𝗧𝗛𝗘 𝗟𝗢𝗦𝗧 𝗠𝗘
Bir necha oylab, kunu-tun dam olmay ishlasam ham, oʻz oyligimdan bir necha barobar koʻp miqdordagi pulni kiprik qoqishga ulgurmasimdan yoʻqotdim. Boshimga baxt qushi qoʻngandi ammo mening omadsizligimni bilgach u ham gʻoyib boʻldi. Qoʻlimdan pullarni changallab ortiga oʻgʻirilmay qochayotgan onimdan boshlab, oʻsha lahzalardayoq hayolimga kelgan birinchi narsa bu onamining ahvoli edi. Unga bugun tongda va'da berganim yodimda. U kelayotgan oyning oʻrtalarida davolanishi kerak edi lekin men barchasini barbod qildim. Endi esa Janob Lee ning pullarini qachon, qay vaqtda va qanday qilib qaytaraman? Bundan ham eng muhimi onam bu haqida xabar topsa uning holi nima kecharkin.
Tashqi olamdan boʻshab oʻz dunyosi qurshovida qolgan Mira qoʻllarini oldiga bogʻlab yerga, bir nuqtaga qaragancha hech narsaga e'tibor bermasdi. Koʻzlarini ogʻir ochib yopar, 1 soat ichida boʻlib oʻtgan koʻngilsizlikni hazm qilishi uchun qizga ancha vaqt kerak edi.
Salqin shabada esar, Miraning ham hayollarini shu mayin shamol oʻzi bilan olib ketishini istardi u. Koʻp narsalarni hayollaridan oʻtkazib yuborgan qiz oʻzidan bir-ikki qadam uzoqda boʻlgan joyga kelib toʻxtagan mashina qizni hayolini oldi. Koʻzlari biroz qizargan va hali ham yigʻlashga tayyor nigohlari bilan boshini oʻsha tomonga qaratdi. Koʻrinishidan ancha qimmatbaholigi yaqqol sezilib turuvchi mashina ichkarisidan Miraga qaratilgan nigohlarni payqagan qiz oʻzini noqulay his qila boshladi. Qora rangli mashinaga xos boʻlgan qora rangdagi oynalar sababli ichkarida kim va nima borligini bilish qiyinchilik tugʻdirardi. Shunday boʻlsada Mira oʻziga tanish boʻlgan qiyofaga duch keldi. Ammo ichkarida oʻtirgan insonni tanimaganligi bois deyarli e'tibor ham bermadi. Hali ham joyidan siljimay bir joyda turgan qiz oʻz avtobusini ancha kutganligini payqab, mashinalar tomon qarab-qarab qoʻyaverdi. Biroz oʻtgach mashina ichkarisida oʻtirgancha kimdir bilan suhbat qurib boʻlgach ancha jahl qilgan yigit boshini ortga tashlagancha gʻazabini soʻndirishga urinardi. Mirani bu voqeani kuzatib turardi. Soniyalar oʻtgach oʻsha mashina oldiga begona qiz va yigit yaqinlashganligini koʻrgan Mira qoshlarini sekin chimirdi. Begona qizning qoʻllaridan ushlab bazoʻr mashina eshiklarini ochgan erkak rulda oʻtirgan yigitga yuzlanib tushunarsiz soʻzlarni ayta boshladi. Aftidan qiz sarhush boʻlsa kerak, deb oʻyladi Mira va yon atrofga qaradi. U turgan joydan unchalik uzoqda boʻlmagan kichik tungi klub joylashgan. Mira oʻsha joyni tasavvurida gavdalantirib boshini biroz ,,afsus" degan manoda yonga egib qoʻydi. Erkak qizni mashinaqa joylab eshikni yopdi, oʻsha zahotiyoq koʻzdan gʻoyob boʻlishga ulgurgan mashina ortidan Mira ham tikilib qolaverdi. Koʻp oʻtmay avtobus uzoqdan koʻrinish berganidan soʻng qiz oʻzini rostlab yana kuta boshladi.
