Yesterday

𝗧𝗛𝗘 𝗟𝗢𝗦𝗧 𝗠𝗘

"𝐘𝐨𝐮 𝐟𝐨𝐮𝐧𝐝 𝐦𝐞, 𝐧𝐨𝐰 𝐝𝐨𝐧'𝐭 𝐥𝐨𝐬𝐞 𝐦𝐞"

Chapter-5

*

Pov Mira.

E'tiborsizligim natijasida qoʻlimdan tushib ketgan patnisdan soʻng "zodagonlar" orasida ancha kulguga qoldim. Bu sharmandalikdan chiqib ketish uchun tezroq odamlarning koʻzlaridan yashirinish maqsadida oʻzimni chetga olishni istadim. Bir daqiqalik boʻlgan voqeani hali tahlil qilishga ulgurmasimda bir narsaga qattiq turtilib ketganimni sezdim. Katta basseyn meni oʻz domiga tortdi, suv ichiga yiqilishim bilanoq qoʻllarim va oyoqlarimdan xuddi kimdir qattiq ushlab tortgandek his qildim oʻzimni. Shunday boʻlsa-da, hatto suzishni bilmasam ham harakat qilardim. Kuchim qolmay sekinlik bilan pastlab ketardim. Menga qaratilgan koʻpchilikning nigohlariga behos koʻzim tushdi, nahotki ular choʻkib ketayotgan bir insonni qutqarish uchun qoʻl choʻzgilari kelmasa!? Men tamom boʻlgandim, nafas olishim tobora qiyinlashar, tirik qolishim uchun allaqachon umidim soʻngadi. Menga yordam beringlar, iltimos... .

Basseyn ancha tinchib qolgan, Mira suv tubida ancha ichkarilab ketgandi. Sanadan nafrat aralash nigohlarini uzgan yigit oʻylab oʻtirmay suvga sakradi. Basseynda ulkan toʻlqinlar hosil boʻlgach Jungkook ham suv tubiga shoʻngʻigandi. Tashqi dunyoda ulkan sukunat choʻmgan, barcha basseyn ichida choʻkishiga bir bahiya qolgan qizni va uni qutqarish uchun oʻzini suvga otgan qahramonni kuzatishardi. Bundan gʻazab otiga mingan Janob Jeon esa hech narsa demay barchani yolgʻiz qoldirdi va sekin uy ichkarisiga kirib ketdi.

Qizni suvdan olib chiqgan Jungkook oʻsha zahotiyok ust-boshini almashtirish uchun uy ichkarisiga kirdi. Qolgan hizmatchilar Mirani oʻzi keltirish uchun qizni oʻrab olishgandi.
Ustki kiyimini almashtirgach qizdan xababr olish uchun Jungkook qayta pastga tushdi. Tashqari eshik tomon bir necha qadam qolganda xizmatchi qizning gaplari bilan yigit toʻxtadi:

~Janob Jeon, otangiz sizni xonalarida kutayapdilar, -xizmatchi shundan soʻng
hech narsa demay ta'zim qilib turaverdi.
Jungkook esa qotirgancha otasining xonasiga yetib kelgach taqillatmay ichkariga kirdi.

~Chaqirtirgan ekansiz.

~Hech narsa boʻlmagandek oldimga kelib menga tik qarashga uyalmaysanmi?

~Uyaladigan ish qilganim yoʻq! Aksincha siz uyalishingiz kerak, koʻz oʻngingizda bir inson choʻksa-yu, siz va sizga oʻxshaganlar bunga kipriq qoqmay qarab turishganlari uchun.

~Hammaning koʻz oʻngida meni uyatga qoʻyganingni fahmlayapsanmi, faqat shu kecha, shu tadbir hech qanday kamchiliksiz oʻtishini qanchalik nazoratga olgan boʻlsam-da, sen sababli qilgan ichlarim havoga uchdi.

~Nima haqida gapirayotganingizni tushunmayapman, ammo men shunchaki siz umringizda qila olmaydigan ishni bajardim. Sizning qadrdon deb bilgan hamkabslaringiz, doʻstlaringiz bir insonni qutqara olmas ekan, oʻsha ishni oʻzim qildim. Axmoqona tadbir tufayli va unda roʻy bergan tasodifiy koʻngilsizlik tufayli meni aslo ayblashga haqqingiz yoʻq!

