Ahmad Yassaviy 10-sinf
1. Ahmad Yassaviy meroslari jamlangan asarda qancha she’r bor?
A) 120 dan ortiq B) 240 ga yaqin C) 180 dan ortiq D) 310 ga yaqin
2. Qaysi hukmdor Ahmad Yassaviyga alohida hurmat bilan qarab,
Turkistonda uning qabri o'rnida muhtasham maqbara qurdiradi?
A) Amir Temur B) Husayn Boyqaro
C) Zahiriddin Muhammad Bobur D) Abulqosim Bobur
3. Ahmad Yassaviy she’riyatidagi qaysi obrazlar bevosita tasavvuf bilan
boglangan?
1) pir; 2)darvish; 3) oshiq; 4) obid; 5) oqil;
6)zohid; 7) ishq; 8)rabot; 9)karvon; 10) tolib.
A) 1,2, 3,4, 5, 6, 7, 10 B) 1,2, 3,4, 5, 8, 9, 10
0 )2 ,3 ,6 ,7 ,8 ,9 ,1 0 D)1,4, 5, 6, 7,8, 9
4. Ahmad Yassaviy Buxoroga borib kimning qo'lida tahsil oladi?
A) Yusuf Hamadoniy B) Arslonbobo
C) Ibrahim D) Ofoqxoja
5. Mutasawuf shoir Ahmad Yassaviy qayerda tug'iigan?
A) Yassi yaqinidagi Saroy shahrida
B) Karki yaqinidagi Saroy shahrida
C) Yassi yaqinidagi Sayram shahrida
D) Karki yaqinidagi Sayram shahrida
6. Quyidagi fikrlar mallifi kim?
«Xoja Ahmad Yassaviy - Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur.
Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va
nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning
as’hobidindur (suhbatdoshi)».
A) Alisher Navoiy B) Ahmad Yugnakiy
C) Bobur D) Turdi Farog'iy
7. Ahmad Yassaviy hikmatiariga qanday taxalluslar qo'yilgan?
1) «Qul Xoja Ahmad»; 2) «Xoja Ahmad Yassaviy»;
3) «Ahmad ibn Ibrohim»; 4) «Sulton Xoja Ahmad Yassaviy»;
5) «Ibrohim ibn Ahmad»; 6) «Miskin Yassaviy»;
7) «Xoja Ahmad»; 8) «Ahmad»; 9) «Ahmadiy»; 10) «Qul Ahmad»;
11) «Miskin Ahmad»; 12) «Yassaviy miskin Ahmad».
A) 1,2, 4, 7,8,10,12
B) 1, 2, 3,4, 5, 6, 9, 11, 12
C) 2, 3,4, 5, 6, 7, 8,9, 10, 11
D) 1, 2, 3,4, 6, 7,8, 9, 10, 11, 12
8. Ahmad Yassaviyning otasining ismi nima va u kim bo'lgan?
A) Ahmad, Turkistonning taniqli shayxlaridan biri
B) Ibrohim, Turkistonning taniqli shoirlaridan biri
C) Ahmad, Turkistonning taniqli shoirlaridan biri
D) Ibrohim, Turkistonning taniqfi shayxlaridan biri
9. Ahmad Yassaviy dastlab qaysi yirik mutasavvuf olim qo'lida tarbiyalanadi?
A) Yusuf Hamadoniy B) Arslonbobo C) Ibrohim D) Ofoqxoja
10. Quyidagi fikrlar qaysi asardan olingan?
«Xoja Ahmad Yassaviy- Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur,
Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va
nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning
as'hobidindur (suhbatdoshi)».
A) «Hibat ul-haqoyiq» B) «Muhabbatnoma»
C) «Majolis un-nafois» D) «Nasoyim ul-muhabbat»
11. Ahmad Yassaviy she’riyatidagi qaysi obrazlar bevosita og'zaki ijod
an’analari bilan aloqador holda yuzaga kelgan?
1)ummat; 2) yo‘l; 3) karvon; 4) imon;
5) rabot; 6) rasul; 7) o'q; 8) shayton.
A) 2, 3,5, 7 B) 1,4, 6, 8 .C)2, 3, 5, 7 D) 1,3, 6, 8
12. Ahmad Yassaviyning onasi qaysi nom bilan mashhur?
A) Bibijon otin B) Qora buvi
C) Qorasoch momo D) Roqiya momo
13. Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asarni toping.
A) «Miskin Ahmad» B) «Hikmat»
C) «Hibat ul-haqoyiq» D) «Ahmadiy»
14. Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asar xalq orasida qanday nom bilan
mashhur bo'lgan?
A) «Qul Xoja Ahmad» B) «Ahmad ibn Ibrohim»
C) «Qul Ahmad» D) «Devoni hikmat»
15. Ahmad Yassaviy - mutasavvuf shoir hisoblanib, tasawufdagi qaysi to'rt
asosiy bosqich mohiyatini she’riy misralariga singdirganligi bois shu
yo'nalishda katta shuhrat qozondi?
A) ibodat, shariat, ma’rifat, haqiqat B) shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat
C) shariat, shahodat, ibodat, ma’rifat D) adolat, shariat, tariqat, itoat
16. Ahmad Yassaviy she’riyatidagi qaysi obrazlar bevosita tasavvuf bilan
bog'langan?
1) ummat; 2) yo‘l; 3) karvon; 4) imon;
5) rabot; 6) rasul; 7) o‘q; 8) shayton.
A) 2, 3,5, 7 B) 1,4, 6, 8 C) 2, 3, 5, 7 D) 1,3, 6, 8
17. Ahmad Yassaviyning yoshligi ancha qiyin kechgan bo'lib, juda erta,
bolaligida qaysi yaqin insoni vafot etgan?
A) akasi B) buvisi C) onasi D) otasi
18. Ahmad Yassaviyning quyidagi she’rida qo'llanilgan «muqir» so'zi qanday
ma’noni anglatadi?
O'zim faqir, qildim muqir, bo‘ldim haqir,
Qanot qoqar uchar qushdek ko'nglim mening.
A) qirot qiluvchi, qiroatxon B) faqirona hayot kechirmoq
C) qanoat hosil qilmoq D) iqror bo'lmoq, bo'yniga olmoq
19. Ahmad Yassaviy hikmatlarida ishq va oshiq mavzusi boshqa mumtoz
adabiyot namoyandalaridan farqli - o'ziga xos tarzda tasvir etilib, u qaysi
ishqni haqiqiy sanaydi?
A) Allohga bo'lgan ishqni
B) ma'naviy jihatdan yetuk qizga bo'lgan ishqni
C) jonli tabiatga bo'lgan ishqni
D) onaday aziz Vatanga bo'lgan ishqni
20. Ahmad Yassaviyning ishq muhokamasiga doir qaysi hikmatida: «Nafsni
tepib dargohiga loyiq bo'lg'il», - deb ta’kidlanadi?
A) «Rabbim yodi ulug' yoddur aytur bo'lsam» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatida
B) «Turlik ayshim, turlik ishim, munglig' boshim» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatida
C) «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatida
D) «Zohid bo'lma, obid bo'lma, oshiq bo'lg'il» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatida
21. Ahmad Yassaviy har doim nimaga insonning kamolotiga xalaqit
beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi va unga «shum»
sifatini beradi?
A) axloqsizlikka B) nafsga C) nodonlikka D) ilmsizlikka
22. Ahmad Yassaviyning quyidagi she’rida qo'llanilgan «mouman» so'zi
qanday ma’noni anglatadi?
Rohat tashlab jon mehnatin xushlaganlar,
Saharlarda jonin qiynab oshlaganlar,
Hoy-u havas moumanni tashlaganlar,
Chin oshiqdir, hargiz oni yolg'oni yo'q.
A) manmanlik B) muammo C) masala D) malomat
23. Ahmad Yassaviy qaysi hikmatida ishq gavharini ishqsiz, nafs qutqusiga
uchragan «har nomardga sotib» bo'lmasligini ta’kidlaydi?
A) «Rabbim yodi ulug' yoddur aytur bo'lsam» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatida
B) «Turlik ayshim, turlik ishim, munglig1 boshim» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatida
C) «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatida
D) «Zohid bo'lma, obid bo'lma, oshiq bo'lg'il» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatida
24. Ahmad Yassaviy «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi
bilan boshlanuvchi hikmatida ishqni nimaga o'xshatadi?
A) bebaho gavharga
B) ko'zni oluvchi qizil gulga
C) olovida kuydiruvchi quyoshga
D) yetib bo‘lmas oydin oyga
25. Ahmad Yassaviy qaysi hikmatida ishq dardiga uchragan odamni bamisoli
o'tga tushgan odam holiga qiyoslaydi, shu bilan birga, sham tegrasida
aylanib kuygan, axgar (laxcha cho‘g‘) bo'lgan kapalakka ham o‘xshatadi?