Katta tezlik bilan mashinani oʻt oldirgancha ancha masofani bosib oʻtgan yigit orqa oʻrindiqda sarhush holatda yotgan qizga bir-bir qarab qoʻyardi. Ancha jahli chiqganligi uchun rulni mahkam siqardi. Svetafor chiroqlari qizil tusga oʻzgargach yigit tormozni bosdi. Piyodalar sekinlik ban oʻtar ekan, telefon jiringlashi tufayli yigit uni qoʻliga oldi:
Telefon ortidagi yigit gaplarini tugatmasdan yigit unga javob qaytardi:
~Xa, Sana men bilan va u ayni damda sarhush ahvolda, -dedi kesatiqli ohangda.
~Sana sogʻ-salomat. Shunchalik ahvolidan havotirda ekansan nega u bilan emassan?
~Jungkook biz bugun birga edik, uni uyiga tashlab qoʻyish uchun mashinani olib kelish maqsadida ikki daqiqaga yolgʻiz qoldirdim. Shundan soʻng Sanani boshqa koʻrmadim.
Mashinani qayta yurgʻizga yigit nafasini ogʻir chiqardi. Ayni vaqtda ancha holdan toyigan, qoʻlidagi telefonini otib yubirishga ham tayyor edi u.
~Jungkook goʻshakni Sanaga ber iltimos.
~Hyunwook menga qara qiz sarhush deyapman. Gaplashging kelayotgan boʻlsa ertaga oʻz uyiga bor va uzoq suhbat quring. Meni tinch qoʻysangiz boʻlgani.
Soʻnggi soʻzlarini ancha balang ovozda gaoirib yakunlagan yigit darhol goʻshakni oʻchirdi, yon kursiga uchib ketgan telefonga ahamiyat ham bermay chuqur nafas olib jahlini jilovlashga harakat qilardi.
Bugun anchagina hom-hayollarga berilibman. Sana uchun rejasiz tashkil qilingan kun u uchun shu qadar unutilmas boʻlishini istagan edim. Jungkookni bir kunga boʻlsa ham unutishga yordam bera olarman deb oʻyladim, lekin adashibman. Har gal Sana bilan qayergadir borsak yoki biror duch kelgan narsa uning hayoliga kelsa Jungkookni esga olaveradi. Insonning eng qimmatbaho narsasi bu uning qadr-qimmatidir. Lekin Jungkook Sanaga nisbatan hech qanday tuygʻuni his qilmaydi, uni qadrlamaydi. Sana esa tinmay unga talpinaverishlari, qadrini yoʻqatayotganligi meni qaysidir tomonlama azoblayapdi. Bugun men oʻzimda imkon bor deb oʻylagandim, ammo unday emas ekan. Sana menga hech qachon imkom bermaydi. Shunday boʻlsada harakat qilaman, uning oʻtmishi bilan zarracha ishim yoʻq. Muhimi kelajagi men boʻlaman....!
Shiftga termulib koʻzlariga uyqu kelmayotgan yigit yolgʻiz oʻzi hayollari bilan qolishni xohladi. Ancha vaqtdan beri Sanaga nisbatan shakllangan tuygʻulari Hyunwookni tinch qoʻymas edi. Sana va Jungkookning oralarida u uchinchi shaxs ekanligi uni biroz boʻlsada ranjitar edi, lekin Jungkook ayni damda Sanaga nisbatan ancha sovugan, avvalgidek yaqinlik ularda yoʻq edi. Bundan koʻnglida yengillik his qilgan Hyunwook yana bir bora oʻziga ,,Hali menda imkon bor!" deb takrorladi.
Kechasi boʻlgan koʻngilsiz voqeadan soʻng yigʻlamsirab zoʻrgʻa uyiga yetib kelgan Mira oʻzini yotoqqa qanday tashlagan boʻlsa, ertalabgacha qimir etmay yotdi. Hayollari chalkash, ruhiy va tashqi tomondan ham ancha toliqqan qiz hatto xasta onasidan ham xabar ololmadi.
Quyoshning qaynoq nurlari xonani yoritar, yupqa pardalar orasidan kesib oʻtgan quyosh nurlari Mirani uyqusiga halaqit berardi. Deyarli uygʻonishga ulgurgan qiz qochlarini chimirib oldi, koʻzlari hali butunlay ochilmasdan kecha tundagi voqea Miraning hayollarida yana qayta oʻrnashib oldi. Uyqu sababli bu hodisa qisqa muddatga yodidan chiqqan boʻlsa-da, hozir uygʻonishi bilanoq koʻz oldiga kelgan ishlar uning kayfiyatini bir deganda buzib yubordi.
