Muse of love
πππππππππππ ππππππ'ππ π πππππ πππππππππ , ππ'πππππ πππ πππππ πππ'ππππππ ππ'πππππ ππ'πππππππππ πππππππππ π.
Kareya zaminiga tong yoyildi. Shahar allaqachon uyg'ongan , odamlar xuddi ulkan soatning tishli g'ildiraklari kabi o'z yumishlari sari shoshilishardi. Har kim o'z tashvishi bilan ovora , hech kimning boshqalar bilan ishi yo'q.
Quyoshning ilk nurlari deraza pardalari orasidan suqilib kirib , xonani yoritsa - da , Minsoo hali ham shirin uyqusidan vos kechishni hohlamas edi. Biroq pastki qavatdan eshitilgan akasining qat'iyatli ovozi uning uyqusini buzdi. U shoshib - pishib 15 daqiqa ichida maktab formasini kiydi - yu , lekin nonushtaga vaqt qolmaganini anglab , kayfiyati biroz tushdi.
Pastga tushib oshxonada narsa tayyorlayotgan akasining ortidan kelib uni mahkam quchoqladi.
- Xayrli tong akajon - dedi ovoziga biroz erkalik ohangini berib.
Namjoon singlisiga qayrilib ham qaramadi.
- Kechagi qilmishing hali esimdan chiqgani yo'q. Minsoo - sovuq va jiddiylik bilan.
Minsooning chehrasi bir zumda o'zgardi. U aybdorona nigoh bilan akasiga mo'ltiradi.
- Akajon axir aytdim - ku boshqa qaytarilmaydi. O'lay agar o'sha Miyaga qo'limni uchi ham tegmaydi endi...
Namjoon pichoqni stol ustiga qo'yib bosiqlik bilan singlisi tomon o'girildi.
- Minsoo u qizga zulm qilishni bas qil. Axir u senga nima qildi ? Nega bunchalik g'azabingni unga sochasan ?
Minsoo akasining ko'zlariga tik qaradi.
- Siz uni yaxshi ko'rib qolganingiz uchun har doim uni yonini olasiz. Men buni sezib turibman. Akajon!
Namjooning yuziga g'azab alomatlari yugurdi.
- Bu bemani gapni qayerdan olding ? Men shunchaki u qizni tinch qo'yishingni hohlayman xolos ! - ovoz ohangini biroz balandlatib.
Minsoo labini tishlab akasining g'azabiga javoban kinoyali pichirladi.
- Unday bo'lsa uni mendan himoya qilish uchun yoningizdan bir qadam ham uzoqlashtirmay yoningizda olib yuring - deya uyni tark etdi.
Mahkamaning dim xonasida havoni qog'ozlar hidi va taranglik egallagan. Stol ustiga tashlangan jilddagi suratlar mudhish voqeadan darak berar edi.
- Janob kechagi qurbonning jasadi avvalgilaridan farq qilmaydi. Uning bo'yin va qorin qismlarida o'sha tanish shafqatsiz chok izlari aniqlandi - dedi yordamchi hujjatlarni Yoongining oldiga surib.
Yoongi hujjatlarni sinchiklab ko'zdan kechirar ekan tishlarini g'ichirlatdi.
- Bu allaqachon o'ninchi qurbon... Bizda esa hali ham birorta arzigulik dalil yo'q - uning ovozidagi ojizlik g'azabga qorishib ketgan edi.
Shu payt xonaga bir ofitser hovliqancha otilib kirdi. Uning nafas olishi tezlashgandi.
- janob - u bir muddat to'xtab chuqur nafas oldi - janob yana bir qurbon topildi!
Yoongi bu xabarni eshitishi bilan o'rnidan sapchib turdi. Uning ko'zlaridan chaqnab turgan g'azab o'rnini sovuq qat'iyat egalladi. Hech qanday so'zsiz shiddatli qadamlar bilan qarorgohni tark etdi.
...
Dars tugaganini bildiruvchi qo'ng'iroq chalingach maktabning sokin kalidorlari bir zumda o'quvchilarning shovqin - suroni bilan to'ldi. Hamma qayergadur shoshar kimdir kular kimdur dars muhokamasi bilan band edi. Faqat Minsoo o'z joyidan qimirlamay nigohini bir nuqtaga - Miyaga qadab o'tirar edi.
* Minsoo pov *
Shunchaki akam uni yoqtirib qolgan men esa bu vaziyatda chorasizman. Agar Miya xuddi o'ylaganimdek bo'lib chiqsachi.
Ertalabki janjal va akasining o'sha qizni himoya qilgani uning hayolidan hech ketmas ich - etini kemirar edi. Bu fikrlar uni tobora domiga tortib borayotgan zulmatli bir girdobga o'xshardi.
- Hoy Minsoo nega bugun Miyaga hech narsa qilmayapmiz ? - dedi dugonasi norozilik bilan.
- Men zerikdim balki u bilan biroz o'ynarmiz ?
Minsoo unga bo'sh nigoh bilan qaradi
- Bilganingni qil - dedi yu sinfdan chiqib ketdi.
Namjoon o'z ish stolida hujjatlarga tikilib o'tirarkan har bir soniyani sanayotgandek edi. Uning nigohi goh eshikga , goh soatga qadalardi. U kimnidur intizorlik bilan kutayotgani sezilib turar edi. Nihoyat eshik ehtiyotkorlik bilan taqilladi.
- Kiring - dedi Namjoon qaddini rostlab ovoziga jiddiylik berib.
Xonaga muloyimlik bilan yordamchi kirdi:
- Janob Yeohe xonim keldilar.
- Kirsin - deb javob berdi Namjoon.
