March 23

My mafia life

Hech qachon yorishmaydigan eng qorong'u tunlar ......

4 - Bob


​Jin unga uzoq va sinchkovlik bilan tikildi. U shifokor qizning bu gapiga to‘liq ishonmasada, hozir Yoongining ogohlantirishi uning miyasida soat kabi chirillardi: "Har bir daqiqa u qizning hayotini xavfga qo‘yadi".

​— Yaxshi, — dedi Jin nihoyat, ovozida qat’iyat va pinhona bir og‘riq bilan. — Buni keyinroq, batafsil gaplashamiz. Hozir kutilmaganda juda muhim ishim chiqib qoldi. Borishim shart.

​U Ryunani o‘ziga tortib, peshonasidan emas, balki lablaridan qisqa, ammo ehtirosli va go‘yo so‘nggi bor ko‘rayotgandek xavotirli bo‘sa oldi. Bu bo‘sada ham ayriliq, ham "seni asrayman" degan maxfiy va’da bor edi.

Jin shiddat bilan uyni tark etarkan, eshikning yopilish tovushi Ryunaning yuragiga og‘ir zarba kabi tegdi.
​Jin ketishi bilan Ryuna go‘yo bo‘g‘ilib qolayotgandek bo‘ldi. U shoshilib derazalar yoniga bordi va ularni birin-ketin keng ochib tashladi. Tashqaridagi sovuq va toza havo xonaga yopirilib kirdi.

U nonushtadan qolgan o‘sha o‘tkir hidlarni — endi unga o‘lim kabi yoqimsiz tuyulayotgan ishtahaochar taomlar hidini uydan tezroq haydamoqchi edi.
​Ryuna ochiq deraza oldida turib, o‘pkasini to‘ldirib sovuq havodan simirdi. Uning qo‘llari beixtiyor yana qorniga tushdi.

— Biz omon qolishimiz kerak... — deb pichirladi u shamolga qarab. — Dadang qaytib keladi, u bizni yolg‘iz qoldirmaydi.

​Ammo uning ko‘zlaridagi xavotir hali ham chekinmagan edi. U Jinning yuzidagi o‘sha qo‘rqinchli ifodani ko‘rgan edi va bu shunchaki "ish" emasligini yuragi bilan his qilardi.

...

Yotoqxonaning tor xonasida og‘ir sukunat hukmron edi. Yiseul deraza yonida hayollarga cho‘mgan, Miya esa kitob titkilab, do‘stlarining ko‘nglini ko‘tarishga yo‘l qidirardi. Shu payt eshikning qat’iyat bilan taqillashi barchani seskantirib yubordi. Yejin hayron bo‘lib o‘rnidan turdi — bu vaqtda ularnikiga hech kim kelmasligi kerak edi.

​Eshikni ochgan Yejin ostonada turgan siymoni ko‘rib, tili kalimaga kelmay qoldi. Qarshisida qimmatbaho, qora ipak libosda, nigohi sovuq va mag‘rur bo‘lgan opasi — Suhee turardi. Suhee odatda xavfsizlik nuqtai nazaridan Yejinning yoniga, ayniqsa bunday oddiy yotoqxonaga aslo qadam bosmasdi.

​— Opa? Siz... bu yerda nima qilyapsiz? — Yejinning ovozi hayratdan titrab chiqdi.

​Suhee javob o‘rniga ichkariga kirdi va xonadagi qizlarga qisqa, ammo o‘tkir nigoh tashladi. Uning bu yerda paydo bo‘lishi go‘yo oddiy kulbaga malika kirib kelgandek g‘alati manzara kasb etardi. U Yejinni chetga tortib, deraza oldida past ovozda gap boshladi.

​— Kiyin, Yejin. Sening bu yerda vaqt o‘tkazishing tugadi, — dedi Suhee buyruqomuz ohangda. — Bugun kechki payt Kimlar qo‘rg‘onida katta ziyofat bor. Men u yerga yolg‘iz bormoqchi emasman. Sen ham men bilan birga bo‘lishing shart.

Suhee

​Yejin qadamini orqaga tashladi.
​— Yo‘q! Men u yerga bormayman, — dedi Yejin qat’iyat bilan. — Siz menga doim "u dunyodan uzoq yur" derdingiz-ku? Nega endi meni o‘sha yirtqichlarning uyiga olib bormoqchisiz? Men u yerda nima qilaman?

