January 7

My teacher

Hayot senga shunday insonlarni duchor qiladiki bazida ular insonmi yoki hayvon o'ylanib qolasan...

Selenaning nigohlarida cheksiz armon aks etardi.
- James haq edi - deb pichirladi o'ziga o'zi.
- Men hech qachon unga ota - onamdek mehribon bo'la olmayman. To'g'risini aytsam chinakam opa bo'lishni ham uddalay olmadim.

Selena bir necha daqiqa og'ir oyga toldi. Hayotning beshafqat sinovlari va yelkasiga tushgan  tog'dek og'ir muamolar bilan uzoq vaqt yolg'iz kurashdi. Taqdir zarbalari qanchalik og'ir bo'lmasin Jamesga biror marta ham shikoyat qilmadi. Zaifligini ko'rsatmadi.

7 yil oldin. Amerika.

- Qizalog'im men keldim - xonadon ostonasida Gomez xonimning nurli chehrasi va iliq tabassumi paydo bo'ldi. Uning kelishi bilan go'yo uyga fayz qaytgandek bo'ldi.

Selena yuziga tushib turgan bir tola sochini qulog'i ortiga olish barobarida onasiga yuzlandi.
- Keldingizmi ? Jamesning tug'ilgan kuni uchun tort pishirayotgan edim.

Gomez xonim qo'lidagi to'la xaltani qiziga uzatarkan atrofni ko'zdan kechirdi.
- Dadang hali kelmadimi ?
- Yo'q hali kelmadilar - javob berdi Selena xaltani bo'shatib.

Shu payt xonasidan chiqgan James o'zini onasining bag'riga otdi.
- ONA !
Gomez xonim o'g'lining tartibsiz sochlarini mehr bilan silab erkaladi
- Mening shirin polvonim bugun o'nga to'ldimi ?

James onasining quchog'ida suykalanib
- Ona  opam men uchun tort pishiryabdilar !
- Rostanmi ? - chehrasiga mayin tabassum yugurib.

Biroq kutilmaganda eshik qo'ng'irog'ining keskin ovozi xonadagi shirin suhbatni to'xtatdi. Gomez xonim yuzidagi tabassum o'rnini havotir va jiddiylik egalladi. U Selenaga qatiy ohangda.
- Ukangni tezda maxfiy xonaga olib kir.

Selena Jamesni bag'riga bosgancha uni yashirin xonaga olib kirdi. Ichkariga kirishlari bilan eshikni mahkam qulfladi. Sukunat ichida faqat ikki jismning tez - tez va havotirli nafas olishigina eshitilar edi. Tashqaridan esa hech qanday shovqin eshitilmas edi. Bu og'ir Sukunat Selenani cho'chitardi lekin ukasi uchun buni bildirmaslikga harakat qilar edi.

Nihoyat oradan o'tgan bir necha soatlik kutishlardan so'ng Selena nima bo'layotganini bilish uchun tashqariga chiqishga qaror qildi.
- Men borib vaziyatni bilib kelaman - deb pichirladi u Jamesning qulog'iga - sen esa shu yerda qimirlamay o'tir.

Mitti Jamesning ko'zlaruga yosh keldi. U opasining kiymiga mahkam yopishib oldi.
- Yo'q opa ketmang. Meni bu yerda yolg'iz tashlab ketmang - deb yig'lab yubordi. Selena ukasini tinchlantirish uchun biroz bag'riga bosdi va eshikni ochdi.

Uy ichi qabrdek jimjit edi. Selena barmoq uchida xatto nafas olishdan ham qo'rqib xonalarni ko'zdan kechira boshladi. Xonalar bo'sh edi. U endigina ukasining yoniga qaytmoqchi bo'lganda qo'shni xonadondan faryodli qichqiriq ovozlari eshitila boshladi.

Selena bu ovozni tanidi bu onasining ovozi edi. Selenaning tanasi titray boshladi va ovoz tomonga qarab yugurdi. Selena oyoqlari qaltirab arang eshik oldiga yetib keldi. Qo'llari qaltiragancha eshik tutqichiga yopishdi va uni tinmay taqillata boshladi. Ichkaridan onasining faryodi tobora avjiga chiqar Selena esa bor kuchi bilan eshikni urar va tinmay baqirar edi.

