August 27, 2022

Vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi targ‘ibot tadbirlari

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan Oltinsoy tumanida faoliyat yuritayotgan jome' masjidlari xodmlarini bilimi, malakasi va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan joriy yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3.03.2021-yildagi PQ-5012-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati xodimlar e'tiboriga yetkazildi.

Tadbir davomida diniy tashkilotlar sohasida normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati, vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solinishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi

yetakchi maslaxatchisi

H.Abduraxmonov