Only for you
7 qism
โ๏ธ๐๐ถ๐พ๐พ๐ฎ๐: ๐๐๐ต๐ฏ๐ ๐ณ๐ฎ๐ป๐ณ๐ถ๐ฐ๐ฑ๐ฎ๐ด๐ถ ๐ฏ๐ฎ๐ฟ๐ฐ๐ต๐ฎ ๐๐ผ๐พ๐ฒ๐ฎ๐น๐ฎ๐ฟ ๐บ๐๐ฎ๐น๐น๐ถ๐ณ ๐๐ฎ๐๐ฎ๐๐๐๐ฟ๐ถ๐ด๐ฎ ๐ฎ๐๐ผ๐๐น๐ฎ๐ป๐ด๐ฎ๐ป ๐ฏ๐ผโ๐น๐ถ๐ฏ, ๐ฟ๐ฒ๐ฎ๐น ๐ต๐ฎ๐๐ผ๐ ๐ฏ๐ถ๐น๐ฎ๐ป ๐ต๐ฒ๐ฐ๐ต ๐พ๐ฎ๐ป๐ฑ๐ฎ๐ ๐ฏ๐ผ๐ดโ๐น๐ถ๐พ๐น๐ถ๐ด๐ถ ๐๐ผโ๐พ. ๐ฆ๐๐๐ท๐ฒ๐ ๐ฑ๐ฎ๐๐ผ๐บ๐ถ๐ฑ๐ฎ ๐๐๐ฟ๐น๐ถ ๐ ๐ถ๐น ๐ธ๐๐๐ถ๐น๐บ๐ฎ๐ด๐ฎ๐ป ๐ต๐ผ๐ฑ๐ถ๐๐ฎ๐น๐ฎ๐ฟ ๐๐ฐ๐ต๐ฟ๐ฎ๐๐ต๐ถ ๐บ๐๐บ๐ธ๐ถ๐ป.โ๏ธ
Atrofimda qanchadan qancha gullar bo'lmasin, men baribir kaktusimga o'shiqman..!
Mendan so'rashdi. O'zingni butkul yo'qotib hatto nafas olishni unitgan vaqting bo'lganmi? Biroz o'ylanib turdimda so'ng dedim. Qachonki sevgan insoningga zarar yetsa yoki yetmoqchi bo'lsa sen dunyodan uzulasan. Hatto olgan nafasing ko'ksingga hanjar misoli sanchiladi. Tanangni titroq qoplaydi. Aqling shoshib qoladi. Nima qilaringni bilmay tipirchilab qolasan. Huddi hozirgiday...
Jungkook pov:
Ovozini qandaydur titroq qoplagan hatto yiglayverib bo'g'lib qolgan. Qattiq qo'rqani bilinib turardi. Yuragim qinidan chiqib ketgudek bo'ldi. Ohirgi marta eshitgan ovozidan hali hamon quloqlarim ostida yangrayapti. Nega uni yolg'iz qoldirdim. Uyga o'g'ri tushgan bo'lsaya.. Ynni o'girlab ketishmoqchi bo'lgan bo'lsachi? Har xil gumonlar miyyamni siqib portlashga tayyor holatga keltirib qo'ydi. Qanday qilib uyga yetib kelganimni ham bilmayman. Aksiga olib ko'chada juda kuchli yomg'ir quymoqda. Osmon ham g'azabda o'zining qo'rqinchli jarangdor ovozi bilan atrofi lahzaga solayapti. Ora orada chaqmoq ham chaqib turadi.. Uyning chiroqlari o'chik holatda. Huddiki biror yoqimsiz hodisa roy beradigan mashum kunga o'xshaydi. Yo hudoyim Ynimni o'zing asra. Uning bir tola sochiga ham zarar yetmasin. Vada beraman uni ortiq hech qachon yolg'iz qoldirmayman. Faqat sendan iltimos u sog' omon bo'lsin
Telefonimni chirog'ini yoqib uyga kirdim. Qo'limga har ehtimolga qarshi guldonni oldim. Yoqdan kora.. Yomg'ir kuchayganda kuchaydi. Uyning qorong'u yerlarini ko'chada chaqayotgan chaqmoq yirdamida yorishib yana oz zulmatiga burkanyapti. Qo'rqinchli ko'rgan barcha filmlarimdagi eng dahshatli sahnalar birma bir ko'z oldimdan o'tayapti. Oyoqlarim qaltirab peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi.. Hozir qo'rqoqlik vaqti emas.. Bor ovozim bilan Ynni ismini aytib chaqira boshladim.. Yuqori qavatdan uning qichqirig'i yangradi. Shu zahotiyoq xonamizga ko'tarildim.
