Vanilla
Dimog'imga urilgan dori isi sabab yana ko'nglim ayniy boshladi. Og'irlashib borayotgan kipriklarimni asta ochishga urindim. Hamma yer juda hira ko'rinardi. Atrofimda hamshiralar shoshilib menga nimadir qilishardi. Lekin men yana uxlab qoldim.
Oradan qancha vaqt o'tdi bilmayman. Tanam bilan qayergadir olib ketilayotganimni sezib turardim. Bu safar qiyinchiliksiz ko'zlarimni ochdim. Qo'limda hech qanday osma dori yo'q edi. Mashina tezligi pasaydi va qandaydir kaft yanoqlarimni silashni boshladi. Men ortiqcha harakat qilolmasdim. Sekin yuzimni burdim va bu Taehyung ekanini ko'rdim.
- Uyg'ondingmi ? - u rulda bo'la turib, ko'zini yo'ldan uzmagancha asta lablarini peshonamga bosdi. Bundan hazar qilsam ham indamay turardim.
- Qayerga ketyapmiz ? - savol berdim uning harakatini bepisandlikka olib.
- Uchrashuvga chiqamiz degandim yodingdami ? - yigit sekin tabassum qilib qo'limni ushlab oldi. - Buni o'tkazib yuborishni istamadim. Chunki boshqa qulay fursat bo'lmasligi mumkin.
- Tobora sendan bezillayapman. - chuqur uhh tortgancha yuzimni derazaga burdim. Unga nisbatan qilgan bu harakatimdan so'ng qo'limni qo'yib yubordi.
- Qizimni menga berib so'ng istagan joyingga ravona bo'lishing mumkin. Yarim yil sabr qilsang yetarli. - Taehyung tabassum qilishdan to'xtamasdi. Bu og'riqli tabassummi yoki mazxaranomus.. buni farqlay olmasdim.
Suxbatimiz shu nuqtada tugagandi. Men yo'l oxirigacha shunchaki derazadan ko'zimni uzmay ketdim. U ham menga boshqa e'tibor qaratmadi. Nihoyat manzilga yetib kelganimizda allaqachon quyosh botay degandi. Mashinadan tushdim. O'zimni biroz tetik his qilyapman. Ammo to'liq emas. Ruldan tushgan Taehyung menga qarab qo'lini cho'zdi. Men hayratda edim. U birinchi bor unga yomon munosabatda bo'lishimga qaramay menga yon bosayotgandi. Nima, bu bolani shunchalik qattiq hoxlaydimi ?!
Men tomon cho'zilgan qo'llarni tutarkanman, u meni biroz bosim bilan o'ziga yaqin kelishga majburlab mahkam ushlab oldi.
- Bu yerda yirik toshlar ko'p. Ehtiyot bo'l. - dedi huddi qo'pol harakatlarini tushuntirib berishni istagandek. Miyyamga kelib urilgan fikrdan so'ng atrofga alanglar ekanman, hayratdan turgan joyimda qotib qoldim. Nahotki ? Ha biz dengiz bo'yiga kelgandik. Ko'zlarim qanday ochilib ketganini ham sezmay qoldim. Bu yerga so'nggi bor dadam bilan kelgandim. 6 yoshimda..
- Borishni hoxlaysanmi ? - Taehyungning charchagan ko'zlari menga qadalganida ikkilanmay bosh irg'ib yubordim.
Allaqachon to'lqinlarning mayin ovozi qulog'imga rohat berardi. Biroz toshli yo'lakdan pastladik va sohil ko'rindi. Tezroq yurishga urinar ekanman, birdaniga oyog'im qayrilib yiqilishimga oz qolgan ham ediki, ulkan kaftlar meni tutib qoldi.
- Men senga ehtiyot bo'l degandim Aera !! - o'dag'aylagan Kim qizni qo'llarida tutib turarkan, ichidagi havotir sabab uni qo'llariga bir zumda ko'tarib oldi. - Endi shunday yurasan.
