May 8

Qirg‘iz Respublikasi Qurolli Kuchlari rivojlanishining ayrim tendensiyalariga oid

2023-yilning iyunida, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 1991-yilda mustaqillikdan keyingi uchinchi harbiy doktrinani tasdiqladi. Qizrg’iz Respublikasining 40 ta ma'muriy hududning 80 foizi to'g'ridan-to'g'ri qo'shni davlatlar bilan bog'liq hisoblanadi. Mamlakat rahbarining fikricha -“mudofaa salohiyatini oshirish chegaradosh hududlardagi rivojlanishlari "to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita" ta'sir qilishi nuqtai nazaridan juda muhimdir.”[1]

Joriy holat

Qirg‘iziston dengiz sathidan o‘rtacha 2988 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, dunyodagi eng baland davlatlardan biridir. Eng baland tog‘ nuqtasi - Chingiz cho’qqisi 7439 metr balandlikda joylashgan. U to‘rt davlat bilan - Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston bilan bevosita chegaradosh. 7,1 million aholidan 4 millioni mehnat yoshidagi aholidan iborat bo'lib, shulardan 2,8 millioni mehnat resurslarini tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti hajmi yillik 13.99 mlrd AQSH dollarni tashkil etadi.[2]

Ma’lumot uchun: 1-rasm

1-rasm. Aholining yosh piramidasi

Aholisi………………..…….7,100,000

Zichligi km²………………..……35.51

Erkaklar umr davomiyligi:.…68.0 yosh

Ayollar umr davomiyligi:….…76.3 yosh

Tug’ilish darajasi…………… 21.5 ‰

O’lim ko’rsatkichlari……….……4.5 ‰

Erkaklar/Ayollar………..49.4% / 50.6%

Qirg‘iziston Qurolli Kuchlari

Qirg‘iziston Qurolli Kuchlari - Mudofaa Vazirligi, Milliy Xavfsizlik Qo’mitasi, Davlat chegarasi xizmati, Ichki ishlar vazirligi Ichki qo‘shinlar tomonidan mamlakatning milliy manfaatlarini himoya qilish uchun mo‘ljallangan.

Mamlakat armiyasida 2024- yilda 23 000 harbiy xizmatchi, 300 000 zaxira va
55 000 paramilitar tarkibdagi kishi mavjud. Qirg’iz Respublikasining
2023 yil harbiy xizmatchilar soni 21,000 nafarni tashkil etgan, bu 2022 yilga nisbatan o'zgarishsiz qolgan. 2021 yilda 21,000 nafarni tashkil etgan, bu 2020 yilga nisbatan 0.48% o'sgaligini ko’rsatadi.[3]

2-rasm

2-rasm. Harbiy xizmatchilar yillar kesimida

2018 yil 2017 yilga nisbatan 0.48% pasaygan bo’lib, 2017 yil uchun Qirg’iz Respublikasi harbiy kuchlari 21,000 nafarni tashkil etgan, bu 2016 yilga nisbatan 2.94% o'sishni ko'rsatadi.

3-rasm

3-rasm. Qirg’iz Respublikasining mudofaa budjeti xarajatlari

Qirgiziston Qurolli Kuchlari, so‘nggi Global Firepower (GFP) reytingida 145 ta mamlakat orasida 105-o‘rinni egalladi. Mudofaa byudjeti 221,8 mln dollarni tashkil etdi. Qirg'izistonning 2022 yil uchun mudofaa byudjeti 149,77 mln AQSh dollari bo'lib, bu 2021 yilga nisbatan 12,32% o'sdi. 2021 yil uchun 133,34 mln AQSh dollari va bu 2020 yilga nisbatan 1,71% o'sgan. 2020 yil 2019 yilga nisbatan 1,68% yuqori bo’lib, 131,10 mln AQSh dollari tashkil etgan. 2019 yil uchun 128,94 mln AQSh dollari va bu 2018 yilga nisbatan 1,41% oshganligini ko’rsatadi.[4]

