GRAVITY
Oʻrtacha kattalikka ega boʻlgan bino qarshisiga toʻxtagan sariq rangli taksi ichkarisidan hech qanday mashhurlikka ega bolmagan boʻlsada, barchaning e'tiboriga tezda tushuvchi Ye Eun, oʻzining yoqimli kulgusi bilan atrofdagilarni oʻziga rom qardi. Mashinadan tushishi bilan haydovchidan qaytimini ham olmasdan tezda kasalxona ichiga yugurib ketdi.
Uzun yoʻlaklar boʻylab har tarafga qarab doʻstlarini qidira boshladi. Ye Eun turgan joydan unchalik uzoq boʻlmagan joyda navbarchi stolini koʻrgan qiz oʻsha tomonga bordi:
Qizning gaplari nihoyalanmay ortidan kelgan tanish ovozlar uni toʻxtatib qoldi.
Tanish chehrani korgach qiz doʻsti tomon qadam tashladi.
~Suho men Ellani koʻrgani keldim. Anchadan beri kela olmayotgandim, ahvoli qanday?
~Havotirga hojat yoʻq. Faqat...
~Nima? Nima faqat, Ellaga nimadir boʻldimi?
~Ella oʻsha kundan beri oʻziga kelmayapdi. Uni hatto pataga ham olishmadi, bizning Ella deyarli koma holatida desa ham boʻladi.
Bir zumda koʻzlari namlangan qizni yigit tinchlantirishga urindi. Bu vaqtda qizning quloqlariga hech narsa kirmasdi. Jamoa sardori sifatida emad, aksincha haqiqiy doʻst sifatida Ellaga qaygʻura boshlagandi.
~Meni uni oldiga olib bor... .
Katta hajmga ega boʻlgan xona, turli xil uskunalar bilan jihozlangan. Bir necha kundan beri bu uskunalar tinmay Ella uchun ishlamoqda. Kasalxonaga ketirilgan kundan beri qiz bir marta boʻlsam ham koʻzlarini ochmadi. Navas olishi ham qiyinlashganligi bois maxsus quvurcha orqali havo yuborilayotgan edi.
Yoʻlak boʻylab yugurib kelgan qiz Ella yotgan xona tomon qaradi. Eshik oldiga joylashga unchalik katta boʻlmagan deraza orqali Ellani kuzata boshladi.
~Ella kuchli qiz, buni oʻzing ham juda yaxshi bilasan. Hali yana safimizga qoʻshiladi.
Ye Eun qisqa javob bilan gapini yakunladi. Qayta Ella tomonga qarab mayus boqdi. Oʻsha payt hayoliga kelgan birinchi soʻzni berdi:
~Janob Kim bu ish qanday sodir boʻlgandigini aniqladimi?
~Bu haqida bizda hech qanday ma'lumot yoʻq. Politsiyachilar hali ham qidirishyapdi. Eshitishimga qaraganda, oxirgi 2 soat ichida sodir boʻlgan barcha tasvirlar kameralardan oʻchirilgan ekan. Balki shu sababli jinoyatchini topish qiyinlashayotgandir.
~Balki... . Aytgancha Kai, Kai qayerda? U Ella bilan birgalikda yiqilishdi.
~Uning ahvoli yaxshi. Hatto palataga oʻtkazishgan. Men bilan yur, Elladan havotir olma. Doktorlar u hushiga kelishsa albatta bizga xabar berishadi... .
Boʻshliq. Hech qanday ovozlar yoʻq. Qayerdaman...? Boshimning ogʻrigʻidan koʻzlarimni sekinlik bilan ochdim. Atrof zulmatga choʻmgan, bu yer meni qoʻrqita boshlayapdi. Bu, bu yer qanday xona, nima uchun bunchalik qorongʻi? ILTIMOS, ILTIMOS CHIROQLARNI YOQING🗣️ Ovozimni hech kim ezhitmayapdi, kimsasiz joylarga tushib qolgandekman. Oʻrnimdan turdim, hech narsani eslay olmasdim. Yagona oʻylayotgan narsam bu daxshatdan chiqib ketish edi. Qoʻllarim bilan atrofni paypaslagancha eshik tutqichini topdim. Tashqariga chiqishim bilan lippillab yonib oʻchayotgan chiroqlarga koʻzim tushdi. Ancha yildan beri faoliyat yuritmaydigan, eski kasalxonada bir oʻzim qolib ketgandekman.
Bu daxshatdan qoʻrqsamda yoʻlak boʻylab mayda qadamlar bilan yurdim. Menga qiziq tuyulardi, yoʻlak oxirida nima bor? Oxiriga yetib borsam bu yerdan chiqib keta olamanmi?
Ella hech qayerga qaramasdan koʻzlarini faqat oldinga tikkandi. Ochib yonayotgan chiroqlar qizda vahima uygʻonishiga sabab boʻlsa ham Ella ortga chekinmay yurishda davom etdi. Har bir bosgan qadamlarida har xil ovozlar eshitila boshlagandi. Shamol, daraxt shoxlari va qargʻalarning birgalikda yangrayotgan ovozlaridan Ella yanayam qoʻrquvga tushdi. Qiz koʻzlarini yumib yana ikki-uch qadam bosgach odam ovozlarini eshita boshladi. Jigarrang koʻzlar ochildi va toʻgʻrida turgan bir necha kishilarga qaradi:
Qizning qarshisida turgan noma'lum kishilar sababsiz kulishardi. Bu yuvuzlik aks etgan jilmayish Ellaning qochishiga sabab boʻldi. Qiz tinimsiz ortiga qaramay yugurarkan oyogʻi nimagadir tegib yerga yiqildi.
Koʻzlarim ochilishi bilan oʻrnimdan turdim. Boshim hali hamon menga ogʻriq berayotgandi. Lekin hozir xursandman, sal avvalgi vahimali joydan qotilganim uchun.
Ella bir joyda turmay duch kelgan tarafya yurdi. Osmon musaffo, zarracha bulut yoʻq. Quyosh mayin nurlarini sochmoqda edi. Shamolda uchib bir-biri bilan oʻynayotgan qushlar, yerda turli xil goʻzallikka ega boʻlgam gullar va yam-yashil maysazor. Qiz uzoq-uzoqlarga qarab, bu yer cheksiz ekanligini fahmladi. Chunki uzoqlardan turib ham na hech qanday bino koʻrinardi va na hech qanday togʻ.
Qiz ismi aytilgan ovozni eshitib darrov ortiga oʻgirildi.
Ella maysazorlardan yugurib onasi tomon oshiqdi. Ikki qoʻlini yoyib qozini bagʻriga bosgan ayolni koʻrib Ella yigʻlay boshladi:
~Sizni, sizni sogʻindim oyi, juda sogʻindim. Keldingizmi, meni olib ketish uchun keldingiz-a.
~Seni oʻzim bilan olib ketaman, abadiy birga boʻlamiz. Goʻzal qizim meni sen hech tashvishlanma.
~Oyi sizni tushlarimda koʻrish uchun har tun erta uxlashga yotdim, sur'atingizga qarab har kuni yigʻlardim oyijon. Nihoyat meni olib ketish uchun keldingiz.
~Men ham seni juda sogʻinganman. Kuchli va aqlli qiz boʻlganingdan faxrlanaman Estella.
~Aslida kuchli emasman, menga koʻplab insonlar nohaqliklar qilishdi, ba'zilari esa tuxmat ham qilishdi. Men shunchalik chidashga majbur boʻldjm oyi. Yuring endi ketaylik, hech kimni buyruqlariga boʻy sunmayman endi. Faqat siz bilan boʻlaman, meni endi yolgʻiz qoldirmaysiz shundaymi?
~Aslo, men har doim yoningdaman. Qoʻllarimdan tut... .
Ayol Elladan biroz uzoqlashdi va qoʻllarini qiz tomon uzatdi. Ella ham hech ikkilanmay onasining kaftlarini ushlagan holda ayolga ergashdi.
Ella yotgan xona ichkarisida qiz uchun moʻljallangan shpritslarni ichiga dori tayyorlayotgan hamshira kutilmagan chiyillash paydo boʻlganligi sababli oʻsha tominga qaradi. Hamshira shoshib xonadan chiqar ekan yoʻlakda otirgan Yeun Ji va Ye Eun ga toʻqnash keldi:
~Hmashira xonim nimadir boʻldimi? Nega xonadan shoshib chiqayapsiz?
~Bemor, bemor. kechiring men ketishim kerak.
Nafas olishini unitgan odamdek hansirayotgan hamshira tezda doktoeni xonasi tomin yugurib ketdi. Boʻlgan voqeani ilgay olmayotgan Yeun Ji Ellaning xonasiga qaradi.
~Yo xudoyim Ellaning yuragi urmayapdi.
