Konstitutsiya huquqimiz poydevori
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya huquqimiz poydevori" hamda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” mavzularida
Joriy yilning 04-dekabr kuni Amudaryo tuman adliya bo'limi YXKM boshlig'i Sh.Vaisniyazov va boshyuriskonsultlar A.Tojiboyev, M.Matyusupov, J.Avezovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 24.05.2024 yildagi PF-80-son farmoniga asosan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targ‘ibot kuni” sifatida belgilandi.
“Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida Amudaryo tumanining "Tosh yop OFY"da hamda shu hududida joylashgan Amudaryo tumani MvaMTBga qarashli 76-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi raxbar va pedagog xodimlari va maktab o'quvchilari ishtirokida targ'ibot tadbir o'tkazildi.
Tadbir davomida Konistitutsiya tarixi, amaldagi taxriri va ijrosi haqida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘rovonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat qonunchiligi, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Nogironligi bo`lgan shaxslarning xuquqlarini himoya qilish” doirasida O`zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo`lgan shaxslarning xuquqlari to`g`risida”gi O`RQ-641 qonuni mazmun mohiyati haqida, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonuni, Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qonunining mazmun-mohiyati yetkazilib, pedagog xodimlarini va o'quvchi yoshlarni qiziqtirgan savaollariga javoblar, tushuntirishlar va maslahatlar berildi.