June 27, 2025

Shadow Waltz

Xayr degani ket degani emas, meni ushlab qol degani... .

Ep_10

Anna yigit tanavvul qilayotgan ovqatini chaynab bòlib tomoq qirgancha, qiz Jungkook biror nima demoqchi bòlayotganini payqadi, kòngli sezgandek Anna bir yutunib qòydi va qilgan taxmini tòģri chiqib Jungkook gap boshladi:

~Hamma bilan tanishib oldingmi?

~Xa.

Anna qarshisidagi likopchadan kòzlarini uzmay qisqa javob berdi. Yigitga bu javob kamlik qilgandek qizni yana savolga tutdi:

~Xòsh, bugun nimalar bilan band bòlding, seni zeriktirishmadimi?

Anna qòlidagi sanchqini tarelka chetiga sekin qòyib, qòllarini pastga oyoģi ustiga qòyib nigohini Jungkook tomon yònaltirdi:

~Kimlar zeriktirmasligi kerakligi haqida gapiryapsiz?

Ishtaha bilan ovqatlanayotgan yigit Annaning gapidan sòng òzini òylagandek tutib boshini bir tomonga yosh boladek egib javob qaytardi:

~Mm, masalan uy, hizmatchilar degandek... .

Jungkookni javobi Annaga axmoqonadek tuyuldi. Qiz Jungkookni yana indamay ovqatlanayotganligini kòrib qoshini chimirib turardi. Ayni paytga barcha narsa Annani ģashiga tegayotgandi, lekin qiz òzini bosgancha muammo keltirmaslikka harakat qilardi. Yon atrofga qarab turib Annani òz hayollari chulģab olgandi. Ma'lum vaqt shunday òtirgan qizni kòrgan Jungkook Annaning e'toborini òziga qaratdi:

~Jiddiy gaplashib olishimiz kerak! Ertaga òzingni Jeonlarning munosib kelinidek tut. Ya'ni Jeon Jungkookning rafiqasidek. Aslida ham shunday, ammo har qalay aytib qòydim.

~Nima uchun?

~Ertaga dadam bu yerga keladilar. Hech qanday shubhali ish qila kòrma.

~Shubhali deganda nimani nazarda tutayapsiz?

~Chehrangni och, dadam qovoģini solib yurganlarni yoqtirmaydilar. Òzingni baxtli oiladek his qil, garchi bunday bòlmasada.

~Xa judayam baxtliligimni kòrsatib berishim kerak ekanda...

Anna kesatiq bilan javob qaytardi. Jungkook bu gapdan kòzlarini oģir ochib yopdi. Boshini biroz ortga tashlab yana annaga yuzlandi:

~Sendan oģir ish talab qilayotganim yòq. Bor yòģi mana bu chehrangni ochadigan niqob taqib ol deyapman. 2-3 soatga xolos. Dadam bundan kòp qolmaydilar. Aytganimni qil, bòlmasa òzingdan òpkala! Meni tushundingmi?

~Xa.

~Yuz ifodangni hozirdan tòģirlashni boshla, uyda janoza bòlayotgani yòq.

Anna òpkasidagi havoni zarda qilib tashqariga chiqardi va yigitning yuziga qarab ikki lab chetini ensa qotirgancha yuqoriga kòtarib kuldi.

~Bòladimi?

~Bizning kiborxonimga kulgu yarasharkan.

Jungkook Annani asabiga òynagancha dasturxon atrofidan turib yuqoriga, xonasi tomon qadam tashladi.

*

POV AVTOR

Soat millari òz vazifasini bajarib faqat oldinga harakatlanardi. Vaholangki, hatto bir bòlak temir parchasi ham hech qachon ortga qaytmaydi. Balki ortga yòq yòqligini, bularning barchasi befoydaligi va faqat oldinga ildamlash kerakligini balki tushunar. Aslida bizga òrnak bòla oladigan yagona narsa bu vaqt, ya'ni yuqorida aytilganidek temirdan yoki plastik idishdan yasalgan oddiy soat. Vaqt òtib boraveradi, lekin hech qachon ortga qaytmaydi, hatto qiyo ham boqmaydi. Biz ham shu soat singari bòlishimiz kerakdir. Kònglimizni oģritgan, bizga kerak bòlgan insonlardan voz kechib biz ham oldinga intilishimiz kerakdir... .