Jungkook shu soʻzlarni aytgach xonadan chiqib ketdi. Koʻzlarini ogʻir yumib-ochar va tashqariga chiqishi bilanoq yashil gilam misol toʻshalgan maysa ustida, yerga qaragancha oʻtirgan qizga koʻzi tushdi.

Janob Jeonning oʻng qoʻli ya'ni kotib barchani hurmat bilan, tarqalishlarini soʻradi. Uy deyarli boʻshab qolgan, hizmatchilar esa hovlini tozalash bilan band edilar. Ustida sochiq oʻralgan, suvdan chiqqaniga ancha boʻlgan boʻlsa ham hali hamon qaltirayotgan Mira oʻzini ich-ichidan koyirdi. Koʻpgina koʻngilsizlikka sababchi boʻlganligi uchun uy egalarining koʻzlariga qarashga botina olmasdi.
Bugungi oʻtgan kuni qanchalik yaxshi boʻlmasin baribir Miraning oldiga qandaydi yomon hodisa roʻy bermay qoʻymaydi. Qimirlashga madori qolmagan qiz shunchaki bir nuqtaga qaragancha qimir etmasdi. Koʻp oʻtmay kimdir unga issiq choy damlangan krujka (bakalmi nimadir💆‍♀️)ni uzatdi. Mira boshini sekin koʻtardi, unga qaratilgan nigohlardan va qilgan ishidan soʻng biroz uyaldi.

Yigit Mirani harakatlarini kuzatib oʻzi ham qizning oldiga egilib oʻtirdi:

~Uyalishga hojat yoʻq, buni ol va ich, - choyni yana qiz tomon uzatdi yigit.

~Shart emas, shusiz ham boshingizga balo boʻlishimga oz qoldi.

~Birinchi marta bunday ishda ishlashingmi? Oldin seni bu yerda koʻrmagandim.

~Janob men bir qizni oʻrniga kelgandim. Bunday ishlar boʻlishini bilganimda aslo kelmagan boʻlardim, uzur soʻrayman.

~Sendan hech kim uzur soʻrashingni talab qilmayapdi, uying qayerda. Oʻrningdan tur uyigga olib borib qoʻyaman.

Mira bu gapdan soʻng sekin oʻrnidan turdi. Ustidagi yopinchiqni maxkam ushlab olgan qizni kuzatib yigit ham uni harakatini qaytardi.

~Janob buni hojati yoʻq, men oʻzim ketaveraman. Menincha bu yerda judayam koʻp qolib ketdim, -Mira ta'zim qilib chirish eshigi tomon burildi.

~Soat ham allamahal boʻlgan, bu paytda koʻchada qanday odamlar borligini bilmaysan. Shunchaki uyingga elitib qoʻyaman, yomon niyatim yoʻq.

Mira bir soniya yigitga orqa oʻgirib turdi. Ma'lum vaqt oʻylanib turgach yigitning taklifiga rozi boʻlishdan boshqa chora topa olmagandi. Qayta yigitga yuzlanib boshini rozi boʻlgandek ishora qilib qimirlatdi.

*

Mashina ichida sukunat boʻlsa ham gʻildirakning aylanishi va turli xil motor va dvigatellarning ovozi bu sokinlikni buzib turardi. Mira mashinaning orqa oʻrindigʻiga joylashib yuzini deraza tomonga burib olgandi. Ora-orada koʻzgu yordamida Miraga qarab turgan koʻzlar qizning bu ma'yusligini koʻrib oʻziga turli savollarni keltirib chiqarardi.

Yoʻl boʻyi ikkala juftlikdan sado chiqmadi. Jungkook Miraga bir nechta savollarni berishga haqakat qildi, ammo gapni nimadan boshlashni bilmasdi. Aytilgan manzilga yetib kelgach Mira mashina ichidan oʻz uyi tomonga qaradi, yetib kelganini sezgach nigohlarini yigitga burdi:

~Keltirib qoʻyganingiz uchun minnatdorman, - Mira boshini biroz egdi va ta'zim qildi.

