January 27

My teacher

Hayot senga shunday insonlarni duchor qiladiki bazida ular insonmi yoki hayvon o'ylanib qolasan.....

Kech kirganiga qaramay Kareya ko'chalari sokinlikga taslim bo'lish o'rniga chiroqlar yog'dusida yanada gavjumlashgan edi. Selena charchoq bilan uyi tomon borar ekan ko'chada deyarli huvillab qolgan kichikgina restaranga ko'zi tushdi. Negadur bu sokin go'sha uni o'ziga chorladi va u ichkariga kirishga qaror qildi.

Eshik ochilishi bilan tepada osilgan qo'ng'iroqcha xuddi g'aflatdan uyg'ongandek mayin va qisqa ovoz chiqardi. Bu ovoz afitsant qizning chehrasiga kutilmagan quvonch baxsh etdi.

- Xush kelibsiz - deya mayin tabassum qildi qiz. Uning nigohida chinakam minaddorlik bor edi. Zero butun bir hafta davomida bu ostonadan birorta ham mijoz hatlab o'tmagan edi. Biroq Selenaga menyuni uzatar ekan qizning yuzidagi tabassum go'yo shamolda o'chgan shamdek to'satdan yoqoldi.

Selena uning nigohi qotib qolgan nuqtaga o'girildi. Eshik yonida bir erkak paydo bo'lgan edi. Uning himmatbaho liboslari va mag'rur turishi boy - badavlat ekanidan dalolat berar edi. Biroq nigohidagi sovuqlik kishini seskantiradi.

- Yana keldingizmi ? Keting bu  yerdan - dedi afitsant qiz ovozi titrab jaxil bilan.

Erkak indamadi. U Selenaning yonidan mensimay o'tib qizning bilaklaridan qattiq tutdi.

- Nima mana shu chirigan go'shangda bitta mijoz kelganiga shuncha quturib qoldingmi ? - dedi u nafrat bilan va qizni qattiq itarib yubordi. Qiz yerga yiqilar ekan uning oqarib ketgan yuzi va qaltirayotgan vujudi uning bu erkakdan qanchalik qo'rqishini anglatib turar edi.

Selena chiday olmadi. Shoshib o'rnidan turib qizga yordam bermoqchi bo'lganida erkak uning yo'lini to'sdi.

- Hoziroq bu yerdan yoqol - u Selenani siltab eshik tomon sudray boshladi. Shu lahzada Selena o'ylab o'tirmay yonidagi stolda turgan guldoni oldi - yu bor kuchi bilan erkakning boshiga tushirdi.

Qarsilagan ovoz yangradi. Erkak Selenani qo'yib yuborib boshini changalladi. Barmoqlari orasidan qizil qon sizib chiqa boshladi. Selena unga qayrilib ham qaramay yerda yotgan qizni turg'azdi va uni xodimlar xonasi tomon yetakladi. Eshikni ichkaridan qulflab qizning qarshisiga cho'kkaladi.

- Yaxshimisiz ? Sizga shikast yetmadimi ? - deb so'radi Selena havotir bilan.

- Meni kechiring. Sizni ham bu baloga aralashtirib qo'ydim - dedi qiz Selenaning qo'llaridan tutib ko'z yoshlarini tiyolmay.

- Hammasi joyida o'zingizni ayblamang - Selena uni bag'riga bosib tinchlantirishga urinib.

- Men uni rad etgan edim... U esa bunga ko'nika olmadi. O'z qudrati bilan kasod qildi. Endi bu restarantdan bo'lak hech vaqoyim qolmadi - dedi qiz xo'rsinib.

- Endi xavfsizsiz. Lekin nega politsiyaga xabar bermadingiz ?

- Urindim... Bir necha bor urindim. Lekin unga hech kim chora ko'ra olmadi - qizning ko'zlari umitsizlandi.

- Kim o'zi u ?

- U Jeonlar imperyasining bosh advakati.

Selena bu familyani eshitib bir muddat tosh qotdi. " Jeonlar "
- Jeonlar ? Ular kim ?

- Nahotki bilmasangiz ? Ularni Koreya biznesining mutloq qirollari deyishadi. Janob Jeon shunday qudratga egaki buni tasavvur qilish qiyin. Uning yagona merosxo'ri bor lekin ismi sir saqlanadi.

Selena ichida pichirladi : " Yagona merosxo'r..... Nahotki bu Jungkook bo'lsa ?"