- Qo'yib yubor o'zim ketaman. - yigitning kuragiga tegib gapirgan qiz og'ir nafas chiqardi. - Taehyung !!! Ko'nglim ayniyapti !!
- Sabr qil sevgilim. Oz qoldi.
Bir necha qadam va sohilga yetib kelishgandan so'ng Kim qizni yerga tushirdi. Aeraning yuzi oqarib ketgan, hozir qayt qilishga tayyor turardi. Bundan biroz havotirga tushgan Tae qizning yelkalarini siqib o'ziga qaratdi.
- Chuqur nafas ol vanilla. - dedi u qizni sohildagi skameykalardan biriga o'tqizib. - Ahvoling yaxshimi ?
- Senga ko'nglim aynidi dedim. Jin ursin !!! - kaftlari bilan og'zini to'sib olgan qizni ko'rgan yigit biroz talvasalanib qoldi. O'rnidan turgancha o'sha yerga yaqin bo'lgan tashlandiq do'koncha tomon yugurarkan, iloji boricha tezroq harakat qilishga urinardi. Qo'lida yelim paket va suv bilan yana ortga qaytdi Taehyung.
- Buni ol. - qizga paketni tutqazishi bilan Aera qayt qilishni boshladi. Yigit unga yaqinlashgancha sochlarini yig'arkan, qizga halaqit bermasligi uchun ularni bir qo'liga siqimlab turdi. Ikkinchi kafti bilan esa yelkasini silab turardi. Bir necha bor kuchangan qiz ishini tugatgach, sulaygan ko'zlarini yigitga qaratgancha paketni tutqazdi.
- Meni kechir. Bunday bo'lishini istamagandim.
- Kechirim so'rashni hayolingga keltirma vanilla. - Taehyung barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishni istaydi. U nim tabassum bilan qizning yanog'idan bo'sa oldi. Qo'lidagi suvni Aeraga ichirgach, paketni axlat qutisiga tashlab yubordi.
Dengizning nam havosi dimog'ga urilgan sari nafas yo'llarni yengillashtirmoqda. Qiz ko'zlarini yumib chuqur nafas oldi. Mayin esayotgan shamol esa uning sochlarini yengil uchiradi. Undan ko'zlarini uzolmayotgan Kim, bu malla soch qizni qanchalik qattiq sog'inganini his qilib turardi. Yuqoriga ko'targan qo'li havoda turarkan, ikkilanish bilan qo'lini qizning yelkasidan o'tkazdi. Aera teginishdan so'ng hotirjam ko'zini ochib Taega qaradi.
- Nima deb o'ylaysan dadamni kechira olamanmi ? - birdan kuchsiz so'z boshladi u. Taehyung esa indamay tinglashda davom etdi. - Bu yerdagi har bir to'lqin menga uni eslatadi. Men anavi yerda yugurib yurardim. - dedi bosh barmog'i bilan sohil bo'yidagi qumli yo'lga ishora qilib. - Dadam esa oyim bilan huddi biz o'tirgandek meni kuzatishardi. U menga muzqaymoq olib berdi. O'sha vaqt... mendan baxtliroq qizaloq yo'q edi. O'sha vaqt... uning malikasi edim.
- Keyinchi ? - sekin so'roqladi yigit, qizning oltin sochlarini o'ynashga berilib.
- O'zimni haddan tashqari og'ir his qilyapman Taehyung. - dedi Aera horg'inlik bilan nafas chiqargan ko'yi. - Barini unutishni shu qadar hoxlaymanki... bu uchun istalgan ishni qilgan bo'lardim.
- Muzqaymoq yeyishni istaysanmi ? - ko'zlari porlab savol bergan yigit qizning yomonlashib borayotgan kayfiyatini tiklashga urinmoqchi edi. Unga tikilib qolgan qiz esa nima deyishni bilmay qoldi. - Menimcha ta'mini unutmagansan, shundaymi ?