Jungkook : Yn... Yn qayerdasan yagonam..
Yn : Jungkook.. Jungkook Men shu yerdaman. Juda qattiq qo'rqyapman
Eshikni zarb bilan ochib ichkariga otilib kirdim. Telefonim yorug'ligi yordamida xonaga nazar tashladim. Yotoqda ko'rpaga o'ranib dir dir qaltirab o'tirgan Yn ovozimni eshitishi bilan o'rnidan turib quchog'imga o'zini otdi. Shu qadar quchoqladiki.. Hiqqilab gaplarini ham to'liq ayta olmadi ham
Yn : Jungkook.. J. Jung. Jungkook.. Jungkook..
Yn pov:
Oshxonaga suv ichish tushgan edim. Ko'chada yomgสปir. Aksiga olib chiroq ham o'chib qoldi. Qorongสปulikdan o'lguday qo'rqaman. Chaqmoq chaqib osmon qattiq gumburlay boshladi. Ko'zimga har hil sharpalar ko'rinib huddi chiroq o'chiq uyda yolgสปiz ekanimdan foydalanib menga hujum qiladiganday. Yuragim orqaga torta boshladi. Butunlay bo'shashib ketdim. Endi nima qilaman. Jungkook unga qo'ng'iroq qilaman deb raqamini terdim. Aksiga olib javob ham bermadi. Agar yuragim yorilib yoki kimningdur hujumiga uchrab vafot etsam Jungkookga ichimdagi gaplarni aytib olay deb ovozli habar yubordim... Qimirlamay turgan joyimda qotib turibman. Oldimda 2 ta tanlov bor. Biri yugurib uydan ko'chaga qochish. Ikkinchisi Men uchun eng to'g'ri tanlov bo'lmish bor tezligimni ishga solib yotoqxonaga yugurish. Jungkook kelgunga qadar ko'rpa ostida yashirinib jon saqlash. Avval uni chaqirishim kerak. Yana bir bor raqamini qayta terdim. U javob berdi.. Qanday baxt.. Endi gapirishni boshlagan edim deraza qattiq ochilib taraqlagan tovush chiqardi unga qo'shimcha chaqmoq va gumburlagan tovush. Telefonimni tashlab yotoqxonaga yugurdim. Jungkook kelguncha har bir tovush har bir harakatga ahamiyat berdim. Kimdur menga yaqinlashib kelayotganday. Kutilmaganda ko'rpamni yuzimdan tortib oladiganday... Men juda qo'rqoqman.. Niyohat mening himoyachim yetib keldi. Bilmadim yana ozgina shunday qolsam ertalabgacha yetib bormay qo'rquvdan jonim uzulgan bo'lardi. Men o'lsam Jungkookga kim g'amxo'rlik qilardi. Kim uni asabini yeb bitiradi. Kim uning kayfiyatini ko'taradi. Kim u bilan birga jinniliklar qilardi. Men siz Jungkookga qiyin..
Yoqimli ovozini eshitar ekanman. Yuzimga qon yugurdi. Xonaga kirganida yugurib uni mahkam quchib oldim. Yuragim xotirjamlashdi. Jungkookning qo'lidan meni hech kim yulib keta olmaydi. Sabibi erim juda kuchli... Endi hotirjam nafas olayapman.
Pov Jungkook
Havotirim biroz bosildi. Uni bag'rimda his qilib ichimdagi bir kemtik to'lganday bo'ldi. Hotirjam nafas ola boshladim. Qanday qo'rqganim faqat o'zimga ayon. Unga hech qanday ziyon yetmapti
Jungkook : tinchlan. Tinchlan. Hammasi o'tib ketdi Men yoningdaman..
Meni o'ziga qaratib yuzlarimni silab ko'z yoshlarimni ohista artib tashladi.
Jungkook : Menga qara Men yoningdaman. Hech Kim senga zarar bera olmaydi.
Jungkook : Tish... Gapirma....
Ko'rsatkich barmoqlari bilan gapirmasligimni aytib lablarimni to'sdi. Yanoqlarimni siypalayotgan qo'llari bo'ynimga tushdi. Lablarimiz birlashdi. Bu qo'rquvni yengishga barini unitishim tinchlanishimga juda katta yordam berdi
Meni qutqarish uchun kelgani yolg'iz qoldirmagani uchun sevinib ketdim. Jungkook uchun qadrli ekanman. Yana ko'z yosh to'ka boshladim. Bu safar quvonchdan.. Baxtdan...
Jungkook : Tish yig'lama.. Meni urishqoq xotinim qayerga ketdi.. Nega tantiq qizlarga o'xshab ko'z yosh to'kayapsan.
