December 4, 2025

Amudaryo tumani Adliya bolimi YUXKM tomonidan, Amudaryo tumani "Tosh yop" mahallasida  huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Joriy yilning 03-dekabr kuni Amudaryo tuman adliya bo'limi bo'lim boshlig'i M.Sadikov, Yuridki xizmat ko'rsatish boshlig'i Sh.Vaisniyazov va boshyuriskonsultlar J.Avezov, M.Matyusupov, A.Tojiboyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 24.05.2024 yildagi PF-80-son farmoniga asosan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targ‘ibot kuni” sifatida belgilandi. “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida Amudaryo tumanining "Tosh yop" mahallasidada hamda shu hududida joylashgan Amudaryo tumani MvaMTBga qarashli 5,76-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablari raxbar va pedagog xodimlariga targ'ibot tadbir o'tkazildi.

Targ'ibot tadbiri Amudaryo tumani Adliya bo'limi xodimlari va maktabning mas'ullari ishtirokida bo'lib o'tdi.

Targ'ibot davomida tadbir ishtirokchilariga PQ-1 Jinoyatchilikning oldini olish, kiberjinoyatning oldini olish choralari, mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi dasturi bo'yicha, PQ-133 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025 yildagi "Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-133-son qarori bo'yicha tushuntirishlar berib o'tildi.

Targ‘ibot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevralidagi
PF-18-son Farmoni, PQ-1-sonli Qarorning mazmun-mohiyati, har bir mahallada xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish asosiy vazifa etib belgilanganligi, ayniqsa kriminogen holati og'ir mahallarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, aholining bu masalaga befarq bo'lmasligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasining Saylov to‘g‘risidagi qonuni,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ''Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida'' 16.04.2024 yildagi 204-son qarori, 26.06.2019-yildagi O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi,O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Nogironligi bo`lgan shaxslarning xuquqlarini himoya qilish” doirasida O`zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo`lgan shaxslarning xuquqlari to`g`risida”gi O`RQ-641 qonuni mazmun mohiyati haqida, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 11-sentabrdagi 445-son qonuni, Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida qonuni,Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.07.2023 yildagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi PF-119-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan yigʻilish ishtirokchilariga huquqiy tushuntirishlar berilib,ularga qonunchilikda qanday qulayliklar, imtiyozlar borligi haqida tushuntirishlar berildi.