Biroq vaqt o'tgani sayin ichkaridagi qichqiriqlar o'rnini sukunat egallay boshladi. Selena to'xtadi. Endi yig'lash emas harakat qilish vaqti yetganini angladi.

Uyga shoshib kirib uy telefonidan politsiyaga qo'ng'iroq qildi. Bir necha soniyadan so'ng politsiya navbatchisining sovuqqon ovozi eshitildi. Selena arang manzilni ayta oldi va telefoni joyiga qo'yib ukasining yoniga qaytdi.

Vanihoyat politsiyaning serana ovozlari uy bo'ylab yangray boshladi. Uyha kirib kelgan politsiya ofitserlariga ukasi topshirgan Selena qo'shni xonadan tomon yugurdi. Ammo kechikkan edi... Onasining jonsiz tanasi sovuq pol ustida yotar vafot etganini bilish unchalik qiyin emas edi.

Tergov natijalariga ko'ra barcha ayb uy egasi 43 yoshli erkakga yuklandi. Uni umrbot qamoq jazosiga hukm qilishdi. Biroq Selena bunga ishonmasdi u kishini aybsiz deb bilar edi. O'sha kuni Selenaning dadasi ham yer yorilib yerga kirib ketgandek g'oyib bo'ldi.

James va Selena bu dunyoda butunlay yolg'iz qolishdi. Selenani esa bir savol qiynay boshladi " Agar o'shanda qo'rquvni yengib xonadan ertaroq chiqganimda onam xozir yonimizda bo'larmidi ?".

Selena go'yo o'sha mudhish tunda qolib ketgandek yuragidagi bir og'riq bilan o'rnidan turdi. Atrofdagi sukunat esa uni yanada ezilishiga sabab bo'lar edi.

U stol ustida turgan sumkasini qo'liga olar ekan chuqur nafas oldi. Selena onasining o'limida o'zini ayblashdan to'xtamagan " Ertaroq harakat qilganimda hammasi boshqacha bo'larmidi ?" degan savol uning doimiy hamrohiga aylangan edi.

Uyni tark etishdan avval Selena oxirgi marta uyni ko'zdan kechirdi. Eshikni ortidan yopar ekan bu o'tmish Selenani hech qachon tark etmaydigandek edi go'yo.
...

O'z kabinetida chalg'ish uchun hujjatlarni titkilib o'tirgan Selenaning  hayolida o'tmishi gavdalanaverardi.

: Selena xonim. Selena xonim. SELENA XONIM - bu ovozdan so'ng Selena biroz cho'chib ketdi.

Selena: mudira xonim bu yerga qachon keldingiz - hayol bilan.

: bir necha bor eshikni taqillatdim lekin eshitmadingiz. Shunga kirib kelaverdim - xonaga ko'z yugurtirib.

Selena: kechirasiz biroz chalg'ib qolibman - joyiga qaytib joylashib.

: ha bugun 4 guruhga ikki yangi o'quvchi kelgan ularni tanishtirishingi kerak - deya stolga ikki hujjat jiltlarni qo'ydi - biri ukangiz ekan.

Selena: ha shunday bo'lib qoldi - sorta jilmayib.

: yaxshi ular eshigingiz tagida turishibdi ularni 4 guruhga olib borib tanishtiring - deya xonani tark etdi.

Selena kiyimlarini biroz tuzatib xonani tark etdi. Eshik ortida uni ikki o'quvchi kutib turardi. Ulardan biri ukasi James bo'lsa ikkinchisi mallarang sochlari quyosh nurida tovlanadigan bir qiz edi.

Elle

Selena soxta tabassum qilib ularga yuzlandi.
- Salom yangilar. Sizlarni xonangizga kuzatish baxti menga topshirildi - dedi u muloyimlik bilan jilmayib.