​Suhee singlisining yelkalaridan mahkam tutdi. Uning ko‘zlarida ham qo‘rquv, ham qat’iy bir maqsad yashiringan edi.

— Chunki bugun taqdir hal bo‘ladi, Yejin! Men o‘sha oilaning kelini bo‘lishim kerak. Bu nafaqat mening, balki sening ham xavfsizliging uchun yagona yo‘l. Agar men o‘sha qo‘rg‘onga kirsam, senga hech kim tegishga botina olmaydi. Menga yordam berishing kerak, yolg‘izligimni bildirmasligim kerak.

​— Bu sizning o‘yiningiz, opa! — Yejin uning qo‘llarini siltab tashladi. — Men u yerga borib, sizning "manfaatlar ittifoqi"ngiz uchun bezak bo‘lishni xohlamayman. Mening o‘z hayotim bor!

​Suheening yuzi toshdek qotib qoldi. U singlisining bu isyoni ortida nima turganini tushunishga urindi, lekin vaqt juda oz edi. Uning qulog‘ida Kim xonimning "Munosib tayyorgarlik ko‘ring" degan gaplari jaranglardi.

​— Sening hayoting men bilan bog‘liq, buni unutma, — dedi Suhee sovuqqonlik bilan va eshik tomon yurdi. — Mashina pastda kutib turibdi. Agar bir soat ichida tushmasang... do‘stlaringning tinchligiga kafolat bera olmayman.

​Suhee chiqib ketdi. Yejin eshikka suyanib o‘tirib qoldi. Uning ko‘zlarida yosh qalqidi. U yo‘qotishlardan charchagan edi va endi sekin-asta o‘sha qora girdob uni ham o‘ziga tortayotganini his qildi.

Suhee eshikni qarsillatib yopib chiqib ketgach, xonaga og‘ir va zax sukunat cho‘kdi. Yejin devorga suyanganicha, nafasini rostlashga urinar, ko‘zlarida esa chorasizlik aks etardi. U o‘sha qora qasrga, yirtqichlar uyasiga yolg‘iz borishdan, opasining siyosiy o‘yinlarida qurbon bo‘lishdan o‘lgudek qo‘rqardi.

​U kutilmaganda nigohini dugonalariga qaratdi. Miya va Yiseul unga xavotir bilan tikilib turishardi.
​— Iltimos... — Yejinning ovozi arang chiqdi. — Men u yerga yolg‘iz bora olmayman. Meni o‘sha devlar orasida yolg‘iz qoldirmanglar. Men bilan yuringlar, iltimos!

​Yiseul boshini sekin chayqadi. Uning ko‘zlari yig‘idan qizargan, vujudi esa dadasining judoligidan hali ham titrar edi.
— Menmi? Yejin, meni ko‘rib turibsan-ku... Qanday qilib dadasini endigina tuproqqa qo‘ygan qiz qayergadur borishi mumkin?

​Miya Yiseulning qo‘lidan mahkam tutdi. Uning sadoqati har doimgidek ustun edi.
— Men ham borolmayman, Yejin. Yiseulni bunday ahvolda yolg‘iz qoldirib ketish — unga xiyonat qilish bilan barobar. Men uning yonida bo‘lishim kerak.

​Yejin tiz cho‘kib, ularning qo‘llaridan tutdi. Uning ko‘zlaridan yosh sizib chiqdi.
— Bilaman, bu juda insofsizlik... Lekin opamni eshitdingiz-ku! Agar men bormasam, agar men talabini bajarmasam, u sizlarga ham zarar yetkazishi mumkin. Kimlar sulolasi — bu shunchaki boylar emas, ular o‘lim bilan o‘ynashadigan kimsalar! Men sizlarni asrash uchun ham u yerda bo‘lishim kerak, lekin yolg‘iz qolsam... yo‘q bo‘lib ketaman.

​Yiseul chuqur tin oldi. U dugonasining ko‘zlaridagi haqiqiy dahshatni ko‘rdi. Yejin o‘zi uchun emas, balki ularni himoya qilish uchun bu botqoqqa kirayotganini angladi. Yiseul o‘z g‘amini chetga surib, Miyaga qaradi.

​— Miya... Sen bor, — dedi Yiseul past, ammo qat’iy ovozda. — Men yolg‘iz qolsam, bu men uchun foyda bo‘ladi. Bir oz sukunatda bo‘lishim, dadam bilan hayolan xayrlashishim kerak. Sen Yejinning yonida bo‘l. Uning hozirgi holatida unga "ko‘z-quloq" kerak. Bor, iltimos.

