December 6, 2025

𝗧𝗛𝗘 𝗟𝗢𝗦𝗧 𝗠𝗘

"𝐘𝐨𝐮 𝐟𝐨𝐮𝐧𝐝 𝐦𝐞, 𝐧𝐨𝐰 𝐝𝐨𝐧'𝐭 𝐥𝐨𝐬𝐞 𝐦𝐞"

Chapter-3

*

Tun yarmida sokin uxlab yotgan qizning koʻzlari hali hamon uyquga ketmagandi. Kipriklarini ochib yopar, uxlashga harakat qilardi. Deraza ortida mayin nurlarini sochib turgan oyga termulib qayta koʻzlarini yumdi.
Soat millari tungi 1:35 ni koʻrsatar ekan Miraning koʻzlari allaqachon yumilib deyarli uyquga ketgandi. Anchagina katta uy ummon qari singari sokinlikka choʻmgan, hech qanday ,,tiq" etgan tovush eshitilmasdi.
Oradan ma'lum vaqt oʻtar-oʻtmas Mira yotgan xona eshigi ochilganligini sezgan qiz koʻzlarini ochib sekin orqasiga qaradi. Eshikni ochib ichkariga kirgan sharpani koʻrgach Miraning koʻzlaridan ilk soʻzlari chiqdi:

~Kim bu... Oyi!?

Eshik ichkaridan yopilgach qulf ovozini eshitgan qiz oʻzini oʻnglab yotoqdan turishni boshladi. Inson qiyofasida Mira tomon yaqinlashib kayotgan sharpa yotoq tomonga allaqachon yetib kelgandi. Oy nuri ostida begona odamning yuzini gʻira-shira koʻrgan qizning koʻzlari kattalashib yuragi tez ura boshladi.

~Bu yerda nima ishingiz bor, chiqib keting!

Erkak qizning oldiga bostirib kelar ekan Mira hali hech narsani ilgʻay olmayotgandi, oʻrnidan turish uchun shaylanga qizning oyoqlaridan changallab olgan qattiq qoʻllar uni oʻziga tortdi. Sirgʻalib yotoqga yotib qolgan qizning hatto baqirishiga ham yoʻl qoʻymagan erkak bir qoʻli bilan qizning ogʻzini yopgancha Mirani yanada maxkamroq oʻziga tortdi. Qiz tipirchilab qochishga harakat qilar, dod solishga urinsa ham yonidagi kimsa qarshisida ojizlik qilardi. Mirani deyarli quchogʻiga olgan erkak qizning lablarini toʻsib turgan qoʻlini oldi va boʻynida qattiq ushladi. Miraning kipriklari orasida allaqachon yosh oralab, boʻynidan qattiq ushlab turgan qoʻlgan tomchiladi. Nigohlari ila erkakga yolvorgancha tikilgan qizning urinishlari foyda bermadi, erkak qizga e'tibor bermay oʻzining lablarini Miraniki bilan birlashtirdi... .

Qattiq uyquda sochlari yoyilgan, peshonasidan ter tomchilari sekin yostiqqa tomchilar, Mira hali ham tush ta'sirida edi. Koʻzlari yumilgan, qoshlarini esa har zamonda chimirar, boshini uyoqdan-buyoqga silkitardi. Soʻnggi soniyalar ichida koʻzlarini tezlikda ochgan qiz oʻziga kelishi bilanoq yigʻlashga tushdi. Oʻtmish voqealari Miraning tushiga tinmay kirar, qizni tinch qoʻymasdi. Qiz boshini changallagancha dod soldi:

~Bu qachon oʻtib ketadi, charchadim....

Yotoq ustida devorga suyangancha boshini qoʻllariga suyab oʻtirgan qizning koʻrgan daxshatli tushidan soʻng ertalabgacha kiprik qoqmay chiqdi. Koʻrinishi bir ahvolga kelib qolgan qiz bir nuqtaga tikilib oʻtirar ekan qoʻl telefonidan kelgan uygʻotuvchi tovush (budilnik) yangradi. Mira chuqur nafas olib bir muddat jim qoldi. Xona telefondan kelayotgan ovoz bilan toʻlgan, ammo uni oʻchirish uchun qizda hech qanday kuch yoʻq edi. Hissiyotlarga berilishni istamay qiz qoʻliga telefonini oldi, undan yangrayotgan signalni oʻchirdi. Oʻzida kuch toʻplab koʻzgu qarshisiga kelib bir muddat oʻziga shunchaki qarab turdi. Miraning lablariga soxta tabassum yugurdi va shifoxonaga borish uchun tayyorlanishga kirishdi.