Jungkook qizni mashinaga oʻtirishi bilanoq hayollarini bir oʻy chulgʻab olgandi. ,,Uni qayerdadir koʻrganman" deya butun yoʻl shu savol uni qiynab keldi. Miraning bildirayotgan minnatdorchiligi yigitning quloqlariga kirmasdi. Qizga soʻnggi bora tikilib turgach axiyri unga savol berdi:

~Seni qayerdadir koʻrganman, ammo eslolmayman. Biz oldin uchrashmaganmizmi.

Mira biroz oʻylagach "yoʻq" ishorasini qilib boshini qimirlatdi. Shundan soʻng Jungkook unga koʻp savol berish nooʻrin deb oʻyladi. Mashina eshigini ochgan qiz pastga tushdi, soʻnggi marotaba ta'zim qilgach uyi oldiga keldi va ichkariga kirib ketdi.

Qizning ortidan qarab qolgan yigit Miraning tanish chehrasini hali hamon qayerda koʻrganligini eslashga harakat qilardi. Uzoq muddat shu tariqa Miraning uyi tagida turgandan soʻng mashinani oʻt oldirib u joyni tark etdi.

Rulda sokinlik bilan mashinani haydab Miraning uyini ortda qoldirgancha yigit bir nechta muammolarni oʻylab ketardi. Tashqi tomondan qaralganda hech ham tashvishi yoʻq deb koʻrinuvchi yigitning yuragi tubida juda katta boʻshliq bor edi. Janob Jeon Miraga pas nazar bilan qaraganini, unga hech qanday yordam berishni xohlamaganidan Jungkookning jahlini chiqargan edi. Janob Jeon nafaqat Miraga, balki qolgan xizmatchilarga ham shunday nigoh bilan qaraydi. Otasining bunday kalondimogʻligi yigitga hech ham yoqmagan. Jungkook va Janob Jeon butunlay oʻzga olam, balki shuning uchun ham Jungkook va Jeon haligacha bir-birlari bilan kelisha olmas... .

Uyiga deyarli yetib kelgan yigit haligacha hayollar girdobida qolgan, toʻsatdan choʻntagi ichidan kelgan qoʻngʻiroq Jungkookni oʻziga qaratdi. Chap qoʻli yordamida choʻntagidan telefonni olib yashil tugmachani bosdi:

~Eshitaman Hyunjin.

~Qayerga toʻsatdan gʻoyib boʻlding, seni qidirmagan joyim qolmadi.

~Bir ish bilan ketishga majbur boʻldim. Nimadir boʻldimi?

~Aytarli hech gap yoʻq, sen bilan yolgʻiz gaplashib olsak degandim.

~Shu paytdaya? Ertaga iltimos, bugun biroz charchagandekman doʻstim.

~Bor yoʻgʻi 10 daqiqaga xolos. Senga manzilni yuboraman.

Qoʻngʻiroq yakunlandi. Koʻp oʻtmay Hyunjin tomonidan kelgan xabar tufayli yigit yana telefoniga qarashga majbur boʻldi. Jungkook rulni teskari tomonga burgach oʻsha manzil tomon harakatlandi.

*

Hashamatdan ancha yiroqda boʻlgan, kichik kafe ichkarisida qoshiq va sanchqilarni likopchaga tekkan ovozi va bir qancha kishilarning suhbati quloqqa ancha yaxshi eshitilardi. Hyunjin qoʻngʻiroqni yakunlagach telefonni stol ustiga qoʻydi, qarshisidagi qizning unga norozi ifoda bilan qarab turganini koʻrgach yigit sukut saqlashni ma'qul koʻrdi va qoʻllarini oldinga bogʻlab oldi.

~Qayerdaligini senga aytgan, shunchaki sen bu haqida menga aytging kelmayapdi, Huyinjin!

Qisqa sukunatdan soʻng qiz gap boshladi.

~Bu narsani yana qancha takrorlashim mumkin!? Jungkook qayerda ekanligini bilmayman. Hozirgina u bilan yonginangda gaplashgan boʻlsam, biror nimani yashirgan boʻlsam bu darrov sezilardi.

