April 1, 2020

"Cho'qintirgan ota yoxud mafia sardori" Mario Pyuzo

Don Vito Korleone (Cho'qintirgan ota badiiy filmidan)

Asar qahramonlari: Don Vito Korleone, uning uchta o’g’li Santino (Sonni), Frederiko (Freddi), Maykl, maslahatchisi Tom Xeygen, o’ng va chap qo’llari Klementsa va Tessio.

Korleonelarning oilasi sirtdan qaraganda oddiy zaytun importi bilan shug'ullanuvchi biznes egalaridek ko'rinsada, aslida ular butun bir Amerikaga ta'sir ko'rsata oladigan kuchga(tabiiyki bu kuch jinoyat bilan egallangan) ega bo'ladi. Bu kitobni o'qigan har qanday odamda o'zgacha hislar uyg'onadi deb o'ylayman. Chunki, bunda inson hayoti davomida nimalarga uchrashi, ya'ni qanday voqealarni boshidan kechirishi mumkin bo'lsa, hammasi tasvirlangan. Bu yerda do'stlik va dushmanlik, sadoqat va xiyonatni uchratishingiz mumkin. Agar bor e'tiboringizni berib o'qisangiz juda muhim bo'lgan hayot darslarini olishingiz aniq.

Asarni boshlanishidagi Balzakning so'zlari meni juda qattiq tasirlantirdi: "Har qanday katta boylik ortida jinoyat yashiringan bo'ladi". Haqiqatdan ham, asar o'qish jarayonida shunga amin bo'ldim.

Endi, asarni qisqacha bayon etsam. Eng qisqa variantini yozishga harakat qilaman.

Asarning birinchi bobi 3 kishi Don Korleonedan qizining to'yida yordam so'rab kelishlaridan boshlanadi. Shundan so'ng muallif Korleonelar oilasining faoliyati qay tarzda amalga oshirilishi haqida asta-sekinlik bilan bayon eta boshlaydi. Qizining to'yi tugagandan so'ng Donning maslahatchisi Tom Heygen uni narkobiznes bilan shug'ullanadigan Solotso bilan uchrashuv haqida aytadi va uchrashuv shu bir hafta ichida yuz beradi. Narkobiznesmen unda Amerikada faoliyat yuritishi uchun unda Korleonelar yordami zarurligini aytadi, lekin Don Korleone buni rad etadi. Menimcha, u pulni narkotikdan ya'ni ko'pchilikni yostig'ini quritish orqali olishni xohlamaydi. Oradan uch oy o'tar o'tmas rojdestvoga 1 kun qolganda Donni ishxonasidan chiqayotganda otib ketishadi va Donning eng muhim quroli Lyuka Brazini o'ldirishadi. Don tirik qoladi, lekin kasalxonaga yotadi. Bu Solotsoning ishi bo'ladi. Keyin Donning kichik o'g'li Maykl Solotsoni otib o'ldiradi va buning oqibatida Sitsiliyaga qochib ketishiga majbur bo'ladi. Don betob payti uni ishlarini boshqarayotgan katta o'g'li Sonni(Santino)ni otib o'ldirishadi. Don tuzalib hamma ishlarni o'zi boshqara boshlaydi va 3 yil ichida Mayklni olib keladi. Maykl kelib otasining ishlarini obdon o'rganishni boshlaydi. 3 yildan so'ng boshqaruvni o'z qo'liga oladi. Oradan ozgina vaqt o'tib uning otasi Don Vito Korleone vafot etadi. Maykl oilaviy ishlarini New Yorkdan Las Vegasga o'tkazishga qaror qiladi. Va New Yorkda uning oilasiga qarshilik ko'rsatgan oilalarni kirib tashlaydi. Menga eng yoqqan bob bu 14-bob. Chunki, bu bobda Donning muvaffaqiyat tarixi yozilgan.

Shu bilan asar tugaydi.

Quyida asarda meni tasirlantirgan jumlalarni berib o'tmoqchiman.

