May 28, 2025

Shadow Waltz

Eng yaxshi sevgi izhozi bu - ,,Bugun tushimga kiribsan... ."

Ep_8

2 HAFTADAN SÕNG.

Rangida rang qoldirmagan muammolar Annani ich-etini yeb yuborgandi. Uning hozirgi yoshida boshqa qizlar òynab kulib yurishibdi, bu yerda Anna esa otasining õsha kungi tomoshasidan sõng qiz hech kimni, hattoki õzini ham kechira olmayotgandi. Chunki Kaini ayanchli axvolga kelishida Anna õzini ham qaysidir tomondan ayblayotgandi. Hozirgi vaqt ayni Annaning yashnab, xursandchilik qiladigan davri edi. Lekin uning hayotida rõy berayotgan ishlar bunga yaxshigina tõsqinlik qilayotgandi. Anna butunlayga aza tutgandek yurmaslik uchun bir-ikki kichik tabassum ham qilib qõyarli, lekin bu tabassum soxta ekanligiga qaramay, uning ortida yaxshigina dard ham borligini kõrish qiyin emasdi. Õsha õtgan 2 oy ichida qizning na ichishida, na yetishida xalovat bor. Kunu-tun õzi bilan õzi ovvora edi. Õtirgan joyida necha soat bõlmasin xayol surardi. 2 xafta oldi dadasiga tõy uchun ozilik berganidan sõng Kaini kõchadan achinarli axvolda topishganini eshitib Anna bir necha kun xavotirdan õziga kela olmadi.

Tong otishga allaqachon ulgurgan, lekin qish yaqinligi sababdan quyosh bulutlar ortida qolgan edi. Anna õz xonasida joylashga kravatda yarim soatdan beri turgisi kelmay oyoqlarini quchoqlagancha õtirardi. Ayni damda uning yashagisi kelmayotgandek his qilardi õzini. Kõzlarini oğirlik bilan yumib-ocharkan eshik taqillashi bilan kichik kõzlar eshik tomonga mixlandi:

~Xonim xayrli tong. Tõy tibosingizni olib borishimni Janob Kang buyurganndilar.

Xonaga kirgan xizmatchi iltifor bilan xonimiga gapirib, kõylakni Anna õtirgan joyga, ya'ni kravat ustiga asta qõyib, uyoq-buyoģini tõğirlab qayta xonadan chiqib ketdi. Qiz õrnidan sekinlik bilan turib kòylakni qòliga oldi.

Annaning qòlida deb tassavur qilila

Qarshisidagi libosga nafrat kõzlari bilan qarar ekan, gõyo bularning barchasiga shu birgina kõylak sababchidek edi. Annaning kõzlariga alam kõzyoshlari quyildi. Harchan yiģlamaslikka harakat qilmasin buning iloji yõq edi. U har doim kelajagidagi tõyi sevgan insoni bilan bõlishini, õz ixtiyori bilan bu nikohga rozi bòlishini, hatto u orzusidagi kelin kõylakni ham hayolida tasvirlab, xuddi shunday libos kiyishni niyat qilgandi. Hozir esa bularning hech biri amalga oshmasligini õylab Anna kõylakni qayta yotoq ustiga uloqtirib yubordi. Sõng kõzidan chiqishga ulgurgan tomchilarni artib, ikki qòli bilan boshini changallagancha balkoni oldiga bordi. Xonasiga kõz yugurtirar ekan kõzlari tasodifat tashqariga tushdi. Qor. Qiz kõzlariga ishonmay balkon eshiklarini ochib tashqariga chiqdi. Havo sovigan, shamol esib turardi. Birgina uxlash kiyimida tashqariga chiqqan qiz hatto sovuqqa ham e'tibor qilmadi. Uning fikru-xayoli yerga uchib tushayotgan qor parchalarida edi. Bugun qish kelishidan darak berayorgan birinchi qor edi. Anna bu manzarani kõrib turib 1 yil oldingi vaqtga qaytdi:

FLASHBACK 1 YIL OLDIN.

~Mana bugun ham birinchi qor yoģayapdi. Birinchi qoring bilan tabriklayman sevgilim.

~Men ham seni tabriklayman. Qor bu sevgimiz ramzi bõladi deb õylamagandim. Yodingda bõlsa õtgan yili aynan birinchi qor yoģganda uchrashib qolgandik. Òsha kun mening eng baxtli kunlarimdan biri edi.

