My teacher
๐๐ฎ๐๐ผ๐ ๐๐ฒ๐ป๐ด๐ฎ ๐๐ต๐๐ป๐ฑ๐ฎ๐ ๐ถ๐ป๐๐ผ๐ป๐น๐ฎ๐ฟ๐ป๐ถ ๐ฑ๐๐ฐ๐ต๐ผ๐ฟ ๐พ๐ถ๐น๐ฎ๐ฑ๐ถ๐ธ๐ถ ๐ฏ๐ฎ๐๐ถ๐ฑ๐ฎ ๐๐น๐ฎ๐ฟ ๐ถ๐ป๐๐ผ๐ป๐บ๐ถ ๐๐ผ๐ธ๐ถ ๐ต๐ฎ๐๐๐ผ๐ป ๐ผ'๐๐น๐ฎ๐ป๐ถ๐ฏ ๐พ๐ผ๐น๐ฎsan...
Quyosh sekin astalik bilan ko'tarilar ekan Selenani uyg'otish uchun bu yetarli emas edi. Lekin budilnik ovozini eshitgan Selena tezda o'rnidan turdi. Yuz qo'lini yuvib nonushta tayyorlashga tushib ketgan Selena bir necha bor Jamesni chaqirdi. Lekin uni kecha ketganini eslab yuzi biroz mayuslashdi.
...
Selena 4 - guruh xonasiga kirar ekan uning qadam tovushlari sinfxona ichidagi g'ala - g'ovurga aralashib ketdi. U o'zini qo'lga oldi. Xonada deyarli o'n beshga yaqin o'quvchi bor
edi ularning barchasi forma ustidan qimmatbaho brend kiyimlari kiyib olgan. Bu esa ularni ancha mag'rurlantirib turar edi.
Selena: avvalo salom bolalar - jilmayib. Lekin har doimgidek hech kim uni eshitmayotgan edi.
Selena: Men xozir kechagi darsga kirmagan besh nafar o'quvchini doskaga chiqishi so'rayman - qat' iyat va jiddiylik bilan.
Barcha jimib qoldi. Barcha o'quvchilar orqa partada o'tirgan Jeon Jungkookga qaradi. Uning qulog'ida katta quloqchin bor ko'zlari esa tashqariga daraxtlarga qadalgan edi.
Selena sekin Jungkookning stoliga yaqinlashdi. U stol yonida turib qo'lini Jungkookning yelkasi tomon cho'zdi lekin tegmadi.
Selena: men sizning yangi ingiliz tili o'qituvchingizman. Dars allaqachon boshlangan quloqchinlarni yechsangiz - muloyimlik bilan.
Jungkook nihoyat Selenaga qaradi. Uning qoramtir ko'zlari Selenaning ko'zlariga shunday sovuqlik bilan qaradiki Selena bir zumda o'zini yoqotdi. Jungkook quloqchini yechdi va o'rnidan turdi.
Selena Jungkookning tanasini ko'rib bir necha qadam ortga tisarildi. Uning tanasi sinfdoshlariga qaraganda ancha katta edi.
Selena: sen bu yerda nima qilyabsan ? - jiddiylashib.
Jungkook: men sizning o'quvchingizman ustoz - biroz kulib.
Selena: yaxshi kecha sen ham darsimdan yo'q eding. Hosh bunga arzigulik sababing bormi ?
Jungkook: ha to'rt bolani seni gapirgani uchun kaltakladim - mamnuniyat bilan.
Selena: nima! Birinchidan meni senlash uchun hali yoshsan. Ikkinchidan esa sen kimsanki meni gapirisha ularni urasan - qat'iyat bilan.
Jungkook : o'quvchingiz - deya pichirladi.
Selena: xoziroq doskaga va 500 ta anjumaniya - deya xonaning o'rtasiga qaytdi. Jungkook esa jazoni mamnunyat bilan qabul qilib bajarishni boshladi.
Selena: bugungi dars mavzusi " Etika va Nutq madanyati "
Selena doskaga yozishni boshladi.
Selena: sizlar bu maktabga bejizga kelmaysizlar sizlar ehtimol kelajakda global miqyosida bizneslar va kompanyalar egasi bo'lasizlar. Agar siz xozir yoshligingizda darslarni va oddiy qoidalarni hurmat qilmasangiz kelajakda qanday qilib o'z ishchilaringizdan hurmat talab qilasiz ? - ovozini biroz balandlatib.
Jungkook: men bo'ldim - deya barchani hayolini buzdi. Jungkook ustidagi ust kiyimni yechar ekan barcha uning bilinib qolgan presslariga qarab qolishdi shular qatorida Selena ham.
Jungkook: o'qituvchi Selena buni qarang koftam qanday ahvolga kelibdi. Siz bergan jazo tufayli - Jungkook Selenaga shunday qarardikiย Selena nima deyishni ham bilmay qoldi.
Selena: yaxshi jazo tugagan bo'lsa joyinga o'tir - buyruq ohangida. Jungkook indamadi va Selena tomon katta qadamlar bora boshladi. Buni sezgan Selena yuragi tez ura boshladi ammo yuzidagi ifoda buni sezdirishga yo'l qo'ymadi.