Men uchun eng yomon haqorat bu meni tantiq qizlarga o'xshatishgani. Jungkook buni juda yaxshi biladi. Jahl qilib ko'ksini mushtladim va dedim
Jungkook : bilaman sen kichkina jadugarsan.. Yana mening yagonam borlig'im ham.. Yuragimni butunicha senga topshirib qo'yganman. Senga yetkazilgan kichik ozor ham meni ado qiladi. Shunday ekan o'zingni asra shunda Men ham yaxshi bo'laman
Quloqlarim to'g'ri eshitdi.. Men tush ham ko'rmayapman.. Hozir quvonchdan yorilib ketaman. Bundan chiqdi u meni sevadi.. Bunga aniqlik kirgizib olish kerak...
To'satdan berilgan savolga hayratlanib o'ylanib qoldi. O'ylanib qoldi demak sevmaydi...
Jungkook : hozir shuni aytishni mavridimi?
Ym : Ayni mavridi Jungkook. Men aniqlik kiritib olishim kerak. Biroz avval aytgan gaplaring Shunchaki meni yupatish uchunmidi? Javob ber
Jungkook.. Rostini aytaver hafa bo'lmayman..
Belimdan bir qo'lini o'tkazib yanada o'ziga yaqinlashtirdi. Qorongสปuda yuzini aniq ko'ra olmasam ham nafasini iforini his etib turibman..
Jungkook : Bilasanmi nima? Seni uchratganimdan so'ng yer yuzidagi barcha insonlar ko'zimga bir xil ko'rina boshladi. Ularga o'xshashi yuzlab minglab topiladigandek. faqat Sening yuzing hech kimnikiga o'xshamaydi. Senga o'xshashi yoqdek. Takrorlanmasdek. Yer yuzida sen yagonasan va men senga egaman. Menikisan. Buning uchun o'zimni Dunyodagi eng baxtli inson deb his qilaman. Borgan sari ilgari his qilmagan hislarimni telbalardek his qilayapman. Sen bilan hayotim tubdan o'zgarib ketdi. Ko'nglim bo'lsa tinimsiz sen izlagan inson shu deydi. Yuragim borgan sari senga nisbatan ilib bordi.. Oshiq bo'ldim. Avval sevgan narsalarimdan ham ko'proq seni seva boshladim. Goyo boshqatdan tugilgandek sevdim. Samolarga sigdirib bolmaydigan darajada sevaman. Seni sevaman mening kichik jadugarim...
Yuragimni eritib yuboruvchi so'zlar muhumi qalbdan chiqqan. Qalbdan qalbga aytilgan go'zal sevgi izxori. Suyak suyagimga singib tanamdagi bor hujayralarimni ham titratib yubordi.. 7 osmonda uchish shunday bo'lsa kerak.. Endi yashirishdan foyda yoq. Ammo bizning oldimizda juda kop tosiq va sinovlar bor..
Jungkook : xosh nega jimsan yoki meni sevmaysanmi?
Yanoqlariga ikki kaftimni bosdim.. Ko'zlariga tik boqib dedim
Yn : Sen tassavur qila olmaydigan darajada qattiq sevaman. Seni boringcha kamchiliklaringga qaramay sevaman. Faqat sen bo'lsang sendan o'zgasi bo'lmasa faqat meni sevsang. Eshitgan qo'shiqlarimda ham hayolimga sen kelasan. Qaniydi doim yonimda bo'lsa kozlarining tub tubiga tikilsam deb hayol suraman. Har safar menga yaqinlshsang qalbim titraydi. Bu hisni so'zlar bilan ifodalash imkonsiz. Sen siz hech nimani manosini yoqdek. Xasta bo'lsam darmonim sendek. Sen siz tuzalishning imkoni yoqdek. Yangi kiyim olganimda yarashibdi demasang. O'zimga oro berganimdan mano yoqdek. Qisqa fursat ichida o'zinga oshiq qilib qo'yding. Aqldan ozaydeyapman. Seni sevaman.. Seni sevaman Jungkook..
Sevgimni emin erkin baralla ayta oldim. Hech qanday tosiq va uyalishlarsiz. Sevgimizni yanada ko'proq his qilish maqsadida Jungkook yana lablarimizni birlashtirdi. Endi na qorongudan na chaqmoqdan na sharpalardan qo'rqyapman.. Bir biriga talpinayotgan urayotgan yuraklarimiz Yoqimli muhitni yaratib turibdi. Jungkook buni chuqurlashtirishni boshlaganda serkaglashdim
Ym : Jungkook shoshma bunga hali erta..
Jungkook : Nega Yn axir xotinimsan. Sevgimizni ham to'lig'icha his qilishni senga ham his ettirishni istayman..
