Hate or love
Bahor nafasi ufurib turgan bog‘. Atrof gulyonmas, balki orzu rangidagi pushti libosga burkangan — sakura gullari havoda raqs tushib, sevishganlarning qadamlariga poyandoz bo‘lardi. Biroq, bog‘ning sokin bir burchagidagi o‘rindiqda o‘tirgan qizning nigohlari bu go‘zallikni ko‘rmasdi. U asabiy ravishda bilagidagi soatiga tez-tez qarab qo‘yar, har bir soniya uning sabr kosasini to‘ldirayotgan edi.
— Bo‘ldi, kelmaydi u ahmoq! Naqd yigirma daqiqa! Mening vaqtim u uchun shunchalik qadrsizmi? — deya pichirladi Jisoo.
Shu lahzada uning ko‘zlari orqadan to‘satdan paydo bo‘lgan bir dasta tarovatli gullar tufayli kattalashdi. Chaqqonlik bilan ortiga o‘girildi. Qarshisida qaddi-basti kelishgan, mushaklari kiyimiga sig‘may turgandek mahobatli, bir qarashda har qanday ayol qalbini zabt eta oladigan yigit — Jungkook turardi.
Hoy, nega buncha kech qoldingiz? — dedi Jisoo lablarini burishtirib, araz ohangida.
— Azizam, meni kechir. Juda muhim bir tugunni yechishim kerak edi, — dedi Jungkook mayin tabassum bilan gullarni uzatar ekan.
— O‘sha ishingiz mendan ham muhimmi? — Jisoo gullarni olishdan bosh tortib, yuzini o‘girdi.
— Dunyoda sendan azizroq hech narsam yo‘q, buni bilasan. Lekin akamni bilasan-ku, uning topshiriqlari...
— Yana o‘sha akangiz! — Jisoo keskin burilib gullarni yigitning qo‘lidan yulqib oldi. — Bir kunmas bir kun, mana shu akangizni o‘z qo‘llarim bilan bo‘g‘ib o‘ldiraman!
Olti yildan so‘ng:
Koreya xalqaro aeroporti. Odamlar dengizidek to‘lqinlanayotgan olomon ichida kimdir sog‘inch bilan qaytgan bo‘lsa, kimdir umid bilan ketmoqda. Ularning orasida og‘ir qadamlar bilan jomadonini sudrayotgan, nigohlari muzdek sovuq bir erkak barchadan ajralib turardi. U telefonida gaplashib borar, atrofidagilarga go‘yo bir jonsiz buyumlardek e’tibor bermasdi.
Tashqarida uni qora rangli hashamatli avtomashinalar va salobatli qo‘riqchilar armiyasi kutib turardi. Jungkook mashinaga
o‘tirishi bilan yana telefonini qo‘liga oldi. Ekranda jilmayib turgan suratga qarab, uning o‘tkir nigohlari bir lahzaga yumshadi.
— Seni sog‘indim... — deya pichirladi u va barmoqlari bilan ekranni, xuddi tirik insonning yuzini silagandek silab, lablariga bosdi.
Mashina qo‘rg‘on tomon yeldek uchib ketdi. Uyga kirishi bilan uni butun oilasi — katta bir sulola kutib oldi. Kenja singlisi Anna quvonch bilan akasining bo‘yniga osildi.
— Hoy, kichkina malika, ancha ulg‘ayib qolibsanmi? — Jungkook qizning yuzidan chimchilab qo‘ydi. Biroq, uning nigohi ota-onasiga tushgach, uydagi bayramona kayfiyat ostida yashiringan qandaydir notinchlikni sezdi. Ularning salomi rasmiy, nigohlari esa yerda edi.
Zinadan ko‘tarilayotib, Jungkook to‘xtadi:
— Akam... u rafiqasi bilan hordiq chiqarishga ketgan, — dedi Anna biroz ikkilanib. Jungkook indamay xonasiga yo‘l oldi.
Tun cho‘kdi. Kechki ovqat paytida uyga og‘ir, bo‘g‘uvchi sukunat hukmron edi. Jungkook stoldagi ikkita bo‘sh o‘rin-kursiga qarab, qoshlarini chimirdi.
— Akam qayerda? Shu paytgacha kelishlari kerak edi-ku? — dedi u ohista, lekin buyruq ohangida.
— Ular biroz kech qolishlarini aytishdi, — dedi Janob Kim, ayoliga xavotirli nigoh tashlab.