Mira allaqachon uygʻoq, shiftga termulib barchasini tahlil qilmoqchi boʻldi, lekin toʻrt tomonidan chulgʻab olgan bu muammolarni qaysi biridan boshlashni bilmasdi. Bir tomondan Janob Lee bergan pullarning yoʻqolganligi, ikkinchi tomondan bu pullarni qaytarish uchun kecha-yu kunduz ishlashi kerakligi, boshqa tomondan esa onasiga bu voqealarni qanday sir saqlashi edi. Odatda Mira onasiga yolgʻon gapirmaydi, shunchaki koʻngilsiz voqealarni sir saqlashga urinadi. Bu safar ham qiz aynan shu yoʻlni tutishga qaror qildi.
Hali ish vaqti boshlanishiga vaqt borligi sabab Mira tongini har doimgidek hech qanday nonushtasiz boshladi. Salqin dush qabul qilib boʻlgach shifoxonaga, onasini oldida shoshildi. Shirin soʻzlarini ayamay koʻnglini olishga harakat qilib uzoq muddatli suhbatdan soʻng onasi bilan xayrlashib ishxonasiga yoʻl oldi.
Tushgacha ishlar bilan band boʻlib peshonasidagi terlarni artib tashlagach oʻzidan unchalik uzoqda boʻlmagan kursilarning biriga oʻtirdi.
Mira ishlaydigan joyidan aslo nolimagan, kitoblar uning dunyosiga allaqachon aylanib boʻlgan. Bu kutubxonada Miradan boshqa hech kim ishlamaydi. Hozirgi zamonda koʻpchilik kitob oʻqimay qoʻyganligi uchun Janob Lee faqatgina Mirani ishga qoʻygan. Bu joyda Mira ham farrosh, ham kassada hisobchi, hatto mijoz sifatida ishlaydi. Ishga kelishi bilanoq har bir boʻlimni changlarini artib tashlagach, kassada biron tartibsizlik boʻlsa ularni tartibga keltiradi. Mijoz yoʻq boʻlsa yoki hamma joy ozoda boʻlsa qiz yoqtirgan kitobini olib oʻqishni boshlaydi. Mira bundan ancha baxtiyor, faqatgina hayot tashvishlari uni ancha toliqtirib qoʻygan xolos.
Kichik stul ustiga oʻtirib nafasini rostlash uchun chuqur-chuqur nafas oldi. Ertalabki nonushtani qilmagani uchun qizni biroz boshi aylansa ham oʻzini qoʻlga oldi. Egik turgan boshini koʻtarib kutubxonani bir boshidan koʻz yugurtirib chiqdi. Hayollari uni oʻz domiga olib borish arafasida telefon jiringlashi qizni hayollarini tarqatib yubordi:
Mira goʻshakni koʻtarish vaqtida bu uning dugonasi ekanligini sezdi.
Mira hotirjamlik bilan javob qaytardi.
~Mira senga bir iltimos bilan qoʻngʻiroq qilayotgandim, yoʻq demasang albatta, -Yuna soʻnggi soʻzlarini yosh boladek erkalanib aytdi.
~Biror ishkal qilganga oʻxshaysan, qani gapirchi nima boʻldi? - Mira hazil sifatida gaplarini davom ettirdi.
~Qoʻysangchi, nahotki aqlli qiz ekanligimni bilmasang?
~Albatta, aqilliliging tufayli naqd 3 ta ishingdan haydab yuborishdi-ku.
~Haydashmadi, oʻzim ketganman. Yaxshi Mira hazil oʻz yoʻliga, senga yarim kunlik qoʻshimcha ish kerak emasmi?
~Bugun bir zodagon oila qandaydir tadbir tashkillashtirishgan, meni oʻrnimga ofitsant boʻlib borolasanmi? Oʻzim borardim ammo undan ham muhim ishim chiqib qoldi.
~Yuna qanchalik yaxshi ish qilganingni bilmaysan. - Miraning koʻzlari chaqnab yangi ish topilgani uchun kayfiyati biroz koʻtarildi.
~Katta raxmat Mira, yoʻq demasligingni bilardim. Unda kechki payt 19:00 da tayyorlanaver. Manzilni esa oʻzim yozib yuboraman.
