Shadow Waltz
Inson dardi — bu faqat ko‘zdagi yosh emas, bu yurakdagi sukutdir. Ba’zan u indamay kuladi, ichida esa ming bora yig‘laydi. Dard — har bir insonni bardoshli va uni kuchli qiladigan sinovdir. Uni hech kim to‘liq tushunmaydi, chunki har bir yurakning og‘rig‘i o‘ziga xos, yolg‘iz. Shuning uchun har bir tabassum ortida yashirin dard bor, har bir jimjitlik ortida aytilmagan faryod yashirin. Bu faryodni eshitishga hamma ham qodir emas. Quloqlar eshitish uchun berilgan, lekin ba'zi-bir odamlarning kõnglidan õtayotgan tuyğularini quloq bilan emas, aksincha, yurak bilan eshitish kerak. Agar hamma inson dardini shunchaki emas, yuragi bilan tinglaganida edi, balki barchasi boshqacha bõlgan bõlardi.
Soatlar asta sekinlik bilan õtib borar, har bir daqiqa õtgan sayin insonda asrlar õtayotgandek tuyulardi. Hayot zerikarliligidan, muammolardan, taqdir zarbalaridan barcha toliqqan, hatto hech kimning yashagisi kelmayotganligi kundek ravshan. Lekin bu shunchaki sinov! Biz hayotdan charchashimiz, toliqishimiz va ruhiy jihatdan soğliğimizni yõqotishimiz mumkin, ammo bu degani inson umri shu tariqa davom etadi degani emas. Hech qachon qaddinğizni bukmang, hayotdan charchadingizmi? Qiynalayapsizmi? Õzingizga ,,Barchasi õtib ketadi", deya tasalli berayotgan bõlsangiz adashasiz! Hech narsa ortda qolmaydi, shunchaki siz bunga kõnikasiz xolos. Inson yaralgan ekan albatta õziga berilgan hayotdan zavqlanib yashamoği kerak, hatto uning hayoti õlim yoqasida bõlsam ham.
Kuz mavsumi õtib borardi. Havo salqin va shamolli bõlishiga qaramay quyosh nurlari yerni qizdirardi. Qora rangli, anchagina hashamdor mashina ichidan tashqi manzarani kuzatib turgan Anna kõcha nima bõlayotganligini, odamlar bir-birlari bilan nimani gaplashishayotganligi, va turli qushlarning sayrashini qalban his qilardi, garchi eshitmasada. Mashina tezligi unchalik yuqori emasligiqa qaramay, silkinishni boshladi. Boshqaruvni yõqotgan haydovchi qizga kamarini taqishini buyurdi. Anna kamarini mashinaga õtiri bilanoq taqqan va yana bir bor bunga ishonch hosil qilishni uchun unga nazar tashladi. Haydovchi kõp õtmay mashinani yõl ustidagi avtoservizlarning birining oldiga kelib tõxtadi. Anna qõrquvdan kõksini ushlab chuqur chuqur nafas olardi. Mashinadan allaqachon tushishga ulgurgan haydovchi qizning eshigini ochib tushishni taklif qildi.
Hali ham õziga kela olmagan qiz haydovchiga qisqa javob qildi.
~Shu yerda kutib turing men suv olib kelaman.
Anna haydovchiga bosh irğidi. Daqiqalar õtib qõlida suv bilan haydovchi kõrinish berdi. Suvni qizga uzatib haydovchi gap boshladi:
~Xonim ahvolingiz yaxshi bõlsa meni shu atrofda kuting, mashinani tuzatish uchun biror usta chaqirishim kerak.
~Bilmayman xonim, lekin 1 soat ichida tuzatishlari uchun ularni kõndirishga harakat qilaman.
Haydovchi ta'zim qilib u yerdan ketdi. Anna yõlning õrtasida turganligini his qilib biroz chetroqqa bordi. Kutilmaganda telefoni jiringlashi bilan qiz gõshakni olishga tushdi:
~Anna qayerdasiz, yarim soat oldin yetib kelgan bõlishingiz kerak edi.
Telefon ortida Janob Kang sokin ohang bilan qiziga gapirardi.
~Yõlda mashina ğildiragi teshildi, hozir avtoservizdamiz. Havotir olmang men yaxshiman.
~Senga hech narsa qilmaganiga ishinching komilmi?