~Undan xavotir olayapman axir, sen buni tushunmaysan.

Hyunjin chuqur ,,uh" tortgancha koʻzlarini ogʻir yumib ochdi.

~Sana, yaxshisi jimgina sevgiling kelishini kut va meni tinch qoʻy. Shusiz ham yarim yoʻldan meni qaytarib shu yergacha kelishga majburlading.

Sanaga aytilayotgan gaplarga qiz e'tibor bermasdi. Koʻzlarini u oʻtirgan stoldan unchalik uzoqda boʻlmagan joyda joylashga kafe eshigi tomonga tikardi. Sabri tugab yetsa ham, oʻzini qoʻyarga joy topa olmayotgan boʻlsa ham tinchlanishga harakat qilardi.

Shu zaylda oradan oʻn daqiqa vaqt oʻtdi. Sana uchun arzimagan shu oʻn daqiqa ham unga yuz yildek tuyuldi goʻyo. Eshikdan kirib kelgan yigitni koʻrgach yuziga tabassum paydo boʻldi. Oʻrnidan turib Eshik oldida Hyunjinni qidirayotgan Jungkookga qarab qoʻlini yuqoriga koʻtardib silkitdi.

~Yolgiz gaplashamiz deb õylagandim.

Jungkook stol oldiga kelib ótirish uchun stulni õziga tortdi.

~Senga qarshi kichik hiyla ishlatganim rost, ammo shunday qilmasam óz xohishing bilan bu yerga kelmasding, - deya gapini yakunladi Sana.

~Demak qadrdon dóstim ham bu yolg'onga qóshilibdida.

~Kesatiqli sōzlarga ōrin yóq. Sana singari men ham kutilmaganda g'oyib bõlganing uchun hayron qoldim.

~Ikkingizning kōz õngingizda ōzimni 3 yoshli boladek his qilayapman.

~Jungkook axir havotir olayapmiz, buning uchun jahl qilish shart emas!

~Mening holimdan havotir olish sening ishing emas. Aytgancha, begunoh qizni suvga itarib yuborganing uchun hali javob berasan!

Yigit sôzlarni yakunlab ôrnidan shiddat bilan turdi. Chiqish eshugi tomon ildam qadamlar bilan darrov chiqib ketdi. Orqasidan Hyunjin ham ôylab ôtirmay sekin ôrindiqdan turishga tushdi.

~Sen uchun afsusdaman... .

Hyunjin ham sônggi sôzlarini aytib Sanani yolg'iz qoldirdi. Ikki qulog'idan tutun chiqgudek holatga kelgan qiz jag'larini qisib, ōz holatini atrofdagilarga bildirmaslikka harakat qildi.

*

Jungkook mashinaga ôtirib uni yurg'azish payidaligida Hyunjinni kafe ichkarisidan chiqib kelayotganini kōrib sekin tōxtadi. Hyunjin hech narsa demasdan Jungkookning mashinasiga chiqdi. Bir zumda katta tezlikda öt olgan mashina u joyni tark etdi.

~Uni wayerdadir kōrganman... (pryam juddayam pas ovozda aytgan, tipa pichirlab, lekin eshitiladigan darajada🌚)

Oradan biroz muddat ôtgach nigohlarini deraza tomon yōnaltirgan Hyunjin Jungkookdan kgan qandaydir ovoz uning hayollarini oldi:

~Nimadir dedingmi? - oldidagi yigitga qaradi Hyunjin.

Jungkook Miraning oldida bir necha daqiqalar davomida bōlganligi va uning judayam tanish chehrasi uning hayolidan ketmasdi. Hyunjinning gapi esa Jungkookni qayta öziga keltirdi.

~Yōq, senga shunday tuyilgandir, - ôzini oqlashga harakat qildi yigit.

~Balki... Rostdan ham Jungkook balki qayerga ketganingni yashirmasdan aytarsan. Qayergadir borishni rejalashtirsang men hech qachon bexabar qolmasdim, ammo bu safar hatto menga ham aytmay ketibsan.

Jungkook chuqur ,,uh" tortgach gapini davom ettirdi:

~Suvga tushib ketgan qizni uyiga olib borib qõydim, bor yõg'i shu.