*

Pov Mira:

Quyosh ayamay nurlarini sochar, har bir zarrasi terini kuydirardi. Bugungi ayanchli kunimni boshladim ham, lekin bundan hech ham xursand emasman. Oʻtgan hayotimning to bugungi kuniga qadar haqiqiy baxtni his qilishni orzu qilar ekanman, ammo buni maqsad qilish uchun haqqim yoʻqligi menga judayam alam qilayapdi. Oyoqlarim menga tanish joyga sudrayapdi lekin ruhim umuman oʻzga olamda. Yana oʻsha dorixona, yana oʻsha tabletkalar va mening ikkinchi uyimga aylanib qolgan kasalxona... .

Mira kasalxona ichkarisiga kirib har doimgi oʻziga tanish boʻlgan palata tomon ildamladi. Sochlari yoyilgan, egniga yengil kiyim kiygan qiz palata eshigining tutqichidan tutdi. Xonaga oyoq uchida kirar ekan ichkaridan u kutgan ovoz nihoyat yangray boshladi:

~Mira... Bu senmisan...?

Burchakdan kelgan sokin ovoz Mirani javob berishga undadi:

~Menman oyijon, keldim. - kichik xonada joylashgan kravat yonidagi stulga oʻtirishdan avval onasining yuzidan oʻpdi Mira. - Xoʻsh, axvolingiz har doimgidek a'lo darajadi. Bugun har doimgidan ham ochilib ketibsiz.

Ayol kulimsirab qiziga mehr toʻla nigoh bilan yuzlanib:

~Ahvolim yomonligini koʻrmasam ham his qilib turibman. Shunday boʻlsa ham menga har kuni bu gaplarni aytganingdan xursandman Mira.

Ayol ba'zi gaplarining oʻrtasida tutilib qolar, nafas olishi qiyinlashib gapirish davomida tez charchab qolardi. Koʻzlarining tagi qoraygan, sochlari ancha toʻkilgan, kasallik sabab ishtaxasi boʻlmaganligi uchun ayol ancha ozib koʻrimsiz holga kelgan edi. Mira onasiga qarab jilmayar, lekin yuragining tubida dunyolar qulardi. Qiz ogʻiz juftlab onasining qoʻllaridan tutdi:

~Hali hammasi oʻtib ketadi, men doktor aytgan dorilarni olib keldim.

Qiz oʻrnidan turib suv idishi tomon bordi. Bir qoʻli bilan idishni ikkinchisi bilan kichik stakanni ushlab ichiga suv quydi. Qayta onasining oldiga kelib oʻsha stul ustiga oʻturib onasiga yuzlandi:

~Dorilaringizni ichishingiz kerak lekin hech narsa tanovul qilmayapsiz. Bunaqada tobingiz qochib qoladi. Keling avval ovqatlanib keyin dorilaringizni beraman.

Mira u yoqdan bu yoqqa oʻtib ishini tezroq yakunlashga kirishardi. Unga qolsa tunu-kun onasining oldida qolish muammo emas, lekin uning qattiqoʻl boshligʻi bunga imkon bermaydi. Toʻshakda holsiz yotgan ayol koʻzlarini bazoʻr ochib yopar, kuch toʻplab Mirani oʻziga qaratdi:

~Qizim, k.kerak emas. Ichmaymi u dorilarni, foydasi boʻlmayapdi. Keyingi safar ularni sotib olma. Umrimning qayeriga nuqta qoʻyilgan boʻlsa shu yergacha yashar ekanman, hech qanday dorilar menga yordam berolmaydi.

Ayolning soʻnggi soʻzlari qizda umidsizlik tuygʻusini berdi. Mira onasiga oʻgirilib qarashga botina olmay hech narsa demadi, shunday boʻlsa-da koʻzlari allaqachon namlangan, onasining oldida yigʻlab yubormaslik uchun unga bilintirmay sekin-sekin tepadagi shiftga qarab shu yoʻl bilan koʻzyoshlarini tarqatishga urinardi.