Jungkookning shubhalari olov olgan edi. Akasining to‘yi yopiq eshiklar ortida bo‘lgani, hatto unga ham aytilmagani, endi esa u kelgan kun akasining "g‘oyib" bo‘lishi... bularning bari bir nuqtaga taqalayotgandek edi.
— Mendan nimani yashiryapsizlar?! — Jungkookning ovozi xonada momaqaldiroqdek yangradi. Kim xonim cho‘chib ketganidan suvi tomog‘iga tiqilib, yo‘tala boshladi.
— Xonamga kir, — dedi Janob Kim o‘rnidan og‘ir turib.Ish xonasida ota va o‘g‘il ro‘baro‘ kelishdi. Janob Kim stoldagi suvdan bir xo‘plab, og‘ir tin oldi:
— Akang uylanganini bilasan. Biz kelinimizni tashqi xavflardan himoya qilish uchun to‘yni yashirin o‘tkazgan edik... Va o‘sha kelin — Jisoo.
Jungkook bir lahza nafas olmay qoldi. Dunyo uning atrofida aylanib ketgandek, devorlar ustiga qulayotgandek tuyuldi. U dadasining ko‘zlariga tikilib, hayotining eng katta zarbasini qabul qilib oldi.
— Siz... — uning ovozi titrab, nafratga to‘lib chiqdi. — Siz menga hozir... Mening yagona sevgilimni o‘z akamga xotin qilib berdik, demoqchimisiz?!
— Siz... — uning ovozi titrab, nafratga to‘lib chiqdi. — Siz menga hozir... Mening yagona sevgilimni o‘z akamga xotin qilib berdik, demoqchimisiz?!
Janob Kimning sukunati xonadagi havoni yanada og‘irlashtirar, go‘yo devorlar Jungkookning ustiga bostirib kelayotgandek edi. Jungkook esa xona bo‘ylab asabiy qadam tashlar, har bir qadami poldagi qimmatbaho gilamda nafrat izlarini qoldirayotgandek tuyulardi.
— Axir siz bilardingiz! — Jungkookning ovozi bo‘g‘izidan yirtilib chiqdi. — Onam ham, siz ham uni qanchalik sevishimni, u men uchun yashash sababi ekanini bilardingiz! Qanday qilib... qanday qilib bunga yo‘l qo‘ydingiz?
Janob Kim o‘g‘liga tik qarashga kuch topdi, lekin uning ko‘zlarida pushaymonlik emas, balki sovuq bir qat’iyat bor edi.
— Akang bir yil oldin uni uchratib qolgan. Taqdirmi yoki tasodif, bilmayman, lekin u Jisooga ko‘ngil qo‘ydi. Akangning fe’lini bilasan, u o‘zi xohlagan narsaga erishmaguncha to‘xtamaydi. Biz majbur bo‘ldik, Jungkook.
— Jisoo-chi? — Jungkook dadasining qarshisida to‘xtadi, ko‘zlarida so‘nggi umid uchquni miltilladi. — U rozi bo‘ldimi?
Janob Kim hech narsa demay, shunchaki bosh irg‘adi. Bu tasdiq Jungkookning yuragiga sanchilgan zaharli xanjar edi. U bir nuqtaga tikilgancha qotib qoldi. Dunyo ranglarini yo‘qotib, kulrang tusga kirdi.
— Tushunarli... — Jungkook istehzo bilan pichirladi. — Men shunchaki o‘ynashingizdan bo‘lganim uchun shunday qilgansiz. Akam — sizning g‘ururingiz, sulolangiz davomchisi. Aslida o‘sha jin urgur Amerikaga ham u ketishi kerak edi! Lekin o‘sha pastdagi yalmog‘iz — "onam" aytgani uchun meni surgun qildingiz!
Xonada aks-sado bergan bu ovoz go‘yo vaqtni to‘xtatib qo‘ydi. Jungkookning yuzi chetga burilib ketdi, yonog‘ida barmoq izlari qizarib ko‘rina boshladi.
— Onang haqida bunday deyishga qanday jur’at qilding?! — Janob Kimning ovozi nafratdan titrardi.
Jungkook javob qaytarmadi. Uning ko‘zlarida endi yosh ham, og‘riq ham qolmagandi — faqat bo‘shliq. U indamay burildi va xonadan chiqib ketdi.