Noxush habarni eshitgan Janob Kangning ovozi biroz kõtarildi.
~Mayli, unda seni olib ketish uchun qõriqchilar yuboraman.
Aloqa yakunlangach Anna yana kutishda davom etdi. Yõldagidagi mashinalar birin-ketin qizning qarshisidan òtib borarkan, Anna tezroq uyga ketgisi kelardi. Bir muddat uzoa nuqtaga termulgancha turgan qizning ortidan tanish ovoz yangradi. Qiz bundan õziga kelolmay qotib qoldi. Yurak urishi tezlashib ortiga õgirila boshladi:
Bu rostdan ham u mi? Ko‘zlarim aldayaptimi? Necha kunlar, necha tunlar hayolimda qayta-qayta chizayotgan õsha qiz. Har bir yurish, har bir jilvani eslab yurdim Annam. Endi esa ro‘paramda turibsan. Sen ketgan kundan beri yuragimda jimjitlik hukm surdi. Yomg‘ir yog‘gan har tun seni eslardim. Men tirik edim, lekin yashamayotgandek. Har kunim sensiz edi. Endi esa sen yana shu yerda. Yuzing o‘zgargan, ko‘zlaringda yangi hikoyalar bor. Bir og‘iz gap aytsammi? Yoki jim turib, ko‘zlarim orqali yuragimdagi faryodni his qilasanmi? Men seni unutmadim. Qaytib keldingmi? Yo‘q, balki hayot bizni yana bir bor sinayotganidir. Ammo bitta narsa aniq: seni yana ko‘rish yuragimni tiriltirdi. Bu soniya uchun ham minglab yil kutganimga arzidi.
Ikki oshiq bir-birlariga qarab turisharkan, haqiqiy ayriliq, haqiqiy azobni ularning sevgi hikoyalaridan bilsa bõlardi. Lablar va tillar jim, gõyo ular kõzlar orqali suhbatlashishardi. Anna yigitning yuzlariga, kiygan kiyimiga hayron qolib qararkan, Kai bunga e'tibor bermadi, u faqatgina Annaga tõyib qarab olishni va soatlar bõlsada gaplashishni istayotgandi. Uzoq muddatli jimlikdan sõng qiz yana bir bor tilga kirdi:
~Kai, K.kai. Bu yerda nima qilayapsan?
Qiz sõnggi bora sòzlarini aytdi-yu, orqasidan kelgan daxshatli buyruqdan yigit va qiz òsha tomonga burilishdi. Janob Kangning qat'iyatli va xaybatli ovozidan chòchip tushgan qiz bir otasiga bir sevgan insoniga qarab-qarab qòyaverardi. Uzoqdan bu ovozni eshitgan havdovchi esa oyoģini qõlga olgan holda õsha tomonga olģa ildamladi. Qizining oldiga yetib kelmay turib Janob Kang gap boshladi:
Otasining daxshatli tarzga bergan buyruği qizning yurak urishini tezlatib yuboradigan darajaga keltirdi. Anna hech narsa demay otasi va Kaining oldidan uzoqlashdi. Mashina tomon borar ekan ikki kõzini Kaidan uzmasdi, chunki bilardiki Janob Kang hattoki qõl kòtarib yuborishi mumkinligini. Mashinaga chiqgach qòriqchilarning biriga mashina eshigini yopmasligini buyurdi va otasini kuzata boshladi.
~SEN TAGI PASTGA NECHI MAROTABA AYTISHIM KERAK? UNDAN UZOQ TUR. JONINGDAN TÕYDINGMI IT?
~Meni qancha haqoratlasangiz ham men Annadan voz kechmayman! U meniki!
Kaining bunday javobidan sõng Janob Kang unga gapirish befoydaligini tushundi va shuvirlagan holda:
~Hali pushaymon bõlasan yigitcha!
Janob Kang Kaidan uzoqlashdi va mashinasi tomon turgan bir qõriqchi tomon yuzlandi:
~Kechki payt uni õsha joyga olib boring. Uqdingizmi?
Qõriqchi bosh irğab tasdiqlagach Kang yana bir bora ortga nazar tashlab miyiģida kuldi. Kaining ichidagi faryod olov bõlib yonar ekan, lekin buni bsohqalarga bildirmay mağrur tutardi õzini. Qarshisidagi mashina gõyib bòlgach yigit alam bilan osmonga qaradi va chuqur nafas oldi. Bugungi kun Kai uchun juda oģir bõlgani yetmagandek yana sevganini bir lahza kõrdi-yu, bir oğiz sõz gapira olmadi.