Sovuqdan qòllari qaltirab, muzlab borayotgan yigit, òz ishxonasi ichkarisida ishlayverib toliqqani yaqqol kòrinib turardi. Biroz isinish maqsadida bir necha soniyaga tuzatayotgan mashinasini yolģiz qoldirib, sal chetroqda turgan òzining shaxsiy termozidan issiq suv quyib isha boshladi. Ichish barobarida kòzlari yirtilishga ulgurgan, lekin hali ishga yaraydigan qòlqoplariga tushdi. Kai avvaliga qòllariga keyin ust boshiga, sòng atrofga nazar tashlab alamidan qòlidagi termoq idishining krushkasini siqdi.

POV KAI.

Necha haftadan beri hayot uchun kurashib shu lanati* joylarda ishlayapman. Meni uydan kiprik qoqmay haydagan otam esa hashamatda yuribdi. Nahotki jiddiy gapirgan bòlsa? Nima bòlganda ham men uning òģlimanku, hatto bir marotaba bòlsa ham meni izlamaganmikin? Bunday tentirab yurish jonimga tegdi! Ertagayoq dadamdan kechirim sòrasammikin. Yõq! Òsha kuni dadam Anna sababli meni uydan haydagan. Sevgilimni aybdor qilmayaman, hech qachon. Hamma ayb balki òzimdadir. Qizishib ketganligim uchun shunday bòlgan. Barchasi yetarli, shuncha qiynalganmarim yetar ertaga otamni oldiga borishim kerak.

Hayollari hali ham tarqalib ketmagan yigitning oldiga eng yaqin dòsti kelib, xomush òtirgan yigitga savol berdi:

~Charchading shekilli kòz qovoqlaring biroz shishibdi.

~Xa balki.

Suhbat hali qizimasidan ichkariga mashinasini haydayotgan begona qiz yigitlar tomon qaradi. Kaining dòsti ichkariga mashinasini qayerga qòyishini bilmayotgan qizga qòllari bilan imo-ishora qilgancha yòl kòrsatdi.

Stol ustidan chanchoqni bososh uchun òzining suv idishini olgan yigit qayta savol berdi:

~Sevgilingni òylayapsanmi?

~Bu mening xobbiyimga aylandi desam ham hòladi. Kunu-tun hayollarimda Anna.

~Ex dòstim, yaxshisi otangni oldiga borib kechirim sòra. Balki òsha seni hayolingni olgan qiz birinchi muhabbatingdir, lekin u allaqachon turmushga chiqib bòlgan. Qòlingdan hech narsa kelmasa kerak. Yaxshisi, boya aytganimdek otangdan kechirim sòra. U albatta seni kechiradi. Keyin esa biroz dam olib, stresslaringni yengish uchun chet elga bor.

~Lekin Anna-chi? Uni holi nima bòldi ekan. Undan na xat va na xabar bor. Men shuncha yildan beri erisha olmayotgan bir qizga qandaydir Jungkook degan yuzsiz bir deganda uni òziniki.... bu sòzni hatto aytishga ham tilim bormaydi.

Kai sòzlarini yakunlashga ulgurmadi. Orqasidagi ayol kishining ovozi uning gaolarini bòldi:

~Gapingizni bòldim, ming bora uzur. Siz bilan alohida gaplashib olsak bòladimi?

Sal avval mashinasini ichkariga olib kirgan qiz yigitlarning suhbarini eshitib qolgach ular oldiga borishga qaror qildi. Kaini sal chetroqqa chiqargan qiz gap boshladi:

~Yana bir bora uzr sòrayman. Avvalam bor òzimni tanishtirsam. Ismim Mira, Jeon Mira... .

~.....

*

ERTASI KUNI ERTALAB.

