October 19, 2025

“The Scent of Spring” (Bahorning hidi)

You are my spring... .

REAKSIYA FOR LILA.

*

Inson bu dunyoga kelar ekan, odamzodga berilayotgan ne'matlardan unumli foydalangancha yoʻq. Qolaversa, har bir daqiqa, har bir soat biz uchun eng qadrli narsalardan biri. Biz vaqtida qadrlamagan narsalar vaqti kelib esa bizni shunchaki tark etishi bu rost gap. Buni allaqachon anglab yetganlar hozir sevgan insonlari bilan eng baxtli lahzalarni eng baxtli xotiraga aylantirish uchun harakat qilishayapdi, ba'zilar esa buni hali hamon tushunishmagan, faqat oʻzlarini oʻylab, oʻzgalarning his-tuygʻularini yerda urish bilan ovora. Vaqti kelib esa ularga berilayotgan mehr va muhabbat yoʻqolganda bunday xudbin insonlar qattiq afsus chekishi turgan gap... .

Shunday kunlar oʻtar ekan, sershovqinli shahar koʻchalaridan shoshilib uyidan unchalik uzoqda boʻlmagan doʻkonga oshiqayotgan yigit oʻzining sevgilisi uchun u istayotgan narsani keltirish uchun harakatda edi. Qadamlari avvalgidanda shahdam va ildam. Hayollarida faqat sevgilisi Lilani oʻylar, tezroq oʻsha shirinlikni harid qilsa-yu yana qizning oldiga oshiqsa. Koʻcha boʻylab yurib borar ekan salqin shamol yigitning yodiga oʻsha ikki yil oldingi xotiralar koʻz oldida gavdalana boshlagandi. Oʻsha soniyalardayoq lablariga kulgu paydo boʻldi.
Manziliga yetib keldi va ichkariga kirgach qidirib kelgan shirinligi joylashga tomonga yurdi. Ikki qutini changallagancha kassa tomonga borgan yigitni koʻrgan sotuvchi jilmaydi. Har doimgi mijozga aylangan yigit ham sotuvchiga qarab iliq tabassum bilan ta'zim qildi. Shirinlik haqqini toʻladiyu yigut oʻsha zahoti doʻkondan chiqdi. Qoʻlidagi narsalarga bir-ikki qarab qoʻyar ekan u oʻzida yoʻq baxtli edi. Uyiga yetishiga biroz qolganda oldidan gul sotuvchi ayol chiqib qoldi:

~Oʻgʻlim gul sotib olmaysizmi?

Yigit ayolning qoʻlidagi gullardan koʻz uzmagan holda gap boshladi:

~Mayli xonim sotib olaman.

~Qaysilardan olishni istaysiz?

Ayol turli xildagi gullarni tanlash uchun yigitga savol berdi.

~Har bir guldan bittadan, bu menimcha oʻzgacha koʻrinadi.

~Tushunarli.

Ayol birin ketin gullarni toʻplar yigit esa ularni Lilaga berayotgan vaqtidagi uning tabassumini taxmin aila boshlagandi.

*

Yotoqda shiftga qaragancha yotgan qizning hayollari uni oʻzga dunyoga yetaklar, ruhi esa bu dunyodan allaqachon uzilgandi goʻyo. Oʻtgan umr xotiralar uni oʻylashga sababchi boʻlar, bu esa qizga yoqmas edi.

POV LILA.

Tugʻilibmanki hali hech ham oʻzimdan yaxshi nom qoldirmabman. Bu dunyo, bu insonlar orasida adolatsizliklar koʻp, yaxshi insonlar esa kam. Lekin men oʻz hayotimdan faxrlanaman. Chunki koʻpchilik qizlarga nasib etmagan bir baxt aynan menga nasib etdi. Jungkook... . U menga hayot mazmunimni qaytadan anglab yetishimga sababchi boʻlgan inson, mening dunyoyim. U boʻlmaganida men hozir allaqachon qora tuproqda, zah yerlarda koʻmilib yotgan boʻlardim balki... . Lekin men unga loyiq emasman, men hozir uning oldidaman ammo keyinchi. Yana qancha umrim qolgan buni hatto bilmayman ham. Kundan kunga yuragim tamom boʻlayapdi, meni bu dard yeb bitirayapdi. Oʻzimdan ham koʻproq Jungkookga achinayapman, u unga hech ham loyiq boʻlmagan qizga roʻparoʻ keldi. Uni jonimdan ortiq sevishim rost, lekin unga loyiq emasligim va uni boshqa qiz bilan tasavvur qilish menda alam hissini uygʻotadi. Sevgilim har doim baxtli boʻlishga loyiq. Men esa bu baxtni boshqa qiz bilan boʻlishgim kelmayapdi. Balki, uni hayotida boʻlmaganimda u hozir ancha yaxshiroq hayot kechirarmidi... .