Zinadan tushar ekan, pastda uni kutib turgan mushtdek ayolga — singlisi Annaga ko‘zi tushdi. Qizchaning ko‘zlari yoshdan qizarib ketgan, butun vujudi titrardi. Jungkook og‘ir xo‘rsindi-yu, borib singlisini bag‘riga bosdi.
— Aka... meni olib keting. Bu yerdan uzoqqa... Onamning yoniga borishni istayman, — dedi Anna hiqillab.
Jungkookning yuragi ezildi. U singlisini yetaklab, qo‘rg‘onni tark etdi. Mashinani qabriston tomonga haydar ekan, ortida qolayotgan hashamatli uy unga ulkan bir qamoqxonadek ko‘rindi.
Qabristonning sokinligi va tunning namchil havosi odamni seskantirardi. Anna mashinadan tushiboq onasining qabri tomon yugurdi. U yerda o‘zining barcha dardlarini, o‘gay onasining zulmini va akasining sog‘inchini tuproqqa so‘zlardi. Jungkook esa chetda turib, singlisining yig‘isiga sherik bo‘lmaslikka tirishar, atrofni kuzatardi.
Shu payt, bir necha qabr narida o‘tirgan sharpa uning e’tiborini tortdi. Qorong‘u bo‘lishiga qaramay, u qizning o‘tirishi va qaddi-bastida tanish bir narsa bor edi. Anna to‘satdan o‘sha tomonga qarab baqirib yubordi.
Bu baqiriqdan hatto qabriston sukunati ham uyg‘onib ketgandek bo‘ldi. Qiz o‘rnidan turdi va Annaga quchoq ochdi. Jungkook hayratdan dong qotib qoldi. Bu — Giselle edi! Uning eski sinfdoshi, qadrdon do‘sti. Lekin u shunchalik o‘zgarganki....
Eskidan qolgan o‘sha cho‘lkalar yo‘q, qomati esa xuddi jurnallardagi modellardek mukammal.
— Aka, ularni tanidingizmi? — dedi Anna ko‘z yoshlarini artib.
Giselle Jungkookning hayratini ko‘rib jilmaydi-da, sho‘xlik bilan uning qo‘liga musht tushirdi.
— Hoy, nima shunchalik go‘zallashib ketibmanmi, taniy olmayapsan? — uning ovozi o‘sha-o‘sha quvnoq, lekin ohangida qandaydir og‘riq bor edi.
Ular chiqish eshigi tomon yura boshlashdi. Giselle va Anna nimalarnidir qizg‘in gaplashar, vaqti-vaqti bilan Jungkookka qarab qo‘yishardi. Mashina yoniga yetganda, Giselle Annani mahkam quchdi.
Mayli azizam, o‘zingni ehtiyot qil. Agar o‘sha o‘gay onang yana ozor bersa, meni chaqir, adabini berib qo‘yamiz! — dedi u hazilomuz, lekin qat’iy ohangda.
Anna mashinaga o‘tirgach, Jungkook va Giselle yolg‘iz qolishdi. Jungkook cho‘ntagidan sigareta chiqarib tutatdi, tutun havoga tarqalarkan, uning nigohi o‘tkirlashdi.
— Sen bilarding, shundaymi? — dedi u to‘satdan. — Akam va Jisoo haqida xabaring bor edi?
Giselle jiddiy tortdi. Uning nigohlari uzoqlarga qadaldi.
— Aslida men ham hamma qatori kech bildim, Jungkook. Faqat bir necha kun oldin xabar topdim... va sening qaytishing bunday og‘riqli bo‘lishini tasavvur qilgandim.
Jungkook sigareta tutunini ichiga yutarkan, endi o‘yin qoidalari o‘zgarganini his qildi. Endi u nafaqat sevgisi uchun, balki o‘zining va singlisining hayotini vayron qilgan bu "oila"ga qarshi kurashishi kerak edi.
Jungkook mashinaga o‘tirarkan, hayollari faqat bir nuqtaga — Jisooga qaratilgan edi. Uning yonida qorong‘uda qolgan Gisellening og‘ir xo‘rsinishi va "Har doimgidek..." degan pichirlashi g‘ildiraklar ovozi ostida qolib ketdi.
Qo‘rg‘on darvozasi oldida mashina to‘xtaganda, Jungkookning bag‘rida mitti va himoyasiz bir vujud — uxlab qolgan singlisi Anna bor edi. Erkak uni ehtiyotkorlik bilan xonasiga ko‘tarib chiqdi. Uni yotog‘iga yotqizar ekan, qizchaning sochlarini mayin siladi.