Kelishuv tugagandan soʻng qoʻngʻiroq ham yakunlandi. Mira faqatgina kutubxonadagi ishlar bilan pul topa olmasligini va yana qoʻshimcha ish topishni anchadan beri oʻylayotgandi. Hozir Yuna aytgan taklif qizni anchagina xursand qildi. Toʻgʻri, yarim kunlik ish haqqi unchalik ham Miraning ehtiyojlarini qondira olmasligi mumkin, ammo harqalay kunlik harajatlarni yopish uchun yordam bera olardi.
Boyagi joyda yana biroz oʻylari bilan oʻtirganidan soʻng Mira chuqur nafas oldi va ishlarini tezroq tugatish uchun ishtiyoq bilan ishlay boshladi.
~Hech qanday kamchiliksiz va muammolarsiz oʻtadi degan umiddaman!
Shaharning eng hashamatli uylarining birida yashovchi Jeonlar xonadonida ishlar qizgʻin edi. Oila boshi oʻz kompaniyasining bir necha yilligini nishonlash maqsadida oʻzining eski va yangi hamkorlarini, shu bilan birga doʻstlarini tashkillashtirayotgan kichik tadbiri toʻgʻrisida telefon orqali suhbat qurardi.
~Senga koʻp narsalarni tushuntirishimga hojat yoʻq, tongdagi aytganlarimni qilsang yetarli.
Janob Jeon oʻz odamiga buyruq berganidan soʻng oʻrnidan turdi va deraza tomon qadam tashladi.
Tashki va ichki tomonlama ancha yopid, harakter jihatdan ham biroz qattiq qoʻl boʻlgan Janob Jeon qilayotgan har bir ishi hech qanday kamchiliklarsiz oʻtishini qat'iy nazorat qilardi. Qoʻngʻiroqni oʻchirgan Jeon qoʻllarini choʻntagiga solgancha atrofni kuzata boshladi.
~Qandaydir tadbir tashkillashtirayotgan ekansiz. Bilsam boʻladimi?
Sukunatga choʻmgan xona Jungkookning gaplari bilan buzuldi. Jiddiy qiyofada otasi oldiga kelgan yigitning nimadandur jahli chiqayotganligini tezda sezsa boʻlardi.
~Qachondan beri bu haqida reja qilayapsiz? Nega men hozir bildim bu haqida?
~Erta bilganing bilan ham nima qila olarding, barcha kamchiliklarni oʻz boʻyningga olishingga koʻzim yetmayapdi, oʻgʻlim!
~Toʻgʻri oʻylagansiz, albatta kompaniyangiz oʻzingizga buyursin. Sizni oʻrningizga qandaydir tadbir ishlarini tashkil qilish uchun hali beri esimni yeganim yoʻq.
Erkak gʻazablanib ortiga oʻgirildi. Shunday boʻlsada hotirjamlikni yoʻqotmasdan gapirishga urinardi:
~Otang bilan gaplashayotganligingni unutib qoʻyibsan chogʻi.
~Biznes olamingizga qiziqmaydigan boʻlsam ham qandaydir tomoshalarni reja qilayotgan boʻlsangiz, bu haqida meni ogohlantirib qoʻyishingiz shart!
Jeon oʻgʻlining gaplaridan soʻng hech bir soʻz demadi. Jungkook gaplarini tugatib xonadan chiqib ketdi. Kayfiyati buzulgan erkak qoʻllarini musht qilganchs joyida haykal misol qotib qoldi. Janob Jeonni gʻazablantirayotgan va oʻylashga majbur qilayotgan narsa bu tadbir haqida Jungkookga aytmaganligi emas, aksincha, u qanday qilib biznes sohasiga zarracha ham qiziqishi yoʻqligi Jeonni oʻylantirardi.
Mira ora-orada soatiga qarab qoʻyar ekan vaqt boʻlganligiga koʻzi tushdi. Janob Lee ning xonasiga kirib bugun ishdan ertaroq boʻshashini iltimos qilib soʻradi. Miraning baxtiga uning xoʻjayini hech qanday e'tirozlarsiz rozi boʻldi.
