February 9

My teacher

Hayot senga shunday insonlarni duchor qiladiki bazida ular insonmi yoki hayvon o'ylanib qolasan...

Nihoyat shifokor chiqdi. Uning yuzidagi jiddiylikdan yaxshi gap eshitmasligini tushunish qiyin emas edi.

- Ahvoli qanday ? - Jungkook shifokorning yoqasidan bo'g'ib olgudek yaqinlashdi.

- Kuchli ichki lat yeyish. Oyoq suyaklarining darz ketishi va eng yomoni organizmning o'ta darajada sovqatishi. U uzoq vaqt zax va nam joyda qolib ketgan. Hozir uxlab yotibdi lekin tanasi juda zaif - dedi shifokor xo'rsinib.

James chiday olmay yuzini kaftlari bilan yopdi. Jungkook esa tishlarini g'ichirlatdi. Uning ko'zlarida endi xavotir emas balki qotillik darajasidagi g'azab yonmoqda edi. U o'sha restarantga qaytishi va buni kim qilgan bo'lsa o'sha odamni yer bilan bitta qilishi kerakligini bilar edi.

Jungkook shifoxona xovlisiga chiqib telefonini chiqardi. Bir necha daqiqadan so'ng unga o'sha restarantdagi voqealar va o'sha erkak haqida ma'lumot keldi.

- Demak Jeonlar arniyasining bosh advakati ? - uning lablarida vaxshiyona tabassum paydo bo'ldi.
- Mening familyam ostida ayol kishiga qo'l ko'tardimi ?

U endi oddiy Jungkook emas balki Jeonlar saltanatining haqiqiy va yagona vorisi sifatida harakat qilish vaqti kelganini angladi. U mashinasiga o'tirar ekan telefoniga qisqa xabar yozdi : " O'sha restarantni va advokatni toping. Uni tiriklayin ko'mishingizni hohlayman. "

Oradan bir necha soat o'tgach Jungkook shaharning chekasidagi yarim vayrona omborxonaga yetib keldi. Ichkarida uning odamlari o'sha boyvacha advokatni stolga bog'lab qo'yishgan edi.

Advokatning bashang kiyimlari yirtilgan yuzidagi kibr o'rnini daxshatli qo'rquv egallagandi. Jungkook ichkariga kirishi bilan xona harorati tushib ketgandek bo'ldi.

- Janob .... Janob Jeon ! Bu tushunmovchilik. Men bilmagandim - deya baqirdi advokat Jungkookning kimligini tanib.

Jungkook uning qarshisiga kelib sekin cho'kaladi. Uning yuzida vaxshiyona jilmayish bor edi.
- Bilmaganmiding ? Mening familyam ortiga berkinib ko'chada itlik qilib yurganingni bilmaganmiding ? Yoki - Jungkook kutilmaganda advokatning jarohatlangan oyog'iga bor kuchi bilan bosdi - Mening sevgan qizimga qo'l ko'targaningni bilmaganmiding ?

Omborxonani daxshatli baqiriq tutib ketdi.
- Men uni oddiy o'qituvchi deb o'ylgan edim. Iltimos. Rahm qiling - advakat yig'lab yubordi.

- U oddiy emas. U men uchun dunyodagi emg aziz inson - dedi Jungkook o'rnidan turib qo'llarini cho'ntagiga solar ekan - Sen uni yerto'laga sovuq suv ichiga tashlading. Endi sen butun umringni quyosh nurini ko'rmaydigan joyda o'tkazasan. Faqat bu safar suv bo'lmaydi. Faqat beton va sukunat.

Jungkook ortiga qayrilib ham qaramay tashqariga chiqdi. Uning buyrug'i bilan advokatning butun karyerasi boyligi va erkinligi bir necha daqiqa ichida kulga aylandi. Jeonlar armiyasi o'z xoinini jazolagan edi.

...

Selena ko'zlarini ochdi. Xona oppoq nurga to'la havoda dori hidi anqirdi. Uning yonidagi o'rindiqda James uxlab yotardi. U qornidagi va oyoqlaridagi og'riqni hali ham his qilardi. Lekin endi u yolg'iz emasligini uni zulmatdan olib chiqqan o'sha tanish ovozni esladi.

Shu payt palata eshigi ohista ochilib Jungkook kirib keldi. Uning yuzi charchagan bo'lsada Selenani ko'rib ko'zlari yumshadi.

- Uyg'ondingmi ? - dedi Selena yotog'ini yonidagi stolga joylashib - Kimnidur qutqarish uchun o'zingni qiynashing shartmidi ?.

Selena zaifgina jilmaydi:
- Men shunchaki yordam bermoqchi edim.

Shifoxona palatasida sukunat hukmron. Faqatgina tibbiy uskunlarning bir maromdagi ovozi eshitilardi. Jungkook Selenaning qo'lidan tutgancha uning rangpar yuziga tikilib o'tirar edi.

- Senga aytganman - ku hamma narsaga burningni tiqma deb - pichirladi Jungkook Selenaning peshonasiga tushgan sochlarni ehtiyotkorlik bilan chetga surib.