~Shifokorlar sizga yaxshi qarashayapdimi? -Miraning koʻzlaridan axiyri bir tomchi yosh yuziga tomdi. Onasidan yuzini hali ham olib qochib gapirayotgan qiz davom etdi: - Biror muammo boʻlsa oyi aytavering ular bilan oʻzim gaplashaman.

~Hamshira xonimlarning barchasi men bilan yaxshi munosabatlarda boʻlishayapdi, havotirga oʻrin yoʻq qizalogʻim.

Mira chuqur nafas olib onasi oldiga qayta joylashdi:

~Yodimdan koʻtarilay debdi, sizga hushxabarim bor. -qiz ayoldan tabassumini ayamay, butun vujudi bilan unga mehrini shu tariqa koʻrsatishga harakat qilardi.

Ayol qiziga qoshlarini koʻtarib savol tariqasida qaradi.

~Operiatsangiz uchun deyarli pul tayyor. Oyijon faqatgina yana 1 oy sabr qilsangiz boʻlgani.

~Seni ishlashga majburlaganim uchun uzur soʻrayman Mira, boshqalar oʻyin-kulguga berilib yurgan vaqtda sen esa oʻqishni va xursandchilik qilishni oʻrniga ....

~Bundan nolimayman oyi! Buning ustiga menga hech qanday ogʻirligingiz tushayotgani yoʻq, bunday gaplarni aytmang. Sogʻayib ketganingizdan soʻng birga xursandchilik qilamiz, - qiz onasi tomon egilib uni quchdi. -Sizni juda yaxshi koʻraman oyi... .

*

Mira kasalxona ichkarisida taxminan 1 soat qolib ketdi. Onasini har doimgidek kayfiyatini koʻtarib chiqgan qiz palatadan chiqishi bilanoq qadamlarini tezlatdi. Shifoxona tashqarisidagi hovlidam yurib borar ekan yuragini hovujlab soatga qarab qoʻldi. Taxmin qilganidek u bu safar ham ishga kechikgan, hozir borsa boshligʻi uni yaxshigina koyishi haqida oʻylab uh tortardi. Katta yoʻlga chiqishga ulgurmasidan qizning oldiga kelib toʻxtagan sariq tusli taksini koʻrib Mira ich-ichidan boshiga baxt qushi qoʻngandek his qildi oʻzini. Haydovchi bilan kerakli manzilni kelishib olishgach Mira mashinaga chiqdi, yaxshilab joylashib olganidan soʻng nigohlarini oyna ortidagi manzaraga qaratdi.

Uning hozirgi qiyin vaziyatida ishiga kech qolayotganligi sababdan oldiga kelib toʻxtagan taksi Miraning koʻzlariga najot farishtasi boʻlib koʻrindi. Qiz yoʻlda ketar ekan oʻzi bilan olib yurgan kichik sumkasidan telefonini chiqarib soatga qaradi. Ish vaqti boshlanishiga hali vaqt bor, Mira bundan ancha sevindi, ,, Bugun kech qolmas ekanman..." deya oʻylab ketardi qiz.

*

Quyosh allaqachon yuqoriga koʻtarilib qaynoq nurlarini sochib turar, katta yotoqda soat 9:30 boʻlishiga qaramasdan hali ham uxlab yotgan Sana bir necha bora qoʻngʻiroqchali soatning ovozini eshitib axiyri uygʻondi. Koʻzlaridan hali ham uyqu nari ketmagan, erinibgina qoʻliga kichik havo rangdagi soatni olib yuziga yaqinlashtirdi, bir qoʻli bilan koʻzini ishqalab vaqt allaqachon tong otganligini faxmlab Sananing koʻzlari kattalashdi. Uyqusi ham oʻchgan qiz darrov yotoqdan turib yuvinish xonasi tomon yoʻl oldi.

~Jin ursin, qanday qilib uxlab qolgan boʻlishim mumkin...!?

