Karshi International University
@karshi_international_universit
4 posts

MATBUOT XABARI

Toshkent davlat yuridik universiteti 2023-yil 20-21-fevral kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro kiber huquq haftaligini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Konferensiya USAID huquqiy loyihalar dasturi ko‘magida o‘tkazilib, kiber huquq sohasidagi so’nggi ishlanmalar va muammolarni muhokama qilish uchun yuridik va texnologiya sanoatining yetakchi ekspertlari va mutaxassislarini birlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek «Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha soha va odamlar hayotiga jadal kirib bormoqda. Bu yo‘nalishga o‘z vaqtida kirishgan davlatlar rivojlanib, aksincha, eskicha ishlaganlar taraqqiyotdan orqada qolyapti».