July 3, 2025

Our love story

3 qism

Flashback~

Janob Hamza mashinadan tushib masjid tomon yurib ketayotganini ko'rgan yigitlar bir muddat unga tikilib qolishdi, keyin e'tiborlarini masjidga qaratishdi...Naqadar chiroyli joy, bu yerda ham o'ziga tortadigan nimadir borligini his qilishdi, demak, musulmonlar doim intiladigan masjid shunday ekanda, deb ichlaridan o'tkazishdi, qandaydir his ularni bu yerni ichiga bir martta bo'lsa ham kirib ko'rishga undardi...

Masjid tomon qarab o'z o'ylari bilan jim qolgan yigitlarni hayollarini ikki qizning yosh bolalarcha tortishishi bo'ldi va ikkisi ham mashinaning yon oynasiga qaragancha ularni kuzatishdi.

Kuzatisharkan qizlarning bu ajoyib suhbatlaridan yuzlarida borgan sari nim tabassum paydo bo'lardi...

Flashback tamom

3 qism

Flashback~

Janob Hamza mashinadan tushib masjid tomon yurib ketayotganini ko'rgan yigitlar bir muddat unga tikilib qolishdi, keyin e'tiborlarini masjidga qaratishdi...Naqadar chiroyli joy, bu yerda ham o'ziga tortadigan nimadir borligini his qilishdi, demak, musulmonlar doim intiladigan masjid shunday ekanda, deb ichlaridan o'tkazishdi, qandaydir his ularni bu yerni ichiga bir martta bo'lsa ham kirib ko'rishga undardi...

Masjid tomon qarab o'z o'ylari bilan jim qolgan yigitlarni hayollarini ikki qizning yosh bolalarcha tortishishi bo'ldi va ikkisi ham mashinaning yon oynasiga qaragancha ularni kuzatishdi.

Kuzatisharkan qizlarning bu ajoyib suhbatlaridan yuzlarida borgan sari nim tabassum paydo bo'lardi...

Flashback tamom

Jin and Namjoon

Namoz vaqti kiray deb qolgani uchun atrofda erkaklar ko'paya boshladi. Sumayya va Safiya biroz noqulay bo'lib, yana ham chetroqqa o'tishdi.

Sumayya: Kel, yaxshisi, vaqt bo'lgunicha savol-javob qilib turamiz

Safiya: Yaxshi, unda sen savol ber

Sumayya: Xo'o'sh, Qur'ondagi birinchi suraning ya'ni "Fotiha"ning tarjimasini aytchi?

Safiya avval surani to'liq arabchasini o'qidi va keyin tarjimasini ayta boshladi:

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Hamd (maqtov) – Olamlar Parvardigori Allohgadir,

2. (U) Rahmon (cheksiz mehribon), Rahim (marhamati doimiy),

3. Jazoga (hisob-kitobga) ega bo‘lgan Kunning (Qiyomat kunining) Egasi.

4. (Ey Alloh), faqat Senga ibodat qilamiz va faqat Sendan yordam so‘raymiz.

5. Bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgin –

6. O‘sha (Sen) in’om etgan zotlarning yo‘liga,

7. G‘azabga uchraganlarning ham, adashganlarning ham emas.

P/s: Sumayya ham Safiya doim, hatto o'zaro bo'lganda ham koreys tilida gaplashishardi. Sababi, bu yerdagilar bilan gaplashish uchun nutqlarini yaxshilashlari kerak va 1,5 yil ichida bunga ancha o'rganib qolishgandi.

Sumayya Ma shaa Alloh

degancha Sumayya chapak chalib yubordi.

Namjoon va Jin bo'lsa, bu suhbatga yanayam qiziqib, go'yoki sehrlanib qolishgandi, shuning uchun bir-birlariga halaqit bermay ularni jim tinglashardi...

Safiya: Endi esa sen!- dedi Safiya Qur'ondagi birinchi nozil bo'lgan suraning ya'ni "Alaq"ning boshidagi 8 ta oyatini tarjimasini aytib ber.

Sumayya: Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. O‘qi! Yaratgan Robbing nomi bilan o‘qi!

