“Salohiyatli kadrlar – davlatimiz taraqqiyoti tayanchi”
2022 yil 22 sentabr “Mahalla” hayriya jamoat fondi viloyat bo‘lim boshqaruvi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat huzuridagi jamoat fondi, viloyat adliya boshqarmasi hamda O‘zNNTMA Surxondaryo viloyat hududiy bo‘linmasi rahbar va mas’ullari ishtirokida fondning tuman, shahar mutaxassislarining grant tanlovlarida ishtirok etishda faolligini oshirish yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - viloyatdagi NNTlarni moliyaviy barqaror rivojlanishi uchun grant tanlovlarida ishtirokini kuchaytirish, tanlovga taqdim etiladigan loyihalarning sifatini yaxshilash, hamda tanlovga tanlanadigan muammolarni ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tushunchalar berish, shuningdek, joylardagi ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarda davlatga ko‘makchi sifatidagi rolini yanada oshirishdan iborat.
Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman bo‘limlari rahbar va mas’ullariga grant tanlovlariga loyihalarni taqdim etishga qo‘yiladigan asosiy talablar, tanlovga talabgor (ishtirokchi) loyiha talabnomasida (loyiha arizasida) qo‘yiladigan shartlar bo‘yicha batafsil tushunchalar berdi. Jumladan,
· tanlovlarda avval g‘olib bo‘lmagan fuqarolik jamiyati institutlari taqdim etilayotgan loyihada so‘ralayotgan umumiy summaning (grant summasining) 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi o‘z ulushi summasini;
· bir marotaba g‘olib deb topilgan va ikkinchi marotaba tanlovda ishtirok etayotganfuqarolik jamiyati institutlari loyihani amalga oshirish bo‘yicha Jamoat fondidan so‘ralayotgan umumiy summaning (grant summasining) 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z ulushi summasini;
· ikki marotaba g‘olib bo‘lgan va uchinchi marotaba tanlovda ishtirok etayotgan fuqarolik jamiyati institutlari loyihani amalga oshirish bo‘yicha Jamoat fondidan so‘ralayotgan umumiy summaning (grant summasining)
· 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z ulushi summasini ko‘rsatishi shart;
· uch va undan ko‘p marotabatanlovlarda g‘olib bo‘lgan fuqarolik jamiyati institutlari loyihani amalga oshirish bo‘yicha Jamoat fondlaridan so‘ralayotgan umumiy summaning (grant summasining) 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z ulushi summasini ko‘rsatishi shart.
Bundan tashqari loyiha budjetining loyiha mazmuniga muvofiqligi va uni asoslantirilganligi bo‘yicha qo‘yiladigan mezonlari xususida ham to‘xtalib o‘tildi. Xususan, loyiha smeta xarajatlari maqsadli va asosli tuzilganligi, ortiqcha xarajatlarga yo‘l quyilmasligi, oylik ish haqi miqdori jami so‘ralgan mablag‘ning 20 foizidan oshmasligi, jami so‘ralgan mablag‘ning 15 foizgacha moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yo‘naltirish, sotib olinadigan tovar moddiy boyliklar va moddiy texnik bazaning qiymati (bahosi) asoslantirilishi, raqobat varog‘i ishlab chiqilishi, loyiha budjetida so‘ralgan mablag‘ning kamida 60 foizidan ortig‘i ijtimoiy va umum ahamiyatga molik maqsadlarga yo‘naltirilishi, boshqa xarajatlar miqdori 5 foizgacha bo‘lishi, pul ko‘chirish yo‘li bilan sotib olish mo‘ljallangan tovar moddiy boyliklarni, moddiy texnik bazaning haqiqiy narxlari bilan mos kelishi, sotib olinishi mo‘ljallangan tovar moddiy boyliklarni, moddiy texnik bazani maqsadga muvofiqligi, xarajatlar ustuvorligida ijtimoiy foydali maqsadning ustunligi, ma’muriy xarajatlarning kamligi yuzasidan fikrlar bildirib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir davomida grant tanlovlari ishtirokining huquqiy asoslari, grant talablari buzilishi yoki noto‘g‘ri foydalanilishi, talablar va shartlarning o‘z vaqtida bajarilmasligi bo‘yicha javobgarliklar yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari grant ariza shaklini to‘g‘ri to‘ldirilishi, muammoni ijtimoiy ahamiyatliligi, maqsadning to‘g‘ri shakllantirilishi yuzasidan ishtirokchilarga birlamchi tushunchalar berilib, agar grant yozish istagi bo‘lgan ishtirokchilar bilan loyiha ariza shaklini to‘ldirish yuzasidan alohida shaklda seminar tashkil etishga yoki alohida yakka tartibda tushunchalar berib borish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.