*

Bir necha qavatli bino oldiga kelib toʻxtaga sariq rangli taksi eshiklari ochilishi bilanoq, undan Sana tezlikda tushib bino ichkarisiga kirdi. Kechagi ochiq qiyinish uslubi har doimgidek Jungkookga yoqmaganligi uchun qiz bu safar uslubini biroz oʻzgartirib kompaniya ichkarisiga kirdi. Uzun pochnali oyoq kiyimi har safar yerga tegan ekan oʻzidan balang ovoz chiqarib hammani oʻziga tortardi. Bu kompaniyada Sanadan boshqa hech kim bunchalik jarangdor poshna kiymaganligi bois barcha kompaniya ishchilari poshna ovozidan chiqayotgan balanv ovozni eshitishlari bilan Sana tashrif buyurganligini darrov sezishadi. Eshikdan kirgach keng yoʻlak boʻylab yurar ekan u oʻzida yoʻq xursand edi. Bu shodligini u sevgani bilan boʻlishish uchun oshiqardi, lablarida tabassum va bir necha bora koʻylagiga qarab qoʻyardi. Bu safar yopiq kiyinganligi Jungkookni xursand qiladi deb oʻyladi qiz.

Eng yuqori qavatga koʻtarilgandan soʻng mayda qadamlar bilan Jungkookning kotibasi tomon bordi. Kotiba qiz Sana gap boshlamay turib darrov unga yuzlandi:

~Xush kelibsiz..

~Jungkook xonasidami? -Sana oʻylab oʻtirmay qizning gaplarini boʻldi.

~Janob majlisda edilar. Istasangiz kutib turing, qaytishlari bilan sizga xabar beraman.

~Shart emas, men uni xonasida boʻlaman.

Sana oʻz gaplarini yakunlab kotiba qizning stolidan unchalik uzoqda boʻlmagan xona tomon burildi. Bir necha qadam yurgandan soʻng kotiba qizning gaplarini uni toʻxtatdi:

~Sana xonim lekin Janob Jeon hech kim xonalariga kirmasliklari haqida tayinlab ketgan edilar. -qiz gaplarini tugatish barobarida yerga nigohlarini tikdi. Bu soʻzlardan soʻng oʻzida qandaydir aybdorlik hissini his qilgan kotiba qizning oldiga Sana jiddiy qiyofa bilan sekin bosdirib kela boshladi:

~Sendan soʻraymanmi nima qilishni? Uningni oʻchir va ishingga qayt, aks xolda tilingni sugʻurib olaman!

Oʻtkir nigohlardan kotiba qizning qoʻllari qaltiray boshladi. Sana gaplariga nuqta qoʻyib darrov orqaga burilib xona ichkarisiga kirib ketdi.

*

Oradan taxminan bir yarim soatcha vaqt oʻtdi. Xona ichkarisida zerikib ketgan Sana bir deraza oldiga kelib atrofni tomosha qilar yoki Jungkookni ish stoli ustidagi turli xil varoqlarni koʻzdan kechirar va shunday qilib vaqtini oʻtkazdi. Oradan ma'lum soat oʻtgandan soʻng eshik tutqichining ochilishi qizni oʻziga qaratdi. Deraza oldidagi qiz ezhik ovozini payqagach keng tabassum qda va ortiga oʻgirildi.

~Bu yerda nima ishing bor?

Xonaga kirishi bilaniq qizga hatto koʻz qirini ham tashlamagan yigit hotirjamlik bilan oʻz kursisiga kelib oʻtirdi. Sana tabassumini soʻndirmaslikka harakat qilib Jungkookni oldiga qadam tashladi. Bu vaqtda yigit bir nechta qogʻozlarni varoqlagach ish masalasidagi turli hayollar uni oʻyga solardi.

~Xoʻsh bugun qanday kunligi yodingdami?

~25-iyun, chorshanba. -Jungkook bir qancha hujjatlarni varoqlab oldidagi interkom yordamida undagi kichik tugmachani bosib gapida davom etdi: -Mein menga qahva olib kel.

Jungkookning harakatlarini kuzatib turgach Sana yana tabassum bilan:

~Sevgilim ancha charchaganga oʻxshaydi, hatto u bugun qanday kunligi ham yodidan koʻtarilibdi.

~Sana bugun kayfiyatim yaxshi emas, chaynalmasdan tezroq gapir va xonadan chiq!