U ikki o'quvchini ortidan ergashtirib yo'lak bo'ylab 4 - guruh xonasi tomon boshladi. Xonaga yaqinlashgani sayin ichkaridagi sukunat Selenani biroz ajablantirdi. Odatda shovqin - suron bo'ladigan sinf xozir suv quygandek jimjit edi. U eshikni ohista taqillatib ochganda ko'zi doskada nimanidur diqqat bilan yozayotgan o'qituvchiga tushdi.

*Selena pov*

Nahotki bizning maktabimizda shunday o'qituvchi bor bo'lsa ? Men bunday insoni uchrataman deb o'ylamagan edim. Uning ko'rinishi mening ideal tipimga butunlay to'g'ri keladi.

Uning hayollarini o'qituvchining yoqimli ovozi bo'lib yubordi. Marcus Selenaga yaqinlashib savol nazari bilan boqdi:
- Xonim sizga qanday yordam bera olaman ?

Bu yaqinlik va kutilmagan savoldan Selena birdan o'ziga keldi. U hayajonini bosib jiddiylashdi va vazifasini esladi.
- Bu guruhga yangi o'quvchilar kelgan edi. Ularni tanishtirish menga topshirildi - dedi biroz tabassum qilib.

- Ha shunday deng - Marcus Selenaga yana bir necha qadam yaqinlashdi - Demak yangi o'qituvchi Selena siz bo'lasiz ?.

Selena o'zini biroz yoqotib qo'ydi. Hayajonini yashirish uchun yelkasiga yoyilgan sochlarini ohista qulog'i ortiga o'tkazdida.
- Ha men o'shaman - deb javob berdi.

Marcus Selenaga qarab iliq tabassum bilan qo'l cho'zdi. Selena ham unga javoban qo'lini cho'zdi. Ikki nigohlar to'qnashdi va ikki yuraklar shunday urardiki xuddi atrofdagilar ham buni eshitayotgandek. Barchasi ajoyib edi lekin orqa partada o'tirgan Jungkookning ko'zlaridan g'azab uchqunlari chaqnardi. Uning qo'llari musht bo'ldi vujudi esa rashkdan yonardi.

*Jungkook pov*

Jin ursin. Nega u o'sha ahmoq o'qituvchiga qarab bunchalik jozibali jilmayyabdi ? - Jungkookning qo'lidagi qalam bu kuchli bosimga bardosh bera olmay shaqillab ikkiga bo'lindi.

Xonaning markaziga o'tgan Selena atrofga ko'z yugurtirdi. Jungkook undan ko'zini uzmayotganini ko'rib biroz jiddiylashdi. Uning qarashlari Selenani biroz cho'chitdi ammo Selena o'zini qo'lga oldi.
- Salom 4 - guruh. Bugun men sizlarga bu yil siz bilan birga ta'lim oladigan yana ikki nafar sinfdoshingizni olib keldim.

James va mallarang sochli qiz xonaga kirishdi. Jamesni ko'rgan qizlar bir - biriga qarab pichirlasha boshlashdi.

- O'zingizni tanishtiring - dedi Selena yangi o'quvchilarga qarab.

Yangi o'quvchilar o'zlarini tanishtirish uchun markazga chiqishdi. James o'ziga hos bosiqlik bilan so'z boshladi.
- Salom mening ismim James. Umid qilamanki barchangiz bilan til topishib ketamiz - dedi u lab chetida biroz jilmayib.
Uning ortidan mallarang sochli ko'zlari chaqnab turgan qiz muloyimlik bilan qo'shildi.
- Salom ismim Elle. Endi men ham sizlar bilan birga o'qiyman.
- Yaxshi bo'sh joylarga borib joylashinglar - dedi Marcus qatiy va buyruq ohangida.

James sinfga qaradi. Bo'sh joylar ikkita edi. Biri Jungkookning yonida , ikkinchisi esa bir qizning yonida. U hech ikkilanmay qizning yonidagi o'rindiqni tanladi. Elle esa Jungkookning yonidan joy oldi.

Selena vazifasini bajarib bo'lgach Marcusga qarab jilmaydi.
- Yaxshi darsingizga omad tilayman.