Aera javoban bosh irg'idi. Yigit esa o'rnidan turib qizga qo'l uzatdi. Botayotgan quyosh nuri sabab to'qroq rangda porlayotgan sochlar mehrga to'lgan nigohlarni yashirib turar, mayin jilmayish esa qalbning tubidagi istaklarni namoyon qilib turardi. Yuragida og'riq turgan qiz, Taehyungning qo'lini tutdi.
Tabassumi kengaygan yigit sevgilisini qo'lidan tortgancha sohil tomon choparkan, allaqachon yomon hayollari tarqab ketgan qiz ham tabassum qila boshladi.
Sohil bo'yida, dengiz suvi bilan o'ynashayotgan ikki yosh... boshqa hech kim yo'q.. shuni o'zi yetarli edi ular uchun.
- Yoshbolaning o'zisan !!! - qiqirlab kulayotgan qiz, o'ziga tinmay suv sepayotgan yigitga biroz yaqinlashdi. - Bas qil hozir seni cho'ktiraman !! - kulishda davom etdi u suv tomchilaridan qochishga urinib.
Suv allaqachon qizning yelkasidan, yigitning esa belidan kelardi. Shumlik qilishni istagan Aera kutilmaganda Taening ustiga sakragan on, suv tubiga kirgan yigit nazoratni yo'qotib qo'ydi. Qizning tabassumi yanada kuchaydi. Kim esa tahminan 30 soniya ichida suv tubidan chiqmagandi. To'xtagan qiz yon atrofni ko'zdan kechirar ekan, yigitni payqamagach ismi bilan chaqirdi. Shu on suv tubidan yuqoriga ko'tarilganini his qilgan qiz qichqirib yuborgancha yigitning yelkasiga urib tashladi.
- Aqldan ozganmisan ?! - yuragini hovuchladi u ko'zlarini mahkam yumib. Namiqib, ho'l bo'lib ketgan sochlar.. dengiz suvi sabab tanga yopishib turgan ko'ylak.. yigitning ko'zlari qizni boshdan oyoq sintez qilishi..
Bir on chuqur chuqur nafas olib chiqargan Aera, bu safar Taehyungning qarashlarini payqadi va bag'rida ekanini eslab ko'ksidan itardi.
- Qo'yib yubor. - dedi ko'zlarini olib qochib. Lekin Kim bunday qilishni hoxlamasdi. U sevgilisiga qarshi ravishda qizning ortini mahkamroq ushladi.
- Menga yoqasan.. - dedi past va chuqur ovozda. - Seni sevaman vanilla..
Kutilmagan so'zlar, ta'qiqlangan hislarni yanada chigalikka qorishtirgan jumlalar.. bular qizni shunchaki qotib qolishiga sabab bo'ldi. U Taehyungning chuqur nigohlari bilan birlasharkan, jizillab ketgan yuragi nega bunday urib ketganini sezmay qoldi. U shunchaki muzladi. Yo'q.. qizib ketdi. Noma'lum hissiyot. Lekin kuchli titroq bor. Yigitning asta yaqinlashayotgan lablarini ilg'ashga ham ulgurmadi Aera. Lablar teginishi bilanoq realikka qaytgan qiz uni o'zidan itarib tashladi. Tezlik bilan suvdan chiqarkan, kiymi tanasi bilan qorishgani sabab qo'lini chalishtirib oldi.
Joyida qolib ketgan Taehyung esa qizni ortidan kuzatib turardi holos. Ilk bor... u hayotida ilk bor ayol kishiga bog'landi.. birinchi bor hislariga erk bergancha barini tan oldi. Ko'p narsa kutmagani rost, ammo... baribir nimadir dars ketgandi.
Tahminan 3 soatdan buyon sukut hukm suradi. Tunggi osmon paydo bo'lgan.. To'lin oy to'liqligicha qora tusga kirgan dengizni biroz ochartirib turadi. Yulduzlar uncha tinniq bo'lmasada juda ko'p. Sochiqqa o'rangancha isinib o'tirgan ikki insonning ham ko'zlari yulduzlarga qadalgan, quloqlari esa dengiz ko'piklariga.