~Hazillashayapsanmi? Axir bugun 25, bugun kunni birga oʻtkazishimiz kerakligi yodingda yoʻqmi?

Jungkook boʻynidagi boʻyinbogʻini pastga tortganch Sanaga zarda qildi:

~Ishlarim koʻplini koʻrib turib ataylab shu gaplarni aytayapsanmi, axmoqliging tufayli nimalar deyapsan oʻzing anglamayapsan.

~Lekin men senga yordam bermoqchiman Jungkook, vaqtni birga oʻtkazsam balki kayfiyating ham oʻzgarar deb oʻylagandim. -zumda qizning kulgusi butunlayga soʻngandi. Yigʻi aralash soʻzlarini yakunladi.
Yigit boshini ortga tashlab kresloga suyandi va qayta qiz tomonga qarab:

~Menga beradigan yagona yordaming ayni damda meni tinch qoʻy va bezovta qilma! Erkaligiklaringni koʻtargani, istaklaringni bajarishga menda na vaqt va na toqat bor...!

Sana eshitgan gaplaridan soʻng xoʻrligisi kelib yigitdan uzoqlashdi. Eshik tomon borar ekan burulib orqasiga qaradi. Hali hamon ishlar bilan mashgʻul boʻlgan Jungkook unga hatto ketish oldidan koʻz tashlab qoʻymaganligi uchun Sana bundan biroz ranjidi. Eshik tutquchidan asta ushlab Jungkook tomon qarab, oʻtgan xotiralari yodiga kelib koʻzlari namlandi. Xonadan allaqachon qiz chiqib ketgan va Jungkook yolgʻizlikda oʻzi qoldi.

*

~Bugun ham vaqtingni olayotganim uchun kechir. Ichimdagilarni birovga aytishim kerak yoʻqsa aniq portlayman.

Sana soʻzlarini nihoyalab oldidagi muzdek ichimlikdan hoʻpladi.

~Oʻzi nimalar boʻlayapdi, bir necha kundan beri shu ahvoldasan. Jungkook bilan orangiz ancha jiddiy tus olganmi deyman.

~Ha albatta, u menga huddi yoʻq odamdek muomala qilayapdi, ertalab ham meni quvib soldi. Bugun men uchun oʻzgacha kun boʻlishi kerak edi, buni ich-ichimdan his qilardim. Lekin bari chippakka chiqdi.

Hyunwook qizning gaplarini jimgina tinglar ekan yigit ham gap qoʻshdi:

~Bugun qanday kun seningcha?

~Biz har oyning 25 sanasida Jungkook bilan butun bir kunni birga oʻtkazardik. Kinoga borish, ovqatlanish, oʻyinlar oʻynash, istirohat bogʻiga borish va shunga oʻxshash narsalar. Eng muhimi bularning barchasiga ulgurishimiz kerak edi. Ammo 2 oydan beri buni iloji boʻlmayapdi. Ya'ni Jungkook menga vaqt ajratmayapdi. Nima qilishga ham hayronman.

~Tushunib turibman

Yigit gaplarini yakunlagach oraga sovuq sukunat choʻkdi. Hyunwook Sananing bu holda qoldirishni istamadi. Ma'lum vaqt oʻtgach sukunatni Hyunwook buzdi:

~Taklifim bor.

Sana yigitga savol nigohi bilan qarab qoshlarini chimirdi.

~Ketdik... -gapirish davomida yigit oʻrnidan turdi.

~Qayerga?

~Syupriz deya qolaylik.

Qiz bugungi tongi xafagarchilik bilan boshlanganligi uchun butun kun siqilib yurishni xoxlamay Hyunwookning taklifini qabul qilishga qaror qildi. Ortiqcha savol bermay ketish uchun shaylandi.

