Ma’naviyat va ma’rifat soati
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining “Adliya organlari va muassasa xodmlarini o‘qtish va ularning bilimi, malakasi, ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan 2022-yil uchun ma’naviyat va ma’rifat soati” o‘tkazish yuzasidan reja grafigi tasdiqlangan.
Unga ko‘ra barcha tarkibiy bo‘linmalar yangi qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlar va sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, boshqarma xodimlari malakasini oshirib borish belgilangan.
Boshqarmaning nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan joriy yilning 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3.03.2021-yildagi PQ-5012-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati xodimlar e'tiboriga yetkazildi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi