𝗧𝗛𝗘 𝗟𝗢𝗦𝗧 𝗠𝗘
Osmon jimjit edi. Go‘yo u ham yer bilan birga orom olardi. Qorongʻulikning tubida yulduzlar miltillab, har biri o‘z hikoyasini so‘zlardi. Ba’zilari yurak urishi singari tez-tez chaqnab, ba’zilari esa sokin, oromli nur sochardi, xuddi ularning har biri uzoq-uzoqlardan kelgan sirli mehmonlardek. Samodagi yulduzlar oy nuri bilan birga yanada goʻzallashar ekan hech qaysi manzara bu goʻzallikdan ustun boʻlishga jur'at qilolmasdi. Dunyo goʻzalliklarga boy, lekin bu manzarani vayroq qiluvchi jirkanch odamlar oramizda yetarlicha. Oʻzlarining nafslarini qondirish yoʻlida koʻpchilik begunoh insonlarni hayotiga zomin boʻlishyapdi.
Korea shahrini sershovqin koʻchalari, uyoqdan-buyoqqa tinmay harakatlanayotgan mashinalar, shamolning bir ma'romda esishi, shahar doʻkonlarining har biriga turli qoʻshiqlar yangrashi-yu, odamzodning kulgu va turli emotsional ovozlari kichik shaharni chulgʻab olgandi. Quyosh har doimgidek oʻrnini oyga boʻshatar, yarim tun kirishi bilan esa faqat ,,zodagonlar" yigʻiladigan tungi klublarda sekin astalik bilan mijozlar koʻpaya boshlagandi.
Tungi soat 2:45. Klubdagi quloq pardasini yirtulgudek darajaga keltiruvchi musiqa sadosi, oʻyin kulgudan hali charchamagan va klub markazida tinmay raqsga tushayotgan yoshlar. Kech boʻlishiga qaramasdan klubdan hali hamon inson keti uzulganicha yoʻq. E'tiborni tortish maqsadida deyarli qip yalangʻoch kiyingan koʻcha fo*ishalari klub ichkarisiga kirishi bilan koʻzi och chiya boʻrilar birgina koʻzlarini qisish orqali vip kanalga olib ketishardi.
Hajmi unchalik katta boʻlmagan, pastdan musiqa ovozi deyarli bilinmaydigan vip xonada ayol kishi nolasi va ikki tana bir biriga urilishidan sababchi boʻlgan tovushdan boshqa hech narsa eshitilmaydi. Qiz baqirar ekan yigit bunga hech ham etibor bermay faqatgina aloqa* tezligini oshirardi. Qizning sochlaridan tortib uni yanada baqirishidan zavq olgan yigit soʻnggi bora tezda harakat qilib toʻxtadi:. Bir necha soatlik aloqa* natijasida yotoqdan turishga madori qolmagan qiz sekin tilga kirdi:
Kiyinishga harakat qilayotgan yigit qiz tomonga qayrilib ham qaramasdan kiyinish barobarida javob berdi:
~Oldingda qolishimni kutmayotgandursan!?
Qiz oʻzini oʻnglab sekin tanasini yotoqdan koʻtarib ustiga pastel tashladi. Oʻrnidan turib yigit tomon yurdi va gapida davom etdi:
~Iltimos Jungkook bir kecha men bilan qol, xuddi avvalgidek.
Yigit bir soʻz demas kostyumining choʻntagidan chiqarilgan hamyonini oldi. Bir qancha pullarni oldida qizga indamay tutqazdi. Sana unga uzatilgan pullarga qaramasdan nigohlari faqat Jungkookda edi. Qiz undan pullarni olis oʻrniga yigitning boʻynidan tutib undan boʻsa olishga harakat qildi. Bunga qarshilik koʻrsatmagan Jungkook esa unga soʻnggi marotaba javob qaytardi. Spirtli ichimlik tamini his etgan qiz uchun bu har doimgi holat unga oddiy koʻrindi. Sana bunga ancha oʻrgangan edi, soniyalar oʻtgandan soʻng bir soʻz demay hali ham pullarni Sana tomon uzatilgan pullarni qiz sekin qoʻllarini koʻtarib pullarni oldi. Yigit shamol misol chiqib ketgan Sana Jungkookning orqasiga koʻzlarini qadadi. Deyarli namiqqan, kipriklari orasida paydo boʻlayotgan yoshlar qizning yuragi tubida sodir boʻlayotgan shovqinini jimlikda chiqarib yuborayotgandi. Sana kaftida qattiq changallab olgan pullarga qarab chuqur nafas olgancha kiyimlarini toʻplashni boshladi.