Uyqudan vaqtli uyģongan Anna negadir yotoqdan turgusi kelmasdi. 10-15 daqiqa kòzlarini shift tomindan uzmay yotardi. Axiyri òzida kuch topib òrnidan turdi. Tòģri yuvinish xonasiga borib birinchi qiladigan ishi eshikni qulflash bòldi.

Yuvinish xonasidan yetarlicha òziga kelib olgan qiz dush xalatida qulflangan eshikni ochib xonasiga kirdi. Kiyinish uchun tòģri garderobi tomon yòl yurib yana bir eshik tutqichidan tutdi. Ichi tòla turli xil liboslarga ega xona ichkarisiga kirgan qiz bugun uning ,,Qaynotasi" kelishi munosabati bilan bugungi kunga mos kiyim kiymoqchi bòldi.

POV ANNA.

Kiyim tanlash uchun kirdim lekin hayollarimni yiģa olmayapman. Xuddi yosh boladek bu hayollar har tarafga qochib mendan berkinib yurishgandek kòrinishyapdi. Ularni tutishga esa menda kuch yòqdek. Aslida tezroq tayyorlanishim kerak. Janob Jeonga hech narsani bildirishni va muammo ham chiqarishni istamayman. Lekin boshqa tomondan qaralganda men bularning hech biriga majbur emasman. Janob Jeon va mening ota-onam mening xoxish va istaklarim haqida zarracha qiziqishishmadi. Men nima uchun ularning kòngillariga qarashim kerak? Endi bularning bari foydasiz-ku, achinarli va zerikarli hayotimni shunday davom ettirib shu tariqa òlib ketsam kerak. Nima bòlgan taqdirda ham bu kun dezroq tugasaydi... .

Allaqachon uyģonib yuvinishga ulgurgan yigit hatto nonushta qilmay ishga otlana boshladi. Har galgidek bir tekkisda òtayotgan kunlarning yana birini boshlashga ulgurgan Jungkook bugunni ham shunday boshladi. Hech narsaga e'tibor qaratmasdan, shoshilmay tayyorlanardi. Xonasidan pastga tushgach bir òzi nonushta qilayotgan Annaga kòzi tushdi:

~Xayrli tong.

~Xayrli!

Zinalardan tushib bòlgan yigit gapirish barobarida Anna tomon qadam tashladi:

~Ertalabdan bunchalik qovoģingdan qor yoģilmasa! Kecha nima degandim?

Anna qòlidagi sanchqini stol ustiga zarb bilan bosgach yigitga yuzlandi:

~Esimda! Har daqiqa eslatib turish shart emas. Buning ustiga mening tabiatim shunday.

~Tabiating bilan ishim yòq! Otam kelgach òsha axmoqona tabiatingni bir necha soatlarga axlat chelakka uloqtir. Qaynotang kelishganlarida qòriqchilar menga xabar berishadi va òsha zahoti yetib kelaman. Ishdan qaytganimda esa hozirgi holatingni kòrmay!

~Siz aytganingizdek bòladi Janob Jeon... .

Yigit chuqur nafas olib har tomonga qarab xuddi ģazabini bosishga urundi va qayta Annaga yuzlandi:

~Yaxshi... aqlli qiz bòlgin.

Bu safar Jungkook ham bòsh kelmagan holda biroz bõlsa ham qizni jiģiga tegishga urindi, kutgan narsasi ish berdi. Yigurning sònggi sòzidan Annaning yuz tuzilishi òzgardi, qoshlarini chimarib ensa qotirgancha boshqa tomonga qaradi. Buni kòrgan Jungkook buroz kuldi, lekin buni qizga bildirmaslikka harakat qilib darrov uydan chiqib ketdi.

Jungkook uydan chiqish barobarida uy atrofini kòzdan kechira boshladi. Qòriqchilar bilan qoplangan uyning tinch va sokin ekanligiga ishonch hosil qilgan yigit haydovchisi eshikni ochib uni kutib turganligini payqab mashinaga òtirdi:

~Ahvollaringiz yaxshimi?