Jungkook norozi.. Bir tomondan u haq. Uning oldida ayollik vazifam bor men bundan bosh tortayapman.. Vaqtincha bari o'z iziga tushgunga qadar. Quruq sevgi bilan ish bitmaydi. U hali yaxshi er munosib farzand va g'amxor ota bo'la olishini isbotlashi kerak..
Yn : Jungkook biz hal qilishimiz kerak bo'lgan bazi muommolar bor
Jungkook yana hafsalasiz uf tortdi. Meni qayta bag'riga kiritib sochlarimni mayin siladi
Jungkook : Kel bugun shu ishlarni hazim qilib olaylik qolganini keyin gaplashamiz
Ikkimiz yotoqqa joylashdik. Bir birimizni mahkam quchgancha sevgidan mast bolayapmiz. Jungkook quvonchining chegarasi yoq. Sochlarimni silab ora orada peshonamdan yanoqlarimdan bosalar oladi. Men esa faqat bu yoqimli vaziatdan zavq olaman. U haq buguncha shularni hazm qilib olaylik. Ertalab urishi baqir chaqir qilib yurgan edik. Hozir esa... Buning mutloq aksi..
Ko'zlarimni istar istamas ochdim. Ochdimu koสปzlarim katta katta bolib ketdi. Yotoqni ikkinchi tomoni bo'sh. Yuragim shuvv etib ketdi. Naxot bari tush bo'lsa.. Yuz Qo'limni yuvib pastga tushdim. Oshxonadan Yoqimli ifor kelayapti. Jungkook nonushta tayyorlab qo'yibdi. Chiroyli qilib dasturxon ham bezabdi. Ko'zlarimga ishona olmay ostonada turib qoldim. Jungkook meni ko'rib yuzida yorqin kulgu hosil bo'ldi. Qarshimga turib labimdan qisqa bosa oldi. Sochlarimni quloqlarim ortiga o'tkazdi. Bu tush emas.. Agar tush bo'lgan taqdirda ham bu shirin tushimni buzgan odamni sog' qo'ymayman
Jungkook : hayrli tong sevgilim
Sevgilim.. U meni shunday atadi.. Sevgilim...
Jungkook : tuzukmisan. Mazang bo'layotgan bo'lsa shifakorga olib boraman yoq yaxshisi shifakorni uyga chaqirtiramiz
Seni shunday mehribonchiliklaringdan song har qanday qizni mazasi qochadi..
Yn : Jungkook Men yaxshiman. Biroz hayajonlandim. Seni bunday mehnatingni munosabatingni korib..
Jungkook : Bu senga yoqamadimi
Jungkook : Qani yur nonushta qilib ol
Qo'limdan ushlab dasturxon oldiga o'tkazdi. Ovqatlarning bari bari mazali. Oyim doim meni yaxshi ovqat tayyorlay olmasligimdan shikoyat qilardilar. Men esa oyimga meni erim yaxshi oshpaz boladi menga nonushtalar shirin taomlar pishirib beradi deb Ishonch bilan aytardim. Bu amalga oshdi.. Oh buni aytib oyimga maqtanaman. Jungkook indamay meni kuzatib o'tirdi. Bundan biroz hijolat boldim. Buni sezganday telefonini titkilay ketdi.
Jungkook : Buni qachon tashashga ulgurding..
Kecha Men olib qolsam deb Jungkookga Jonatgan habarim.. U ayni damda shu xabarni ochib eshita boshladim. Men sharmanda bo'ldim... Yo hudo..
Ertaga tirik bo'lamanmi yoki yoq buni bilmayman. Ammo olib qolsam senga aytmoqchi bo'lgan gaplarim ichimda qolib ketmasin.. Jungkoooookkk. Seni sevaman.. To'yimiz Ilk kunidanoq.. Uzun sochlarigga qaramay. Senga Yolg'on gapirgan edim soching uzunmi yoki kaltami buni farqi yoq. Agar sochingni butunlay olib tashlasang ham seni sevaveraman. Agar o'lsam meni unutma iltimos.. Jungkook Agar o'lsam mensiz nima qilasan.. Kim senga farzandlar tugสปib beradi. Kim chempion rafiqasi boladi Axir... O'lish uchun yoshlik qilaman..
Jungkook buni maroq bilan tinglayapti .Men esa yeyayotgan taomimga tiqildim. Qo'limni musht qilib stolga qattiq urdim
Jungkook : Bu mening telefonim menga kelgan xabar istamasang eshitma
Ablah unga meni mazah qilish uchun gap topildi. Endi har soniya gapirib payt tuguldi deguncha Ustimdan kuladi. Sevgi izhor qilmay Men o'lay๐