Anna gaplarini tugatarkan burniga qõngan qor parchasini kõrib kuldi va erkalana boshladi.

~Qanaqasiga yodimdan chiqishi mumkin, albatta esimda.

~Bilasanmi, men bir tilak tiladim.

Oģzi bilan qor parchalarini tutib yeyishga harakat qilayotgan qiz harakatlaridan tõxtamay gap boshladi.

~Qanday ekan?

~Kelasi yili ham birinchi qorda xuddi bu yilgidek mana shu joyda uchrashishimizni xoxlayman. Xõsh, kelasi yili ham men uchun kelasanmi?

~Kelolmayman.

Annaning tabassumi birdan sònib Kai tomon qaradi:

~Nega kelolmaysan? Axir..

~Balki õsha kungacha biz bir oila bõlib qorni birgalikda kutib olarmiz... .

~Sen, yaramas. Õtakam yorilay dedi.

Kaining yuzidagi tabassum kelgaya boshladi. Bundan Annaning jahli chiqsa ham bu unga yoqardi. Qiz ham biroz tabassum qildi.

COMEBACK.

Ichkariga kirib Annani bir necha marotaba chaqirgan xizmatchi qizga nima bòlayotganligidan hayron edi. Bir qancha urinishlardan sòng axiyri Annaning yelkasiga ikki marotaba yengil turtgan xizmatchi ayol qizning hayolini òziga torta oldi. Chuqur õydan sòng yelkasiga kelib tushgan turtkidan Anna biroz seskanib yon atrofga qaray boshladi. Kõz oldida gavdalangan 1 yilgi xotira qizning kòzlariga yana bir bor yosh tòlishiga sabab bòlgandi.

~Xonim axvolingiz yaxshimi, tobingiz yõqmi?

Kõrinishidan yosh lekin yuzlariga ajin tushgan xizmatchi ayol avval Annani holini sõrab yon atrofga nazar tashladi.

~Xonim qarang havo ancha sovibdi, qayerdiringiz oğriyotgan bõlsa ayting, men dori beraman. Faqat shamollab qolmang, axir bugun tõy kuningiz bòlsa. Shamollash esa yaxshi emas, qani xonim ichkariga kiring.

Xuddi yosh bolaga gapirayotgandek xizmatchi ayol Annani erkalatgandek gapirardi. Hozirgi holatidan qiz òziga kelishi uchun yolģiz qolmoqchi bòldi:

~Men yaxshiman, haligi, biroz yolģiz qolmoqchiman.

~Tushunarli xonim. Lekin bugungi kun uchun tayyorlanishingiz kerak. Axir bugun....

~BILAMAN! Bugun tõy kuni. Lekin sizdan atigi 5 daqiqa sõrayapman. Qochib ketayotganim yõq. ILTIMOS FAQAT 5 DAQIQA!

Xizmatchi ayol gapi bòlinganligi va yosh qizdan dakki eshitgani hisobiga biroz hijolat bòlib Annani xonasida yolģiz qoldirishni afzal kòrdi. Anna yotoq ustida turgan kõylakka yana bir bor òģirilib qaradi.

Deyarli shunday

Kõylakka uzoq termuldi va uni qayta joyiga qòyib kõzgu oldiga bordi. Õsha yerdagi kursiga joylashdi va aksiga qaradi. Kòzgudagi aksda umuman boshqa qiz bor. U oldingisiga hech ham òxshamasdi. Kòzgu ila Anna kòzlariga chuqur qaradi. Ayni damda Kai uning hech ham hayollaridan ketmadi.

POV ANNA.

Nahot Kai 1 yil oldin kelishilgan joyga bõlsa. U meni kutayapdimi yoki yõq? Qochsammikin, aslo. Qochganim bilan baribir meni yana tutib olishadi. Bularning barchasi befoyda. Nahot u ham kelmasa, meni bu yerlardan olib ketish uchun kelmasa. Nima, meni õsha yigit bilan oila qurishimni jimgina kuzatib turadimi? Ex Kai, seni qanchalar kutayotganimni bilsang edi.

Anna qarshisidagi oynadan kòzlarini uzib, qòllarini kòzgu stoliga yiģdi va boshini qòllari ustiga qõyib chuqur nafas oldi.

FLASHBACK 5 KUN AVVAL.

~Anna mening dugonam, uni har doim qõllab-quvvatlaganman. Lekin sizlarning munosabatlaringiz menga hech qachon yoqmagan. U erga tegish arafasidagi qiz. Annani tinch qõyasanmi yõqmi?

20 daqiqadan beri jahl bilan tinmay gapirayotgan qiz Kaiga hech bòshkelgisi kelmasdi.

~Miren, yaxshilikcha aytyapman. Bizni õrtamizga suqulma. Annani õsha boyvachcha zodagonlarga* berib qõymayman!

~Xato qilayapmas. Miyangni ishlatmayapsan sen. Jeonlarning oilasi sizlarning oilaga nisbatan bir necha barobar kuchliroq deb eshitganman.

~Anna bilan birga bõlishimizni istamas ekansan, nega bularni õylab õzingni qiynayapsan. Biz haqimizda qayģurish shart emas.

~Shu gaplaring va tavakkal qilayotgan ishlaring bir kun kelib boshigga balo bõladi seni. U qõyib yubormayapsan, u sen sababli qiynalayapdi. Sen Annaga borligingni eslatib turib umid ham berayapsan. Bu qizni azoblayapdiku tentak, shuni tushunayapsanmi?

Kai õyga tolgancha bir muncha harakatsizlanib, uzoq nuqtaga qarab qoldi.

~Sizlarning õrtangizga kirish men uchun emasdir balki, lekin men Anna uchun, uning baxti uchun harakat qilayapman. Sõnggi marotaba ogohlantirishim, uni tinch qõy. Bu ketishingda sen uni ham òzingni ham tamom qilasan.

Miren yurakni ezib yuborgudek gaplarini gapirib bòlib òsha joyni tark etdi. Kai uzoq muddat òziga kelolmay qoldi.

*

Òsha 5 kun oldingi Miren bilan yuz bergan voqeani Kai kòz oldiga keltirardi. Qizning gaplari psha kundan beri Yigitning quloqlari pstida jaranglardi. Kai allaqachon Anna bilan bilan 1 yil oldin kelishilgan joyiga yetib kelgan, lekin qizdan darak yòq. Qòlida sevgan qizining kichik shakldagi rasmini bosh barmoģi bilan silagancha sur'atga chuqur tikildi. Minho bir necha kun oldin Kaini òsha kulbaga qamagani va shu sababli Anna tõyga rozi bòlganligi yigitga alam qilardi. Õsha kundan sòng taqdir taqozosi bilan Anna va Kai yana uchrashib qolishdi, lekin Anna yigitni xuddi kòrmaganlikka olar, kòrsa ham Kaining savoliga tayinli javob qaytarmasdi.

FLASHBACK SÕNGGI UCHRASHUV.

Bir necha kun oldin.

Shoshib qayergadir ketayotgan qizning qòlidan uchlab tortgan baquvvat qòllar Annaning tòxtashiga sabab bòldi. Kai qizni òziga qaratishga harakat qilsa ham Anna kòzlarini olib qochardi.

~Nega õzingni mendan olib qochayapsan?

~Qayerdan paydo bòlding? Qõyib yubor qolimni oģriyapdi!

~senga savol berdim! NEGA ÒZINGNI OLIB QOCHAYAPSAN? Nima uchun?

~Javob berishga majbur emasman. Shunchaki seni kõrishni istamayman, bor yõği shu.

~Aniqmi. Balki seni bunga otang majburlayotgandir. Anna sen uchun bariga tayyorman. Seni oilang majburladi bu uchun tòģrimi?

~Meni hech kim majburlayotgani yõq!

Anna qòlini Kaidan tortib, nozik qòllari bilan yoyilgan sochlarini ortga taragancha gap boshladi:

~Hech kim meni majburlamayapdi. Shunchaki barini õylab bir qarorga keldim.

Biroz sukut va Kaining qosh chimirishi bilan Anna gapida davom etdi:

~Õylab qarasam, seni otang uyingdan ham haydadi, hech vaqosiz qolding. Qòlingda na hunaring bor na tayinli ishing. Men esa bunday qiynalib yashash niyatim yõq. Men sen bilan emas bòlajak erim bòlmish yigit bilan baxtli bòlishimga kõzim yetayapdi. Meni tushungandirsan.

Qizning gaplaridan gandiraklab qolgan Kai duduqlana boshladi:

~Yõq, yõq. Sen boylik va hashamatga õch qizlardan emassan, sen ular emassan Anna.

