Miren
@kang.miren
19 posts

REAKSIYA

REAKSIYA #Jungkook_and_Rose

REAKSIYA

Bir necha soat davom etgan tungi bazmdan ancha holdan toygan qiz boshqalar oldida oʻzini xushyor turgandek qaddini tik tutardi. Ancha charchagan boʻlsa ham, koʻzlariga uyqu oralab olganiga qaramay Reyani tabassum qilishdan boshqa iloji yoʻq edi. Qoʻlidagi qadahni ushlab har zamonda bir hoʻplamdan ichib qayta kichik aylanma stol ustiga qoʻyardi. Turmush oʻrtogʻi bilan bazmga tashrif buyurgan qiz yon atrofdan oʻz juftini qidira boshladi. Atrof goʻzal, did bilan bezatilgan shohona gullar va bezaklar atmosferani ancha koʻrkam koʻrsatmoqda. Bir tomonda kimdirlar qoʻllaridagi qadahni birlashtirishlaridan hosil boʻlayotgan ovoz, boshqalarning esa kulgu ovozlari bazm zalini yanada toʻldirib turibdi.