Jungkook Selenaning qo'lidan mahkam tutdi va uni tashqariga sudray boshladi. Selena esa bir necha bor qarshilik ko'rsatishga urindi lekin u Jungkook oldida ojiz edi.
Jungkook Selenani kalidor bo'ylab olib o'tib yigitlar kiyinish xonasiga olib kirdi. Ichkarida hech kim yo'q edi. Eshikni qulflagan Jungkook xonaning markazida turgan Selena tomon kela boshladi.
Jungkook: bilasizmi o'qituvchi men tozalikni yaxshi ko'raman. Lekin men sizning o'quvchingizman shuning uchun kiymimni o'zingiz almashtirasiz - biroz jilmayib. Bu so'zlarni eshitganย Selena Jungkookga o'ylab o'tirmay tarsaki tushirdi.
Jungkookning yuzi ifodasi jiddiylikga o'zgardi. Selenani devorga tirab uni bo'g'a boshladi. Selena uni qo'llariga qancha zarba bermasin barchasi befoydaligicha qolar edi.
Selena: me....n qo'....yib yubo...r - ko'zlaridan ketma - ket yoshlar oqib. Jungkook Selenani qo'yib yubordi.ย Selena yerga o'tirib chuqur - chuqur nafas olar ekan Jungkook u tomon egildi.
Jungkook: buning barchasi g'azabdan. Lekin havotir olma hali beri o'lmaysan - deya xonani tark etdi. Selena uning oraqasidan bir necha daqiqa qarab qoldi. Va ancha o'ziga kelib yana sinf tomon qayta boshladi.
Sinfxona jim edi. Selena xonaga qaytib o'z darsini davom ettirdi. Darslar tugadi. Selena bugungi Jungkookning ishini kun bo'yi umuman hayolidan ketqiza olmadi.
...
O'z kvartirasiga yetib kelgan Selena uyga kirar ekan uy hali ham bo'sh edi.
Selena: James uydamisan - u bu so'zlarni bir necha bor takrorladi lekin hech kim javob bermadi. Selenaning kayfiyati ancha tushib ketdi. Selena ust boshini o'zgartirib o'zi kichik nonushta tayyorladi.
Telefonini qo'liga olib ukasining sahifalarini tekshirar ekan 20 daqiqa oldin qo'yilgan storiyaga ko'zi tushdi. Bu James bir klubda tushgan surati. Selena bu rasmdan Jamesni qayerdaligini osonlikcha aniqlab oldi. Jamesning suratini orqasida katta yozuvlar bilan Arena deb yozilgan edi.
Selena ust boshiga ham ahamyat bermay klub tomon oshiqdi. Taxida bir necha daqiqada klubga yetib keldi.ย Klub eshigi tomon borar ekan endigina kirmoqchi bo'lganida eshik qo'riqchilaridan biri uni to'xtatdi.
: kechirasiz bu klubga bunday ahvolda kirib bo'lmaydi - Selenaga boshdan oyoq qarab.
Selena: men bir necha daqiqada qaytib chiqaman. Ukam u shu yerda u hali bunday joylarga yoshlik qiladi uni olib ketishim kerak.
: kechirasiz xonim lekin sizni ichkariga kirg'iza olmaymiz - birdaniga ikki qo'riqchi ham Selenaga tazim qilishdi. Bundan hayratda qolgan Selena orqaga qaradi. Ne ko'z bilan ko'rsinki u yerda Jungkook turar edi.
Jungkook: demak tongda o'qituvchi kechki payt esa klub malikasi shundaymi ? - Selena tomon yaqinlashib.
Selena: bu kiyimda meni malika deb bo'lmaydi Jeon Jungkook - kinoyali ohangda. Jungkook Selenadan ko'zini olib qochib qo'riqchilarga yuzlandi.
Jungkook: u men bilan - deya Selenaning belidan bir qo'lini o'tqazdi va uni ichkariga olib kirib ketdi. Ichkariga kirgan Selena Jungkookning qo'lini belidan olib tashladi. Bu harakatdan hayratga tushmagan Jungkook biroz jilmaydi.
Selena: raxmat va hayr - endiga zinalardan pastga tushmoqchi bo'lgan Selenani ko'tarib olgan Jungkook uni o'zi pastga olib tusha boshladi. Selena bu harakatni bir necha soniya anglolmay qarshilik ko'rsatmadi lekin tushungandan so'ng Jungkookning yelkalariga ura boshladi.
Selena: meni qo'yib yubor nima jinni bo'lganmisan ? Tushur dedim - ovozini biroz balandlatib. Jungkook uning hech qaysi gapiga e'tibor bermay faqat yo'ldan ko'zini uzmas edi. Selena tinmay uni yelkasiga urar edi lekin Jungkook temirdek hech qanday reaksiya bildirmas edi.