"Muzokara olib borish san'atini u Donning o'zidan o'rgangandi. Hech qachon qo'rqitma, dag'dag'a qilma, aksincha, muxolif tomonni sog'lom fikr yuritishga majbur qil. "Fikr yuritish" so'zi sitsiliancha "rajunah", tekshirib ko'rmoq degan ma'noni bildirarva birmuncha jarangliroq eshitilardi. Muzokara olib borish san'atidagi eng muhim narsa haqoratlarga, dag'dag'alarga e'tibor bermaslikdan, o'ng yuzinga shapaloq tushirishsa, chap yuzingni tutib berishdan iborat edi."

"Rejalaringni, o'y-fikrlaringni hech qachon notanish odamga aytma. Begona odamlarga siringni boy berma"

 "Hamma gap qasd qilishda. O'ldirish hech gap emas. Eng muhimi qasd qilish. Qasd qildingmi -- tamom."

"Korchalonlar o'rtasidagi har qanday ish kimgadir nisbatan shaxsiy o'ch olish bo'ladi."

 "Ishonasanmi, u[don] biron marta menga, yo Santinoga yoki Freddiga qo'l tekkizganini eslay olmayman. Konni haqida gapirmasa ham bo'ladi. Unga hatto biron marta po'pisa ham qilmagan. Endi Tom, menga to'g'risini ayt, seningcha don o'z qo'li bilan yoki boshqalarning qo'li bilan nechta odan o'ldirgan."

 "Ma'lumki, odamlar buyuk bo'lib tug'ilmaydilar -- buyuk bo'lib balog'atga yetadilar"

 "Don do'q urish, dag'dag'a qilishni o'z sirini fosh qilib qo'yishning eng ahmoqona usuli, tiyib bo'lmaydigan ko'r-ko'rona badjahllikni esa eng xavfli tentaklik deb hisoblardi"

 "Dushmaning kamchiligingni oshirib ko'rsatgani, do'sting fazilatlaringga yetarli baho bera olmaganligi sen uchun vaziyatlarning eng qulayidir"

 "Olma pish, og'zimga tush deb yotmaydigan, aql bilan ish tutadigan odam urush paytida oson boylik to'playdi."

 "Mening otam xotini, bola-chaqalari va boshiga ish tushganda yordamini ayamaydigan do'stlarini qo'llab-quvvatlashga harakat qiladigan odam. U qonun-qoidalarga rioya qilmay yashaydi, chunki biz yashayotgan jamiyatning qonun qoidalariga otamga o'xshagan qudratli, isyonkor odamlarni nomaqbul turmush kechirishga majbur qiladi. U uni mag'lubiyatga duchor qiladigan qonun-qoidalarga rioya qilib yashashdan voz kechadi. Uning pirovard maqsadi bari bir shu jamiyatga a'zo bo'lib kirishdir. Lekin o'ziga yarasha kuch-qudrat bilan kirishdir, chunki himoyasi yo'q odamni jamiyat himoya qila olmaydi."

Maykl Korleone (Cho'qintirgan ota badiiy filmidan)

"Shuning uchun ham asosiy maqsadim turli hiyla- nayranglar bilan saylovlarda ko'p ovoz olishdan iborat bo'lgan odamlarga taqdirimni ishonib topshirmoqchi emasman."

 "Tessio Maykl haqida yaxshiroq fikrda edi. U Maykldagi puxta yashirin kuchni, nimaga qodirligini boshqalardan yashira olish mahoratini his qilardi"

 "Yaxshi ko'radigan odamlaringa "yo'q" demasliging kerak, har holda tez-tez bunday demaslik kerak. Hamma sir mana shunda. Agar mabodo "yo'q" deyishga to'g'ri kelsa, shunday aytish kerakki, sening bu so'zingni "mayli" deganday eshitsin. Yo bo'lmasa odamlarning o'zlari "yo'q" deyishlariga erish"

 "Ko'p odamlar yoshlikda taqdir peshanasiga yozib qo'ygan yo'lni topib olguncha odashib, dovdirab yurishadi, biroq odatda vaqt va tasodif ularni to'g'ri yo'lga solib qo'yadi."

6-aprel, Samarqand.

Kanalga obuna bo'lish