Shu payt eshikning daxshatli zarb bilan taqillashi ularni hushig keltirdi. Qizlar qo'rquvdan bir - birig yopishib qoldilar.

- U sizni o'ldiradi. Tezroq berkinishingiz kerak - dedi qiz vahim ichida.

- Qo'rqmang men o'zimni himoya qil olaman - dedi Selena ichidagi qo'rquvni yashirishga urinib.

Zarbalarg dosh beraolmagan eshik sindi. Ostonada boshi bog'langan g'azabdan tomirlari bo'rdib chiqgan mahluqnamo erkak paydo bo'ldi.

- Iltimos unga tegma. Mayli nima desang rozi bo'laman sen bilan ketaman - deb erkakning qo'lliraga yopishdi.

Erkak istehzoli jilmaydi va qo'lidagi pichoqni polga tashladi. So'ng kutilmaganda Selenaning sochidan mahkam tutib yuziga ayovsiz tarsaki tushirdi. Selena muvozanatni yoqotib yerga quladi. Erkak to'xtamadi u Selenani xuddi jonsiz matohdek yerto'la tomon sudray boshladi.

Zax va sovuq suv to'plangan yerto'la eshigi g'ichirlab ochildi. Erkak Selenani qorong'u zulmatga uloqtirdi.

- Mana endi jazoyingni olasan - dedi - yu eshikni qarsillab yopdi.

Yigirma poyali zinadan pastga nam va sovuq suv ichiga yiqilgan Selenaning vujudi qaqshab og'ridi. U o'rnidan turishga talpindi ammo majolsiz oyoqlari bu og'riqni ko'tara olmadi. U yana sovuq suvga yiqildi. Zulmat ichida faqat uning og'ir nafas olishi va qorong'ulik humkron edi.

Selena bog'zi orasidan achchiq bir kulgi otilib chiqdi. Bu vaziyat naqadar istehzoli edi : u kimnidur qutqaraman deb o'zini jarlikka otdi biroq u na qizni na o'zini xalos eta oldi. Agar bu yerto'ladan chiqish yo'lini topmasa qorong'ulik uni butunlay yutib yuborishini hech kim bu yerda jon taslim qilayotgan qiz borligini xayoliga ham keltirmasligini his qildi.

O'sha vahshiy erkak Selenaga tasodifan duch kelgan edi. U o'zi duch kelgan bu qiz kimlar uchundir naqadar qadrli ekanini hatto tasavvur ham qilolmasdi. Selena holdan toyib zinalar ustiga o'tirib qoldi. Qornidagi og'riq shu qadar kuchaydiki qizning chehrasi azobdan burishib ketdi. U eshikni bor kuchi bilan taqillata boshladi. Zora kimdur eshitsa. Ammo u bilmas ediki restoran nafaqat ichkaridan balki tashqaridan ham temir zanjirlar bilan band qilingan. Sado chiqmas tashqarida esa hayot o'z maromida davom etardi. Selena butun tunni sovuq va og'riqlar iskanjasida o'lim bilan yuzma - yuz o'tkazdi.

...

Maktabda tong odatdagidek boshlandi. To'rtinchi guruhda ingiliz tili darsi edi. Biroq dars boshlanganiga yigirma daqiqa bo'lsa ham Selena ko'rinmadi. James dastlab xavotir olmadi - opasi ham inson balki uxlab qolgandir yoki biroz charchagandir. Ammo darslar tugab uyga qaytish vaqti kelganda tushunarsiz og'irlik uning yuragini bosa boshladi.

Jungkook ham o'zini qo'yarga joy topolmasdi. Nihoyat u Jamesdan so'rashga qaror qildi.
- Hoy opang qayerda ? Kasal bo'lib qolmadimi ? - dedi u baparvo ko'rinishga urinib.

James yelkalarini qisdi:
- Bilmasam balki uxlab qolgandir yoki bugun dam olmoqchi bo'lgandir.

- Yur uyingga borib ko'ramiz - dedi Jungkook.

- opam yosh bola emas - ku xavotirga hojat yo'q - deb javob qaytardi James ammo Jungkookning yuragidagi notinchlik alangalanib borardi.

...

Selena eshikni urishdan to'xtadi. Buning foydasizligini tushunib ustidagi nimchasini yechdi va tanasiga qaradi. Oyoqlaridagi ko'karishlar yetmagandek qornidagi ko'karish qolganlaridan ham daxshatliroq ko'rinar har nafas olganida ich - ichidan uzib olibayotgan og'riq bera boshlagandi.