~Men aynan shunaqaman. Pul va hashamat mening jonu-dilim. Sen bir paytlar dadajoningni boyvachchasi ekanliging uchun seni yoqtirgandim. Endi esa qaytib oldimdan chiqma! BARCHASI TUGADI!

POV KAI.

Sen bilan 2 yil vaqtimni bekorga òtkazibman. Avvalroq seni òzimniki qilsam bòlmasmidi. Men sevishingga ishonaman. Seni bu gaplarni aytishingga majburlashgan. Sen oqkòngil, betakror, aqlli va beģubor qizsan. Pul sening hayotingda òrni yòqligini ham bilaman. Balki Mirenning gaplari haqiqatdir, sening hayotingda ortiqchadirman. Agar rostdan ham shunday bòlsa, men ont ichaman meni boshqa kõrmaysan... .

Bir necha soatdan sõng.
(Tõy voqealarini yozib òtirmadim)

Katta hashamatli mashinalarning birida Anna va uning eriga aylanishga ulgurgan yigit jim-jitlikni buzmagam holda ketishardi. Anna hozir mashina manziliga yetgandan sòng nima bòlishini tasavvur ham qilolmasdi. Yonida òz hayollari bilan band Jungkook esa qizga hatto e'tibor ham bermasdi. Bu bir tarafdan Anna uchun ham yaxshi edi. Yigitning shu qiliģi qizga yoqib tushdi va kòngli hotirjam tortgandek òpkasiga tòldirgan havoni sekin chiqardi.

Nihoyat mashina manziliga kelib tòxtadi. Annaning yurak urishi tezlashib, xuddi havo kamlik qilayotgandek, oğiz bòshliģi bilan ham nafas ola boshladi. Mashinadan birinchilikda haydovchi tushdi va Jungkookga eshikni ochib berdi. Mashinadan tushga yigit qiz tomonga borib eshikni shaxsan õzi ochishni ma'qul kòrdi. Jungkook Anna tushishi uchun qõl ham chõzdi, lekin yigitning qõllari bõsh qoldi. Anna Jungkookning qòliga e'tibor ham bermay õzi kõylagining etak qismini kõtarib tushdi. Yigit lab chetida kuldi va mashina eshigini yopdi.

Mashinadan tushishi bilanoq Anna uyning tashqi tomonini kõzdan kechirarkan òyga toldi:

POV ANNA.

Nahotki endi shu yer mening uyim bõlsa. Ishongim kelmayapdi, men butun hayotimni, butun umrimni shu yerda õtkazamanmi, buning ustiga begona erkak bilan. Haqiqatdan ham ishonish qiyin. Bu yerda baxtli bòlishimga hech ham kõzim yetmayapdi. Qiziq, bu uy mening yaxshi kunlarimga guvoh bõlarmikin yoki yomon kunlarimga...?

~Balki kirarsan..

Qizning hayollari bulut misol uchgandan sõng, Anna Jungkook tomon qaradi va uyning eshigi tomon qadam tashladi. Yigit ildamlik bilan eshikning hashamatli dastagini õziga tortib eshikni ochdi. Anna yigitga qiyo boqmay ichkariga kirdi. Yõlakdan õtib borisharkan, qiz qayerga ketayotganligini bilmasdi, oyoqlari qayerga yetaklasa òsha joyga ildamlardi. Jungkookga esa Anna qayergacha borishi uni qiziqtirib borayotgandi.

Deyarli shunday

Labirint desa bõladigan bu uydan Anna axiyri adashib-adashib qandaydir yuqoriga elituvchi zinalar oldiga kelib tõxtadi. Ortiga õgirilganda esa Jungkook unga qarab turardi. Axiyri yigit qizga qoshlarini yuqoriga kõtardi. Bu harakatlardan Anna yuqoriga chiqishi mumkinligini õylab tavakkal qildi. Yana nozik qòllari bilan kõylagining etak qismiga qòl uzatdi va yuqoriga chiqishni boshladi. Zinalarni yarimlashga erishgan qiz anchagina holdan toyigan, hatto òzi pastga tashlab tuborishga ham tayyor edi. Lekin afsuski òylagan narsasi amalga oshgandek edi. Qizning kõylagi uzunligi uchun oldinni kõra olmadi va yuqoridagi zinani notõğri bosganligi sabab poshnali tuflisi qayrilishiga olib keldi. Anna qõrquvdan kõzlarini chirt yumdi. Qizning taxmini bòyicha u ayni damda yiqilishi kerak edi, lekin uning bellaridan õtkazilgan qaynoq qòllar bunga yõq qòymadi. Kõzlarini sekinlik bilan ochayotgan qiz birinchi yon-atrofiga, keyin rõparasida uningyiqilishdan saqlab qolgan yigitga qaradi.