Vip xonalardan klub tomon harakatlanayotgan yigit kostyumini yelkasiga ilib yon atrofdan birga kelgan doʻstini qidirar edi. Ichkarida qizlar Jungkook koʻrib uni oʻzi qaratishga harakat qilishardi. Yigitga esa ularning hech biri qiziq emas, ayni damda tezroq uyiga borib dam olishni istardi u. Nihoyat sal chetroqda qora rangli kojadan qilinga, ichki yumchoq paxtadan ishlangan kreslo ustida ichimlik ichib oʻtirgan doʻstini koʻrgan yigit oʻsha tomonga harakatlandi. Manziliga yetib kelgach oʻzini kreslo ustiga tashlab boshini ortga qilib chuqur nafas oldi.
~Charchaganliging koʻrinib turibdi. Seni bu yerga ishdagi charchogʻingni chiqarishing uchun qisqa muddatga olib kelgandim sen esa... Jungkook bu nima ahvol?
~Koʻzingga yosh bola bo'lib koʻrinayapmanmi, meni tergashing nimasi!?
~Yaxshisi ketganimiz ma'qul. Sarxushga oʻxshayapsan, mashina hayday olishingga koʻzim yetmayadi. Seni uyingga olib borib qoʻyaman.
Hyunjin qoʻlidagi ichimlik stakanini stol ustiga qoʻyib oʻrnidan turdi. Klubdan chiqishganlaridan soʻng Hyunjinning mashinasiga joylashishdi. Mashinani oʻt oldirgach Hyunjin tezda mashinani katta tezlikda haydab ketdi. Katta yoʻlga chiqaverishda rulda oʻtirgan yigit oldida koʻzlarini yumgancha lekin uyquga ketmagan Jungkookga qaradi:
~Yaxshi, boshim qattiq ogʻriyapdi.
Yigit koʻzlarini ochmay javob qaytardi. Mashina oʻrindigʻiga yaxshiroq joylashib olib, qoʻllarini koʻksiga bogʻlagan yigitga yana savol berildi:
~Nega soʻrayasan? - Jungkook qimir etmasdan javob qaytardi.
~Savolimga savol bilan javob berma, bechora qiz seni oʻlgudek sevadi. Senchi undan shunchaki foydalanayotganligingni u hatto bilmaydi ham.
~Hyunjin, sevgi yoʻq narsa. Oʻzing aytganingdek xa, men undan shunchaki foydalanayapman. U shunchaki foxisha*, bundaylarni oʻylab boshingni qotirma doʻstim.
Hyunjin bu gaplardan soʻng chuqur xoʻrsinib qoʻydi. 15 daqiqa oʻtar oʻtmas yigit Jungkookning uyi qarshisiga mashinani toʻxtatdi. Yigit mashinadan horgʻin holatda tushib eshigini yopdi. Jungkookning hatto doʻsti bilan xayrlashishga energiya yoʻqligidan uning ancha charchaganligini bilsa boʻlardi. Hech narsa demasdan uy ichkarisga kirib ketgan yigitni kuzatib turgan Hyunjin ham mashinani oʻz uyi tomon haydashni boshladi. Katta yoʻlga chiqan mashina svetaforning qizil chiroqlarida toʻxtadi. Hech boʻlganligi uchun qizilda toʻxtagan mashinalar qarshizida birorta ham piyoda oʻtmasdi. Hyunjin paytdan foydalanib qoʻl telefonini olib nimalarnidir qidira boshladi. Yashil chiroq yonganligiga guvoh boʻlgan yigit gazni bosdi. Bir qoʻlida telefon bilan mashinani harakatlantirishga shaylangan yigit oldidan toʻsatdan chiqib qolgan qizni koʻrishi bilaboq darrov tormozni bosishga ulgurdi. Mashinasidan tushib qiz tomon jahl bilan kelib unga baqirishni boshladi:
~Sen esingni yedingmi hoy qiz, urib ketganimda nima boʻlardi?
Qiz mashinaning hatto bir uchi ham tegmagan boʻlsa-da, qoʻrquvdan yerga oʻtirib olgandi. Chuqur-chuqur va notekis afas olar ekan sekin boshini yuqoriga koʻtarib Hyunjinga qaradi:
~Men uzur zoʻrayman. M-men shoshilayotgandim.