~Mirani aytyapsanmi?

Ruldagi yigitning yuzi darrov Hyunjin tomonga qaratildi.

~Uni taniysanmi? - qoshlarini chimirib savol berdi Jungkook.

~Deyarli, ismini bilaman xolos.

Suhbat shu joyida yakunlandu. Hyunjinning sōnggi sôzlari Jungkookni yana bir bor uzoq õylashga majbur qildi. Kõzlarini qarshisidagi yõlga tikgan bõlsa ham hayollari bilan butunlay õzga olamda edi... .

*

Jungkook va Hyunjin kafeni tark etganlaridan sõng Sana nima qilarini bilmay qolgandi. Yagona qilayotgan gumoni Miradan edi. ,,Jungkook ofitsant qizni qutqardi, demak ularning oralarida nimadir bor" deya õylashga tushgandi. Kõp õtmay Sana ham kichik sumkasini qõliga oldi va u joyni tark etdi.

Har doimgi tungi klublarning biriga kelgan qiz xuddi ôz uyiga kirgandek ichkaruga kirib ketdi. Sana avvalambor ichimlik ichish maqsadi bilan barmen xizmat kõrsatadigan tomonga yurdi. Qarshisidagi barmenga istayotgan narsasini buyurtma qildi va kõzlarini stolning bir nuqtasiga tikdi.

Soniyalar õtib barmen Sana tomon muz bõlagi solingan õtkir ichimlikni u tomonga uzatdi. Kõzlarini õsha nuqtadan olmagancha Sana qõllarini stakanga uzatdi. Bir nafasda ichib bõlingan ichimlik stakanini qiz qayta barmen tomonga siljitdi:

~Yana quy, - dedi Sana hech qanday hissiyotsiz.

Sana shu zayldan bir nechta stakanlarni bõshatdi. Barmen unga bir nechs marotaba qarshilik qilsa ham Sana bunga quloq solmay põpsa ham qilishga tushgandi.
Allaqachon sarhush bõlib qolgan qizni anchadan beri uni kuzatib turgan erkak axiyri Sanani oldiga bordi. Erkak boshini bir qõli ustiga qòyib nimalarnidir gapirayotgan qizni yonidagi stullarning biriga òtirdi. Qizni boshdan-oyoq sinchiklab õrgana boshladi. Notanish odamning shahvoniylik bilan tõlgan nigohi Sananing ochiq sonlariga qaratildi. Yanada jumbushga kelgan hirsga yengilgan erkakning qõllari ochiq sonlar tomon yõnaltirildi.

Quloq pardani yirtilgudek holatga keltiruvchi juda baland musiqa, qõshiq bilan birganikda uning tõlqinlariga mos ravishda raqs tushayotgan ayol va erkaklar. Yuqorida bir necha ranglar bilan õchib-yonuvchi chiroqlar, yuqorida musiqani sozlab turishni õziga kasb deb bilgan didjey. Ammo bir chekkada õzini ham tanimayotgan qiz. Sana oyoqlariga teginayotgan qõllarni olib tashlashga harakat qilar, ammo sarhush holatda buni iloji yõq edi. Erkak yon-atrofga qarab qizni bilagidan tutdi, Sana ham õrnidan turib erkak yetaklayotgan tomonga ketishni boshladi. Xursandchilik qilayotgan odamlar orasidan chiqib klubning ikkinchi qavatiga kòtarilishdi. Sana oyoqda tura olardi ammo õzligini yõqotgandi. Shuning uchun ham erkak uni qayerga yetaklasa õsha tomonga yuraverdi. Kerakli qavatga kõtarilishgandan sõng bõsh xonalarning biriga kirishgach notanish odam Sanani yotoqga otdi. Zarb bilan kravat ustiga yiqilgam qiz boshini biroz kõtarib erkakga uzoq tikilib qoldi... .

*

Shadows bu qismni ham tugatib oldik. Girls bu safar ham kam bob qoldimi deb õyladim. Lekin uzoq muddat tasholmayotganligim uchun kamroq bosayam hozi tashavomman. Õqila bu qismni ham, fikrilarni kamenda kutaman🌚💋