Mashina ichida ģazabi hali sõnmagan Janob Kang va nafasini ichiga yutgan Anna jim ketishardi. Anna otasiga qanday bahona aytishni bilmas, otasi esa agar hozir gapirsa qizining kõnglini yaxshigina sindirishini bilardi. Janob Kang hech narsa demas ekan, Anna ham jim ketishga qaror qildi. Lekin bubuzoqqa chõzilmay Kang gap boshladi:
~Buyoģiga endi yigitga qiyin bòladi, unga sendan uzoqlashishini aytgandim lekin aytganimni qilmadim. Hali hech kim shu paytgacha gapimni ikki qilmagan. Lekin ananvi tarbiyasiz eda bir necha ogohlantirishimga qaramasdan boshimga chiqayapdi. Lekin endi bu oxirgisi.
Qiz kõzlaridagi yoshlarni zõrģa ushlab turgancha otasi tomonga qaradi. Kang hovuridan hali ham tushmagan, lekin sokinlik bilan gapirardi. Anna õxini ushlab turolmay axiyri ichidagi gapni yuzaga chiqardi:
~Yaxshi gapga kõnmas ekan unda boshqachasiga tushuntiraman. Buyoģiga sen aralashma!
Anna bir sòz aytolmay qoldi. Bu safat Kang Kaini òldirishini bilgandek yuragiga havotir tushdi. Hozir nima qilib bòlmasin Kaining yoniga yugurib borib barchasini aytib bersa.
Atrof zulmatga chòmgan. Tòrt tomon zimiston va tuman bilan qoplangan. Tashqaridan turli xim hayvonlarning vahimali ovozi etni junjuiktirib yuboradigan va yiqilishga bir bahiya qoladigan kichik kulba. Kichkina va eski bòlishiga qaramay bu kulba nechi yillardan buyon Kang Minhoga yaxshigina xizmat qilmoqda edi. Kulba yonida mavj olayotgan dengiz, kechki payt yanada qõrqinchli tuyulardi
Ichkarida chiroq õrnida shamlar yoqilgan, har tarafda bir nechta qora rangli kiyim kiygan qõriqchilar va õrtada behush yotgan yigit. Kutilmaganda qõriqchilarning biriga planshet orqali qõnğiroa bõldi. Qõriqchi gõshakni kõtarar ekan Kang gap boshladi:
Planshetni ushlab qõrqibgina javob berdi qòriqchilardan biri.
~Ofarin, nima õziga kelishini ertalabgacha kutmoqchimisiz?
Minhoni gapini barcha eshitdi va òsha yerda turgan qòrishchilarning biri xona chetida turgan bir chelak suvni olib kelib Kaining boshidan quydi. Hushiga kelish arafasida turgan yigit yõtalgancha boshini kõtarmay uyoqdan-buyoqqa harakatlanrirardi. Sõng amallab yuqoriga qaray boshladi. Har tarafini bir nechta kishilar õrab olganiga kõzi tushdi. Lekin haligacha kõzlari biroz xira kõrayotgandi. Yuzi esa shilingan va kõkargan, lablari va burunlaridan qon oqib tòxtagandi.
~Õzingga kelishingni uzoq kutdik. Senga aytgandim Annadan uzoq tur, uzoq tur deb. Lekin sen quloq solmading. Meni kimligimni endi kõrasan. Anna seni bir nechta odamlar qurshovida kaltaklanayotganligingni kõrsa judayam achinish kòzlari bilan qaraydi.
~Shu yõl bilan uni mendan uzoqlashtirmoqchimi siz? Adashasiz, biz-birbirimizga allaqachon boğlanib bòlganmiz. Bizni ayirish sizning qòlingizda emas.
Kai õz jarohatlarining oģriqlari bilan shu sõzlarni aytar ekan, gap yakunida orqasida turgan kishilardan biri qõlidagi qattiq narsa bilan Kaining orqasiga zarb bilan urdi. Kang buni planshet orqali kuzatib turib, telefonni kòtarib turgan qòriqchiga ishora qildi:
~Tasvirlarni tezda jònat. Uning yuzi yaxshiroq kõrinishiga ishinch hosil qil!