Vanihoyat asosiy zalga yetib kelishganda Jungkookย Selenani yerga tushirdi. Kiyimlarini biroz to'g'irlagan Selena orqasiga qaraganda Jungkook allaqachon ketib bo'lgan edi.ย
Ukasini qidirishga tushgan Selena bu yerda paydo bo'lgan hiddan nafas olmaylik uchun burnini berkitdi. Bu sigareta va har xil ichimliklarning chachishgan hidini berar edi. Arena klubi Kareyada ancha mashhur bo'lgani uchun odam ko'p bo'lishi tabiiy edi.
Odamlar markazda bo'lar bo'lmas harakatlar qilib raqsga tushar. Ochiq sochiq kiyinib olgan qizlar esa kelishgan yigitlar oldida nozlangancha har hil qiliqlar qilishardi. Selena James suratga tushgan joydi topdi lekin Jamesni u yerdan topa olmadi va yana klubni aylanishni boshladi.
Do'stlari davrasiga kelgan Jungkook atrofdagi muhitdan biroz bezovta bo'lar edi.
Kendall: Jungkook nega buncha qolib keting - erkalangancha.
Jungkook: bir odamni muamosini hal qilib berdim - deya sevgilisining yoniga joylashdi.
James: hosh u odam kim ekan - biroz jilmayib.
Jungkook: opang - hech qanday reaksiyasiz.
James: opam - ajablanib - opam bu yerda nima qiladi ?
Jungkook: seni qidirib kelgandur
James: bu yer u uchun xavfli ekanini aytmadingmi - biroz g'azablanib.
Jungkook: havotir olma opang o'zini himoya qila oladi - jiddiylik bilan.
James g'azab bilan o'rnidan turdi va opasini qidirish uchun ketdi.
Kendall: uning opasini sen qayerdan taniysan - ajablanib.
Jungkook: maktabga yangi kelgan o'qituvchini ko'rdingmi - Kendall ha degandek bosh irg'adi.
Jungkook: aynan o'sha ustoz uning opasi - viskisidan biroz ho'plab.
Kendall: nima o'sha badbashara uning opasimi. Nahotki uni kiyinishini ko'rganmisan azizam - yuzini biroz tirishtirib.
Jungkookning hayoliga klubga kiyib kelgan kiyimi keldi va biroz jilmaydi.
Jungkook: yo'q shunchaki - yana jiddiylashib
Kendall: yur raqisga tushaylik - Jungkookga bu yoqmadi
Jungkook: o'zing boraver - jiddiylik bilan.
Kendall indamay markazga qarab ketdi. O'tirgan joyida barchani kuzatib o'tirgan Jungkook Jamesga ko'zi tushdi u juda havotirli ko'rinardi. Jungkook o'rnidan turib James tomon ketdi.
...
Selena: jin ursin bu klub nega bunchalik katta. Negayam keldim o'zi bunday joyga ? - hafa bo'lib.
Selena bir joyda aylanib yurar edi. Bu klub xuddi laberintga o'xshardi. Selena yana yurishda davom etdi.ย Selena atrofga chalg'ib bir yigitga urilib ketdi.
James: opajon vanihoyat sizni topdim - deya Selenani quchdi.
Selena: sen ahmoq bola qayerlarda yuribsan - Jamesning quchog'idan chiqishga urinib.
Jungkook: nima degandim unga hech narsa qilmaydi - hotirjamlik bilan. James opasini qo'yib yubordi.
James: keyinroq gaplashamiz Jungkook. Xozir uyga borishim kerak - opasini qo'lidan tutib.
Jungkook: yaxshi - Selenadan ko'zini uzmay. Selena esa bunga e'tibor bermagandek ukasining ortidan ergashdi.
...
Kechagi holni eslaydigan bo'lsak Selenaning bu tong erta turishi ancha qiyin bo'ldi. Arang o'rnidan turib yuz qo'lini yuvib oshxonaga chiqdi.
Oshxonada o'z mahoratini ishga tushirgan James esa opasi va o'zi uchun nonushta tayyorlar edi.
Selena: hoy mening oshpaz ukamdan - Jamesning yuzini biroz chimchilab.
James: hayrli tong - likopchadagi nonushtani Selenaga uzatib. Selena Jamesning kiymiga qarar ekan. Bu maktab formasi edi. Eng ajablanarlisi shuki bu maktab formasi xuddi Jungkookniki kabi.
Selena: nima kiyib olding - yuzidagi tabbasumni joddiylik egallab.
James: ha bumi men bugun maktabga boraman siz ishlaydigan maktabga - g'ururlanib.
Selena: xonanga borib kiymingni almashtir - buyruq ohangida.
James: nega men ham boylar o'qiydigan maktabda o'qiy olmaymanmi ? - o'rnidan turib.
Selena: hamma gap bunda emas - Jamesga tik qarab.
James: nima uchun har doim sizni aytganingizni qilishim kerak. To'g'ri siz meni opamsiz lekin otam yoki onam emassiz. Va ular ham bo'la olmaysiz. Men o'zim hohlagan jouga borib o'qiy olaman. Bu mening ishim - deya jaxil bilan uyni tark etdi. Selena esa uning bu gaplaridan yuragi parchalangandek edi go'yo.