Marcus nigohini selenadan uzmay.
- Ko'rishguncha.....

Sinfdan chiqqan Selena yo'lak bo'ylab biroz yurdi - yu so'ng to'xtadi. U nafasini rostlash uchun chuqur - chuqur nafas ola boshladi.

*Selena pov*

Naga u bunchalik kelishgan ?. Uning yuz tuzilishi va tanasi. To'xta Selena o'zingni bos. Jinni bo'lma u shunchaki sening hamkasbing xolos - u o'ziga kelish uchun yuziga ohista shapaloq urib qo'ydi.

Biroq uning bu harakatini yo'lakdan kelayotgan Jungkook kuzatib turardi. Uning ovozi sovuq yangradi.
- Nima Marcus ustoz sizga yoqib qoldimi ?

Selena kutilmagan ovozdan cho'chib tushdi va darhol jiddiylashdi.
- Bu nima deganing ? - uning ohangida hayrat aks etdi.

Jungkook javob berish o'rniga vazmin ammo vahimali qadamlar bilan qiz tomon yaqinlasha boshladi. Selena beixtiyor orqaga qadam tashlar ekan sovuq va qattiq devorga taqaldi. Qochish uchun yo'l yo'q edi. Jungkook har ikki qo'li bilan devorga tayanib Selenani o'z qafasiga oldi.

- Buni sezish qiyin bo'lmadi - dedi u pichirlab. Uning nigohlari Selenaning ko'zlariga qadaldi. Bu ko'zlar Jungkookni go'yo o'z domiga tortayotgandek edi. Jungkookning nigohi asta - sekin Selenaning qulupnaydek qirmizi lablariga tushdi va u yerda to'xtadi.

Selena bor kuchi bilan Jungkookdan ozod bo'lishga urindi.
- Hoy qayerga qarayabsan ? Yo'limdan qoch.

Jungkook bir lahza sukut saqladi. So'ng nigohini yana qizning ko'zlariga qaratdi.
- Hech qayerga.

Selena Jungkookni bor kuchi bilan itradi va Jungkookning changalidan ozod bo'ldi.
- Yaxshi endi yo'limni to'sishni bas qil

Jungkook sekinlik bilan Selenada  uzoqlashdi.
- Mayli ketavering. Lekin bir narsani unutmang. Siz menikisiz.

Bu so'zlar Selenaning qulog'ida momaqaldiroq kabi yangradi. Biroz jim turda va ketayotgan yigitning ortidan bor ovozi bilan baqirdi.
- SEN NIMALAR DEYABSAN ? O'ZINGGA KEL.

Biroq Jungkook ortiga qatrilib ham qaramadi.
...

Maktab yo'laklarida tanaffus qo'ng'irog'i chalindi. Jungkook Jamesning yoniga yaqinalshdi. Uning g'azablanayotganini bilish qiyin emas edi. U Jamesga xuddi raqibiga qaragandek tikilib turardi.

James telefonidan ko'zini uzmay
- Nima xoxlaysan Jungkook ? - dedi.

Jungkook javob o'rniga Jamesning telefonini tortib oldi.
- Nega mening yonimga o'tirmading ?

James telefonini qaytarib olishga urinar ekan.
- Qo'ysangchi Jungkook. Elle bilan birga o'tirishni naqadar orzu qilganingni bilar edim.

Bu gapdan Jungkookning qoshlari chimirildi.
- Nega aynan bunday deb o'ylading ?

James biroz jiddiylashib ovozini pasaytirdi.
- Ahir u seni eski...... - James gapini tugatishga ulgurmadi.

Jungkook tezlik bilan Jamesning og'zini qo'li bilan mahkam yopdi. Atrofdagilar eshitib qolmasligi uchun u Jamesning qulog'iga pichirladi.
- Jim bo'l ahmoq. Buni senga kim aytdi ? - dedi u qo'lini olar ekan.

James biroz jilmaydi.
- Kendall aytdi - deya xonadan chiqib ketdi.

Channel: @Domino_fanfic

Author: #Ruohi