2. U insonni laxta qon (alaq)dan yaratdi.

3. O‘qi! Robbing — nihoyatda Karamli zotdir.

4. U qalam (yozuv) bilan (insonga) ilm o‘rgatgan,

5. Insonga bilmagan narsasini o‘rgatgan zotdir.

6. Yo‘q! Inson, albatta, tug‘yon qiladi,

7. Agar o‘zini behojat (boy) deb bilsa.

8. Albatta, (barcha ishlarning) oxiri Robbing huzurigadir.

Safiya : Ma shaa Alloh, imtihonda ham Alloh shunday oson qilib qo'ysiiin!

Amiiyn! - degancha bir-birini quchib olishdi

Sumayya and Safiya

Namjoon va Jininnig miyyalari bu gaplarni qabul qila olmasdi, "Nima? ular nima haqida gapirishayabdi, kimning so'zlari bu? Bunchalar go'zal so'zlarni kim aytgan? Nahotki, mana shu bo'lsa Islom go'zalliklaridan biri?!".

Har ikkisining ham hayollarini shu savollar chulg'ab olgandi... Qizlarni yanayam diqqat bilan kuzatishni davom etishdi.

Sumayya : Endi "ToHa" surasining boshidagi 8 ta oyatini aytchi, Safiya degancha Sumayya soatiga qaradi, ammo hali asrga azon aytilmayotgan edi.

Safiya:
Mehribon va rahmli Alloh nomi (bilan boshlayman)
01. To, Ha.
02. (Ey Muhammad), Biz sizga bu Qur’onni qiynalib jafo chekishingiz uchun emas,
03. Balki (Allohdan) qo‘rqadigan kishilarga pand-nasihat bo‘lsin uchun nozil qildik.
04. (U) yerni va yuksak osmonlarni yaratgan Zot tomonidan nozil qilingandir.
05. (U zot) O’z arshini egallagan Rohmandir.
06. Osmonlardagi, yerdagi va ularning orasidagi hamda tuproq ostidagi bor narsa Uningdir.
07. Agar siz oshkora gapirsangiz ham, (va yoki) xufyona gapirsangiz ham, U Zotga barobardir. Zero, U sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham bilur.
08. Allohdan o‘zga (hech qanday) Tangri yo‘q. Faqat Uning O’zi bordir. Uning uchun eng go‘zal ismlar bordir"

Sumayya: Viiy, Alloh rahmati bilan siylasin.

Safiya: Aytganing kelsin, amiin!...Xo'sh, endi senga qaysi surani aytsam ekana?!...Haa,"Anbiyo" surasining ilk 4 oyatini aytib beraqol

Sumayya:
Mehribon va rahmli Alloh nomi (bilan boshlayman)
01. Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g‘aflatda, yuz o‘giruvchi bo‘lgan hollarida.
02. Qachon Robbilaridan yangi eslatma kеlsa, faqat uni o‘ynayotgan hollarida tinglarlar.
03. Qalblari g‘ofil bo‘lib. Zulm qilganlar o‘zaro: «Bu o‘zimizga o‘xshagan bashardan o‘zga emas-ku. O‘zingiz ko‘rib turib sеhrga kеlasizmi?» dеb pichirlasharlar.
04. U: «Robbim osmonu yerdagi so‘zni bilur. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir», dеdi."

Safiya: Ma shaa Alloh, Sumayya qoyil!

shunday deyishi bilan, masjiddan asr namozi uchun azon ovozi yangradi: "Allohu akbar, Allohu akbar....."

Qizlar azonni eshitib, erkaklar kamayganiga ishonch hosil qilgach, masjid tomon yurib, uni orqa hovlisiga o'tib ketishdi

Namjoon va Jinning hozirgi holatini tasvirlab bo'lmasdi. Haa, ular xuddi ustilaridan muzdek suv quygandek qotib qolgan edilar, nima bo'layotganiga tushunolmay qolishdi.

Bir kunning o'zida ularning Islom haqidagi fikrlari tubdan o'zgarib ketgandi va haligacha qizlarning suhbatlarini miyyalarida tahlil etisharkan, Janob Hamzaning ham gaplarini o'ylashardi...

Shu holatda qancha vaqt o'tganini bilishmadi, to'satdan Janob Hamza eshikni ochib, "Yana bir bor assalam alaikum" deb o'tirishi bilan o'zlariga kelib, hali ham mashina ichida bir-biriga hech so'z demay o'tirishganini anglashdi...