​Miya ikkilanib qoldi. Bir tomonda dardi og‘ir Yiseul, ikkinchi tomonda xavf ostidagi Yejin. Nihoyat, u noiloj bosh silkidi.
— Yaxshi... lekin sen darrov eshiklarni qulflab olasan. Hech kimga ochma, — dedi Miya va Yejinga qaradi. — Men tayyorman. Ketdik.

​Qizlar shoshilib tayyorlana boshlashdi. Miya Yiseulning motam liboslaridan birini — oddiy, ammo ko‘rkam qora ko‘ylakni kiydi. Yejin esa Suhee qoldirgan qimmatbaho libosga qo‘l cho‘zarkan, o‘zini qurbonlikka tayyorlanayotgan qushdek his qilardi. Ular oyna qarshisida sochlarini tartibga solar ekan, har bir harakatida tushunarsiz bir vahima bor edi. ​Ular chiqib ketishayotganda, Yiseul ortlaridan ma’yus qarab qoldi.

Yejinning ko'ylagi.
Miyaning ko'ylagi
Suheening ko'ylagi.

...

Qo‘rg‘on darvozalaridan o‘tayotganda Jinning yuragi xuddi qafasdagi sherdek tipirchilardi. U hashamatli mashinasini shiddat bilan to‘xtatib, bino ichkarisiga qadam qo‘yishi bilan havoda g‘alati bir xavotir va shoshinchlik borligini sezdi.

​Xizmatchilar oq qo‘lqoplarda kumush shamdonlarni artishar, qimmatbaho gilamlarni qaytadan tekislashar, dabdabali qandillarning har bir billurini sinchkovlik bilan artib chiqishardi. Bu manzara Jin uchun begona emas edi — bu "Kimlar" sulolasining navbatdagi qurbonligi oldidan qilinadigan tayyorgarlik edi. U Yoongining gaplari haqiqat ekanini, Suheening tashrifi shunchaki mehmonnavozlik emas, balki uning taqdirini bog‘lash uchun qo‘yilgan tuzoq ekanini butun vujudi bilan his qildi.

​Jin bobosining xonasi joylashgan yuqori qavatga, sovuq mermar zinalardan shaxdam qadamlar bilan ko‘tarila boshladi. Uning nigohi qat’iyat va pinhona g‘azab bilan to‘la edi. Yo‘lakning o‘rtasida kutilmaganda Jungkookga duch keldi. ​Jungkook qo‘lida qalin charm jilddagi hujjatlarni ushlab, bobosining xonasidan endigina chiqib kelayotgan edi.

Uning yuzida charchoq va bobosining yangi, shafqatsiz biznes loyihasi yuklagan mas’uliyat aks etardi. Jinni ko‘rishi bilan Jungkook to‘xtadi, uning ko‘zlarida hamdardlik va biroz hayrat bor edi.

​— Keldingmi? — dedi Jungkook, ovozi yo‘lakning baland shiftlarida aks-sado berib.

​— Ha. Bobom xonasidami? — Jinning savoli qisqa va keskin chiqdi. U hozir ortiqcha gap-so‘zlarga toqat qilolmasdi.

​Jungkook bir zum duduqlanib qoldi, so‘ng chuqur tin olib, boshi bilan eshikka ishora qildi:
— Ha, xonasida. Seni kutayotgan edi. Lekin ehtiyot bo‘l, Jin... Asabi chatoq. Suhee va uning oilasi bilan bog‘liq bu yangi ittifoq bobom uchun hayot-mamot masalasiga aylangan ko‘rinadi.

​Jungkook o‘tib ketayotib, akasining yelkasiga qo‘lini qo‘yib, go‘yo "sabat ber" degandek yengil turtib qo‘ydi va tez qadamlar bilan pastga, xizmatchilar shovqini tomonga tushib ketdi.

​Jin bobosining xonasi oldidagi og‘ir eman eshik qarshisida bir soniya to‘xtadi. U Ryunaning oqarib ketgan yuzini, uning homush nigohlarini va o‘sha so‘nggi bo‘sasini esladi. Endi orqaga yo‘l yo‘q edi. U eshikni taqillatmay, shiddat bilan ochib ichkariga kirdi.