Mira uyiga qaytgach tezda kiyinish uchun javonini ochdi. Ofitsiantlarga xos kiyimi yoʻqligi uchun biroz oʻylanib qoldi. Soʻngra koʻzi oʻzining oq koftasiga tushdi. Uni qoʻliga olib yana qayta javonni qaray boshladi. Izlanishlari natijasi foyda bergach shkaf ichidan biriz kalta qora rangli yubka koʻziga tashlandi. Koʻngli xotirjam tortib sekin tabassum qildi va kiyinishga tushdi.
Deyarli oradan yarim soat oʻtgach qiz allaqachon oʻzini epaqaga keltirib boʻlgandi. Sochlarini yigʻib olgan Mira Yuna manzilni yuborganmikin deya telefonini qoʻliga oldi. Bugun xuddi unga omad kulib boqgandek manzil ham allaqachon Miraga tashlanib boʻlingandi. Qiz kichik sumkasiga kerakli narsalarini soldida, xonadan chiqib ketdi.
Soat millari 19:45 ni koʻrsatar ekan barcha Jeonlar xonadoniga tashrif buyurib boʻlishgandi. Koʻpchilik hamkorlar oʻz rafiqalari bilan, ba'zilari esa yolgʻiz tashrif buyurishgan ulkan xonadonda odam soni anchani tashkil qilardi. Janob Jeon yon atrofni kuzatib, hech bir narsani e'tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilardi.
Janob Jeon va Sananing otasi bir-birlari bilan anchadan beri yaqin doʻstliklari sababli bu ziyofatga Sana va uning otasi Minatozakilar oila sifatida tashrif buyurishgan. Sana bu ziyofat boʻlishini eshitishi bilan xursandchilikdan boshi osmonga yetgandi. Bugun qanday qilib boʻlmasin Jungkookni e'tiborini tortish maqsad qilib, Sana oʻziga butun kunni sarfladi. Tadbirga kelishi bilanoq Sananing oʻynoqi koʻzlari Jungkookni qidira boshladi. Tashqi hovlida odam koʻp, deyarli bir insonni izlash imkonsiz edi. Shunday boʻlsa-da Sana otasini yolgʻiz qoldirib yigitini topish uchun uy ichkarisiga kirdi. Bahaybat xonadon bilan yuzlashga Sana yon-atrofga qaray boshladi, bu ham foyda bermaganidan sekin yuqori qavatga chiqish uchun zina tomonga bordi. Shoshib ikkinchi qavatga koʻtarilgach duch kelgan tomonga qarab yurdi. Bir qancha notanish kishilarga duch kelib axiyri oʻziga tanish boʻlgan qiyofani koʻrgach Sana behad sevindi. Toʻgʻri yigit oldiga bostirib kelgan qizni koʻrgan Jungkook ensa qotirgancha Hyunjinga yuzlandi:
~Sen meni pastda kut, qolgan ishlarni keyinroq davom ettiramiz.
Bir soʻz demay ularni yolgʻiz qoldirgan Hyunjin zum oʻtmay koʻzdan gʻoyib boʻldi.
~Mendan senga yana nima kerak?
~Jungkook bu nima deganing, axir seni koʻrgani keldim. Nima sezmadingmi!?
~Bugungi tadbir yetmaganidek sen ham asabimni buzma. Yoʻlimdan qoch va oʻz ishingni qil!
Har doimgidek qizga sovuq gaplar yogʻirilganidan soʻng Jungkook Sanani yolgʻiz qoldirib oʻzi esa pastga tushib ketdi. Bir oʻzi yuqorida yolgʻiz nima qilarini bilmay nafasini ogʻir chiqarib, xuddi hech narsa boʻlmagandek yana tabassum qilib pastga tushdi.
Ziyofat boshlanishiga ancha boʻlgan, uyoqdan- bu yoqqa yugurib xizmat koʻrsatayotgan Mira holdan toyib borardi. Qoʻlidagi ichimlik qoʻyilgan patnisni olib zodagonlar orasida aylanib yurardi. Ertalab tongdan beri hatto tuz ham totmagan Mirani qancha oʻzini qoʻlga olishga urinmasin boshi aylanardi. Chuqur-chuqur nafas olib hech kim sezmasligi uchun yuzini yerga qaratib olgandi.