- Agar... shu yerda... o'lsam haqiqiy komediya... bo'lar edi - pichirladi u lablari chetida nim tabassum o'ynab. Shu lahzada boshida kuchli og'riq paydo bo'ldi. Bu hushdan ketish oldidan so'nggi ogohlantiruv edi. Bu og'riq uni yana harakatga keltirdi.

U arang o'rnidan turib lat yegan oyog'ini zo'rg'a sudrab yerto'la burchagidagi og'ir temir bo'lagiga ko'zi tushdi. Zinalardan pastga tushib bor kuchini to'plab o'sha temirni yuqoriga sudrab chiqdi. Har bir zina u uchun go'yo baland tog'dek edi.

Nihoyat u eshikni o'sha temir bilan ayovsiz ura boshladi. Har bir zarba uning so'ngi kuchi edi. Bir necha daqiqalik olishuvdan so'ng chirigan yog'och eshikning bir qismi sindi. Selena to'xtamadi. Va nihoyat eshik butunlay sindi.

U tashqariga chiqdi. Restarant huvullab yotar edi. Selena deraza ortidan o'tib ketayotgan odamlarni ko'rdi ammo ovozi chiqmas edi. U og'ir stolni ko'tarib bor kuchi bilan katta oynaga otdi. Shishalar chil - chil bo'lib sindi. Bu ovoz butun ko'chaga tarqaldi.

Atrofdagi odamlar daxshat ichida to'xtashdi. Selena tashqariga quyosh nurlari tomon chiqdi. U quyoshni ko'rdi...va borliq qorong'ulashdi. Qiz yerga quladi. Atrofda odamalar yug'ila boahladi. Kimdir "Tez yordam" deb baqirar kimdur achinib bosh chayqar edi. Selenaning ko'zlari hamon ochiq. U hamma narsani ko'rib eshitib turar edi lekin vujudi muzlab borayotgandek qimirlamasdi. U faqat bitta narsani issiqlik istardi. Ammo hech kim buni his qila olmas edi.

...

Jungkook Selenaning uyidan bo'sh qaytar ekan ichidagi g'alayon yanada kuchaydi. U o'zini qayerga qo'yishni bilamas mashina rolini g'azab  bilan urar edi.

" Qayerdasan Selena ? Qayerga g'oyib bo'lding ?" degan savol uning miyasida tinmay aylangancha ko'chalar bo'ylab telbalarcha ketardi. Shu payt u bir necha ko'cha narida to'planib turgan olamonni va uzoqdan kelayotgan tez yordam mashinasining nolasini eshitdi. Negadir yuragi o'sha tomonga qarab talpindi. Mashina keskin to'xtatib. Odamlar orasidan yorib o'ta boshladi.

Yerda sovuq asfalt ustida jonsizdek yotgan vujudni ko'rdi - yu Jungkookning tomirlarida qon muzlab qolgandek bo'ldi.

- Selena - uning ovozi butun ko'chani titratib yuborgandek bo'ldi. U qozning yoniga o'zini otdi. Selenaning oqarib ketgan yuzi , ko'karishlar bilan qoplangan qo'llari va nam kiyimlari daxshatli manzarani aks ettirar edi. Jungkook uni ehtiyotkorlik bilan bag'riga bosdi. Selena hamon ko'zlarini yummagan. Ammo nigohlari uzoq - uzoqlarga qadalgan edi.

- Men keldim... Men shu yerdaman - Jungkookning ovozi titrar u qozni isitishga urinib o'zining qimmatbaho kurtkasini uning ustiga yopdi. Selena uning issiqligini sezdi lablari biroz qimirladi lekin birorta so'z chiqmadi. Faqatgina ko'zidan oqqan bir tomchi yosh uning tirikligidan dalolat berardi.

...

Shifoxona karidorlari o'lim va hayot orasidagi sovuq sukunat bialn to'lgan. James devorga suyangancha aybdorlik hissi ostida ezilib o'tirar edi. Jungkook esa palata eshigi oldida xuddi yaralangan qoplonga o'xshab u yoqdan bu yoqqa yurardi. Uning kiyimlarida Selenaning qurib qolgan qon dog'lari bor edi.

Nihoyat shifokor chiqdi. Uning yuzidagi jiddiylikdan yaxshi gap eshitmasligini tushunish qiyin emas edi.

- Ahvoli qanday ? - Jungkook shifokorning yoqasidan bo'g'ib olgudek yaqinlashdi.

Shifokor........

Channel: @Domino_fanfic.

Author: #Ruohi.