My mafia life
Hech qachon yorishmaydigan eng qorong'u tunlar......
9 Bob
Yoongi Suheeni iliq suvdan ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib oldi. Qizning vujudi butunlay bo‘shashgan, u go‘yo bu dunyodan uzilib, Yoongining qo‘llarida o‘zining so‘nggi panohini topgandek edi. Yoongi uni katta, yumshoq sochiqqa o‘rab, namligini artdi va xonaga olib chiqib, yotoqqa yotqizdi.
Suheening ko‘zlari yumilgan, nafasi bir maromda, ammo juda mayin edi. Yoongi uning yoniga yotib, qizni bag‘riga bosdi. Uning barmoqlari Suheening hali nam sochlari orasida kezib, uni tinchlantirar, qiz butunlay uyquga ketgunicha uning yonidan bir qarich ham jilmadi. Faqatgina Suheening chuqur uyquga ketganiga ishonch hosil qilgach o'zi ham uyquga ketdi.
Tongning iliq nurlari aeraportning ulkan derazalaridan bino tomon kirar ekan reysini kutib uxlab qolganlar uchun uyg'onish vaqti kelganini anglatib turardi. Odamlar jamadonlarini olgancha qayergadur ketishar kimdur o'z vataniga qaytsa yana kimdur ish bo'yicha qayergadur yoki sayohat uchun yo'l olishardi.
Qora rangli kastyumda va jamadonda dadil qadamlar bilan kelayotgan ayol esa hech kimni e'tiboriga tushmasdi. Qo'lidagi telefondagi rasmga bir - bir qarab qo'yarkan o'zi uchun ajratilgan mashinani qidira boshladi. Atrofga bir necha bor nazar tashlagandan so'ng unga qo'lini ko'tarib turgan haydovchiga ko'zi tushdi. Yeohe mashina tomon harakatlanarkan o'zini jiddiy va dadil tutishga harakat qilardi.
Haydovchi chaqonlik bilan Yeoheni qo'lidan jamadoni oldi va u uchun eshikni ochib berdi. Yeohe mashinaga joylasharkan eshik yopilishi bilan tik tutib turgan qaddini biroz bo'shashturdi va chuqur nafas oldi. Haydovchi jamadoni bagajga joylab rolga o'tirdi va ortida unga hissizlarcha tikilib turgan ayolga
- haydayveraymi xonim ? - dedi mulozamat bilan. Yeohe ha degandek boshini chayqadi va yuzini oyna tomonga qaratib chuqur uxxx tortdi. Ular yo'l bo'ylab ketisharkan haydovchi mashinaning cho'ntagidan bir nechta jildddagi xujjatlarni chiqazdi va Yeohe tomonga uzatdi. Yeohe bu hujjatlar nima ekanini juda yaxshi tushunib turardi. U bor etiborini hujjatlarga qaratdi va ularni birin ketin ocha boshladi.
Kimlarga tegishli jinoyatlar ro'yxati. Zo'ravonlik , jinsiy tajovuz , qotillik , qora dori va h.k. Yeohe bularni o'qib
chiqib boshini orqaga tashladi. U Koreyaga qaytishni hohlamagandi. Lekin Janob Kim unga bir paytlar katta miqdorda qarz bergandi endi esa uni to'lash vaqti kelgandi.
- yaxshi demak bu ishlarni tezroq yopsam tezroq mana shu yerdan ketaman - deb pichirladi Yeohe.
Mashina katta darvoza oldidan kirarkan. Katta qasr oldida bir qator bolib toplangan soqchilardan biri Yeohe uchun eshikni ochdi. Yeohe mashinadan sekin qadamlar bilan uy eshigi tomon harakatlanarkan eshikni tutqichidan tutishiga ulgurmay eshik ochildi. Ichkaridan biroz qariroq lekin ancha mag'rur u Yeohega tikilib turdi so'ng uning yo'lidan qochdi va ichkariga kirishiga ishora qildi.
Yeohe uyga qadam bosishi bilan yuragi urishi tezlashdi qadamlari kuchsizlashdi lekin buni bildirmaslik uchun tezroq zina tomon harakatlandi. Zinalardan ko'tarilarkan qadamlarini tezlashtirdi. Zinaning so'ngi poyasini bosarkan ikkinchi qavatda yo'lak bo'ylab kelayotgan erkakga ko'zi tushdi. Va qotib qoldi.
Namjoon yonida kotibasi bilan bazi bir masalalarni suhbatlashib ketisharkan Yeohe unga tikilib qoldi. Bir soniya u bir soniya ichida barcha xotiralarni esladi. 9 yil oldingi xotiralar.
9 yil oldin u bilan bir Universitetda tanishganmiz. Barchasi o'qituvchi bizni sherik qilib qo'ygandan so'ng boshlangandi. U va men juda yaxshi kelishib ketdik. Shu tariqa juda yaqin do'st bo'lib ketdik. Toki men uchun bu dostlik chegarasi torlik qilmaguncha. Men bilardim unga nisbatan his tuyg'ularim sekin asta novdadek o'sayotganini bilib turardim. Lekin tan olishga kuchim yetmasdi.
Kareyda tinmay yomg'ir yog'ayotgan payt edi. Men va Namjoon dars masalasida suhbatlashib o'tirardik. Qayerdandur sevgi haqida gap ochildi. Aniq esimda yo'q. Bu suhbat shunchalik chuqurlashib ketdiki oxir oqibat men tan oldim...... ha tan oldim odatda bunday narslarni birinchi erkaklar qilishi kerak lekin men qildim o'z sevgim uchun.
Lekin oxir oqibat faqatgina g'ururimni yerga urganim va o'z hurmatimni yo'q qilganim qoldi. Rad javobi. Bu javob mening umitlarimni butunlay yo'q qildi. O'shanda shunchalik Namjoondan uyaldimki undan qochib yura boshladim. Lekin oxir - oqibat u va eng yaqin dugonam unashtirilganini eshitdim va Kareyadan butunlay bosh olib ketdim hech kimga aytmay. Shundan so'ng Germaniyada o'z soham bo'yicha ishlay boshladim va uy , mashina oldim. Xayotimdan nolimasdim. Barcha narsam bor hech narsaga zoriqmasdim. Lekin bu yurak har doim Namjooni hohlardi ba'zidan uni menda qolgan yagona suratiga qarab uxlab qolardim.
Mana endi oradan 9 yil o'tib yana shu yerdaman. Shuncha yil davomidi yuragim talpinga va hohlagan odam esa qarshimda turardi. Balki u meni ko'rmagani yaxshi. "
Yeohe hali ham Namjoondan ko'zini uzmay unga tikilib turardi. Vanihoyat Namjoon ham Yeohega ko'zi tushdi va u ham joyida qotib qoldi. Yeohe ham Namjoon ham bir - biriga tikilib turarkan ikkisining ham qalbidan qandaydur his alanga ola boshladi. Yeohe buni tan olishga kuchi yetmasa , Namjoon esa bu hisni qalbida his qilishni hohlamasdi.
Yeohe endi bunday turishni hohlamadi va yana qaddini tiklab Namjoon tomonga birinchi qadamni tashladi va sekin qadamlar bilan Namjoon tomon bora boshladi. Yeohe unga yaqinlashgani sari yuragi tezroq urar qadamlarini esa kichiklashtirib borardi. Vanihoyat Namjoon ham qadam tashladi. Va Yeohening qarshisiga qarab yura boshladi. Masofa juda oz qolganda Yeohe yo'nalishini biroz burdi va Namjooning yonidan o'tib ketmoqchi bo'lib turganda bilaklaridan tutgan qo'l tufayli to'xtadi.
Yeohe tezda ortiga o'girildi va qarshisida uni boshdan oyoq kuzatib turgan yigitga ko'zi tushdi. Yeohe undan qo'lini tortib olishga urina boshladi lekin Namjoon bu harakatlardan so'ng uning qo'lini qattiqroq siqdi va ortidagi kotibasiga ketaver degandek ishora qildi. Kotiba ham tazim qilib ulardan uzoqlasharkan so'ngi bor ularga qaradi va ko'zdan g'oyib bo'ldi.
- Nima qilmoqchisan ? - qaltirab chiqgan bu ovozdan so'ng Namjoon butun e'tiborini qarshisidagi qizga ko'chirdi.
- o'zing nima deb o'ylaysan ? - Namjooning ovozi juda sokin va jiddiy yangradi.
- m..en bilmayman - bu so'zlardan so'ng Namjoon Yeoheni qo'lidan qattiqroq tutib qarshisidagi eshikga yo'naltirdi uni zarb bilan xonaning o'rtasiga itardi va o'zi eshikni qulfladi.
Namjoon joyida qotib qoldi va chuqur - chuqur nafas oldi va orqasiga Yeohega qaradi. U esa hali ham jim Namjoondan ko'zini uzmayotgandi. Namjoon kutilmaganda juda katta qadamlar bilan Yeohega yaqinlashdi va uni bag'riga bosdi.
Bu harakatni Yeohe kutmagandi balki shuning uchun ham tanasi qaltiray va yuragi tez ura boshlagandi. Namjoon esa Yeoheni qattiqroq quchardi.
Namjoonning quchog‘i Yeohe uchun ham jazo, ham najot edi. U to‘qqiz yil davomida bu lahzani necha bor xayol qilganini o‘zi ham bilmasdi. Oxiri chiday olmadi — titrayotgan qo‘llari bilan Namjoonning belidan mahkam quchoqladi. Ularning yurak urishi bir-biriga urilib, xonadagi sovuq havoni bir lahzaga isitgandek bo‘ldi.
Ammo bu baxt uzoqqa cho‘zilmadi.
Namjoon uni sekin qo‘yib yubordi va chuqur tin oldi. Uning ko‘zlarida Yeohe kutgan muhabbat emas, balki cheksiz charchoq va madad kutayotgan insonning nigohi bor edi.
— Yaxshiyam kelding, Yeohe... Senga judayam muhtoj edim, — dedi Namjoon ovozi biroz xirillab.
Yeohe bu gapdan so‘ng bir soniya to‘xtab qoldi. "Senga muhtoj edim" degan so‘zlar uning quloqlari ostida jaranglarkan, ichida kichik bir umid uchquni yalt etdi. Ammo keyingi so‘zlar bu uchqunni ayovsiz o‘chirdi.
— Hana o‘ldi... Mening ayolim endi yo‘q, — Namjoon buni aytarkan, Yeoheni xonaning burchagidagi charm devanga o‘tqizdi va o‘zi ham uning yoniga cho‘kdi. — Bilasanmi, bu uyda hamma narsa sovuq. Menga sening daldang kerak edi, Yeohe. Menga haqiqiy do‘st mehri kerak edi...
Bu so‘z Yeohening qalbining tub-tubiga o‘tkir pichoqdek sanchildi. U Germaniyadagi barcha qulay hayotini tashlab, shuncha yo‘l bosib, yana o‘sha eski maqomga — "do‘st" degan sovg‘a qog‘oziga o‘ralgan azobga qaytib kelganini tushundi. U Namjoonning ayoli o‘lganidan hayratda edi, lekin Namjoonning bu gaplarni aynan unga — bir vaqtlar sevgisini izhor qilib rad etilgan ayolga aytayotgani yanada alamli edi.
Yeohe indamay yerga tikildi. Namjoon uning qo‘llarini do‘stona qisib qo‘yganida, qizning ichidan bir narsa uzilgandek bo‘ldi. 9 yil o‘tib ham hech narsa o‘zgarmabdi: Namjoon hamon o‘sha mag‘rur, o‘z dunyosiga band erkak, Yeohe esa hamon uning hayotidagi "kerakli, ammo sevilmaydigan do‘st".
Yeohe majburan jilmashishga urindi, ammo bu ko‘proq og‘riqli tirjayishga o‘xshardi.
— Ha, men keldim, Namjoon... Do‘stlar shunday kunlarda kerak bo‘ladi-ku, to‘g‘rimi? — deb pichirladi u. Har bir so‘zi tomog‘iga achchiq bir dori kabi qadalardi.
Shifoxona kalidorida yupkasini etagidan g'ijimlagancha jim o'tirgan qiz sekin bir qo'lini qorniga qo'ydi va yuzida sezilmas jilmayish paydo bo'ldi.
- kichkintoyim - bu so'zdan so'ng Ryunaning jilmayishi kattalashdi.
U sovuq kalidorda uzi uchun o'z navbatini kutarkan. Ichidagi hayajoni arang bosib turardi. Lekin u bu yerga Jin bilan kelishni hohlagandi u har bir tekshiruvga u bilan kelishni uning qorniga muzdek gel tegkanda uning qo'llaridan tutib turishni hohlagandi lekin aynan xozirgi vaqtda buni iloji yo'q edi.
- Kang Ryuna - qiz o'z ismini eshitib o'rnidan turdi. Qadamlarini tezlashtirib uzi xonasi tomon yo'l oldi.
Ryuna o'zi hamshira bo'lgani uchun nima qilishni juda yaxshi bilardi. Koftasini sekinlik ko'tarib qornini butunlay ochdi va qulay joylashib oldi. Shifokor qo'lidagi datchikni asta qoringa qo'ydi. Sovuq gel Ryunani biroz seskantirib yubordi, ammo ekranda paydo bo'lgan miltillovchi tasvir hamma narsani unuttirdi.
- bola hali juda kichik - dedi shifokor datchikni Ryunani qorni boylab yurgizarkan.
- ko'ryapsizmi bu kichik nuqtani - shifokor qo'lini ekranga olib borib juda kichik bolib turgan nuqtani Ryunaga ko'rsatadi.
- bola hali 1 oylik bo'lgani uchun juda kichik. Lekin sizda barchasi joyida. Tanangiz bola uchun to'laqonli tayyor - bu so'zlarni eshitgan Ryuna ancha hotirjam bo'ladi.
- lekin homladorlikda bazi narsalardan ehtiyot bo'lishingiz kerak. Taoomlanishda. Hom narsalarni aslo og'zingizga olmang ularda infeksiya bo'lishi mumkin. Va yiqilish xavfi bo'lgan barcha narslar. Alkagol va sigaretadan o'zingizni butunlay uzoq tuting. Yana eng muhimi sizni asabelashtiradigan va streesga tushishingizga sababchi bo'ladigan barcha narsalardan va insonlardan o'zingizni uzoq tuting - bu so'zlarni diqqat bilan eshitgan Ryuna streesiz qanday yashashi mumkinligini o'ylab qoladi.
Shifoxaning eshigidan tashqariga toza havoga chiqib olgan qiz chuqur chuqur nafas oldi va piyoda uyi tomon yo'l oldi.
Kareya ko'chalari negadir unga xozir juda chiroyli ko'rinayotgandi. O'z hayollari bilan atrofni kuzatib ketayotgan Ryuna tasodifan shirinliklar do'koniga ko'zi tushdi. U odatda ko'p shirinlik yemasdi. Lekin ko'z oldida turgan tort xuddi uni o'z domiga chorlayotgandek edi.
- yeging kelyaptimi ? - dedi Ryuna qorniga qo'lini qo'yib va bir necha daqiqada do'kondan o'sha tort bilan chiqdi. U xozir o'layotgan yagona narsa shinamgina uyiga borib tezroq bu tortni tanavul qilish edi.
Vanihoyat Ryuna o'ziga tanish bo'lgan binoga yaqinlashib kelarkan zinadan turgan ikki erkakga ko'zi tushdi. Ular sigareta chakib bir - biri bilan nimlarnidur suhbatlashib turishardi. Ryuna burnini qattiq berkitdi va ularning oldidan nafas olmay o'tib ketdi. Ulardan ancha uzoqlashgach chuqur nafas oldi va shaxtam qadamlar bilan o'z kvartirasini eshigigacha yetib keldi.
Sumkasidan kalitlarni olib eshikni ochdi va ichkariga qadam qo'yarkan tanish iforni tuydi. Juda tanish. Oyoq kiymini yechish uchin egilganda esa ikki juft poyabzallarga ko'zi tushdi. Jin u shu yerda. Ryuna yutinib qo'ydi va shifokorning tekshiruv qog'ozini sumkasining ichiga solib qo'ydi. Va ichkariga qadam qo'ydi.
- Jin - bo'g'zidan bu so'z arang eshitildi. Ryuna birinchi mehmonxonani qaradi u yerda yo'q so'ng oshxonani u yerda ham yo'q. Va sekin qadamlar bilan yotoqxonaga kirarkan ko'zi yotoqda uxlab yotgan Jinga tushdi. Ryuna sekin qadamlar bilan u tomon yaqinlashdi va yoniga tiz cho'kdi. Jinning sochlarini sekinlik bilan silarkan. Uning ko'zi ostidagi ko'kargan izlarga ko'zi tushdi.
- azizim meni - deb uning burni uchidan kichik o'pich qoldirdi va o'rnidan turib uni ustiga ko'rpani yopdi.
Do'stlik. Ha yana nimani kutganding Yeohe. Nima sen Germaniyaga ketganingdan so'ng u seni sevishini tushunib yetishinimi yoki qadrlashini. Agar meni sevganda ketganimdan keyin hech bo'lmasa 1 haftada kelmasmidi lekin kelmadi. Oradan 9 yil o'tdi. Agar men Kareyaga kelmaganimda men xatto eslamasa ham kerak. Uni ustiga agar meni sevganda Hanaga uylanarmidi. Yo'q o'zingni aldama Yeohe u seni hech qachon sevmagan.
