August 14, 2025

Queen wanna die 7 qism

Ming Yuè asta qo‘lidagi qadahni stolga qo‘ydi. Uning ko‘zlari sovuq, labidagi jilmayish esa faqat tashqi niqob edi.

Ming Yuè: — Nihoyat keldingiz… Qirolim. Lekin kechikishingiz sababini bilsam bo‘ladimi?

Yoongi: — Men… yo‘lda bosh tabibni uchratdim. Malika Sebom hushidan ketibdi. Shuning uchun u tomon bordim.

Ming Yuè: Hozi ahvollari yaxshimi

Yokngi: Hozir ahvolli yaxshi va senga bir gap aytishim kerak

Ming Yuè: Sizni eshitaman hazirati oliylari

Yoongi: Ertaga marosim boladi

Ming Yuè: Qanaqa marosim

Yoongi: Malika Sebomni Qirolicha etib tayinladim

Ming Yuè hech nima demay qotib qoldi

Ming Yuè: Siz nima desangiz shu qirolim - deya bugungi tunni birga otkazishdi

Ertalab saroy butunlay shovqin-suron ichida edi. Xizmatkorlar yugur-yugur qilib, oltin naqshli gilamlarni yoyishar, ustoz pazandalar marosim dasturxoni uchun eng noyob taomlarni tayyorlash bilan band edilar. Saroy hovlisida katta oltin taxt o‘rnatilib, uning atrofiga qimmatbaho ipak pardalar osildi. Har bir burchakda qirolicha unvonini bildiruvchi lotus gullari bilan bezaklar qo‘yilgan edi.

Ming Yuè esa ayvon soyasida turar, uzoqdan tayyorgarlik jarayonini kuzatar edi. Uning yuzida hech qanday ifoda yo‘qdek ko‘rinsa-da, ko‘zlarida ichki bo‘ron sezilib turardi.

— Qirolicha... Sebom... — deya pichirladi u, qo‘llarini asta musht qilib.

Saroy darvozasidan qirolicha bo‘lish uchun bezatilgan Sebom kirib keldi. Uning kiyimlari qizil va oltin rangda, sochlari marvaridlar bilan bezalgan, yuzida esa biroz hayajon va uyatchanlik bor edi. Uni ko‘rgan Yoongi yengil tabassum bilan yoniga bordi va qo‘lidan tutib taxt tomon boshladi.

Bolajak qirolicha Sebom

Lekin Ming Yuè ichida boshqa rejani pishitayotgan edi...

Ming Yuè Sebom va Yoongining yonma-yon taxt tomon ketayotganini kuzatar ekan, ichida qaynayotgan rashk va alamni jilmayish ortiga yashirdi. U qadamini sekin tashlab, saroyning narigi qanotiga yo‘naldi. U yerda faqat unga sodiq bo‘lgan, ko‘pchilikdan yashirincha xizmat qiluvchi bir nechta odam kutib turardi.

Ming Yuè: Bu ishni bugun kechasi qila olmaysizlar buni boshqa yol bilan qilishimiz kerak

- lekin malikam bu ishni qilmasak keyin kech boladi axir

Yuè: Bilaman men boshqa reja tuzyabman man eshitim boyicha uni sevgan yigiti bolgan ekan bu yerga kelmasidan oldin uni topgin va menga olib kelgin

- hop boladi

Shu payt uzoqdan karnay-surnay ovozlari yangradi — marosim boshlanayotganini bildirardi. Saroy ahli asosiy maydonga yig‘ildi. Oltin taxtning ikki tomonida qator bo‘lib turgan amaldorlar Sebomga ta’zim qilishdi.

Yoongi tantanali ohangda:
— Bugundan boshlab, Malika Sebom — Chaseong qirolligining Qirolichasi! — deb e’lon qildi.

Olomon “Yashasin Qirolicha!” deya bir ovozda qichqirdi.

Va shu tariqa qirol va qirolicha bir biriga tazim qilishdi

Sebom boshini egib, xalq oldida jilmaydi. Ammo uning ko‘zlarida bir lahza shubha uchquni paydo bo‘ldi — go‘yo u kimdir uni kuzatayotganini his qilgandek. U nigohini Ming Yuè tomon burdi. Ming Yuè esa uzoqdan unga qarab turar, yuzida sirli, o‘qib bo‘lmas jilmayish bilan…

Tassavuringiz uchun

Marosim ham oz nihoyasiga yetti va hamma tarqalishdi
Ming Yuè oz saroyiga Qirol va Qirolicha oz saroylariga ketishdi

Intiqlik bilan kutgan bu ikki oshiq qalblar endi birga bo‘lishdi, lekin bu ikki qalbni bir-biridan ayirishga tayyor kuchlar ham bor edi. Ularning sevgisi osmon kabi bepoyon, ammo taqdir shamollari gohida bulutlar ortiga yashirib qo‘yishi mumkin edi.