*

Butun kunni ishlash bilan oʻtkazgan Mira bir zum dam olish uchun vaqti yoʻq edi. Oʻzini unchalik katta boʻlmagan, ixchamgina kutubxonada u ancha vaqtdan beri ishlaydi. Bu maskan uning deyarli ikkinchi uyiga aylangan desa ham boʻladi. Miraning bu kichik dunyosida boshqalarning nazarida shunchaki kitoblar toʻplangan, Mira uchun esa ular olam-olam baxt va quvonch. Mira onasi uchun pul topish maqsadida ishlayotgan boʻlsa-da, bir tomondan tashqi dunyodan xalos boʻlish uchun aynan koʻplab asarlar va she'riy kitoblar roʻla boʻlgan doʻkonda ishlab oʻzini chalgʻitishga urinadi, bu doʻkon va kitoblarga boʻlgan sof sevgisi bu joyni tashlab ketishga koʻzi aiymaydi. Aynan shuning uchun ham Mira doʻkon egasiga oylar davomida ishda qolishi uchun yalinib keladi.

Kun allaqachon kech boʻlgan, Mira ishlarini yakunlab boshligʻidan ketish uchun izn soʻrash maqsadida uning xonasi oldiga kelib toʻxtadi. Eshikni taqqillatib kirish uchun ruxsat olgach ichkariga kirdi.

~Janob men ishlarimni yakunlab ketmoqchi edim.

~Ha Mira, bugun ancha yaxshi ishlading.

Mira unga berilgan maqtovdan oʻng yengil ta'zim qildi.

~Mira oʻtgan safat menga pulga ehtoyojing borligi haqida aytganding. -erkak stolining pastki qismida joylashgn tortmadan oq konvertni chiqarib qiz tomon surdi.

~Bu yerda 10 mln von (qanaqa yozishni biladim tushunib olasila)

~Ammo bu juda koʻp janob Lee, bularni tezda qaytarolmayman.

~Havotirga oʻrin yoʻq. Imkoning boʻlgan vaqt sekin toʻlayverasan

~Janob Lee sizdan juda minnadorman, menga katta yordam berdingiz.

Mira ish joyidan chiqib avtobus bekati tomon qadam bosar, quchogʻida u istagan pullarning ortigʻi bilanligi uni quvontirardi. Chunki endi uni onasining operatsiyasi uchun mablagʻ yetarli.

POV AVTOR .
Mira yuzida keng tabassum bilan uyiga borish uchun qadamlarini tezlatdi, ish joyidan bekat ancha uzoqdaligi uchun biroz yoʻl yurishga toʻgʻri kelgandi. Koʻcha biroz qorongʻu lekin uzun yuqoridagi chiroqlar atrofni yoritishga oz boʻlsada hissa qoʻshmoqda. Oʻzining hayolot dunyosiga shoʻngʻib real hayotdan ancha uzoqlashib qolgan qiz ortidan odam kayotganini ham payqamasdi. Miranini bir necha daqiqadan buyon orqasidan kuzatib yurgan shaxs butun kiyimlari qorali, koʻzlariga kun kech boʻlishiga qaramay koʻzoynak taqgan kimsa oʻziga qulay fursatni poylay boshladi. Baxtga qarshi Mira ham odamlar kam tomondan yurishni boshladi. Bundan foydalanib qolgan noma'lum kishi Miraga ancha yaqinlashdi va qoʻlidagi sumkani qattiq changallagancha oʻziga tortqilab oldi va ortiga oʻgirilmay qochib ketdi. Mira oʻsha zahotiyoq karaxt holga kelib alanglab qoldi, oʻylab oʻtirmay oʻsha kimsa tomon yugurdi.

Oʻgʻri ancha uzoqqa ketganidan soʻng koʻzdan gʻoyib boʻlgach Mira yon-atrofga tinmay qarardi. Axiyri koʻzlarida toʻplangan yoshni qoʻyib yubordi. Oʻpkasi toʻlgancha yigʻlab yuburgan qizning bor umidlarini oʻgʻri allaqachon oʻgʻirlab ketgandi.

Taksi toʻxtashi uchun yoʻl chetiga turib olgan qiz mashina kelishini kuta boshladi. Yoshlar yularini yuvar, koʻz oldiga onasi kelib Miraning ahvoli batar yomonlashdi. Koʻp vaqt oʻtmay oldiga qora rangli mashina kelib toʻxtadi:

*

Shadows uzoq kuttirib qoʻydim sorry🥹 Keyingi safar 200+ reak yigʻilishi bilan tezroq tashlashga harakat qilaman girls🌚💋 Reak va fikrlarni kutib qolaman... .