The choice
1 Bob
β"Taqdir bizga shunday chiziqni ravo ko'rgan ekanki, bu chiziqda ikkimiz ham bir-birimizni yondirdik..."
βKoreyaning eng nufuzli va dabdabali klublaridan biri β "Arena". Bu dargoh oddiy odamlar uchun eshigi o'n qulf yopiq maskan bo'lsa-da, mamlakatning qaymoqlari, imtiyozli yuqori tabaqa vakillari uchun doimo lang ochiq edi. Klubning egasi bo'lgan "Kimlar" oilasi bu maskanni ulkan daromad manbai deb bilishardi.
βHar oqshomgidek bugun ham klub qaynagan, boy va o'ta talabchan kimsalar bilan to'lib-toshgandi. Yosh, go'zal qizlar esa ularning xizmatida parvonaydi. Mehmonlarning shaxsiy hayoti va sir-asrorlari fosh bo'lmasligi uchun bu yerda har qanday suratga olish yoki videoga tushirish qat'iyan taqiqlangandi. βBino ikkinchi qavatining qo'riqlanadigan VIP zonasida Ρsa muhit butunlay boshqacha β tashqi shovqindan yiroq, sirli va sokin edi.
ββ Jin ursin, juda zerikdim! β Jimin og'zidagi sigaretasini chuqur tortib, ko'k to'lqinli tutunni havoga asta pufladi. Shaxsiy hudud bo'lgani uchun bu xonada ulardan bo'lak hech kim yo'q edi.
ββ Bor-da, biror qizni olib ko'ngil hushlik qil, β Teyhyung beparvo ohangda do'stiga qarab, o'ziga yana viski quydi.
ββ Yomon fikr emas, β jilmaygan Jimin qo'lidagi tamakisini do'sti endigina to'ldirgan viski qadahiga tashlab yubordi. Teyhyung buni ko'rib yengil vishillab qo'ydi. Jimin doimo birovning asabiga tegish va g'alati hazillar qilishning ustasi edi.
ββ Bugun charchagan ko'rinasan, β Teyhyung diqqatini chalg'itish uchun boyadanΒ beri bitta nuqtaga tikilib o'tirgan boshqa bir do'stiga nazar tashladi.
ββ Ha, kun og'ir o'tdi... β Jungkook o'zini shunday deb ishontirmoqchi bo'lardi, biroq hamma gap ham ishda emasdi. Buni uning yonida o'tirgan do'stlari ham sezib, ma'noli qarab qo'yishdi.
ββ Oilali bo'lish qiyinga o'xshaydi, β endi jiddiylashdi Jimin. β Bir oy bo'ldiki, senda katta o'zgarishlar bor.
ββ Ha, Jimin haqli, ancha o'zingni yo'qotib qo'ygandeksan, β Teyhyung Jungkookning yelkasiga do'stona qo'l qo'yib urib qo'ydi.
ββ Barchasi oilali bo'lishda emas. Gap bu oilani kim bilan qurishingda. Uning yonida o'zimni begona kabi his qilaman, lekin bir tomondan bo'ynimdagi majburiyatlarim ham bor... β Jungkookning kayfiyati battar tushib ketdi.
ββ O'sha paytda otasi seni qutqargani uchun qizini olishni so'raganining o'zidayoq o'sha ahmoq Leedan shubhalangandim, β dedi Jimin qoshlarini kerib.
βOraga yana og'ir sukunat cho'kdi. Jungkook o'ylardi: nima ham qila olardi? Lekin javob bitta β hech nima. Agar o'shanda hamma narsaning ko'z o'ngida Mingyuni to'xtatib, urmaganda edi, bunday taqdir yuz bermasdi. Biroq vaqtni ortga qaytarib bo'lmasdi. Mingyu komaga tushdi, u uylanishi kerak bo'lgan ayolga esa endi Jungkookning o'zi uylandi. Natijada esa hech kim baxtli emas.
ββ Balki Mingyu komadan chiqsa, Jina bilan ajrasharsan? β Taehyung o'rtaga noqulay savolni tashladi. Jungkook o'ylanib qoldi, biroq endi kech edi β hamma Jina endi uning xotini ekanini yaxshi bilardi.
ββ Bunday bo'lishi mumkin emas. Men Jinani osonlikcha Mingyuga berib qo'yish niyatida emasman, β Jungkook sovuqqonlik bilan do'stiga qaradi. Uni tushunish qiyin edi: Jinada ko'ngli yo'qligi barchaga ayon, ammo uni boshqaga berib yuborish fikridan ham yiroq edi.
ββ Ruohi-chi? β Jimin Jungkook uchun eng og'riqli nuqtaga qo'l urdi. β U Italiyadan qaytganda, boshqasiga uylanganingni qanday tushuntirmoqchisan?
βBu savolni berish-bermasligini Jimin uzoq o'ylagandi, lekin oxiri baribir tilga oldi. Ruohi ismini eshitgan Jungkookning yuzida ixtiyorsiz ravishda mayin tabassum paydo bo'ldi. Ruohi hozirda ish yuzasidan Italiyada bo'lib, ketganiga ikki oy deganda yaqin kunlarda qaytishi kerak edi. U doimo quvnoq, har bir vaziyatning yorug' tomonini ko'ra oladigan qiz edi. Lekin bu turmushning esa yorug' tomoni mutlaqo yo'q edi.
ββ U buni bilmasligi kerak. Agar uylanganimni bilsa, meni butunlay tark etadi... β Jungkook buni tasavvur qilishni ham istamasdi. Ruohi uning uchun hamma narsa edi: havo ham, suv ham, yagona umid ham faqat o'shanda jamlangandi.
ββ Hayoting chindan ham chigal, β Teyhyung xulosa qilgandek o'rnidan turdi. β Men ketdim, ertaga sud majlisim bor, biroz dam olishim kerak.
βShunday deya u xonani tark etdi.
ββ Unda biz ham turaylik, β Jimin ham asta o'rnidan turib, ortiga bir qarab qo'ydi-da, izsiz g'oyib bo'ldi.
βJungkook xonada yolg'iz qoldi. Yana o'y-xayollar girdobiga botdi: bir tomonda Ruohi, ikkinchi tomonda Jina. Barchasi tugun bo'lib chigallashib, uning boshini og'ritib yubordi. Oxiri u ham o'rnidan turib, do'stlarining ortidan xonani tark etdi.
βXona bo'ylab u yoqdan-bu yoqqa tinimsiz yurgan qiz nima qilishni bilmas edi. Egnidagi yupqa, shahvoniy tungi ko'ylak uning shundoq ham mukammal qomatini yanada jozibali ko'rsatib turardi. U bugun o'z eri bilan tun o'tkazishi, tezroq homilador bo'lib, oilaga voris keltirishi kerak edi. Lekin Jungkook bunga doim qarshilik qilardi. Jina ham aslida buni xohlamasdi, biroq ikki oilaning otalari tezroq xushxabar eshitishni istashardi.
βQiz o'ylar bilan band bo'lib turganda, xona eshigi ochildi. Ostonada yelkalari osilib, kiyimlari tartibsizlashgan charchagan Jungkook ko'rindi. Jina erining unga bir bor mehr bilan boqishini kutdi, biroq Jungkook atay qilgandek unga qaramaslikka urindi.
ββ Kechirasiz... β nihoyat sukutni buzdi qiz va erining e'tiborini tortdi. Jungkook qizga ko'zi tushgach, uning egatidagi qizil ipaklar tovlanib turgan yupqa tungi libosini ko'rdi-da, maqsadini tushunib chuqur xo'rsindi.
ββ Bugun emas, Jina, β Jungkook charchagan ovozda ko'ylagi tugmalarini yechgancha dush tomon qadam tashladi. Qiz esa uning yo'lini to'sib qarshisiga turib oldi.
ββ Unda qachon? Qachon, ayting menga?! β qizning sabri tugab, ovozi titradi. Jungkook jim edi, chunki bu savolga uning o'zida ham javob yo'q edi.
ββ Men dushga kirishim kerak, Jina, β Jungkook qizning yelkasidan ushlab, chetga surmoqchi bo'ldi. Biroq qiz kutilmagan dadil qadam tashladi: u Jungkookning issiq va nam lablarini o'z lablari bilan tutashtirdi. Bu o'pichda tajribasiz ekanligi sezilib turardi, ammo erkak unga javob qaytarmadi.
βJungkook qizning yelkalaridan mahkam ushlab, o'zidan uzoqlashtirdi. Jina balki bu harakat uni eriga yaqinlashtirar deb o'tgandi, biroq harakati besamar ketdi. Erkak unga bir zum ham e'tibor bermay, dushxonaga kirib ketdi. Jina yolg'iz qolarkan, asabiy holda ensasini ishqaladi-da, divanga o'tirib yana qanday yo'l tutish kerakligi haqida o'ylay boshladi.