~Xa, ancha yaxshiman. Lekin menga hurmat kòrsatish shart emas. Buni senga bir necha marotaba aytganman. Nick, axir biz oddiy dóstlarmiz. Hech yòqligida men bilan oddiy dòstlardek gaplash.

~Tushunarli. Bilasanmi nima?

Nick mashinaning oldi kòzgusi orqali Jungkook bilan suhbatlashar ekan, unga savol berdi.

~Nima?

~Senda qandaydir òzgarish borga òxshagandek, haligi avvalgidanda ochiq munosabatli bòlib qolgansan. Aytmoqchimanki...

~Gapni chòzma maqsadga òt. Mendagi qanday òzgarish bòlishi mumkinki bunday òylayapsan?

~Aniģini bilmayman, mayli qòyaver. Ishxonaga deyarli yetib keldik. Aytgancha, menda kechgacha boshqa topshiriqlar bòlmasa òz ishlarimni hal qilsam.

~Òz ishlarimni?

~Ya'ni biroz jiddiy desa ham bòladi.

~Qanday jiddiy masala, biror yordam kerakmi?

~Yòq, bittasi bilan uchrashishim kerak. Bor yòģi shu.

Nick aytgan jiddiy masalani eshitgan boshliq havotir bilan qoshlarini chimarib yordam qòlini oģzaki chòzdi. Lekin Nickning boshqacha javobidan Jungkook hayratlangancha qilgan noòrin havotiri yòqolib biroz jilmaya boshladi.

~Uchrashuv deganingga qaraganda jufting qiz bola bòlsa kerak?

~Xa, xa shunday desa ham bòladi.

Nick bir qòli bilan bòynini ushlab boshini xuddi uyalgandek siladi.

~Qarshi emasman. Mayli boraver.

~Katta raxmat.

Bir necha qavatga ega bòlgan hashamatli kompaniya qarshisiga mashinani tòxtatgan yigit Jungkookning tushushi uchun meshuna eshigini ochib berdi. Qisqa xayrlashuvdan sòng Nick qayta mashinaga mindi va manzili tomon oshiqdi. Yòlda ketar ekan òzini qòyarda joy topa olmay tushunarsiz va axmoqona jilmaya boshlagandi. Bu holatini hatto òzi tushunmasdi. Yurak urishi avvalgisidan bir necha barobarga tezlashga, tana harorati esa xuddi issiģi chiqgan gòdakdek edi.

10 daqiqadan sòng kelishilgan joyda Nick mashinani tòxtatib, tepada joylashga kòzgu tomon qarab sochlarining uyoq-buyoģini tòģirlab qòydi. Chuqur nafas olib mashinadan tushdi. Kichik va jozibali kafe eshiklarini qarshisiga kelib bir muddat nafasini bir maromda saqlash uchun tòxtadi. Ichkarida òziga oshiq qilgan qiz hotirjamlikda yigitni kutib turardi. Nick qizni kòrgach qòlini yuqoriga kòtarib silkidi. Qiz bunga javoban biroz kuldi. Shoshilmasdan lekin qadamlarini katta-katta bosgancha kelayotgan yigit Mirenning oldiga axiyri yetib keldi. Qiz ham òrnidan turib iltifot bilan Nickga qõl uzatdi:

~Kutib qolmadingizmi, tan olaman biroz kech qoldim.

Qòl siqib bòlingach Mirenning òtirishi uchun stulini oldinga surgancha gapirardi yigit.

~Uzr sòrashga hojat yòq. Men ham sal avval kelgandim.

~Yaxshi. Kel biror narsa buyurtma berib keyin bafurja gaplashib olamiz.

~Tezroq gaplashib tezroq ketsak degandim. Juda zarur mavzuda gaplashamiz deganingiz uchun keldim bu yerga.

~Aytyapman-ku, avval biror narsa tanavvul qilaylik. Sen uchun biror shirinlik buyursam qarshi emasmisan?