Huquqiy asoslari

Qirg’iz Republikasi Milliy xavfsizlik kontseptsiyasi 2021-yil dekabrda qabul qilindi, bo’lsada, yangi harbiy doktrina ikki yil davomida tasdiqlanmadi. Uning yakuniy variantini 2022-yil fevralida Rossiyaning Ukraina ustidan harbiy operatsiyasi va 2022-yil sentyabrida Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasidagi eng so'nggi va halokatli chegara to'qnashuvidan jamoatchilikka so'ng taqdim etildi. Yangi doktrinada barcha bo'limlar yangilangan bo'lsa-da, ko'p jihatlar avvalgi versiyalarga o'xshash holda qolgan. Biroq, ushbi doktrina Qirg'iz Respublikasi xavfsizlik siyosati va davlatning qurollanish va harbiy modernizatsiya bo'yicha siyosatini yaqqol aks ettirgan. Yangi doktrina ko'payib borayotgan va texnologik jihatdan rivojlangan tahdidlarga, shuningdek, mintaqaviy va global xavfsizlik muhitidagi o'zgarishlarga javoban ishlab chiqilgan. So'nggi harbiy doktrinada umumiy harbiy-siyosiy vaziyat bo'limi oldingi doktrinalarga nisbatan deyarli uch barobar kengaytirilgan bo'lib, u yangi qurolli to'qnashuvlar va davlatlararo va mintaqalararo munosabatlardagi o'zgarishlarni tasvirlaydi. Shuningdek, hujjat tugallanmagan chegaralar masalalarida xavfsizlikni ta'minlash va noaniq geopolitik vaziyatni muzokaralar orqali hal qilish uchun qator vazifalarni belgilaydi.[5]

Mustaqillikka erishganidan beri, Qirg‘iziston Respublikasi muhim rivojlanish yutuqlariga erishdi. Ushbu davr davomida muhim hamkorlik, texnik yordam, tahlillar uchun jami 2,7 milliard AQSh dollarini tashkil etgan sarmoyalar bilan 150 ga yaqin loyihalar amalga oshirildi. 2040-yilga borib, Qirg‘iziston Respublikasi BMT Inson Rivoji Indeksida 60 eng yuqori davlatlar qatoriga kirishi rejalashtirilgan.[6]

Harbiy islohotlar uchun 2013-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davr eng samarali hisoblanadi.Bu bosqichda qonunchilikning me'yoriy-huquqiy asoslarini quyidagi hujjatlar tashkil etadi:

-Qirg‘iziston Respublikasi Harbiy doktrinasi (2023);

-"Qirg‘iziston Respublikasi mudofaasi va Qurolli Kuchlari to‘g‘risida"gi qonun (2021);

-Qirg‘iziston Respublikasining 2018–2040-yillarga mo‘ljallangan milliy rivojlanish strategiyasi (2018);

-Milliy xavfsizlik konsepsiyasi (2021);

-"Qirg‘iziston Respublikasi Mudofaa vazirligi to‘g‘risida"gi nizom (2015);

-"Tashqi razvedka faoliyati to‘g‘risida"gi qonun (2022);

-"Qarshi razvedka faoliyati to‘g‘risida"gi qonun (2022);

va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar.

2013-yilda Qirg‘iziston Qurolli Kuchlarining Bosh shtabi tashkil etildi va unga Mudofaa vazirligi hamda boshqa idoralar tarkibidagi bo‘linmalar va qismlar bo‘ysundirildi. Davlat tomonidan harbiy xizmatchilarning ijtimoiy masalalariga ko‘proq e’tibor qaratila boshlandi, ularning moddiy ta’minoti yaxshilandi.

2021-yilda tasdiqlangan “Qirg‘iziston Respublikasining 2026-yilgacha rivojlanishining milliy dasturi” doirasida, harbiy xavfsizlikni ta’minlash ikki bosqichda amalga oshirilmoqda:

-respublikada mavjud harbiy-sanoat korxonalarini qayta tiklash orqali;

-zamonaviy qurol-yarog‘, jumladan, dronlar, yuqori aniqlikka ega otish qurollari va yangi turdagi o‘q-dorilar ishlab chiqaradigan yangi sanoat korxonalarini yaratish.

-normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

-chegaraviy infratuzilmani modernizatsiya qilish va moddiy-texnik ta’minotni mustahkamlash;

-kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yaxshilash.

Harbiy doktrina global geopolitik vaziyatni va undan kelib chiqqan tahdidlar nuqtai nazaridan, milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashi va ayniqsa, Tojikistonning chegaraviy masalalarni "kuch bilan" hal qilish ehtimolini kuchaytirdi. 2021-2022-yillardagi Tojikiston bilan bo'lgan chegara to'qnashuvlaridan so'ng 2022-yil avgustida Rossiya bilan yagona havo hududi haqidagi kelishuvning imzolanishi bu jarayonning bir qismi sifatida tushunilishi mumkin.

Harbiy-texnik hamkorlik

2025-yil 25-aprelda Qirg’iz Respublikasi rasmiy ravishda Rossiya va Belorusiyada ishlab chiqargan havo mudofaa tizimlarini sotib olganligini e’lon qildi. Ular uzoq masofali S-300PS va qisqa masofali Tor-M2KM yer-havo raketali tizimlari shuningdek, zamonaviy S-125-2BM Pechora tizimlarini hisoblanadi. Bu 2023-yilgi Qirg’ziston Respublikasi va Rossiya o'rtasidagi mudofaa kelishuvi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) qoshida umumiy mintaqaviy havo mudofaa tizimini yaratish nazarda tutilgan. Ushbu makon Markaziy Osiyo havo fazosini integratsiyalashgan xavfsizlik tizimini kuchaytirishga qaratilgan bo'lib, mintaqada ortib borayotgan xalqaro raqobat fonida uning geosiyosiy ahamiyatini belgilaydi.

S-300PS (NATO hisobotida: SA-10B Grumble), samolyotlar, kruse raketalari va ayrim balistik raketalariga qarshi kurashish imkoniyatiga ega. Uning 5V55R raketalari 75 kilometrgacha bo'lgan masofada va 30,000 metrbalandlikda joylashgan maqsadlarni neytrallashtirishi mumkin. MAZ-7910 8×8 yuk mashinalariga o'rnatilganligi tizimning harakatchanligi tez va moslashuvchan joylashtirish imkonini ta’minlaydi. Bundan tashqari, Tor-M2KM tizimi modulli va mobil qisqa masofali havo mudofaa tizimi dronlar, past uchadigan samolyotlar va aniqlangan raketalar uchun samarali himoya taqdim etadi. 15 kilometrgacha bo'lgan masofada ishlaydigan va bir vaqtda 20 ta muhim havo tahdidlarini kuzatib, ularni yaksonqilish imkoniyatiga ega.[7]

Bu tizimlar faqat milliy harbiy qobiliyatning ortishini ko'rsatibgina qolmasdan, Qirg’iz Respublikasining Rossiya bilan bo'lgan mudofaa aloqalarining chuqurlashuvini ham anglatadi.

Rossiya Qirgizistonga ilg'or havo mudofaa tizimlarini taqdim etib, o'zining mintaqadagi muhim harbiy bazalari, jumladan, Bishkek yaqinidagi Kant harbiy aviabazasini himoya qilish uchun himoya zonasi yaratadi va kollektiv xavfsizlik tizimini mustahkamlaydi.

Malumot uchun: 2012-yil 20-sentyabrda Rossiya va Qirg'iziston o'rtasida shartnoma imzolangan, unga ko'ra Rossiyaga 2017-yildan boshlab Qirg'izistonda qo'shma harbiy baza faoliyatini 15 yil davomida olib borishga ruxsat berilgan.

Kichik xulosa qilib sifatida, S-300PS va Tor-M2KM tizimlarining Qirgizistonda foydalanilishi Moskva va Bishkek o'rtasidagi strategik harbiy-siyosiy hamkorlikning ramzi hisoblanadi.[8]

Bundan tashqari, 2025-yil 1-apreldan 11-aprelgacha, Qirg‘iziston Mudofaa Vazirligi 18 nafar mutaxassis xavfsiz qurol-aslaha saqlash, nazorat qilish va transport qilish bo‘yicha treningni yakunladi. Ushbu kurs OSCE Bishkekdagi dasturi ofisi tomonidan, Qirg‘iziston Mudofaa Vazirligining Germaniya Federal Qurolli Kuchlarining bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 2 haftalik intensiv trening Germaniya Qurolli Kuchlari tomonidan 2023-2025-yillar oralig‘ida taqdim etilgan treninglarning yakuniy bosqichidir. Ushbu kursda, Qirg‘iziston Mudofaa vazirligidan jami 65 nafar harbiy xizmatchi muvaffaqiyatli o‘qitildi. Ushbu tashabbus, Avstriya, Frantsiya, Germaniya, Norvegiya va Shveytsariya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.[9]

So‘nggi yillarda Qirg‘iziston hukumatining Turkiyadan harbiy maqsadli mahsulotlarni xarid qilish ortmoqda. Bu o‘zgarishlar, Qirg‘iziston-Tajikiston chegarasida yillardan buyon davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar bilan bog‘liq.