Hyunjin qizni bu ahvolda qoldirgisi keladi. Jahldan tushib qayta qizga yuzlandi:
~Qoʻpolligim uchun uzur soʻrayman. Qayerga bunchalik shoshilayapsan, tagʻin kech boʻlganda?
~Men kasalxonaga borishim kerak, vaqtingizni olganim uchun meni kechiring.
Qiz ta'zim qilib orqaga burildi. Oʻsha zahoti Hyunjinning soʻzlari qizni toʻxtatib qoldi:
~Seni oʻzim oborib qoʻyaman mashinaga oʻtir.
~Oʻgʻirlab ketish niyatim yoʻq havotirlanma, shunchaki yordam bermoqchiman holos. Kechasi koʻchalar xavfli boʻlsa, qiz bola uchun bu yaxshi emas.
Indamay yerga qarab turgan qizdan hali ham sado chiqmasdi. Bundan Hyunjining sabr kosasi toʻldi, ammo buni bildirmaslikka harakat qildi.
~Senga rostdan aytyapman. Mashinaqa chiq!
Soʻzlarini yakunlab yigit mashinaga oʻtirdi. Qiz hali ham joyidan jilmasdi. Hyunjinga qaratilgan nigohlarga javoban yigit unga yana bir bora ishora qildi. Boshqa chorasi yoʻqligi uchun qiz Hyunjinning taklifiga rozi boʻldi.
Tashqari biroz salqinligi va mashina ichida biroz boʻlsa ham qizning tanasi taskin topgamdek edi. Yoʻl-yoʻlakay ikkisi ham bir ogʻiz soʻz demay jim ketishardi. Qiz pala-partish nafas olar ekan nigohlari tashqariga qaratilgandi. Hyunjin tomon yuzini teslari oʻgirib olgan qizga yigit bir necha marotaba qarab qoʻydi. Qiz oʻzi suhbatni bishlab berar deya yigit indamay kutdi. Axiyri urinishlari zoya ketib Hyunjin oʻzi gap boshladi:
~Kasalxonada nima ishing bir shu paytda?
Qiz indamadi. Kichik koʻzlarini eshik oynalaridan uzib pastga qarab kipriklarini pirpiratdi. Savoli javobsiz qolgan yigit qayta qizga yuzlandi:
~Gapirishni bilar ekansan, nega biroz oldin savolimga javob bermading?
Mira bu safar ham hech narsa demagach Hyunjin ham jim ketishni ma'qul koʻrdi.
Uzundan-uzun yoʻllarni ortda qodirgancha kasalxona qarshisiga yetib kelgan mashina toʻxtadi. Ichkarida boshini eggancha Hyunjin binoni koʻzlari orqali oʻrganib chiqdi. Atrof qorongʻu, faqatgina kasalxonaga kiraverishda tom qismida chiroqlar oʻrnatilgan. Bino yonida kichik xona va oʻsha xonada qoʻriqchi kasalxonani kech tushishi bilan nazoratga oladi. Barchasini e'tibordan chetda qoldirmagan yigitning hayolini mashina eshiklari ochilishi tortdi. Tashqariga chiqishi bilanoq Mira Hyunjinga yuzlandi:
~Olib kelganingiz uchun minnadorman. Haligi...
Qizning soʻnggi soʻzlarida ikkilanishni sezgan Hyunjin unga savol ishorasini qildib qoshlarini yuqotiga koʻtardi. Mira ming hijolat bilan qayta tilga kirdi:
~Sizga, toʻlagani pulim yoʻq. Lekin menga hisob raqamingizni bersangiz albatta toʻlayman.
Yigit eshitgan gaplaridan boshini ortga tashlab kulib yubordi.
~Bor yoʻgʻi shumi? - yigitning tabassumi biroz soʻndi. - Menga sening hech qanday puling kerak emas. Kech boʻlganda koʻchada qolib ketishingni istamadim xolos... .
Anna koʻzlarini yerga qadam sukut saqlardi.
~Manzilingga kelgan ekansan unda ichkariga kir. Lekin menga hali ham bu yerga nega keganingni aytmading.
Qiz hech narsa demay mashina eshigini yopdi. Oʻsha zahoti mashina ichkarisida oʻtirgan yigitga ta'zim qildi va tezda bino tomon yugurdi. Annaning bino ichida gʻyib boʻlmagunuga qadar ortidan kuzatib turgan Hyunjin jilmaydi: