С
Сардор Келдимуродов
@keldimurodovuz
10 posts

C  O`zgarmaslar.

O’zgarmaslar turlari. O’zgarmas bu o’zgartirish mumkin bo’lmagan qiymatdir. C tilida besh turdagi o’zgarmaslar ishlatilishi mumkin: simvollar, butun sonlar, haqiqiy sonlar, sanovchi o’zgarmaslar va nul ko’rsatkich.

C O'zgaruvchilar

O’zgaruvchilar obyekt sifatida. C tilining asosiy tushunchalaridan biri nomlangan xotira qismi – obyekt tushunchasidir. Obyektning xususiy holi bu o’zgaruvchidir. O’zgaruvchiga qiymat berilganda unga ajratilgan xotira qismiga shu qiymat kodi yoziladi. O’zgaruvchi qiymatiga nomi orqali murojaat qilish mumkin, xotira qismiga esa faqat adresi orqali murojaat qilinadi. O’zgaruvchi nomi bu erkin kiritiladigan identifikatordir. O’zgaruvchi nomi sifatida xizmatchi so’zlarni ishlatish mumkin emas.

2022 yilda o'rganish kerak bo'ladigan dasturlash tillari.

Agar siz dasturlash sohasida yangi bo’lsangiz, dasturlashni o’rganishning eng qiyin qismi bu qaerdan va nimadan boshlashni bilmaslik. Keng qo’llaniladigan yuzlab dasturlash tillari mavjud, ularning har biri o’ziga xos murakkablik va o’ziga xos xususiyatlarga ega.

C Identifikator

Odatda dasturlar turli sonli va boshqa tipdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yoziladi. Bitta dastur tarkibida uchraydigan ma’lumotlarni bir-biridan farqlash uchun nomlash lozim bo‘ladi va bunday nomlar identifikator deb ataladi.

C Ma’lumot turlari (tiplar)

C tiplashgan til hisoblanadi. Har bir obyektni hosil qilishda uning tipini e`lon qilish zarur (masalan butun son, haqiqiy son, forma, oyna, tugma(knopka), satr va boshqalar). Shu orqali kompilyator xatolardan holi bo`lishni, ya`ni o`zgaruvchi qabul qilishi mumkin bo`lgan qiymatlarni qabul qilishini ta`minlaydi. Obyekt tipi kompilyatorga obyekt o`lchamini (masalan int tipidagi obyekt xotiradan 4 bayt egallaydi), uning xususiyatlarini (masaslan forma ko`rinadigan va ko`rinmaydigan bo`lishi mumkin) ko`rsatadi.

C Izoh

Izoh - bu dasturning manba kodini tushuntirish yoki tavsiflash. Bu dasturchiga kod mantiqini tushuntirishga yordam beradi va dasturni o’qishni yaxshilaydi. Ishlash vaqtida Izoh kompilyator tomonidan e’tiborga olinmaydi.

C Chiqarish operatori

Formatli chiqarish – printf. Chiqarish printf funksiyasi ko’rsatilgan parametrlarni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi. Standart oqim tushunchasi keyingi boblarda yoritiladi. Hozircha standart oqim sifatida monitor tushunilishi yetarlidir.

C Sintaksis

C dasturlash tilining tuzilishi. Dastur preprosessor komandalari va bir necha funksiyalardan iborat bo’lishi mumkin. Bu funksiyalar orasida main nomli asosiy funksiya bo’lishi shart. Agar asosiy funksiyadan boshqa funksiyalar ishlatilmasa dastur quyidagi ko’rinishda tuziladi:

C Dasturlash tiliga kirish

Ushbu raqamli asrda kompyuterlar hamma joyda kuzatilmoqda. Raqamli kompyuterlar ishlash uchun amaliy dasturga muhtoj va malakali dasturchilar yoki tizim ishlab chiqaruvchilar bunday dasturlarni yozadilar.