December 5, 2022

Chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinish tartibi

Chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 858-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartib va muddatga rioya qilgan holda taqdim etiladi.

pul mablag‘lari va mol-mulkni olish O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirish, fuqarolarning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilishga qaratilgan bo‘lsa;

taqdim etilgan hujjatlarda yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa;

pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi qonunchilik hujjatlari va nodavlat notijorat tashkilot ustavi (nizomi) talablariga zid bo‘lsa;

pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish bo‘yicha murojaat mazkur Nizomda belgilangan tartib va muddatga rioya qilinmagan holda taqdim etilgan bo‘lsa;

adliya organi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotdan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish yuzasidan so‘ralgan qo‘shimcha hujjatlar belgilangan muddatda taqdim qilinmasa chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish rad etiladi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
mas'ul xodimi H. Abduraxmonov