βDush ostidagi Jungkook esa issiq suv ta'sirida o'zini bosishga urinardi. Jina uni haqiqatan qo'zg'atgandi, biroq u buni qilishga haqli emasligini tinimsiz takrorlardi. Qo'llari bilan tanasini ishqalar, biroq oddiygina suv jilovlay olmayotgandi β oylar davomida ayol mehrini ko'rmagan vujudi isyon ko'tarayotgan edi.
ββ Jin ursin! β chiday olmagan Jungkook suvni o'chirdi-da, egnida bir parcha matosiz xonaga qaytdi.
βXona o'rtasidagi ulkan yotoqda o'tirgan Jina dastlab unga e'tibor bermadi, ammo boshini ko'tarib uning butunlay yalang'och holda turganini ko'rdi-yu, uyalib yuzini chetga burdi.
ββ O'zing boshlagan ishni oxiriga yetkazasan, β sovuq gapirgancha Jungkook qizning qarshisiga keldi.
ββ Og'zingni och, β erining qisqa buyrug'idan Jina dovdirab, boshini ko'tarib unga qaradi. Jungkookning ko'zlarida faqat qondirilmagan ehtirosning alangani porlab turgandi. Qiz nima qilishni bilmay qoldi.
ββ Bunday qilmayman... β qiz norozilik bilan boshini burmoqchi bo'ldi. Jungkookning lablarida esa istehzoli va alamli kulgi paydo bo'ldi.
ββ Buni o'zing xohlamaganmiding? β Jungkook biroz egilib, yuzini qizning nafis bo'yniga yaqinlashtirdi. β Yoki inkor etmoqchimisan? β erkak bu safar katta kaftlari bilan qizning nozik bo'ynidan qattiq ushlab, yotoqqa yotqizdi.
βJina bo'g'ilishdan tipirchilab boshladi, Jungkook esa bir harakat bilan uning ustidagi yupqa ko'ylakni yirtib tashladi. Bir oy davomida bir tom ostida yashasa-da, ilk bor uning tanasiga to'laqonli tikilgan erkak qizning uyatdan qizargan yuziga boqdi.
βHech qanday erkalashlarsiz, hech qanday tayyorgarliksiz qilingan shiddatli harakat qizning og'riqli inqirashiga sabab bo'ldi. Jina uning ko'ksidan itarishga urindi, lekin Jungkook qizning qo'llarini boshi uzra mahkam ushlab qisdi.
ββ Bokira emassan. Har holda, Mingyu bilan bir necha bor bu ishni qilganing aniq, β Jungkook o'zining sovuq xulosasini aytdi, Jina esa buni inkor etmadi. Chunki bu haqiqat edi; unashtiruv vaqtlarida Mingyu bilan yaqin bo'lishgan edi. Erkakning qattiq harakatlari ostida qiz zavq emas, faqat og'riq va achinishni his qilardi...
βItaliyaning kichik, gavjum bozorchasida o'ziga yoqqan mayda-chuyda buyumlarni xursandchilik bilan xarid qilayotgan qiz tez orada uyga qaytishidan boshi osmonda edi.
ββ Buni Leaga olaman. Unga juda yoqadi, β Ruohi qo'lidagi nozik bilakuzukni ko'rsatib, yonidagi dugonasini turtib qo'ydi.
ββ Leani tanimayman, demak nima yoqishini ham bilmayman, β Darla dugonasiga ensasini qotirib javob berdi. Ikki oylik yaqinlik davomida ular qalin dugonalarga aylanishgandi, biroq Darla uni boshqa dugonalaridan qizg'anar edi. Ruohi buni sezib mayin jilmaydi.
ββ Menga bundan to'rtta bering, β Ruohi sotuvchiga yuzlanib, Darlaga ko'z qisib qo'ydi.
ββ Nega to'rtta? Yana kimga olyapsan? β Darla yana rashk bilan qoshini uchirdi. Ruohi bilakuzuklarni sumkasiga solib, ulardan birini Darlaning qo'liga tutqazdi.
ββ Sen, men, Lea va Stella β ajoyib to'rtlik! β Ruohi dugonasining yelkasidan quchib, uni bozorning boshqa bir rastasi tomon boshladi.
ββ Qaytganingdan keyin meni unutib yubormagin tag'in, β Ruohi unga ergashayotgan qizni biroz turtib, lablarini bujmaytirdi.
ββ Sunghoon bilan unashtiruvimizdan so'ng to'yni Koreyada qiladigan bo'ldik, β Darla bu xabarni baxtiyor jilmayib aytdi. Ruohi quvonchdan og'zini yopib, uni mahkam quchoqlab oldi.
ββ Sizlarni intiqlik bilan kutaman! Koreyaga borsang, seni albatta Jungkook bilan tanishtiraman, β dedi Ruohi ko'zlari yashnab.
ββ Ikki oydan beri tilingdan shu ism tushmadi-ya, β Darla kulimsirab ko'zlarini aylantirdi. β Ko'rinishi kelishgan-ku, lekin menga biroz qo'pol tuyulgan edi.
ββ Ha, u qo'pol... faqat mendan tashqari hamma uchun, β Ruohi g'urur bilan ko'ksini kerib qo'ydi.
βDarla uning bu so'zlariga jilmayib qaragan edi, ko'zi to'g'rida turgan qora "Mercedes-Benz" mashinasiga suyanib turgan Sunghoonchga tushdi. Sunghoon Darlani ko'rishi bilan quyosh ko'zoynagini yechib, qo'llarini keng ochdi va "Bu yerga kel" degandek imo qildi.
Darla o'ylab ham o'tirmay u tomon yugurdi. Bir zumda ularning tanalari birlashib, Sunghoon qizni mahkam quchdi-da, lablarini uning ipakdek sochlariga bosdi.
ββ Juda shirinsan, β Sunghoon uni belidan mahkamroq quchib o'ziga tortdi. β Seni his qilishni xohlayapman... β uning qo'llari sekin pastga sirg'ana boshlaganda, Darla keskin harakat bilan uning qo'lini to'xtatdi.
ββ Ahmoq, senga nima degandim? Barchasi to'ydan keyin! β qiz asabiy holda yigitning qo'lini yulqib oldi.
Sunghoon yengil hafsalasiz xo'rsindi.
ββ O'sha to'y ham tezroq kela qolmadi-da, β qiz jilmayib ortiga qaraganida, u yerda Ruohi mayda qadamlar bilan ular tomon kelayotganini ko'rdi.
ββ Sen hali ketmadingmi? β Sunghoon tushunmagandek qoshini kerdi. U bu qizni allaqachon uchib ketgan deb o'ylagandi. Ruohi esa yigitning so'zidan kulib yubordi va Darlaga ko'z qisdi.
ββ Mana, ketyapman. Hozir reysimga chiqaman, kechikmayman, β Ruohi Darla bilan mahkam quchoqlashdi. Ikki dugona ayrilishni xohlamasdi, biroq vaziyat taqozo qilgandi. U oxirgi marta ortiga o'girilib, uni kuzatib turgan ikki oshiqqa qo'l silkidi. Darla ham mayus jilmayib unga javob qaytardi.
ββ Unga rahmim keladi, β Sunghoon qizning ortidan qarab turib pichirladi.
ββ Ruohi o'sha Jungkook uchun jonini berishga tayyor, u bo'lsa... allaqachon uylanib olgan, β Darlaning mushtlari qattiq tugildi.
ββ Buni unga aytishing kerak edi, β dedi Sunghoon jiddiy ohangda. Darla esa jim qoldi. U buni bir necha bor aytmoqchi bo'lgan, ammo dugonasining ko'nglini og'ritishdan qo'rqqandi. Sunghoon esa Jungkookning oilasi bilan ish yuritgani bois bu haqda oldindan bilar edi.
βPolitsiya mahkamasida ish qizg'in pallada edi. Kechagi otishmadan so'ng butun shahar oyoqqa turgandek har bir xodim shoshib yurardi. Lea ham o'z stolida qog'ozlarni titib o'tirar edi.
ββ Hoy... β stoliga kelib tushgan qalin papkalarni ko'rgan Leaning yuzi yanada mayuslashdi.
ββ Buni boshliq berib yubordi, β Eunwoo qog'ozlarni uning oldiga tashlab, ortiga burildi.
ββ Jin ursin... β pichirladi Lea. β Barchasiga o'sha Yoongi deganlari aybdor. Hali qo'limga tushasan - βQiz qo'lidagi qalamni g'azab bilan qattiq siqdi va bosimdan qalamning singan ovozi yangradi.
βOradan ko'p o'tmay, mahkamasiga shoshib kirib kelgan Stella dugonasining stoli tomon oshiqdi. Xodimlar orasidan o'tishda u kutilmaganda bir yigitga urilib ketib, uning qo'lidagi hujjatlarni sochib yubordi. Shoshib turgani uchun bunga e'tibor bermadi ham. Eunwoo uning ortidan qarab qoldi-da, tanimaganidan keyin yerga egilib qog'ozlarni tera boshladi.
ββ Kechirim so'rashni ham bilmaydi-ya, β deb pichirlab qo'ydi u o'zicha.
βAsabiy dugonasining oldiga kelib to'xtagan Stella stolga urib Leaning e'tiborini tortdi.