Selena ko'zlarini ochib unga qaradi. Uning nigohi hali ham holsoz edi.
- U qiz ... u qiz yaxshimi ? - so'radi u ovozi titrab.

Jungkook chuqur xo'rsindi. Selena o'zi shunday ahvolda bo'lib ham o'zgalarni o'ylayotgani ham hayron qoldirar ham g'azablantirardi.
- Ha u xavfsiz joyda. Endi faqat o'zingni o'yla. Tushunarlimi ? - Jungkookning ovozi buruq ohangda yangradi. Selena esa indamadi.

Kunlar bir - birini quvib o'tavardi. Shifoxonaning oppoq va sovuq devorlari orasida Jungkook Selena uchun yagona iliqlik manbaiga aylangandi. U har kuni qizning huzuriga oshiqar , unga g'amxo'rlik qilar , kitoblar mutolaasi bilan qizning zerikarli soatlarini mazmunga to'ldirar edi. Bu e'tibor Selenaning vujudida Jungkookga nisbatan bagona ammo shirin bir tuyg'uni uyg'otgan edi.

O'sha kuni Selena deraza ortidagi osmonga termulib o'z hayollari bilan band edi. Eshikning mayin g'ichirlashi uning hayolini bo'ldi. Jungkook qo'lida mevalar to'la setka bilan kirib keldi. Uning nigohida hamisha bo'lgani kabi iliqlik bor edi.

- Zerikib qolmadingmi ? - so'radi yigit mevalarni tartiblagancha.

- Biroz... qachon javob berishlarini aytishmadimi ?

- Ertaga - dedi Jungkook jilmayib - Shifokor sening bunchalik tez oyoqqa turganingdan hayratda.

Selena uning qo'lidan mevalarni olar ekan ovozi biroz titrab chiqdi.
- Bularning bari sen tufayli. Menga ko'rsatgan mehribonliging uchun raxmat.

Oraga og'ir va ayni damda sehrli sukunat cho'kdi. Jungkook qozning ro'parasidagi kursiga o'tirdi va nigohini uning yuzidan uza olmadi. Selena olma bo'lagini tishlar ekan ko'zlari yigitning ko'zlari bilan to'qnashdi. Shu lahza ikki qalb orasidagi masofa butunlay yoqolgandek edi.

Jungkook sekin go'yo qizni qo'rqitib yubormaslikga urinayotgandek uning lablari tomon yaqinlashdi. Selena qarshilik qilmadi. Uning sukuti rozilik alomati edi. Yigit qizning qaynoq nafasini o'z yuzida his qildi va nihoyat ularning lablari birlashdi.

Bu shunchaki bo'sa emas balki izhor qilinmagan barcha tuyg'ularning portlashi edi. Jungkook ehtiroslar girdobida o'z kurtkasini yechib otdi va qizning ustiga egildi.

- Nima qilmoqchisan ? - deb pichirladi Selena hayrat va hayajon ichida.

- Azizam shunchaki qalbingga quloq sol - deya Jungkook yana uning lablariga yopishdi.

Biroq kutilmaganda palata eshigi shartta ochildi. Vahimaga tushgan Selena nima qilayotganini anglamay Jungkookning labini qattiq tishlab oldi. Yigit og'riqdan qimtinib chetga chekindi. Ostonada yuzlari qizarib ketgan hamshira turar qo'lidagi dorilar patnisi esa uning hayratidan qaltirardi.

- Kechirasizlar... men dori bergani kelgandim - dedi u duduqlanib.

Jungkook kiyimlarini olib chiqib ketar ekan eshik yonida to'xtab hamshiraga zaxarxanda qildi.
- Aynida vaqtida kelding...

Hamshira muolajalarni bajarar ekan kutilmagan gapni aytdi.
- Men sizlarni opa - uka deb o'ylagan edim.

Bu so'z Selenaning yuragiga xanjar kabi botdi. U o'zini aybdor nomunosib va adashgandek his qila boshladi. Jungkook qaytib kirganida qizning nigohida olov emas muz bor edi.

- Biroz oldingi ish.... bu shunchaki xato edi - dedi Selena ko'zidagi yoshni yashirishga urinib - Men senga nisbatan hech narsani his qilmayman. Sen menga hech qachon yoqmagansan.

Jungkookning dunyosi shu soniyada parchalanib ketdi. U bir so'z demay ichidagi og'riqni olib palatani tark etdi.

...

Shifoxonaning o'ziga xos o'tkir hidlari va Jungkook bilan bo'lgan og'riqli suhbatdan so'ng Selena o'zini dunyoda butunlay yolg'iz qolgandek his qilayotgan edi. U narsalarini jamadonga joylar ekan barmoqlari qaltirar ko'z oldida hamon yigitning umitsiz bo'lib chiqib ketishi turardi. Xonadagi sukunatni eshikning mayin ochilishi buzdi.

Selena ortiga o'girildi - yu hayratdan qotib qoldi. Ostonada Marcus turardi.

- Salom Selena - dedi Marcus mayin jilmayib.

Chanel: @Domino_fanfic

Author: # Ruohi