Yeun Ji ning gaolariga ishinmagan guruh sardori Ye Eun Ellanubg xonasiga qaradi. Shoshib doktorni chaqirish uchun yugurgan qiz joyida sekin toʻxtadi
~Doktor Ella, unga nimadir boʻlayapdi.
Ichkariga kirgan bir nechta doctorlar qurshovida qolgan xonadan hech narsa deyarli koʻrinmasdi. Ikki qiz Ellaning ahvolidan havotirga tushib koʻzlariga yosh kelishga ulgurgandi. Qizlar ichkaridan koʻz uzmagan holda holatni kuzatisharkan, katta shifokorning buyrogʻi bilan yordamchi hamshira derazalarni ichkarida joylashgan jalyuzi parda bilan toʻsib qoʻydi.
~Bu nimasi, ochinglar shuni. Hamshira xonim iltimos.
Oradan roppa-rosa 40 daqiqa vaqt oʻtdi. Yoʻlada joylashdan oʻrindiqlarning biriga oʻtirib olgan ikki qiz shifokorni hali ham kutishardi. Nihoyat ichkaridan chiqib kelgan katta shifokorni koʻrgan qizlar baravariga oʻrnilaridan turishdi.
~Ella yaxshimi. Unga nima boʻlgan ekan?
~Ye Eun xonim, biz qoʻlimizdan kelgan barchasini qildik lekin afsuski, meni ma'zur tutasiz.
Doktorning gapini bexos eshitib turgan Kai baqirib yubordi. Toʻgʻri doctorning oldiga hassasiga tayanib kelar ekan, shifokor uni kutib turardi.
~Janob doktor, adashayapsiz Ella oʻlishi mumkin emas. Yana bir bora iltimos harakat qilib koʻring. BU NIMASI, SIZLARNING OLDINGIZGA ODDIY XALQ NAJOT IZLAB KELSAYU, SIZLAR BOʻLSANGIZ ODDIY QOʻLIMIZDAN KELGANINI QILDIK DEB QUTILIB QOLAYAPSIZLARMI? AXIR DOKTORSIZ, QAYTARING UNI HAYOTGA QAYTARINGLAR.
~Janob shovqin solmang bu yer kasal xona
Kai oraga qoʻshilib Kaini tinchlantirishga urinayotgan hamshiraga ham doʻq urdi. Shifokor hech narsa demasdan afsuslanganini yuz ishorasi orqali bildirdi va koʻzdan gʻoyib boʻldi.
Yeun Ji yerga oʻtirib qolgan yigitni turgʻazishga harakat qildi. Barchaning koʻzlarida yosh aylanayotgan vaqt. Eng alam qilarlisi esa eng yaqin insoningni oʻlimini eshitsang-u, lekin qoʻllaringdan uni qutqarib qolish uchun hech narsa kelmasa... .
Derazadan tashqariga oʻz hayollari ogʻushidagi qiz boʻlib oʻtgan voqealarni har kuni yodga olardi. QANDAY? QACHON? NIMA SABABDAN? KIM? kabi savollar qizning fikrida aylanib tinchlik bermasdi.
Agar oʻsha kuni yuqoriga qaraganimda kim sababli bu baxtsiz hodisa yuz berganligini koʻrgan boʻlarmidim. Lanati* politsiyachilar ham ishiga mas'uliyatsiz boʻlib qolishgan. Oradan shuncha vaqt oʻtgan boʻlsa ham kim sababdan men va Kai u yerdan tushib ketganimizni haligacha bilmayman.
Eshik taqillashi qizning hayollarini buzdi.
~Keling Janob Kim. Xush kelibsiz.
~Ahvoling qanday, ogʻriqlar bezovta qilmayapdimi?
~Men yaxshiman. Aytingchi haligacha jinoyatchi topilmadimi?
~Har doim bir xil javob berishayapdi ,,Izlayapmiz, topsak albatta xabar beramiz". Bu ishga oʻzim ham kirishmasam boʻlmaydiganga oʻxshaydi. Havotir olma, sizlarni bu koʻyga solgan kim ekanligini topaman.
Kim xonadan chiqishi bilan taxminan yarim soat oʻtib, xona eshiklari yana bir bor ochildi. Koʻzi endigina ilingan Ella uyqudan uygʻonib eshik tomonga qaradi:
Ella oʻrnidan shiddat bilan turib eshik oldida turgan odamni boʻyniga yopishdi va ikki qoʻllari bilan boʻgʻa boshladi... .