Yeohe bu hayollarni o'ylab qanday qilib Janob Kimning xonasiga yetib kelganini ham anglamay qoldi. Yeohe qaddini tik tutib eshikni uch marta taqillatdi va ichkaridan " Kiring " degan ruhsat olgandan so'nggina xonaga kirdi.
Xona juda katta bir nechta qadimiy suratlar va kitob jovoni. Xonaning markazida esa kattagina ish stolda Janob Kim bir qancha hujjatlarni ko'zdan kechirardi. Yeoheni xonaga kirganini payqagan Janob Kim hujjatlardan ko'zini uzdi.
- o'tir qizim - qarshisidagi devanga ishora qilgancha. Yeohe ham sekinlik bilan u yerga joylashdi.
- hosh bunchalik tez yetib kelasan deb o'ylamagandim. Aytishlaricha Germaniyada hayoting juda yaxshi ekan - bu gaplardan so'ng Yeoheni hayotini Janob Kim yetarlicha o'rganganini bilish qiyin emas edi Yeohe uchun.
- ha - qisqa javob berdi Yeohe.
- senga haydovchidan bir nechta hujjatlarni berib yuborgandim ko'rdingmi ?
- ha ko'rib chiqdim. Bir nechta shikoyatlar.
- aslida bularni shikoyat deb bo'lmaydi. Bu bir qancha itlarning o'z xo'jayniga bosh ko'tarishi deyish yaxshiroq menimcha - bu so'zlardan so'ng Janob Kim o'rnidan turdi. Va xonaning chekasida joylashgan javondagi bir viskini oldi.
- bu itlarni bir deganda yo'q qilib yuborsam bo'lardi. Lekin men ularni yuzidagi qo'rquvni , chorasizlikni va ojizlikni ko'rmoqchiman. Buni men emas aynan qonunlar qilishini hohlayman - dedi ikki idishga viskini quyib birini Yeohega uzatgancha. Yeohe noiloj uni oldi.
- men harakat qilaman - dedi Yeohe jiddiylik bilan.
- men senga ishonaman - Yeoheni yelkasidan qoqgancha - bir haftadan so'ng birinchi sud ishi bo'ladi. Endi ketishing mumkin - Yeohe qo'lidagi viskini stolga qaytarib qo'yarkan chiqib ketish uchun shaylanganda Janob Kimning sovuq ovozini uni to'xtatdi.
- ha yana aytgancha. Men seni shu yerda yashashingni hohlayman.
- bilasanmi oldingi advokatimizni o'ldirib ketishgan. Bu hol sen bilan ham qaytalanishini hohlamayman. Shunday ekan tushunding deb o'ylayman - jilmaygancha.
Tushundim - dedi - yu xonani tark etdi. Va chuqur nafas oldi.
- bobom bilan gaplashish qiyin shundaymi ? - Yeohe tanish ovozni eshitib ovoz kelgan tomonga qaradi. Va kulib yubordi.
Qarshisida Jimin turardi. Aslida Yeohe 7 aka - ukaning barchasini tanirsi xatto bir necha bor ular bilan muloqot qilishga harakat ham qilgan. Lekin ular juda sovuqqon bo'lib chiqgan lekin Jimin bilan u juda yaxshi kelishib ketgandi. Xuddi opa - ukadek.
- nega kulasan ? - deya qiz tomon yaqinlashdi va quchib oldi.
- men ham seni ko'rganimdan xursandman. Katta yigit bo'lib qolibsan - dedi Yeohe Jiminning orqasini qoqib qo'yib.
- qachon kelding ? - Yeoheni qo'yib yuborib.
- yaqinda kelsihim bilan Janob Kimni yoniga keldim. Hosh mushaklaring chiqib qolibdimi - Jiminning ancha bilinib qolgan mushkalarini urib qo'yib.
- ha ancha ulg'aydim. Endi o'sha sodda bolakay yo'q.
Jiminning bu gapidan so‘ng Yeohe yengil kulib qo‘ydi. Ammo bu kulgu ortida charchoq bor edi. Juda katta charchoq. Go‘yo u Germaniyada qoldirib ketgan barcha hislari yana qaytib kelib, yelkasiga osilgandek edi.