Eshik ochilib qizning hayollari bir deganda tarqachiga sababchi boʻldi. Oʻsha tomonga qaragan Lilaning yuzi yorishib lablariga tabassum yugurdi. Koʻzlari baxtdan quvnagan on yigit kelib qizning kravati ustiga joylashdi. Jungkook Lilaning aoʻllaridan ushlab peshonasudan oʻpdi. Qiz gap boshladi:

~Koʻp qolib ketding, havotir oldim.

~Sen istagan shirinliklardan bir nechta oldim. Bular ham sen uchun sevgilim.

Yigit sal avval sotib olgan gullarni qizga sekin uzatdi. Bundan yanada sevingan qiz quvonch bilan yigitga qaradi. Lila uchqun toʻla nigohlari bilan Jungkookga qarar ekan homushlik uni oʻz domiga tortdi. Qizning kulgusi tezlikda soʻngan soʻng buni anglab yetgan Jungkook tezga koʻzlarini qayta oʻziga qaratdi:

~Lilam, senga nima boʻldi. Senga yoqmadi, istasang boshqa gullar olib kelishim mumkin.

~Yoʻq bu dunyodagi eng chiroyli gullar, axir ular men uchun va sen tomoningdan berildi. Qish faslida bunday gullarni qayerdan olding?

~Sen uchun hatto dunyoning narigi chekkasiga borishga ham tayyorman. Lekin koʻzlaringdagi mayuslik...

~Jungkook balki sen ham oʻzingdek qiz bilan...

~Lila! Sen bilan bu mavzu haqida boshqa gaplashmaymiz deb kelishmaganmidik. Men oʻzgasiga ketsam ham unga senga qaragandek qarolmayman, senga bergan sevgim va mehrimni hech qachon boshqasiga berolmayman, bermayman ham.

~Men seni baxtli boʻlishingni xohlayman.

~Mening baxtim har doim sen boʻlib qolasan. Oʻzga bir qiz hech qachon sening oʻrningni bosolmaydi.

Qizning koʻzlari namlangan, uni yigʻlatishni istamagan Jungkook tezda Lilani bagʻriga bosdi. Boshini silab uni ovuta boshladi. Qizning har bir aytgan soʻzlari yigitning koʻksiga xuddi xanjar sanchgandek ogʻir botardi. Qiz koʻp yashamasligini va har kuni umri tugab borayotganligi yigitning butun kun hayolidan ketmasmi. Uning maqsadi Lilani har bir kunini zavqli oʻtkazishida edi.

Lila

*

2 oydan soʻng.

Oradan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsada Lilaning ahvoli ancha yomonlashgandi. Koʻp tobi boʻlmay tez tez yoʻtalar, hushini yoʻqotar va turli xil qaltirash kabi harakatlar qizni qamrab, erkin yashashi uchun cheklov qoʻygandi. Jungkook uni soʻnggi lahzalari yaqinlashayotganligini bilar, ammo qay yoʻl bilan boʻlmasin har qanday vaziyatda sevgilisini tabassumi uchun qoʻlidan kelgani qilardi. Lila tez tez nafasi tezlashar, ba'zida esa havo yetmaganligi sababdan boʻyniga nimadir tiqilgandek nafas ololmasdi. Yigit qizga berilgan bu azobdan koʻzlari namiqar, har doim ,,Sening oʻrningda men shu azoblarni cheksam boʻlmasmidi...?" deya yuragi tubidan faryod qilardi.

