Atirgul ifori
Oradan 1 hafta o'tdi.
Shu 1 hafta ichida bu hayotga ancha o'rganib qoldim. Va shuni tushunib yetdimki Olivia Donaltni juda qattiq sevishiga amin bo'ldim. 1 hafta mobaynida Donalt juda ko'p marotaba uyimizga keldi. Uni ko'rishim bilan yuragim shunday urardiki gupilashi butun tanabda aksadodek eshitilar edi. Har doim Donalt va Rosaliani birga ko'rganimda esa rashkdan butun tanam yonardi. Nima bo'lganda ham bu Oliviani yuragi u esa allaqachon sevib qolib bo'lgan. O'sha kun keldi. Uyimizga o't ketadigan kun. Atirgul ifori 1 Bob 2 qism Olivia uyga o't qo'yadi rashkdan. Lekin meni bunday qilish niyatim yo'q. O'sha vaqt keldi. Men o't qo'yishim kerak. Lekin buni men qilmasam yana kimdur qilishi mumkinmi. Buni tekshirish uchun butun uy atrofini va xonalarni qaradim shubhali hech narsa yo'q. Xonamga kirmoqchi bo'lib turganimda pastda kimdur yong'in deb qichqirdi. O'sha tomonga yugurdim. Oshxona allaqachon olov tagida qolgandi. Xizmatkor esa bir chetda qaltirab turar edi.
Olivia: hoy bor va Rosaliani va oyimni uydan olib chiqib ket. Xizmatkor hech nima demay oshxonadagi yong'inga qarab qotib qolgan edi. Olivia unga tarsaki tushurdi va xizmatkor o'ziga keldi.
: hoooop x...nim. Xizmatkor shunday deb tepa qavatga chiqib keti. Hech narsa qila olmayman. Bog'da quduq bor edi. Undan suv olib olovni ochirsa bo'ladi quduqdan suv olib chiqgunimcha. Lusi xonim va Rosalia tashqarida yig'lab turishar edi. Ularni ham qo'liga chelak tutqazdim.
Olivia: quduqdan suv olib olobga seping.
Rosalia: men olovdan qo'rqaman deb chelakni bir chetga otib yubordi. Lusi xonim ham chelakni yerga qo'yib.
Lusi: xizmatkorlarga ayt ular qilishsin. Ulardan foyda yo'q o'zim harakat qila boshladim. Xozmatkorlar ham jim turishgani yo'q qo'liradan kelguncha yordam berishdi lekin foydasi bo'lmadi. O'to'chiruvchilar ham kech yetib kelishdi. Oldingi uydan asar ham qolmadi. Rosalia Lusi xonimni bag'rida yig'lardi. Men esa bir chekada barcha narslarni tahlil qilar edim. Uy oldiga kelib to'xtagan qora mashindan ikki inson tushdi. Donalt va Roland. Ularni ko'rishi bilan Rosalia battar yig'lay boshladi. Men esa tutun ko'p yutib yubordim shekili tomog'im qichishib nafas olishim qiyinlashardi.
Lusi xonim: ha yaxshiyam xizmatkor bor ekan bo'lmasa ichkarida qolib ketardik. Donalt xizmatkorning yoniga bordi.
X: meni ham Olivia xonim qutqardilar agar ular bo'lmaganlaruda joyimda qotib turaverar edim.
Donalt ko'zini xizmatkordan uzib bir chekada devorga suyanib o'tirgan Oliviani ko'rdi. Uni yoniga bormoqchi bo'ldi lekin negadur oyog'i tortmadi va bormadi.
Rosalia: Donalt endi nima bo'ladi qayerda yashaymiz
Donalt: bizning uyda yashasangiz bo'ladi.
Lusi : yo'q biz hijolat bo'lamiz
Donalt: hech kim hijolat bo'lmaydi mashinaga chiqing. Donalt Rosaliani ko'tarib mashinaga o'tqazdi. Lusi xonim ham mashinaga joylashdi.
Donalt: Olivia. Ismimni eshitib o'sha tomonga qaradim.
Donalt: bizning uyga ketyabmiz mashinga o'tir. Ò'rnimdan turmoqchi bo'lganimda birdaniga yiqilib tushdim yaxshiyamki yonimda Rolant bor edi bo'lmasa yerga tushishim aniq edi. Zo'rg'a o'zimni o'nglab oldim.
Donalt: bo'la qolinglar. Mashinaga joylashdim yo'l bo'yi indamay ketdim. Mashina katta uy oldida to'xtadi. Va eshiklar ochildi. Mashindan tushdik. Donalt bizdan ancha oldinga o'tib ketgan edi. Biz esa hijolatligimizdan sekinroq yurar edik. Birdaniga bilagimdan kimdur tutdi.
Roland: bo'ya arzimaydi deb aytishni unitibman
Olivia: ha aytgancha juda yoqimtoy ekansan. Shunday deb uni xursand qilishni istadim chunki xozir u men nimani his qilayotgan bo'lsam o'shani his qilayàbdi. Uyga keldik. Xizmatkorlar bizga toza kiyim va xonalarimizni ko'rsatishdi. Men birinchi bo'lib dushga kirib chiqdim. Allaqachon tong otgan edi. Chunki uyga tongga yaqin keldik. Toza kiyimlarni kiyib pastga tushdim. Pastda Rosalia va Donald bir birligi bilan nimalarnidur gaplashishardi.
Meni ko'rib negadur jim bo'lib qolishdi. Men indamay ularni orqasidan o'tib ketdim. Va bog'dagi stollarning biriga o'tirib tashqarini tomosha qila boshladim.
Rosalia: Donalt Olivia sizni sevadi bilasizmi
Donalt: ha ammo men unga nisbatan hech nimani his qilmayman
Rosalia: aniqmi bo'ya Rolant bilan gaplashayotganida juda g'alati qarading
Donalt: senga shunday tuyulgan mayli nonushta qilaylik. Donalt va Rosalia nonushtaga kelib o'tirishdi.
Lusi xonim: o'g'lim oying yo'qmilar.
Donalt: ular dadam bilan amakimnikiga ketishgan ertaga kelishadi. Lusi xonim boshini biroz qimirlatib qo'ydi. Rolant ham kelib nonushtaga o'tirdi.
Rolant: Rosalia men yoqimtoymanmi
Rosalia: bilmadim deb nonushta qilaverdi.
Men hali ham bog'da o'tirar edim chunki bu yer o'ylab olish uchun juda qulay joy.