2023 yilning kuzida, Qirg'iziston hukumati o'zining birinchi dron modeli SAARA-02 ni, taqdim etdi. Bundan tashqari 2021 yilda Turkiyadan bir nechta Bayraktar TB2 BPLA sotib oldi va ular Jalolobod aeroportiga joylashtirildi. Keyinchalik Bayraktar Akıncı va Aksungur BPLAlari ham xarid qilindi. BPLAlarni ishlatish maqsadida Qirg‘izistonda dronlar bazasi ochildi. Bayraktar BPLAlardan tashqari, Qirg‘iziston Turkiyadan 40 ta zirhli mashina va boshqa texnikalarni ham sotib oldi, bu texnika Janubiy-g’arbiy harbiy okrugiga joylashtirildi. Bular 2021-2022 yillarda bo‘lgan tojik tomonidan yuzaga kelgan tajovuzlarga qarshi kurashish uchun ishlatilmoqda.[10]

So’nggi yillarda Qirg‘izistonning harbiy byudjetidan qurollarni tendensiyasi kuzatilmoqda.

Bu xaridlar bilan birga, hukumat mamlakatning raketa tizimlarini va vertolyotlarini yangilab, ta'mirlashni amalga oshirdi shuningdek, qo'shimcha xaridlarmni ham rejalashtirmoqda. Xarajatlar bu xaridlar bilan mos ravishda ortib bormoqda. 2021 yilda Qirg'izistonning qurol-yarog'ga sarflagan xarajatlari o'n baravarga oshib, 32 milliard somni tashkil etdi, 2020 yilda esa bu raqam 3.5 milliard som edi. Xarajatlar davom etib, 2022 yilda 43 milliard somni va 2023 yilning birinchi yarmida esa 40 milliard somni tashkil etdi.[11]

Turkiya Respublikasi Qirg‘izistonning mustaqilligini dunyoda birinchi bo‘lib tan olgan davlatlardan biridir. Shundan buyon ikki davlat o‘rtasida nafaqat siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ta'lim aloqalari faol ravishda rivojlanib kelmoqda balki, Qirg‘iziston va Turkiya tomonlari o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirmoqda.

2000-yildan boshlab Turkiyaning Qirg‘izistonga ko‘rsatayotgan harbiy yordami uning yillik miqdori o‘rtacha 1 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Bishkek va Anqara o‘rtasidagi hamkorlikni belgilovchi asosiy hujjatlar quyidagilardir:

"Qirg‘iziston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma" (1998),

"Qirg‘iziston - Turkiya: XXI asrda birga" qo‘shma bayonoti (1999),

"Turkiya Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida yuqori darajadagi strategik hamkorlik kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot" (2011). Hozirga qadar jami 120 dan ortiq kelishuv, shartnoma va protokollar imzolangan.

Qirg‘iziston o‘zining Qurolli Kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun budjet mablag‘lariga juda muhtoj bo’lgan, shuning uchun respublika deyarli hech qachon mintaqaviy va global aktorlardan (Rossiya, AQSh, Xitoy, Turkiya va boshqalar) taqdim etilgan harbiy yordamni rad etmagan.

Turkiyaning Qirg‘izistonga yetkazib berilgan material va texnik yordami ro‘yxatida avtomobil transport vositalari, katta yukli sovutgichlar, qo‘lda ishlaydigan mobil avtomobil markaziy radiolar, kommutatorlar, generatorlar, akkumulyatorlar, quvvat qurilmalari, ovozli tizimlar, raqamli re-translyatorlar, tungi ko‘rish moslamalari, lazerli nishonlar, qo‘lda bino-kullar, signal pistoletlari, metall detektorlari, oshxona idishlari, maydon oshxonalari, ikki qatlamli karavotlar va poyafzallar mavjud.

Yuqorida belgilangan hamkorlikka yana bir misoli sifatida 2022-yilda Turkiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro harbiy mashqlar «Efes-2022»da Qirg‘iziston Qurolli Kuchlarining ishtirok etishidir. Bu mashg‘ulotlarda 37 davlatning harbiy xizmatchilari qatnashgan bu mashg’lotda Qirg‘izistonning harbiy kontingenti 45 kun davomida kompyuter modellashuvi yordamida o‘quv masalalarini ishlab chiqqan.