- Menimcha ichingdagi kichkina Aera hali ham ularni yaxshi ko'radi. - jimlikdan qochib so'z boshladi Taehyung. - Ota onangni nazarda tutdim.
- Gaplashgim kelmayapti. - qat'iyan raddiyat bilan gapirdi qiz.
- Ularni qabul qilishing kerak.. - quloq solishni istamagan Taehyung gapirishda davom etdi. - Ikkisini ham kechirolmay yashashda davom etsang... bu hayotda tinch yashay olmaysan.
- Senichi ? - dedi Aera qzishib ketgan ko'yi asabiy ohangda o'zini bosolmay. - Seni qanday kechiraman ?! Ichimda o'z farzanding borligini bila turib menga qilgan ishingni qanday unutaman Kim Taehyung ?! - ovozini sezilarli darajada balandlatgan qiz, chimirilgan qoshlari.. umidsizlangan nigohi bilan Tae tomon g'azab bilan bo'yin cho'zdi. - Yoki hayotim faqat qiynalishdan iborat ekanini isbotlamoqchi bo'ldingmi ?!
- Oldingda o'zimni oqlab o'tirishni istamasligimni juda yaxshi bilasan. - dedi Kim jiddiylashgancha. - Lekin chindan o'zimni boshqarish qo'limdan kelmadi. - yigitning javobidan qoniqmagan qiz ensasini qotirgancha boshqa hecha narsa deyishni istamadi. Lekin Taehyung taslim bo'lishni emas, hislarini ochiq bayon qilishni tanlaydi.
Taehyung: Men bu bolani qanchalik istayotganimni tushunmayapsan vanilla. Huddi oldingdan bir zum ketsam u yo'q bo'lib qoladigandek tuyilyapti. Men chindan farzandim bo'lishini, oddiy insonlardek yashashni hoxlayman.
- O'zing menga aytgan gaplaring yodingdami ?
Atrofni katta binoning soyasi o'rab olgan. Haftaning o'rtasi bo'lgani sabab ko'cha ancha gavjum, insonlar esa o'z ishlari bilan ovvora holda ketishardi.
Mashina allaqachon to'xtagandi. Taehyungning telefonda gaplashib bo'lishini kutayotgan Aera shunchaki mashina oynasidan, tashqaridagi hayotni diqqat bilan kuzatdi. Bu qandaydir, o'zgacha olamdek.. tashvishi boshidan oshib yotgan odamlar. Ular oddiy hayot tarzida yashaydi.
- Men ham ulardek yashashni hoxlayman. - shivirladi qiz, so'lg'in nigohini manzaradan uzmagan holda. Taehyung buni eshitdi. U qo'ng'iroqni tugatib qiz qarayotgan yo'nalishga nigoh tashladi. Ikki juftlik va ularning mitti qizalog'i. Kimning ichida nimadir uzilgandek bo'ldi. U qizga qarar ekan, chin dildan buni istashini aniq ko'rib turardi.
- Oddiy insonlardek yashash qiyinmi ? - savol berdi Aera yuzini Taehyungga qaratib. U jim edi. Nimanidir chuqur o'ylayotgandek ko'rinardi tashqaridan. Bir necha soniya ichida ko'z yo'nalishini o'zgartirar ekan, kaftini qizniki bilan birlashtirib unga yumshoq munosabatda bo'lgandek qaradi.
- Bu biz uchun emas deb qo'rqaman. - dedi u, qiz eshitishdan qo'rqqan o'sha javobni tiliga olgancha. Aera ich ichidan titrab ketdi. Nima bo'lishidan qat'iy nazar u bolaligini qayta to'ldirishni hali hamon hoxlardi.
Go'yo umidlarga chek qo'yilgandek bo'ldi. To'g'ri ohang hafa qilishni hoxlamasdi, lekin so'zlar... bor umidni puchga chiqargandi. Qiz titrashni boshlagan lablarini sezdirmaslik uchun qattiq tishladi. Taehyung chuqur nafas chiqardi. Qo'li bilan ushlab turgan kaftni mahkamroq siqar ekan, ichidagi afsusni bor harakati bilan yashirishga urinardi.