ββ Sen nima qilib o'tiribsan, ahmoq? Axir bugun Ruohi kelyapti! β Stella asabiy vishilladi. Lea shunda hammasini eslab, ko'zlarini katta ochdi.
ββ Voy, butunlay esimdan chiqibdi! Reysi qo'nishiga hali vaqt bormi? β Lea shoshib o'rnidan turdi.
ββ Yarim soat! Qanday qilib shunday muhim narsani unutishing mumkin, tushunmayapman, β Stella yana gapira ketdi. U ko'p gapiradigan va tez xafa bo'ladigan qizlardan edi.
ββ Bo'ldi, mana ketyapmiz-ku! β Lea uni tinchlantirish uchun yelkasidan ushlab, mahkamasidan sudrab chiqdi. Ular katta ko'chaga chiqishgach, Lea asabiy qo'l ko'tarib taksi to'xtatmoqchi bo'ldi.
βAksiga olib atrofdan birorta ham taksi ko'rinmasdi. Stella yana gap boshlash uchun og'och juftlagani ham ekan, yonlarida qora mashina kelib to'xtadi va old oynasi sekin tushirildi.
ββ Qayerga ketyapsizlar, Lea? β ovoz egasini tanigan qiz darhol mashinaga egildi. Bu Eunwoo edi. Lea uni xuddi najot farishtasidek ko'rdi.
ββ Aeroportga eltib qo'yasanmi? β qiz javobni ham kutmasdan o'tirib oldi. Stella esa nima qilishni bilmay, hayron bo'lib uning ortidan joylashdi.
ββ Mayli, eltib qo'yaman, β Eunwoo Leaning fe'lini yaxshi bilgani uchun rozi bo'ldi va mashinani joyidan qo'zg'atdi. Mashina katta tezlikda aeroport tomon uchib ketayotganda, orqa o'rindiqdagi Stellaning ko'ngli ayniy boshladi.
ββ Sal sekinroq hayday olmaysizmi? β Stella haydovchiga e'tiroz bildirdi. Eunwoo oynadan orqaga qarab, yuzi biroz oqargan qizga ko'zi tushdi. Shu soniyada uning ko'ksida nimadir qattiq ura boshladi. Yigit buning sababini o'zi ham tushunmay, tezda nigohini olib qochdi. Mashina tezligini pasaytira boshlagach, Lea ajablandi β chunki Eunwoo birovning buyrug'iga bo'ysunishni yoqtirmasdi, ayniqsa Stella kabi begona qizlarnikiga.
β"Jeong"lar xonadonida ertalabgi nonushta vaqti hukm surardi. Janob Jeong dasturxon boshida o'tirib, yonma-yon o'rin olgan Jungkook va Jinaga ma'noli ko'z tashlab qo'ydi. Ikkalasi ham bir-biriga qaramaslikka harakat qilardi. O'rtada esa keskin va noqulay sukunat hukm surar, bu holat uy egasiga sira yoqmayotgandi.
ββ Bugun janob Lee keladilar, β nihoyat sukutni buzdi janob Jeong.
ββ Dadammi? β Jina kutilmagan xabardan biroz gangib qoldi.
ββ Ha, oilaviy kechki ovqat qilamiz. Axir turmush qurganingizga bir oydan oshdi, men esa qudamni hali dasturxonga chaqirmedim. Jungkook, sen ham bugun ertaroq qayt, β Jeong o'g'liga qarab qo'ydi. Jungkook esa ayni damda mutlaqo boshqa narsa haqida o'ylayotgandi.
βJungkook Ruohiga xiyonat qilgandi. Balki qonuniy nikoh nuqtai nazaridan bu xiyonat emasdir, chunki Jina uning qonuniy xotini, biroq yuragi nima uchundir tinch emasdi. Bu bezovtalik uning kayfiyatiga ham soya solgandi. Ichida so'nmayotgan bir alanga bor edi va bu olov qachonki Jinani ko'rsa, yanada balandroq yorishib, unga azob berardi.
ββ Meni eshityapsanmi, Jungkook? β otasining ovozidan o'ziga kelgan Jungkook ortiqcha tortishishni istamadi va shunchaki bosh irg'ab qo'ydi.
Jina ham unga o'g'rincha qarab turar, uning kayfiyati yo'qligini sezardi, ammo yuragining tubida boshqa bir to'lqin ham bor edi. Jungkook va u oxir-oqibat bir oy deganda birga bo'lishgandi. Jina uchun bu ko'p narsani anglatar edi, chunki u allaqachon bu sovuq yigitni sevib qolgandi...