Miren chuqur òylanib turib ofitsant kelganini ham payqamay qoldi. Nick qiz uchun ham òzi uchun ham nimanidir buyurayotganini kòrib nima deyishni bilmasdan jim òtirishni ma'qul kòrdi. Buyurtmalarni olib shoshilgancha ýigit va qizni yolģiz qoldirgan ofitsant ketgandan sòng, bir muddat Nick va Mirenning òrtasida jimlik saqlandi

POV MIREN.

Shoshilayotganim yetmagandek yana gaoni chòzayotganligi jaxlimni chiqarayapdi. Agar yana 5 daqiqa shu zaylda òtiraversak anniq ichimdagi vulqon otiladi. Bu borada òzimga javob bera olmayman, jahlim eng yomon tarafim. Nimaniki boshqara olsam ham faqat buni boshwarish men uchun mushkul. Hoy Nick, chaynalmasdan gapirsanchi. Yo tangrim hozir aniq yorilib ketaman... .

Qizning ichidagilarini gòyo eshitgan yigit darrov gap boshladi:

~Vaqtingni olmadim deb òylayman. Maqsadim sen bilan biroz yaqindan tanishib suhbat qurish edi.

~Shunday deng. Yashirmayman shoshilayotgandim, biror muhimroq gapingiz bòlsa ayting, keyin men esa tezroq òz ishlarimni qilsam.

Buyurtmalarni olib kelgan ofitsant qòlida patnisni ustidagi narsalarni stol ustiga qòyib ruxsat sòrat qayta u joyni tark etdi.

*

TUSH PAYTI.

Soat millari 14:30 ni kòrsatayotgan vaqt kompaniyada ishlayotgan yigitning qol telefoni jiringladi:

📲

~Eshitaman?

~Arslon òģlim mening, axvollaring joyidami, charchamayapsanmi?

~Xa dada sizmidingiz. Men yaxshiman. Òzingizni axvolingiz qanday, hech narsa bezovta qilmayapdimi?

~Men yaxshiman havotir olma. Yodingda bòlsa bugun sizlarnikiga bormoqchi edim, lekin afsus reja òzgardi.

~Nima uchun. Ya'ni kelmaysizmi?

~Yòq uchrashamiz, faqat boshqa joyda. Men yaxshi bir restoranni bilaman. Òģlim va kelinimni òsha joyga olib borishni niyat qildim. Albatta sen qarshi bòlmasang.

~Qòysangizchi yaxshi òylabsiz. Nima ham derdim. Unda men Annani bu haqida ogohlantirib qòyaman. Menga manzilni va vaqtni yuborsangiz bas.

📲 (qònģiroq tugadi).

Janob Jeon rozilik bilan qònģiroqni yakunlab bir necha daqiqadan sòng aytgan manzilini jònatdi. Xabarni qabul qilgan Jungkook Annaning raqamiga qònģiroq qilib rejalar òzgarganligi va kechki payt tayor turishini aytib ogohlantirdi.

BIR NECHA SOATDAN SÒNG.

Jungkookning buyruģi bilan soat 19:00 ga mòlgallangan kechgi tushlik uchun Anna tayyorlanishga tushdi. Ertalabgi holat takrorlanib yana garderob ichiga kirgan qiz libos tanlay boshladi. Har bir kòylakni olib kiymasdan faqat oldiga qòyib qanday kòrinishini tomosha qilib, 8-9 taga yaqin liboslarni shu tariqa òtlazib yubordi. Axiyri kòzlarini yopib qòllari bilan liboslari qarshisiga borib qòli taxmin qilib tanlagan kòylakni kiyishga qaror qildi. Bir qòlini oldinga chòzib kòzlarini yumdi, qòlini liboslar qarshisida òngdan chapga sekin harakatlantira boshladi. 3-4 marta shu holatni takrorladi va bir kòylakning yelkalaridan ushlab turgan ilgichidan tutdi. Kòzlarini ochib tanlagan kòylagiga qaradi.

~Yaxshi shuni kiyaman... .

