yozgan («Odamlar va ehtiroslar», 1930 va b.). 1832 yilda universitetni tark etadi va Peterburgga...

Abay – Ibrohim Qoʻnonboyev – XIX asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan qozoq sheʼriyatining mashʼali, bastakor, faylasuf va qozoq yozma adabiyotini asoschisi, maʼrifatparvar shoiridir. U 1845 yilning 8 avgustida Semipalatinsk viloyatiga karashli, hozirgi Abay tumani, Chingiztogʻ bovuridagi Qashqabuloq makonida dunyoga kelgan. Otasi Qoʻnonboy Oʻskonboy oʻgʻli qozoq urugʻlari ichidagi eng boy, badavlat kishilardan boʻlib, Abayni oʻqitishga katta ahamiyat berdi. Abay madrasada toʻrt yil taʼlim oldi. Arab, fors tillarini oʻrgandi. Markaziy Osiyo allomalarini, xususan, Saʼdiy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Navoiy, Bobur, Nodira asarlarini mutolaa qildi. Ulardan taʼsirlanib “Fuzuliy, Shamsiy, Sayqaliy”...

Pushkin ulug‘ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar avlodidan, gvardiya ofitseri bo‘lib, frantsuzcha she’rlar yozib turardi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida bo‘lgan habash A. P. Gannibal (asli ismi Ibrohim) ning nevarasi edi. Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Marya Alekseevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. Uning amakisi Vasiliy Lvovich o‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan shoirlardan bo‘lib, Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon bo‘lib kelardi. Bu muhit Pushkinda she’riyatga havas uyg‘otdi. 1811-1817 yillarda u Sarskoe selodagi litseyda ta’lim olgan. Pushkinning dastlabki she’ri matbuotda 1814 yildayoq bosilgan edi. 1833 yil dekabrida Nikolay...