Qo‘shma mashqlar o‘tkazishdan tashqari, Turkiya NATO ning Qirg‘iziston bilan aloqalarini boshqaradi. Shuningdek, Qirg‘izistonning Turkiyadagi harbiy vakili NATO shtabida Izmirdagi idorada faoliyat yuritadi.[12]

Shuningdek, 2000-yildan boshlab, Turkiya har yili “Tinchlik uchun hamkorlik” dasturi doirasida Qirg‘iziston Qurolli Kuchlarining maxsus bo‘linmalari bilan birgalikda 12 haftalik kurslar o‘tkazib kelmoqda.

Har yili Qirg‘izistondan taxminan 100 nafar kadet Turkiyaning Harbiy oliy akademiyasi, Gulxan Harbiy tibbiyot akademiyasi, Harbiy oliy akademiya, Jandarma oliy maktabi va Harbiy litseylar kabi harbiy ta'lim muassasalarida o‘qish va harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.[13]

Xulosa sifatida Qirg’iz Respublikasi Qirg'izistonning chegaralari, shuningdek, Markaziy Osiyo va dunyodagi rivojlanishlar, ayniqsa, 2021- va 2022-yillardagi Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasidagi qurolli to'qnashuvlar, 2021-yilda Afg'onistondan AQSh va ittifoqchilarning chiqib ketishi va 2022-yilda Rossiyaning Ukraina o’rtasidagi inqirozli holatlarda ko'payib borayotgan va texnologik jihatdan rivojlangan tahdidlarga, shuningdek, mintaqaviy va global xavfsizlik muhitidagi o'zgarishlarga javoban Qirg'izistonning "mustaqilligi va yaxlitligini" himoya qilish va tashqi tahdidlarga qarshi "to'siqlar" yaratish maqsadida davlat hozirda o'zining harbiy kuchlarini zamonaviylashtirish va umumiy mudofaa salohiyatini oshirishi Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik dilemmasini vujudga keltirmoqda.


[1] Sadir Japarov nutqi: https://www.gov.kg/en

[2] https://en.wikipedia.org/wiki/Kyrgyzstan murojaat qilingan sana:2025 yil 25 aprel

[3] https://datacommons.org/place/country/KGZ?utm_medium=explore&mprop=count&popt=Person&hl=ru murojaat qilingan sana:2025 yil 25 aprel

[4] O’sha manba

[5] The Kyrgyz Republic’s Military Doctrine: Reflecting the New Geopolitical Insecurities Roksana Gabidullina Georgetown Universitetining Xalqaro Xizmat maktabidan Sharqiy Yevropa, Rossiya va Evroosiyo masalalari bo'yicha ekspert

[6] Kyrgyz Republic country strategic plan (2023–2027) chrome-extension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://executiveboard.wfp.org/document_download/WFP-0000142934 murojaat qilingan sana: 2025-yil 21 aprel

[7] https://ru.ruwiki.ru/wiki murojaat qilingan sana 2025-yil 21-aprel

[8] Kyrgyzstan Strengthens National Air Defense with Russian S-300PS and Tor-M2KM Missile Systems. - https://armyrecognition.com/news/army-news/2025/kyrgyzstan-strengthens-national-air-defense-with-russian-s-300ps-and-tor-m2km-missile-systems

[9] OSCE-Led Training Enhances Ammunition Management Capacity of the Ministry of Defense of the Kyrgyz Republic https://www.osce.org/programme-office-in-bishkek/589823

[10] Исполняется 33 года установления дипотношений между Турцией и Кыргызстаном https://www.aa.com.tr/ru /

[11] https://datacommons.org/place/country/KGZ?utm_medium=explore&mprop=count&popt=Person&hl=ru murojaat qilingan sana:2025 yil 25 aprel

[12] The active phase of the CSTO trainings “Interaction-2024”, “Search-2024” and “Echelon-2024” was completed in the Kyrgyz Republic https://en.odkb-csto.org/news/news_odkb/v-kyrgyzstane-zavershilas-aktivnaya-faza-ucheniy-odkb-vzaimodeystvie-2024-poisk-2024-eshelon-2024/#loaded

[13] https://www.icrc.org/en/article/icrc-supports-ministry-defence-kyrgyz-republic-establish-classroom-international