Gapining sõnggida qòriqchi rozilik ishorasi bilan boshini qimirlatdi. Aloqa esa Minho tomonidan òchirildi.
Oradan 2 soat õtar-òtmas Annaning qõl telefoniga xabar keldi. Qiz kõzlarini uyqudan zõrģa ochib birinchi soatga qaradi. Vaqt 3:46 ni kõrsatar ekan Anna qosh chimirib xabar kelgan ilovaga kirdi. Xabar Janob Kangdan kelgan ekan. Hayron bòlib xabarni ochdi. Videoni yoqib shock ga tushib qoldi. Kõrğan daxshatli manzarasidan oğzini qoli bilan berkitib yiğlay boshladi. Videoni oxirigacha kõra olmay telefonini kravatning (or yotoqning) bir chetiga uloqtirdi. Ma'lum vaqt õziga kela olmagan qiz boshini changallagancha õrnidan turib xonasining har tarafiga yura boshladi. Otasining bu qilgan ishini tushinishi uchun unga ancha vaqt kerak edi. Biroz vaqt õtgach Anna telefonini qayta qòliga oldida xonasidan chiqib Minhoni qidira boshladi.
Zinalardan shoshib pastga tusharkan har tarafga kõz yugurtirardi. Axiyri pastdagi mehmonlar xonasidan yolģiz ichkilik ichib õtirgan Kangni kõrgach Anna biroz nafas roslab, otasi tomon qadam tashladi.
Qizini kelganini payqab lekin u tomonga hatto kõz qirini tashlamay Janob Kang qiziga savol berdi.
~Dada, unga nima qildingiz? Bu qanday tasvir? Bu-bu vaxshiy ish sizni qõlingizdan kelishiga ishonmayman. Nahot shu darajaga yetgan bõlsangiz?
~U sening yõlingdagi oddiy tõsiq edi. Men shuni yõq qildim xolos. U seni kelajagingni ham barbod qilardi.
~U meni kelajagimni barbod qiluvchi emas, aksincha, u mening kelajahim edi.
~Sen ham shu axvolga kelishni istamasang õzingga bundan dars ol. Senga bu tasvirlarni jõnatganimni sababi, agar yana tentaklik qilsang yigitcha õsha zahoti ÒLADI! Hayotingdan chiqar õsha telbani.
~Meni qiynamang dada, nima desangiz qilaman. Faqat uni hayotimdan chiqarmang. Men u bilan taqdirimni, kelajagimni kõrayapman.
~Sening kelajaging bu mening dõstimning õğli. Jeonlar oilasi sening kelajaging. Gap bitta, birgina buyruğim bilan bu it õlishi mumkin. Hoziroq õz xoxishing bilan Jeonlarga kelib bõlishingni aytasan, yõqsa uni... meni tushunding a?
~Meni kuttirma. Senga aytgan edim, hali menga õsha yigitga turmushga chiqishing haqida yolvorib sõraysan deb. Hoziroq õz oğzong bilan shu gaplarni aytasan, yoki yigitchani jasadi besh daqiqadan sõng telefoningga yuboriladi.
Anna Minhoning oldida tiz chõkkan, lekin qizining bu harakati bilan Kangning kõngli erimadi. Qahri qattiq otaning qilgan qiliğidan Anna yerga qarab tinmay yiğlar ekan Kang yana qiziga yuzlandi:
~Yaxshi. Javob bermas ekansan unda... .
Gapini chala qoldirib Kang stol ustida turgan õzining shaxsiy qõl telefonini oldi. Endi raqam qidirar ekan, Annaning baqirishi erkakning tòxtashiga sabab bòldi:
~Mayli... Men roziman. Dõstingizni õğliga turmushga chiqishga roziman faqat uni òldirmang.
Telefonini chòntagiga solib õrnidan turgan Kang sekin deraza oldiga bora boshladi. Keyin keng tabassum bilan gapida davom etdi:
~Aqlli qizim mening. Seni yaxshi kõraman Anna, lekin gapimni ikki qilsang bundan ģazablanaman. Bilib qõy, agar Kai bilan qandaydir- aloqang borligini, yaxshirin uchrashuvlarni, yoki kòchada ikkingizni kòrib qolsam õsha zahoti uni õz qòllarim bilan gumdor qilaman!