Lilaning xonasida har doimgidek tong otdi. Qiz har kuni koʻzlarini ochishi bilan yaxshi kayfiyatda uygʻonadi, yuziga tabassum yuguradi. Chunki Lila bu hayotni erta tark etishini bilar ekan, har tong koʻzlarini ochayotganligi, nafas olayotganligidan oʻzini baxtiyor his qilardi u. Hayot tashvishlari, oʻqishdagi muammolar, ota-onasidan erta ayrilganligi va shunga oʻxshash bir qancha muammolar qizni nobud qildi. Lila bu adolatsizlarga, taqdirning unga ayamay berayotgan zarbalariga chiday olmadi. Mana deyarli 1 yil boʻldiki undagi saraton oʻz kuchini koʻrsatmoqda. Qiz 1 yilda anchagina oʻzgardi, davosi yoʻq kasallik uni oʻz domiga yetaklab ketdi.
Lila bugungi kunini ham tabassum bilan boshladi. Toʻshakdan turishga madori yoʻq, lekin tashqaridan kelayotgan musiqa singari yomgʻir tovushlari qizning e'tiborini chetda qoldirmadi. Shu orada ichkariga Jungkook ikki qoʻli bilan patnis uchlab xonaga kirdi.

~Xayrli tong sevgilim, bugun ham har doimgidek goʻzalsan.

Lila har doimgidanda ahvoli yomonlashayotganligini, Jungkook bu soʻzlarni shunchaki qizni kayfiyatini koʻtarish uchun aytayotganligini his qilardi.

~Jungkook, meni balkonga olib chiq.

Qizning toʻsatdan aytdan gapi Jungkookning hayratlanishini yuzaga keltirdi. Yigit qoʻlidagi patnisni kravat oldida joylashgan kichik javon ustiga qoʻydi.

~Jiddiy aytyapsanmi?

~Ha, oʻsha 2 yil oldingi bahorni qayta his qilmoqchiman.

Jungkook hech narsa demasdan oʻrnidan turdi. Birozdan soʻng nogironlar aravachasini toʻgʻirlab Lilaning toʻshagi oldiga olib bordi. Qizning turishiga koʻmaklashib uni kelinlik uslubida koʻtarib aravachaga ehtiyotkorlik bilan oʻtirgʻizdi. Jungkook aravachaning ortiga oʻtib ikki dastasidan ushlab oldinga itardi va aravachaning gʻildiraklari aylana boshladi. Balkon oldiga borib yigit balkon eshiklarini ochdi. Qizning boshini tikka tutishga madori yoʻqligi uchun chap yoniga biroz egilgan holda oʻtirardi. Yigit Lilani balkonga olib chiqdi. Lila tashqarida anchadan beri boʻlmagan, tashqi dunyoni judayam sogʻingan edi. Qiz qoʻllarini bazoʻr koʻtarib yomgʻirga kaftlarini tutdi. Yomgʻir tomchilari Lilaning yuzlariga va qoʻllariga tushib hoʻl qilayotgandi. Buni kuzatib turgan yigitning koʻzlari yoshlanishga ulgurganligi uchun Jungkook yuzini osmonga qaratim kipriplarini yumdi va chuqur nafas oldi.

~2 yil oldingi ilk uchrashuvimiz yodingdami?

~Buni unutib boʻlarkanmi. Xotiramni yoʻqotsam ham seni ilk koʻrgan kunim aslo yodimdan chiqmaydi Lilam.

Qiz kaftini sekin pastga tushurdi. Koʻzlarini yumdida yuzini osmonga qaratdi.

~Men oʻsha tuygʻuni qayta his qilishni xoxlardim Jungkook. Qayta yomgʻir ostida sen bilan turtilib ketishni, sen bilan bir soyabon tagida manzilimga borish, bizning oʻsha sirli bogʻimizga borib bahor gullarini va yomgʻirining iforidan toʻyib nafas olishni hozirgacha xoxlayman.