​Xona zulmat ichida edi, faqatgina Janob Kimning stoli ustidagi chiroq uning ajin bosgan, ammo devdek mustahkam qiyofasini yoritib turardi.

Xonadagi havo shunchalik og‘ir ediki, go‘yo nafas olib bo‘lmasdi. Janob Kim stoli ortida, qadimiy haykaldek qimirlamay o‘tirar, uning ko‘zlari zulmatda yirtqich hayvonnikidek porlardi. Jin xona o‘rtasida to‘xtadi, uning har bir mushagi tarang tortilgan edi.

​— Nihoyat, — dedi Janob Kim, ovozi pichirlashga yaqin, ammo xonaning har bir burchagiga yetib boradigan darajada qat’iy chiqdi. — O‘z vazifasini unutgan vorisimiz qaytibdi.
​Jin stolga yaqinlashdi, uning nigohi bobosining ayovsiz ko‘zlariga tik qadaldi.

— Men hech narsani unutganim yo‘q, bobo. Men o‘z hayotimni tanladim. Va bu hayotda siz aytgan "ittifoqlar"ga joy yo‘q.

​Janob Kim sekin o‘rnidan turdi. Uning hassasi mermar polda quruq va vahimali taqilladi.
— Suhee bugun shu yerda bo‘ladi. Sen pastga tushasan, uning qo‘lidan tutasan va butun dunyoga Kimlar sulolasining yangi malikasi kimligini e’lon qilasan. Bu sening tanloving emas, Jin. Bu sening qismating.

Janob Kim

​— Yo‘q! — Jinning ovozi xonada momaqaldiroqdek yangradi. — Men u qizga uylanmayman. U menga begona, uning oilasi bizga faqat pul uchun kerak. Men Ryunani sevaman! U meni o‘limdan qutqardi, u menga inson ekanligimni eslatdi. Sizning qonli imperiyangiz uchun u qizni qurbon qilmayman!

​Janob Kim zaharxanda bilan kulib qo‘ydi. Bu kulgu Jinning vujudini muzlatib yubordi. Qariya sekin stol g‘aladonidan bitta oq konvertni olib, stol ustiga tashladi.

​— Ryuna... — dedi Janob Kim bu ismni go‘yo og‘zidagi achchiq dorini tuflagandek talaffuz qilib. — Oddiy shifokor. Otasiz o‘sgan, kichik kvartirada yashaydigan ma’sumgina qiz. To‘g‘rimi?

​Jin konvert ichidagi suratlarga qaradi — unda Ryunaning bugun tongda deraza oldida turgani, hattoki Jin ketganidan keyin ko‘chaga chiqqan lahzalari ham muhrlangan edi.

​— Siz uni kuzatyapsiz... — Jinning ovozi titrab chiqdi, g‘azab va qo‘rquv uning tomog‘iga yopishdi.

​— Kuzatyapman? Yo‘q, Jin. Men uni nishonga olganman, — Janob Kim Jinga bir qadam yaqinlashdi, uning sovuq nafasi yigitning yuziga urildi. — Hozir o‘sha binoning atrofida mening o‘nta eng yaxshi yigitlarim turibdi. Agar sen hozir pastga tushib Suheening qo‘lini so‘ramasang... men birgina ishora qilaman. Va ertaga tongda sen sevadigan o‘sha "shifokor"ning jasadi ham o‘sha jasadxonadan topiladi. Xuddi Parkning o‘limi kabi... bu shunchaki "baxtsiz hodisa" bo‘ladi.

​Jinning rangi oqarib ketdi. U bobosining naqadar shafqatsizligini bilardi, lekin Ryunaning hayoti bilan bunday ochiqchasiga savdolashishini kutmagan edi.

​— Siz... siz bunaqa qilolmaysiz... — Jinning mushtlari tugildi.

​— Men hamma narsani qila olaman! — deb baqirdi Janob Kim. — Sening "muhabbating" u qiz uchun o‘lim hukmidir, Jin! Uni tirik qolishini xohlaysanmi? Unda u bilan aloqani uzasan. Bugun Suheega unashtirilasan. Faqat shundagina Ryunaning hayotiga daxl qilinmaydi. Tanla: Suhee bilan dabdabali hayotmi yoki Ryunaning qoni to‘kilgan ko‘cha?