~Nihoyat yuzimga qaradingmi? Bunday qilolmayman deb õylagandim.

~Nima?

~Bugungi kun haqida gapirayapman, xuddi õzimni ,,Tasqara" dek his qildim. Hatto yuzimga qaraging kelmaydi.

~Yuzingga qaraganimda biror nima õzgarib qoladimi?

~Xm, bilmadim.

Yigit qisqa javob berib Annaning kõzlariga chuqur va jiddiy kòrinishda qaray boshladi. Qiz ham sukutni saqlab Jungkookning bu harakatidan qotib qolgandi. Kõzlar bir-biriga yoqimli termulganidan ular xuddi gaplashishayotgandek edilar.

Uzoq muddat shunday turgandan sõng Anna yigitdan kõzlarini uzdi va boshqa tomonlarga qaray boshladi.

~M-meni qõyib yubor!

Yigit e'tiroz bildirmay qòllarini qizning belidan biroz bòshatdi lekin qòyib yubormadi. Anchagina bòshagan qòllardan sòng Anna muvozanatni ushlolmay yana orqaga yiqila boshladi. Hali tõliqligicha qòyib yubormagan Jungkookning metin qòllari qizni yana òziga tortdi. Anna aòrquvdan òsha paytning òzidayoq yigitni bòynidan quchoqlab olgan, lekin òzining bundan xabari yòq edi.

~Qõrqdingmi? Qõrquv yaxshi, qõrqmaslik yomon. Insondan qandaydir his-tuyģu bòlishi shart. Agar bòlmasa u inson emas.

~Anna boshini kòtarib yigitdan uzoqlashdi. Sònggi bora qahvaramg kòzlarga qaradi-yu, zina oldini tark etdi.

Bu safat Anna tezlikda emas, sekin qadam tashlardi. Xonasiga olib kelgan yigit Annani ichkariga kiritdi. Anna xonaga kirishi bilanoq chiroq yoqildi. Ichkarida ğayritabiiy* hech narsa yòqligiga ishonch hosil qilgan qiz yana bir bor xonani kòzdan kechira boshladi. Lekin kòpga bormay yigit gap boshladi va kravat ustini kòrsatkich barmoģi bilan ishora qildi:

~Õtir!

Anna hech narsa demay Jungkookning aytganini qildi. Hozir ròy beradigan daxshatli hodisani qiz hatto tasavvuriga siģdira olmay yiģlab yubordi. Òzining bu axvolini yigitga sezdirmaslik maqsadida kòzlarini yumdi. Ammo kòzlar yumilgan bòlsa ham òzini yiģidan ushlab turolmay ovozsiz va hech qanday reaksiyasiz yiģlardi.

Bu manzaraga kòzi tushga Jungkook Annani oldiga kelib shunday dedi:

Qiz faqat xafaroq😅

~Senga õzingni roziligingsiz aslo senga tegmayman, havotirlanma! Mendan qòrqma bu darajada daxshatli odam emasman. Bu yerni õz uyingdagidek his qil. Barcha erkinliklar bor, seni qafasga qamamayman, lekin shunga yarasha ish tutasan deb òylayman. Endi esa dam ol. Xayrli tun.

Kostyumining ichki chòntagidan dazmollanga toza ipakdan tikilgan dasròmolni qizga uzatdi. Anna Jungkookning bu gapidan yana ta'sirlandi. Chunki u hozir qanday holat bòlishini tasavvur qilib qõrqib turgandi. Yigitning bu javobidan sòng Annada Jungkookga nisbatan hurmat uyģonganini his qildi u òzida.

Yigit bir kunlik tõy sabab ancha toliqqan. Qizga qisqa va lõnda qilib sõzlarini yakunlab xonadan chiqib ketdi. Anna kòzyoshlarini artgancha xonada yolģiz qoldi.

*

*

*

*

*

*

*

8-qism tugadi.

Yoqimli mutolaa✨