— Menda yolg‘iz sen qolding, — deya pichirladi u, ovozi biroz titrab.
Shu lahzada yo‘lakdan kelayotgan tanish, jarangdor kulgu ovozi uning butun vujudini muzlatib qo‘ydi. Jungkook eshik tutqichini ushlagancha qotib qoldi. Bu o‘sha — u olti yil sog‘ingan, har kecha tushlarida eshitgan kulgu edi.
Jungkookning (POV):
"Men tayyormanmi? Ikki yil davomida sog‘inch olovi ichida yonib, qaytganimda uni boshqasining quchog‘ida ko‘rishga yuragim dosh beradimi? O‘sha tabassum endi menga tegishli emasligini qabul qila olamanmi?"
U joyidan siljimadi. Kulgi ovozlari sekinlashib, nihoyat yo‘qoldi. Jungkook eshikni biroz ochib qaradi — kalidor bo‘m-bo‘sh, faqatgina devordagi soatning "chiq-chiq" qilgan ovozi sukunatni buzardi. O‘z xonasiga kirib, balkonga chiqdi. Tungi havoning sovuqligi ham uning ichidagi olovni o‘chirolmasdi. Sigareta tutatdi.
"Ular uylanganiga bir oydan oshdi... Demak, ular allaqachon birga..." Bu fikr miyasiga kelishi bilan bo‘sh turgan kaftlari qisilib, mushtga aylandi. Jisooning go‘zalligi, uning har bir nozi endi akasining mulki edi. To‘satdan hayoliga Giselle keldi. Uni qabriston yaqinida, qorong‘uda yolg‘iz qoldirgani uchun o‘zini so‘kdi. "Jin ursin, uni tashlab kelmasligim kerak edi."
Ertasi kuni ertalab Giselle ko‘zgu oldida o‘zi bilan o‘zi kurashardi. Onasining qistovi bilan chiqayotgan bu "sovchilik uchrashuvi" unga hech ham yoqmayotgan edi.
— Oyi, baribir hech qaysi turmak kiyimimga tushmayapti! — dedi u asabiylashib.
— Shunchaki yoyib ol, senga juda yarashadi, — dedi onasi xonaga kirib.
Giselle noiloj sochlarini yoydi, kalta va biroz noqulay ko‘ylagini pastga tortib qo‘ydi. U uchrashuv tayinlangan restoranga yetib kelganida, muassasaning bo‘shligidan hayratda qoldi. Odatda odam bilan to‘la bo‘ladigan bu joy bugun faqat u uchun ajratilgandek edi.
Eshik ochilib, ichkariga qomati kelishgan, qimmatbaho kostyumda o‘ziga juda ishongan bir yigit kirib keldi. Bu Jaenwoo edi.
— Salom, Giselle siz bo‘lasiz, shundaymi? — dedi yigit samimiy jilmayib.
— Ha, siz esa Jaenwoo... — Giselle unga razm solar ekan, yigitning o‘ziga xos jozibasi borligini tan oldi.
Ular suhbatni boshlashganida, Giselle o‘zini biroz jiddiy tutishga harakat qildi.
— Oyim sizni juda muvaffaqiyatli biznesmen deb ta’riflagandilar, — dedi qiz.
— Shunday desa ham bo‘ladi, — Jaenwoo kamtarlik bilan javob qaytardi.
Shu payt kutilmagan voqea sodir bo‘ldi. Yoshgina ofitsiant qiz qahva olib kelayotib, ehtiyotsizlik qildi va qizib turgan qahva Gisellening ustiga to‘kildi. Giselle issiqdan sakrab turib ketdi. Ofitsiant qiz qo‘rqib ketganidan tizzalab, Gisellening kiyimini artishga tushdi.
— To‘xtang, qo‘yavering, hammasi joyida, — dedi Giselle muloyimlik bilan. U ofitsiantni turg‘izib, unga tasalli berdi.
Buni chetdan kuzatib turgan Jaenwoo o‘z tanlovining qanchalik to‘g‘ri ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldi. Gisellening nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki uning ichki dunyosi ham go‘zal edi. Biroq, Gisellening hayoli hamon o‘sha tunda uni yolg‘iz qoldirgan Jungkookda edi...
Hate or love fanfici sizlarga manzur bo'ladi degan umitdaman. Keyingi qismni tezroq yozib tashlashga harakat qilaman. Yoqimli mutolaaa.