May 16, 2025

Huquqiy targ'ibot kuni loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Amudaryo tumani Adliya bo'limi YuXKM bosh yuriskonsulti J.Avezov tomonidan joriy yilning 14-may kuni tumandagi "Do'stlik" MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi PF–80-sonli farmoniga asosan "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda aholiga eng dolzarb masalalar, xususan, aholining kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolar, ijtimoiy ta'minot, sog'liqni saqlash, yer, uy-joy, oila masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilib, uyma-uy yurgan holda mavjud muammolari o'rganildi.

Targ'ibot davomida aholiga PQ-1 Jinoyatchilikning oldini olish, kiberjinoyatning oldini olish choralari, mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi dasturi bo'yicha, PQ-133 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025 yildagi "Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-133-son qarori bo'yicha tushuntirishlar berib o'tildi.

Targ‘ibot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevralidagi
PF-18-son Farmoni, PQ-1-sonli Qarorning mazmun-mohiyati, har bir mahallada xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish asosiy vazifa etib belgilanganligi, ayniqsa kriminogen holati og'ir mahallarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, aholining bu masalaga befarq bo'lmasligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.