Uy ichkarisidan xuddi sevimli tuflisini birov tortib olgandek arazlab chiqgan Sana oldidan hayol bilan oʻtib ketayotgan qizga ishora qildi:
~Hoy, menga ichimlik olib kel, Sana patnisdagi stakanlar ichida bironta ichimlik qolmaganini koʻrgach qizga buyurdi.
Mira ham itoat qilgancha ichimliklar toʻplangan joyga borib bir qancha stakanlarni patnisga qoʻydi va yana ortiga qaytdi.
Koʻz oldi qorongʻulashib holsiz ahvolga kelgan Mira ayni damda shunchaki 5 daqiqalik uyquni xohlardi. Qisqa muddatlik uyqu unga anchagina kuch yigʻib olishiga yordam berardi. Ammo bunday sharoitda Miraga hatto oʻtirib nafas rostlash uchun ham vaqt yoʻq edi. Qoʻlidagi patnisi ogʻirlik qilar, nafat olishi tezlashib, koʻzlari yumula boshlagandi. Bunday vaziyatda biror korhol boʻlib sharmanda boʻlishni istamay qiz oʻzini yana qoʻlga oldi.
Sana buyurgan ishni qilib Mira patnis bilan uni oldiga keldi, ichimliklarning biriga qoʻl choʻzdi. Shu payt Miraning ahvoli battar yomonlashishni boshladi, quloq pardasiga qattiq shovqin hosil boʻldi, koʻz oldi qorongʻulashib qiz sekin oʻzini yoʻqota boshladi. Qoʻlidagi patnis astalik bilan sirgʻalib axiyri Sananing ustiga tushdi.
Sananing qattiq chinqirigʻidan peshonasini qoʻli bilan ushlagancha Mira oʻziga keldi. Ne koʻz bilan koʻrsin-ki, qilgan ishi hammaning e'tiborini tortgandi. Bundan ancha noqulay holga tushga qiz toʻliq oʻzini oʻnglab olmagan boʻlsa ham Sanaga yuzlandi:
~Meni kechiring honim bilmay qoldim, keling men sizga yordamlashaman, - 2 kishilik aylanma stol ustida joylashgan quruq salfekkadan ikki dona olgan qiz Sanani ustidagi hoʻl boʻlgan kiyimini artishga tushdi.
~Ovsar, nima qilganingni bilasanmi? Hayoling qayerda?
Bularning barchasiga hamma qatori guvoh boʻlgan Janob Jeon mavzuni boshqa tomonga burish maqsadida Miraga yuzlandi:
~Bir joyda turavermay ishingga qayt! Qolganlar esa kayfiyatingizni buzmang, bu shunchaki koʻngilsiz voqea edi... .
Mira yana bir bora uzr soʻrab, ortiga oʻgirildi. Sana uning bu ishidan achchigʻi kelib Miraning ortidan bordi. Sana xuddi Miraga turtilib ketgandek boʻlib unga yaqinlashganda yelkasi bilan Mirani qattiq itarib yubordi. Aksiga olib hatto yurishga madori qolmagan qizni Sana birgina itarish bilan qizni oʻrtada joylashgan basseynga qulab tushdi.
Jeon hali uzoqqa ketishga ulgurmasidan ulkan narsa basseynga tushgandagi suv ovozi barchani qayta oʻziga qaratdi.
Suvdan kelgan tovush telefoni orqali qandaydir ishlar bilan mashgʻul boʻlgan Jungkookning ham e'tiborini chetda qoldirmadi. Koʻz oʻngida suv ichida tipirchilayotgan qizni koʻrgan yigit suv oldiga sekin yaqinlashdi. Barcha kelgan zodagonlar Miraga achinish koʻzi bilan qarab turgan bir paytda Jungkook qizni suza olmasligini payqagandi. Basseyn chetida kulimsirab turgan Sanaga koʻzi tushgan yigit darhol u tomonga bordi.
Sana bir soʻz demadi, - qilgan ishidan faxrlangandek boshini tik koʻtardi qiz. Jungkookning bundan gʻazabi qoʻzib ustidagi kostyumini yeshib yerga tashladi va oʻzini suvga otdi.
Shadoooows nehhoyat tugatdiiim🥹 Girls bu safar juddayam choʻzilib ketdii sorry. Har doimgidek koop reak va kament kutib qolaman💋