- Ba'zida bolaligimni sog'inishim rost, lekin bunday yashashni o'zim tanladim, vanilla. - dedi u, so'zlarini yakunlab mashina eshigini ochish barobarida. Huddi mavzudan qochgandek, shunchaki qochib ketish onsondek, o'zini qizdan uzoqlashtirdi. Bu doimgidek usul.. allaqachon yodda qolgan.
- Men esa buni o'zim tanlamadim. Shunisi alam qiladi.. - shivirlagan yolg'iz ovoz..
- Shunday yashashni o'zim tanladim deganding. Chindan bu sening tanloving bo'lgan. Endichi ? Buni o'zgartira olaman deb o'ylaysanmi ? Endi farzandingga yaxshi ota bo'lish qo'lingdan keladi deb o'ylaysanmi ?
Jim bo'lib qolgan yigit og'ir yutinib qo'ydi. - Men harakat qilaman. Omertà ni tark etdim, boshqa Raisning ishlarini boshqarmayman.
- Bu nimanidir o'zgartiradimi ?!
- Ishonmayman. Ammo farzanding.. - chimirilgan qosh, g'azab bilan qorishgan ohang to'xtab qoldi. Qiz asta kaftini qorin bo'shlig'iga olib borib, so'zlarini to'g'irladi. - Bolamiz uchun istalgan ishni qilishingga ishonaman.
Bilmadim. Bularning bari menga tushdek tuyilardi. Nahotki men.. ona bo'lsam. Hali ham vujudimda allaqachon 3 oyga yaqinlashib qolgan go'dak borligini his qilolmayapman. Bari bunga tayyor emasligim uchundir. Menga tikilgancha tabassum qilib qo'ygan yigit yuzini qayta yulduzlar tomon o'girdi.
Hozir shu yerda bo'lishimga qaramay negadir hayollarim Jungkook tomon ketardi. U homilador ekanimni bilib qolsa nima bo'ladi ? Meni o'ldiradimi yoki Taehyungni .......................... Hozir... ahvoli qanday.. ovqatlanyaptimi yoki faqat bo'kkunicha ichyaptimi. Jin ursin, o'zimni o'nglab olishim kerak.
Ko'zlarimni mahkam yumib o'zimni la'natlagancha o'rnimdan turar ekanman, men bilan birga ko'tarilgan Taehyung barini tushunib bo'lgandi.
- Ketamizmi ? - dedi u savol berib.
- Ha, lekin.. - gapirishga ulgurmasimdan qorin bo'shlig'imda paydo bo'lgan ovoz suxbatimizni bo'lib qo'ydi. Uzun barmoqlari bilan yuzini berkitib olgan yigit ovozsiz ustimdan kular ekan, men noqulaylikdan ko'zlarimni olib qochdim. - Kettik !! - biroz dovdirab tez tez yurib keta boshladim.
- Shoshma. - hali ham ustimdan kulayotgan Kim mana endi asab tolalarimni chertishni boshladi.
- Tezroq yur, yo'qsa uyga o'zim ketaman !! - tahdid qildim tushunarsiz ravishda. U bir deganda ikki katta qadam bilan menga yaqinlashib oldi va yelkamdan siqdi.
- To'xtab tursangchi, senga ovqat olib beraman. - yana beihtiyor kulib yubordi u. Jahl bilan qo'lini siltab tashladim.
- Kerak emas !!! - dedim zarda qilgancha asabiylik bilan. Bu ahmoq hayoti davomida ochqamaganmi yoki umrida qorni g'uldiramaganmi ? Jin ursin !!!