Xonaga kirib kelgan ayol g'oyatda go'zal edi bo'lib uning har bir qadamida va qarashida cheksiz o'ziga bo'lgan ishonch ufurib turar edi. U Namjooning qarshisidagi divanga xuddi o'z uyidagidek erkin joylashdi.
Namjoon hujjatlardan ko'zini uzmay sovuq ohangda so'radi.
- Xo'sh nega kelding ?
- Nima uchun kelganimni o'zing ham juda yaxshi bilasan. Men Jin uchun keldim - dedi Yeohe chehrasi jiddiylashib.
- Men senga necha bor imkon berdim lekin sen har safar uni barbod qilding - dedi Namjoon hafsalasi pir bo'lib.
Yeohening nigohida g'azab uchqunlari ko'rindi.
- Men barbod qildimmi ? Aslida hammasiga o'sha mashhur modeling Hesoo aybdor! Agar Jin uni har bir uchrashuvda yetaklab kelmaganida allaqachon mening tuzog'imga illegal bo'lar edi.
Namjoon o'rnidan turib Yeohe tomonga tahdidli qadam tashladi.
- Nima endi bunga meni aybdor qilyabsanmi ?
Yeohe bir qadam ortga chekindi.
- Yo'q menga shunchaki yana bir imkon berishingni xohlayman xolos.
Namjoon Yeohening qarshisida juda yaqin turar edi. Yeohe uning issiq nafasini his qildi - yu boshqa gapira olmay shoshib xonadan chiqib ketdi. Namjoon esa uning ortidan uzoq vaqt ma'nosiz qarab qoldi.
...
Darslar yakunlanib maktab binosi bo'shab qoldi. O'quvchilar shovqin - suron bilan uylariga tarqalishar ekan Minsoo maktab ortidagi xilvat joyda yolg'iz o'tirar edi. Atrofga o'lim sukunati cho'kgandek edi. To'saddan yelkasiga tegkan sovuq qo'llardan seskanib ketgan Minsoo chaqonlik bilan ortga o'girildi.
Qarshisida Miya turar edi. Uning yuzida mayin ammo biroz g'alati tabassum bor edi.
- Bu menman - dedi past ovozda
- Bu yerda nima qilyabsan - Minsooning ovozi qat'iyat va jiddiylik bilan yangradi.
Miya qo'lidagi g'ijimlangan qog'oz parchasini ko'rsatdi.
- Meni o'zing chaqirdin - ku. Shundaymi ?
Minsoo qog'ozga qarab hammasini tushundi. Bu uning bezori dugonalarining navbatdagi tuzog'i edi. Ular Miyani bu yerga aldab chaqirishgan.
- Hoziroq bu yerdan ket! - Minsoo xavfni sezib Miyani qo'lidan tutdi - yu maktab darvozasi tomon yugura boshlashdi.
- uni qayerga olib ketayabsan ? - ortdan kelgan sovuq ovoz havoni kesib o'tdi. Minsoo o'girilib qo'lida og'ir tahta ushlab turgan dugonasini ko'rdi. Qizning ko'zlari nafratdan yonardi.
- senga nima degandim ? Unga boshqa tegmaymiz demaganmidim! - Minsoo Miyani o'z ortiga yashirdi.
- Hey qo'ysangchi. Men u bilan o'ynamasam ko'nglim joyiga tushmaydi - deb baqirdi qiz va kutilmaganda Minsooni qattiq itarib yubordi.
Zarb kuchidan yerga yiqilgan Minsooning ko'zlari tinib bir necha soniya qayerda ekanligini anglolmay qoldi. Boshi qattiq aylanar atrof esa hiralashib borar edi.
...
Endigina dimiqqan xonadan Doyonning yonida o'lim nafasi ufirib turgan qizga qarab nafasi bo'g'ildi. Uning nigohida achinish emas balki chuqur nafrat va jirkanish hissi aks etgan edi.
Doyonning qo'riqchidi xonaga kirib kelganida Doyon unga o'zi uchun odat bo'lib qoldan mudhish buyruqni berdi. Qo'riqchi qizni zarb bilan ko'tarib tashqaridagi qafasga otib yubordi. Hali uyg'onishga ulguramagan bir nechta vahshiy itlar odam hidini sezib qizni talay boshlashdi.
Dush qabul qilib chiqgan Doyon oynaga qarar ekan o'z aksida hech qanday pushaymonlik ko'rmadi. Namlangan sochlarini beparvolik bilan ortga taradi. Uning har bir harakatida kibr va mutakabbirlik sezilardi. Ustiga o'zi uchun qulay bo'lgan qimmatbaho kastyumni kiyar ekan xonadagi og'ir xavoniΒ ortda qoldirib zinapoyalardan pastlay boshladi. Uning qadam tovushlari bo'shliqda aks - sado berar go'yo navbatdagi qorong'u reja tomon intilayotgandek edi.
Oshxonada uni mayin tabassum bilan Ara kutib turar edi. U akasi uchun shirinliklar tayyorlagan edi.
- Xayrli tong akajon! - dedi qiz quvnoq ohangda
Doyon hayratini yashiraolmay stulga o'tirdi.
- Qachon kelding ? Yaponyada emasmiding ?
Ara ko'zidagi yoshni artib muloyimlik bilan javob berdi.
- Yolg'iz o'zim zerikdim... Sizni juda sog'indim akajon.
Doyonning sovuq qalbi bir lahzaga erigandek bo'ldi. U qo'llarini ochib singlisini bag'riga bosdi. Ara uch yil davomida Yaponyada ko'p qiyinchililarni ko'rgan edi ammo buni Doyonga aytishni istamadi. Bu uchrashuv zulmatli xonadondagi yagona nurli lahza edi..