Jimin esa buni sezgandek unga sinchkov tikildi.
— Sen o‘zgarmabsan, — dedi u sekin. — Hali ham kulganingda ko‘zlaring g‘amgin bo‘lib qoladi.
Yeohe bir lahza jim qoldi. So‘ng boshini boshqa tomonga burib, labini tishladi.
— Sen esa juda ko‘p narsani sezadigan bo‘libsan - Jimin yelka qisdi.
— Bu uyda yashab boshqa ilojing ham qolmaydi.
Koridor yana jimjitlikka cho‘mdi. Past qavatdandir kimningdir qadamlari, xizmatkorlarning past ovozdagi suhbatlari eshitilib turardi. Ammo bu qasrning havosi g‘alati edi — hashamatli, ammo sovuq. Go‘yo bu yerda hech kim chinakam baxtli emasdek.
Jimin devorga suyanib qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirdi.
— Namjoonni ko‘rdingmi?
Bu savol Yeohening yuragini yana siqib yubordi. Ammo u buni bildirmadi.
— Ha.
Yeohe kulgandek bo‘ldi.
— Va hech narsa. U hali ham o‘sha eski Kim Namjoon.
Jiminning ko‘zlari biroz toraydi. U nimanidir tushungandek bosh irg‘adi.
— Hyung so‘nggi paytlarda juda yomon ahvolda, — dedi u past ovozda. — Hananing o‘limidan keyin butunlay o‘zgarib ketdi.
Yeohening yuragi yana g‘ash tortdi. “Hana...” Hatto bu ismni eshitish ham unga og‘riq berardi. Chunki o‘sha ayol bir paytlar Namjoonning qalbida Yeohe ega bo‘lolmagan o‘rinni egallagandi.
— Men bu yerga uning ahvolini eshitish uchun kelmadim, Jimin, — dedi Yeohe sovuqqina. — Ishimni qilaman va ketaman.
Jimin asta kulib qo‘ydi.
— Rostdanmi?
— Unda nega qo‘llaring qaltirayapti?
- Yeohe darhol qo‘llarini orqasiga yashirdi. Jimin esa unga yaqinlashib, boshini sal egdi.
— Men seni yaxshi taniyman noona. Sen hali ham uni sevasan.
Bu safar Yeohe indamadi. Chunki yolg‘on gapirishga kuchi qolmagandi.
Jimin chuqur xo‘rsindi va mavzuni o‘zgartirishga urindi.
— Yur, seni xonanggacha kuzatib qo‘yaman.
Yeohe bosh irg‘ab uning ortidan yurdi. Koridor bo‘ylab ketisharkan, devorlardagi qadimiy suratlar, og‘ir qandillar va uzun jimjit yo‘laklar qizni tobora bezovta qilardi. Bu uy unga boylikdan ko‘ra ko‘proq sirlarni eslatardi.
Vanihoyat Jimin bir eshik qarshisida to‘xtadi.
— Mana shu xona seniki.
Eshik ochilishi bilan iliq hid dimog‘iga urildi. Xona juda did bilan bezatilgan edi. Katta karavot, oppoq pardalar, balkon va tongi Seul manzarasi…
Ammo Yeohe bu go‘zalliklardan zavq ola olmadi. Jimin eshik romiga suyanib unga qaradi.
— Agar biror narsa kerak bo‘lsa, aytasan.
Jimin ketishga chog‘langanida Yeohe uni to‘xtatdi.
— Jimin…
— Namjoon… u baxtlimidi?
Bu savolni berish Yeohe uchun juda qiyin bo‘ldi. Ammo u bilishni istardi. Balki shu javob uning qalbini butunlay sindirar, balki aksincha…
Jimin esa uzoq vaqt javob bermadi. So‘ng achchiq kuldi.
— Bu uyda hech kim baxtli emas, noona.
Shu gapdan keyin u ketdi.
Eshik yopilishi bilan xona yana jimjitlikka cho‘mdi. Yeohe sekin karavot chetiga o‘tirdi va yuzlarini kaftlari orasiga yashirdi.
Ko‘z oldiga yana Namjoonning quchog‘i7 keldi. Uning “Menga do‘sting kerak edi…” degan ovozi quloqlari ostida jarangladi.
Yeohe sekin kulib yubordi. Ammo bu kulgu ortidan ko‘zidan yosh oqib tushdi.