Tez tez qadam tashlab hech narsani his qilmay qo'yar ekanman, ikkilanish bilan ortimga o'girilganimda Kim chindan g'oyib bo'lganini tushundim. Qovog'im yanada uyilib, lablarimni burgan ko'yim mashina tomon yolg'iz bordim. Uzoq kutmadim, bir necha daqiqada u qo'lida paketlar bilan keldi.
- Men senga kerak emas degandim. - dedim ko'zimni Taehyungning qo'lidan uzmay. - Baribir yemayman !!
- Mayli. Unda uyga borganda boshqa narsa tayyorlaymiz. Yoki istasang nimadir buyurtma qilishimiz mumkin.
- Menga yoqmayapti. - ko'zlarini yumib chuqur nafas olgan qiz o'zini boshqarolmay ichidagi yoqimsiz hissiyotini yashirmay ochiq gapirdi. - O'zingni g'alati tutishing. Shunchaki odatdagidek bo'l !!
Jahl bilan mashina eshigini yopgan qiz atayin orqa o'rindiqqa o'tirib oldi. Huddi Taehyungni o'sha barchaga ma'lum tomonini uyg'otishni istayotgandek. Boshini ortga tashlagan yigit qizning injiqliklari tufayli tishlari orasida nimadir deb vishillagach, o'zi ham rulga o'tirdi.
Tunggi Koreya. Chiroqlar bilan qoplangan shahar. Haddan tashqari tekkis yo'l zarikarli skunatni battarroq holga keltiradi. Bir nuqtaga termulib qolgan qiz hali ham o'sha xabarlar haqida o'ylamoqda. Yigit esa qizning gaplarini. "Endi farzandingga yaxshi ota bo'lish qo'lingdan keladi deb o'ylaysanmi ?!" Taehyung sqilib ketganini his qilib old tugmalarini bo'shatgancha, oynani ochdi. Tezlik kuchaydi. Lablarini asabiy yalab qo'ydi.
- Nimadir bo'ldimi ?! - savol berdi Aera, yigitda nimadir noto'g'ri ekanini sezib. - Tezlikni pasaytir. Bu homiladorlarga zararli !! - o'zi hech narsani bilmasada kinoya bilan gapirdi qiz.
Taehyung quloq soldi. Indamay tezlikni pasaytirdi. Lekin bu jim jitlikdan tobora bo'g'ilib borayotgan qiz tomoq qirib atayin yo'talib qo'ydi.
- Menimcha muzqaymoq sovuqlik qilgan. Shamollayapman, oynani yop !! - mashina birdan bosim aralash to'xtadi.
Kutilmganda bosilgan tormoz sabab oldinga siljib ketgan Aera shuv etgandek sakrab ketarkan, ruldagi yigitning qilgan bu ahmoqona harakatini tushunolmay qoldi. Taehyung eshikni ochib mashinadan tushdi va orqa o'rindiq eshigini ochib qizni bilagidan tortqiladi.
- Nima qilyapsan ?! - og'riqdan yuzi burishib ketgan Aera qichqirib yubordi. - Qo'yib yubor aqldan ozgan !!!
- Mashinadan tush !! - bu safar kuch ishlatib qizning qo'lini qattiq tortgan yigit, o'ylab ham o'tirmay, qayerda to'xtaganiga e'tibor ham bermay yo'l chetidan bir qancha zich joylashgan uylar oralab yurishni boshladi.
- Taehyung senga qo'yib yubor deyapman !!! - o'shqirishda davom etardi qiz. - Sen la'nati hech qachon o'zgarmaysan !!! Tinch qo'y meni !!
Bu safar Kim to'xtab zarb bilan qizni devorga tiradi. Tor yo'lak, nafasini rostlay olmayotgan, qorong'u ko'zli yigit, yuragi hapqirib ketayotgan qiz.
- Meni sinashni bas qil. - bo'g'iq ovozda vishilladi u og'ir yutunib. - Chidash qiyinlashyapti.. barini barbod qilma..
Uning qorayib ketgan nigohlaridan cho'chib ketgan Aera og'zi qulflanib qolgandek hech narsa deyolmay unga tikilib turardi. Taehyungning peshonasidan oqayotgan sovuq ter, taranglashib borayotgan tanasi.. barini so'zsiz allaqachon bayon etib turadi. U ulkan kaftini qizning nozik beliga o'radi. Yuzini ingichka bo'yinga ko'markan, hali ham namiqib turgan sochlarni boshqa tomonga tashladi.
- Nega aynan vanilla deb so'ramaysanmi ?! - dedi erkak quloq ostida qaynoqlik bilan shivirlab. - Sen tanlagan har bir narsa jozibali.. burbon, - noziklik bilan tishlarini oppoq bo'yinga botirdi u. - Ichki kiyimlar, - yana tishlash. - Va hatto tanangga surtadigan har bir vosita.. - yanada qattiqroq tishlash. - Doyim meni mast qilasan. Hech qanday o'tkir viskisiz. Jin ursin !! - bu safar to'liq o'zini yo'qotgan Taehyung qizning bo'yin terisini so'rishni boshladi. Tanasi bo'shashib ketgan Aera injiqlanib ingrar ekan, qo'lini erkakning sochlariga olib borib ularni siqimladi.
- B.bas qil.. - qizning lablari orasidan chiqqan bu kuchsiz ovoz, aslida shaxsiy hoxishlarga qarshi edi. Tanalar bir biriga jipslashgan. Nafasi og'irlashgan qiz, qorin bo'shlig'iga botib turgan qattiqlik*ni his qilmoqda. Qo'llar bog'lanmagan.. qarshilik qilish to'silmagan.. lekin o'zini ongiy ravishda qamoqlagandi u.
- Hozir qizimizga behayo dada bo'lishni o'ylayapman. - dedi Tae lablarini sevgilisining quloqlariga ko'chirib. Yo'g'on tilini qizning qulog'iga botirarkan, belga egalik qilayotgan qo'li ihtiyorsiz pastlab ayollik nuqtasini tekshirdi*. Allaqachon nam. Hatto yetarli darajada.
- Hoy sizning uyingiz yo'qmi ?! - uzoqdan kelayotgan qari erkakning tovushi eshitilishi bilanoq ko'zlari moshdek ochilib ketgan qiz yigitni o'zidan itarib yubordi. - Siz tarbiyasiz bolalar !!! Ikkingizni ham suratga olmasimdan bu yerdan daf bo'ling !!! - bu safar qiz va yigitning yuziga yoritgich tushirgan qariya tahdid bilan o'kirdi.
Qarama qarshi devorga suyangancha chuqur chuqur nafas olayotgan Taehyung hech nimaga e'tibor bermas, hali ham vaxshiyat akslanib turgan ko'zlarini yorug'lik yuziga urilib turgan malla sochdan uzmasdi. Lablarini asta tishladi u.
- Bizni kechiring. Mana ketyapmiz. - yuqoriga ko'tarilib ketgan etagini tushirish barobarida javob qaytardi Aera.
- Ota onangiz qayerga qarayapti hayronman !! - dedi o'ziga o'zi gapirib uyiga kirib ketgan chol. Yorug'lik yana yo'q bo'ldi. Yana hech qanday nur qolmadi. Tez tez yurib ketayotgan qadam tovushlari.. Aera katta yo'lga olib chiquvchi yo'lakdan mashinagacha yurib bordi. Bu safar old o'rindiqqa joylashgan qiz, bo'ynini qashlagancha shoshmasdan kelayotgan yigitdan ko'zini uzmay uni kutdi.
Vanilla o'z o'rnini bilib o'tirganini ko'rgan Taehyung labi chetida kulib qo'ydida mashinani o't oldirdi. U indamadi. Shunchaki mamnuniyat bilan qo'lini qizning shishib turgan oppoq sonlari ustiga qo'ydi holos.
Keyingi qism uchun 500+ reaksiya va ko'p fikrlar kutaman. O'qib bo'lgan bo'lsangiz qo'llab-quvvatlash uchun postga reak bosib comment qoldirib keting.