May 15, 2025

Men sen bilan man

Bahorning ilk oylaridan biri edi. Seul ko‘chalari endi gullarga to‘lib, daraxtlar asta yashil libos kiyib borayotgan, havosi esa iliq va yoqimli edi. Yangi semestr boshlandi, ammo talabalar uchun bu allaqachon odatiy yugur-yugurlar davri bo‘lib ulgurgan.

Minji darsdan charchagancha “Sejong” universiteti darvozasidan chiqib ketayotgan edi.

Minji: (yengil oh tortib) Bugun juda charchadim... Uyga borib, bir piyola limonli choy ichsam bo‘ldi.

U orqasidan kimningdir qo‘l tegishini sezdi va cho‘chib tushdi.

Minji: Ayy, yaramas! Qo‘rqitib yubording-ku!

JK: (kulib) Kechirasan, kechirasan. Juda yoqimli ko‘rinasan cho‘chiganda.

Minji: Kulishga nima bor endi?

JK: Xo‘p, xo‘p. Bilasan, ertaga tug‘ilgan kunim. Hammaga aytdim, seni ham kutaman.

Minji: Jk, men allaqachon boraman deganman. Bugun bu so‘zni uchinchi marta aytyapsan!

JK: Shunchaki… sen haqiqatan kelishingni xohlayman. (sekin yuzidan o‘padi)

Minji: Hey! Bu joyda shunaqa ish qilinmaydi! Universitet oldidamiz-ku!

JK: Hammaning bilgani yaxshi. Meni baxtli qilayotgan inson senligingni.

U Minjini uyigacha kuzatib qo‘ydi.

Minji: Ertaga ko‘rishguncha.

JK: Albatta, ko‘rishguncha.

Ertasi kuni

Bahorning iliq quyoshi derazadan ichkariga kirib, xona ichini yoritib turgan edi. Minji oynasi qarshisida turib, qanday kiyinishini hal qila olmayotgan edi.

Minji: Bahor ranglari… oqmi yoki och binafsha? Hmm, ikkalasi ham chiroyli...

Shu payt telefoni jiringladi. Ekranda “JK” deb yozilgan ismi ko‘rindi.

JK : Qani, qachon chiqasan? Hamma yetib keldi. Men seni kutyapman!
Minji: Hozir, yo‘ldaman. Taksiga chiqib bo‘ldim.

JK: Haqiqatanmi? Balki haligacha kiyim tanlayotgandirsan?

Minji: Nima deysan o‘zi…

JK: Oynangdan pastga qaragin.

Minji pardani sekin ko‘tardi. Pastda JK mashinasiga suyanib turardi. U Minjini ko‘rib qo‘l silkitdi.

JK: Tezroq tush, Bahor Malikamsi !

Minji: (kulib) Hozir tushyapman!

40 daqiqadan so‘ng u oq ko‘ylak va shiroyli qilib sochlarini qilgan edi . Ammo zinadan tushayotib, sumkasini unutganini eslab yana tepaga qaytdi. Nihoyat, mashina oldiga kelib, derazani taqillatdi.

Minji: JK! Uxlab qoldingmi?

JK: Siz qizlarning tayyorgarligi hech qachon tugamaydi. Men zerikib uxlab qolganman...

Minji: Hali ham aybim emas deb o‘ylayapman!

JK: Mashinaga oʻtirgin bahor malikasi mexmonlar kutib qoldilar

Minji mashinaga o‘tirdi. Avtomobil jimjit yo‘lda harakatlana boshladi.

Mashinada sokinlik hukm surardi. Minji derazadan tashqariga qarab, bahor manzarasidan zavqlanardi. Shu payt JK uning qo‘lini ushlab oldi.

JK: Bugun har qachongidan ham go‘zal ko‘rinyapsan.

Minji: Rahmat... Men biroz kiyim tanlashda qiynaldim

JK uning ko‘zlariga jiddiy tikildi.

Minji: Yo‘lga qara endi!

JK: Menga ishonmayapsanmi?

Minji: Iltimos, ikkalamizni ham o‘ldirma!

Shu payt oldilaridan katta yuk mashinasi chiqib qoldi... Ularning yurak urishi bir zumda tezlashdi va…