October 26, 2025

REAKSIYA

Bir necha soat davom etgan tungi bazmdan ancha holdan toygan qiz boshqalar oldida oʻzini xushyor turgandek qaddini tik tutardi. Ancha charchagan boʻlsa ham, koʻzlariga uyqu oralab olganiga qaramay Reyani tabassum qilishdan boshqa iloji yoʻq edi. Qoʻlidagi qadahni ushlab har zamonda bir hoʻplamdan ichib qayta kichik aylanma stol ustiga qoʻyardi. Turmush oʻrtogʻi bilan bazmga tashrif buyurgan qiz yon atrofdan oʻz juftini qidira boshladi. Atrof goʻzal, did bilan bezatilgan shohona gullar va bezaklar atmosferani ancha koʻrkam koʻrsatmoqda. Bir tomonda kimdirlar qoʻllaridagi qadahni birlashtirishlaridan hosil boʻlayotgan ovoz, boshqalarning esa kulgu ovozlari bazm zalini yanada toʻldirib turibdi.

Yon atrofga qarab chuqur nafas olib chiqarayotgan Reya u tomon yurib kelayotgan qiyofaga koʻzi tushdi. Unga qaratilgan koʻzlardan u ham nigohlarini uzmay sekin tabassum qildi. Yangi hamkorlar bilan koʻrishish boisidan Jungkook qizni birozga yolgʻiz qodirdi. Aslida yigit hech qachon Reyani yolgʻiz qoldirmasdi, qizning eshitishi mumkin boʻlmagan va turli xil noqonuniy oldi-sotdi ishlari borligi sababli Jungkook rafiqasidan qisqa muddatga uzoqlashgandi. Mehmonlardan boʻshab ishni yakunlagan yigit Reya tomon yurib kelardi. Yolgʻiz turishdan zerikkan qiz yigitini koʻrib biroz yengil tortdi.

~Koʻp kutib qolding shundaymi? Ular yangi hamkorlar, ba'zi bir qoidalarni tushuntirishimga toʻgʻri keldi. Nimadir xohlaysanmi olib kelishsinmi?

Jungkook Reya turgan stol oldiga kelib qizning qoʻlidan oʻpdi va mayin jilmaydi.

~Yoʻq, menimcha kech boʻldi. Uyga ketsak boʻlardi.

~Ancha charchaganing koʻrinib turibdi. Yaxshi, sen mashinaga chiqaver, men 5 daqiqada tushaman.

*

Yarim tun soat 1:25. Mashina ichida uyga yetkunga qadar orom olish maqsadida Reya koʻzlarini yumdi va uyquga ketgan zahoti qaytib uygʻonmadi. Qiz oʻtirgan holatda boshini ortga tashlab orom olardi. Koʻp oʻtmay uyga yetib kelgach haydovchi tomonidan Jungkookga ochilgan eshiklardan yigit tashqariga chiqdi. Mashinani aylanib oʻtib qizni kelinlik uslibida koʻtarib olgan yigit uy tomon harakatlandi. Baxaybat eshik ichkaridan ochilgach Jungkook ichkariga kirib oʻz xonasi tomon koʻtarildi. Reya yigitini ikki qoʻllab boʻynidan ushlab olgan, boshi esa Jungkookning koʻksiga qoʻyilgandi. Xonaga yetib kelgan yigit bir qoʻlda qizni koʻtargan holda, ikkinchi qoʻli bilan esa eshikni hech qanday muammosiz ochdib ichkariga kirdi.

Xona xuddi zulmatda qolgandek jim va sokin. Ochiq derazalar boʻylab ichkariga oralayotgan oy shu'lasi faqat yoritardi xonani. Yigit sekin yotoq oldiga bordi va Reyani kravat ustiga joyladi. Jungkook avval qizning sochlaridan silab yuzlarini mayin siladi. Bir necha soniya oʻtgach yigit asta pichirladi:

~Uxlamagansan bilaman... .

Reya tomonidan hech qanday javob kelmadi. Qiz oʻzini uxlaganga solar, toliqqanligi bois gapirishga ham holi qolmagandi. Shu sababdan eriga gapirish oʻrniga shunchaki sukut saqlashda davom etdi. Jungkook Reyadan javob olmagach shubchaki qizning lablaridan oʻpdi va qayta qizga tikildi. Rolini oxirgacha ijro eta olmagan qizning lablariga kulgu yugurdi.

*

Shadows uchun qisqa reak tayyor. Sizga yoqadi degan umiddaman✨ Koʻnglingizdek chiqqan boʻlsa bundan xursand boʻlaman, agar buning aksi bo'lsa keyingi safar boshqacha uslubda siz uchun yozishga harakat qilaman.
Vaqtingizni ayaman shu qisqa reaksiyani o'qiganingiz uchun katta raxmat, reak va kamentda fikr yozish yodingizdan koʻtarilmasin🪽