Jungkook kompaniyadan chiqib uyiga vaqtliroq borishni ma'qul kòrdi. Uyiga hech qanday tirbandliklarsiz tezlikda yetib kelgan yigit zinalar orqali yuqoriga kòtarildi. Kungkook va Annaning xonalari alohida bòlganligi uchun yigit Annaning xonasida faqat òzining kiyimlarini olib chiqib boshqa xonada tayyorlana boshlagandi.

Yarim soatdan sòng Jungkook xonasidan chiqib Annaning xonasi yomon qadam tashladi. Yetib kelgach eshikni taqillatib ishkariga kirdi. Kòzgu oldi pardoz qilgancha turgan qizni kòrgan Jungkook joyida qotib qoldi. Avval qizning gòzalligiga va ust-boshini kòzdan kechirdi.

~Nima?

~Men, sen tayyorlanib bòlgandirsan deb òyladim.

~Kòrib turganingizdem hali nihoyalamadim. Agar tayyorlansam albatta pastga tushaman. Xonadan chiqishingiz mumkin.

Anna kòzgu qarshisida gaplarini tugatmay qòliga lab bòyoģini olib qayta kòzguga qaradi. 2 soniya oldin eshik oldida turgan yigir zum òtmay Annaning ortida paydo bòlganligini kòrib qiz chòchib ketdi:

Tipo shunday

~Bu nima qiliq, mendan nariroq turing.

~....

Anna ortiga tòliģicha burilmay faqat tòģriga qarab hijolat tortgancha gapirardi. Xuddi hayolida ortga ògirilsa noxush voqea bòladigandek edi. Yigit bir sòz demay axiyri qizni belidan ushlab òziga qaratdi. Kòzguga maxkamlangan javonga tiralib qolgan qiz qaltirar, yuragi kòkrak qafasidan chiqib ketgudek urib hayajonlana boshladi. Yigit bilan yuzma-yuz bòlgach Annaning hayajoni yanayam ortib havo yetishmayotgandek his qildi òzini.

Jungkook xuddi sarxushdek hech narsani eshitmayotgandek tutardi òzini. Òrtadagi masofalar deyarli yòq. Anna ayni damda òzidan uni itarib yuziga tarsaki tushirishni xohlardi lekin qollari bir muddatga òz faoliyatini tòxtatgandek edi. Jungkook uning kòzlariga chuqur qarab gòyo gipnos qilayotgandek edi. Anna kòzlarini har tomonga qaratib pirpiratmasin tanasi òziga bòysinmayotgandek edi. Jungkook qizning kòzlaridan nigohlarini uzgach pastga, Annaning qirmizi lablariga qaradi:

~Yòq, qòyib yubor...

Qizning nolasi ish berib Jungkookning qòl telefoni jiringladi. Yigit Annadan sekin uzoqlashib chòntagidagi telefonni olib javob berdi. Anna òsha zahoti yana kòzgu tomon qarab chuqur-chuqur nafas olardi. Jungkook qizdan anchagina uzoqlashdi:

~Quloģim sizda dada.

~Tayyorsizlar deb umid qilaman. Men deyarli manzilga yetib keldim.

~Xa albatta tayyormiz. Biz ham uydan endi chiqamiz. Hademay huzuringizda bòlamiz Janob Jeon.

Oxirgi gaplarini aytar ekan Anna tomon qarab biroz qizga tikilib turgach eshik tomonga burildi. Otasiga biroz hazil qilish bilan xonadan chiqib eshikni yopib Annani yana yolģiz qoldirdi.

POV ANNA.

Sen qiz nimalar qilayapsan-a. Bu telbani òsha zahotiyoq itarib yuborishing kerak edi. Uyatsiz, axmoq. Hech qaysi erkak menga bunday kòzlar bilan qarashiga yòl qòymaganman. Endi ham shunday bòladi. Tinchlan Anna, bundan battari bòlishi ham mumkin edi. Endi esingni yiģ, bu birinchisi va oxirgisi bòlsin... .

*

*

*

*

*

10-qism tamom✨

Yoqimli mutolaa💋