​Jin boshini egdi. Uning ko‘zlaridan nafrat yoshlari oqib chiqdi.   Ryunaning pokiza dunyosidan ayrilish azobi uni parchalab tashlayotgan edi.

​— Yaxshi... — dedi Jin nihoyat, ovozi o‘likdek ruhsiz chiqdi. — Men pastga tushaman. Lekin biling... bugun siz o‘z nevarangizni o‘z qo‘llaringiz bilan o‘ldirdingiz. Endi sizning qarshingizda Seokjin emas, shunchaki Kimlar sulolasining jonsiz qo‘g‘irchog‘i turibdi.

​Janob Kim mamnuniyat bilan jilmaydi va Jinning yelkasiga qoqib qo‘ydi.
— Mana bu boshqa gap. Endi bor, kiyinishingni yangila. Mehmonlar kelishni boshladi.

Qora rangli, dabdabali avtomobil qo‘rg‘onning mermar yo‘lagida ohista to‘xtadi. Mashina eshiklari ochilib, undan uch nafar ayol tushib keldi. Suhee o‘zining qimmatbaho libosida xuddi bu yerning bo‘lg‘usi egasidek mag‘rur qadam tashlardi. U bugungi oqshom shunchaki oilaviy kechki ovqat emas, balki uning saltanat sari qo‘ygan ilk rasmiy qadami ekanini yaxshi bilardi. Uning ortidan hayrat va xavotir bilan Yejin va Miya ergashishdi.

​Xizmatchilar ta’zim bilan darvozalarni ochib, mehmonlarni asosiy zal tomon boshlashdi. Qo‘rg‘on ichidagi sukunat va mahobat Miyani seskantirib yubordi, Yejin esa go‘yo o‘z irodasiga qarshi qafasga kirayotgan qushdek atrofga alanglar edi.

​Mehmonxonaning markazida, antikvar kresloda Kim xonim o‘tirardi. Uning qo‘lidagi nafis chinni finjondan taralayotgan qahva hidi xonadagi og‘ir atmosferaga qo‘shilib ketgan. Xonim Suheeni ko‘rishi bilan yuziga soxta, ammo nihoyatda nazokatli tabassum yugurdi.

​— Xush kelibsiz, azizim Suhee! — dedi u ovozini balandlatib. — Sening tashrifing bu zerikarli oqshomni yoritib yubordi.

Kim xonim

​Biroq, uning nigohi Suheening ortida turgan Yejinga tushishi bilan xonadagi harorat go‘yo muzlab qolgandek bo‘ldi. Kim xonimning tabassumi bir soniyada sovuq nafratga aylandi. U Suhee va Yejinning otasi bir bo‘lsa-da, qonlari har xil ekanini — Suhee oliynasab ayolning farzandi, Yejin esa oddiy bir "nomi yo‘q" ayolning qizi ekanini hech qachon unutmasdi.

​— Bu kim? — so‘radi Kim xonim, Yejinga go‘yo qimmatbaho gilam ustidagi dog‘ga qaragandek tikilib. — Suhee, men senga faqat munosib hamrohlarni taklif qilishingni aytmaganmidim? Qo‘rg‘onimizning ostonasi hamma uchun ham ochiq emas.

​Yejin aybdordek boshini egdi. Uning vujudini nafrat va kamsitilish hissi o‘rtab yubordi. Kim xonimning bu gaplari uning onasiga qilingan haqoratdek tuyuldi. ​Suhee esa xotirjamlikni qo‘ldan boy bermadi, u Kim xonimning bu xarakterini yaxshi bilardi.

— Xonim, Yejin mening singlim. Oilaviy kechki ovqatda oila a’zolarim yonimda bo‘lishini xohladim, — dedi u keskin, ammo odob doirasida.
​Kim xonim qahvasidan bir qultum ichib, nigohini Miyaga burdi, so‘ng yana Yejinga qaytdi.

— Qon — bu suv emas, Suhee. Toza qon bilan aralashgan qonning farqi baribir sezilib turadi, — dedi u piching bilan. — Mayli, o‘tiringlar. Lekin esingda bo‘lsin, bu yerda o‘zini tutish qoidalarini hamma ham bilmasligi mumkin.

​Miya Yejinning qo‘lidan mahkam tutdi. U bu yer naqadar xavfli va sovuq joy ekanini endi tushunib yetayotgan edi. Shu payt zinadan kimningdir qadam tovushlari eshitildi...

@Ruohificc