Yigit Lilani oldiga egilib qoʻllaridan tutdi, yuzini oʻziga qaratib yigit gap boshladi:

~Hali bularning bari boshidan boshlanadi. Sen avval sogʻayib olishing kerak. Birga hali koʻp ishlarni qilamiz, birga sayohatlarga chiqamiz, seni dunyoning istagan burchagiga olib boraman, faqatgina tuzalib olsang boʻlgani.

Qizning borgan sari boshi egilib, ovozi sustlasha boshladi, gaplari sekinlashib qolgan qizning umri oxirlayotgandi.

~ S-sen hayotning m.menga berilgan eng y.yaxshi tuhfasisan. Seni b.butun vujudim bilan s.sevdim va hattoki hozir ham sevaman.

~Lila men ham seni qattiq sevaman, kel ichkariga kiramiz shamollab qolasan.

Lila yigitning turishig yoʻl qoʻyman qoʻllaridan qattia ushlab oldi va gapida davom etdi:

~Soʻnggi n.nafasimgacha, yuragim butunlayga t.toʻxtab qolmaganiga qadar seni har on yodga olaman. Menga qilgan har bir y.yaxshiligingni yodimdan aslo chiqarmayman.

~Lilam sen nega bunday gaplar haqida gapirayapsan. Meni qoʻrqitma Lila, meni tashlab ketishingga yoʻl qoʻymayman.

~Senda soʻnggi marotaba bir narsani iltimos qilaman sevgilim.

~Gapir Lila, ayt istaganingni qilaman... .

Lila nigohlarini yigitga qaratdi. Koʻzlariga moqgan misol oʻrmon ichida qolgandek zulmatda gʻoyib boʻlardi. Qiz Jungkookning koʻzlarida oʻsha-oʻsha hech ham soʻnmaydigan muhabbatni har doim koʻradi va bunga amin boʻlgan. Ogʻiz juflab qatiroq ovozda gapida davom etdi qiz:

~Jungkook men qora tuproqga koʻmilishdan qoʻrqaman. Zulmatda qolishdan har doim choʻchiganman. Hayotim jahannam misoli edi. Sen mening hayotimga nur olib kelding. Men istayotgan narsa, taqdiringni boshqasi bilan bogʻlashingni istayman.

~Lila...

~Jim, meni haqiqatdan ham sevsang aytganimni qil. Bilaman hayotingda mendanda a'lo bir malika kirib keladi. Uni xafa qilmaslikka va har doim menga muhabbat bilan qaragan nigohlaring bilan oʻsha qizga qarashga vada ber.

Jungkook bir soʻz demadi. Ushlab turgan koʻzyoshlarini esa ushlab turolmay tashqariga chiqardi. Yigitning bu holatini koʻrgan Lila Jungkookning sochlarini silay boshladi.

~M.menga vada ber... .

~Yoʻq, yoʻq Lila. Sen oʻlsang men ham oʻlaman.

~J.Jungkook vada ber, boʻlaqol. Uni ham xuddi mendek baxtli qil. Sevgilim iltimos vada ber... .

~V.vada beraman... .

Lila Jungkookdan oʻziga kerakli javobni olgach yuziga tabassum yugurgan boʻlsa ham koʻzlari qayta yoshlandi. Bu dunyoda sevgani endi Liladan soʻng bir oʻzi qolmasligini oʻylab biroz yengil tortdi. Qiz oʻsha soniyalar ichida oʻzini yaxshi his qila boshlagandi, lekin keyin kulgusi soʻnib koʻz oldi qorongʻulasha boshladi. Jungkookdan nigohlari uzilib boshi egildi. Yigit bu holatdan soʻng qoʻrqishni boshladi.

Yigit qizni koʻtarib yuzlariga yengil ura boshladi. Qiz bu dunyoni tark etishdan oldin Jungkook uni yonida boʻlishini istagandi va Lila ayni damda bu niyatiga yetishgandi... .

*

Qisqa reaksiyamiz ham oʻz nihoyasiga yetdi. Umid qilamanki shadows bu sizlarga yoqadi. Reaksiya bosish va kamentariya yozish yodingizdan chiqmasin. Shu yoʻl bilan mening sizlarga taqdim etgan ishim yoqqanligini bilishim uchun bu eng muhimi hisoblanadi✨