A) «Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo'lsam» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatida
B) «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatida
C) «Tushim uzor, Buroq to'zor, ketsa bozor» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatida
D) «Ichdim sharob, bo'ldum xarob, aslim turob» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatida
26. Alisher Navoiyning ishq tavsifiga bag'ishlab yozilgan dostonini toping.
A) «Farhod va Shirin» B) «Layli va Majnun»
C) «Saddi Iskandariy» D) «Hayrat ul-abror»
27. Ahmad Yassaviy qaysi hikmatining har bandida ichki qofiyalarni qo'llab,
o‘z ichki kayfiyati, holini o'ynoqi bir uslubda bayon qilar ekan, shu
mamnuniyat sabablarini ham «nafsim qochdi» deb o‘z nafsini yengganiga
olib borib bog'laydi; o'zini tuproqqa tenglashtiradi?
A) «Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo'lsam» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatining
B) «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatining
. C) «Tushim uzor, Buroq to'zor, ketsa bozor» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatining
D) «Ichdim sharob, bo'ldum xarob, aslim turob» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatining
28. Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodi bilan bog'liq to'g'ri ma’lumotlarni
toping.
1) Ahmad Yassaviy she’riyatidagi obrazlar tuzilishi ham tasawuf ta’limoti
bilan, ham og'zaki ijod an’analari bilan chambarchas bog'lanib
ketgan;
2) Ahmad Yassaviy hikmatlari bir qadar murakkablik kasb etib,
xalqchillikdan yiroqdir;
3) Xalq orasida «Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad»
degan naql yuradi;
4) Ahmad Yassaviy hikmatlarida hamma vaqt nafsdek baloyi azimni
yenga olmagan odamga achinadi, unga tanbeh beradi;
5) Ahmad Yassaviy she’riyatining keng tarqalishi va xalq orasida sevib
o'qilishining asosiy sabablaridan biri uning xalq og'zaki ijodiga
nihoyatda yaqinligidadir;
6) «Shariatsiz tariqatga kirib bo'lmas», «Tariqatga shariatsiz kirganlarni,
Shayton kelib imonini olur ermish» yoki «So'finaqsh bo'lding valek
hargiz musulmon bo'lmading» kabi misralarida shariatni yaxshi
bilish zarurligini uqtiradi.
A) 1,3, 4, 5,6 B) 1,2, 3,5 C) 1,2, 4, 5, 6 D) 3, 4, 5, 6
29. Ahmad Yassaviy «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi
bilan boshlanuvchi hikmatida kimlarni «ham joni yo‘q, imoni yo‘q» deya
ta’riflaydi?
A) oliklarni B) ishqsizlarni C) oshiqlarni D) nodonlarni
30. Ahmad Yassaviyning qaysi hikmati «Otim Ahmad, Turkistondur elim
mening» satrlari bilan yakunlanadi?
A) «Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo‘lsam» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmati
B) «Turlik ayshim, turlik ishim, munglig' boshim» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmati
C) «Ishq da’vosin manga qilma, yolg‘on oshiq» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmati
D) «Zohid bo'lma, obid bo'lma, oshiq bo'lg'il» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmati
31. Ahmad Yassaviyning barcha hikmatlariga xos xususiyatlardan birini
toping.
A) majoziy jshqdan voz kelish masalasi
B) nafsga qarshi kurash masalasi
C) ko'ngilni har narsadan ustun qo'yish masalasi
D) omonatga xiyonat qilmaslik masalasi
32. Quyidagi satrlar Ahmad Yassaviyning qaysi hikmatidan olingan?
Rohat tashlab, jon mehnatim xushlag'anlar,
Saharlarda jon in qiynab ishlag‘anlar,
Hoy-u havas, moumonni tashlag'anlar
Chin oshiqdir, hargiz oniyoig'oni yo‘q.
A) «Rabbim yodi ulug' yoddur aytur bo'lsam» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatidan
B) «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatidan
C) «Tushim uzor, Buroq to'zor, ketsa bozor» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatidan
D) «Ichdim sharob, bo'ldum xarob, aslim turob» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatidan
33. Ahmad Yassaviyning quyidagi she’rida qo'llanilgan «irdi» va «yozuq»
so'zlari qanday ma’nolarni anglatadi?
Turlik ayshim, turlik ishim, munglig'boshim,
Irdijonim, ketdi hushim, oqdi yoshim,
Yozuq bilan toldi tugai, ichim-toshim,
Beniyozim ocha bersun yo‘lim mening.
A) «irdi» - eridi, «yozuq» - peshonaga yozilgani, taqdir
B) «irdi» - og'ridi, «yozuq» - gunoh, ayb, xato
C) «irdi» - sevindi, «yozuq» - peshonaga yozilgani, taqdir
D) «irdi» - eridi, «yozuq» - gunoh, ayb, xato
34. Qaysi shoir ishq dardi haqida o‘z she’rlaridan birida «bu dardni bedavo
derlar» deb yozgan edi?
A) Ogahiy B) Mashrab
C) Ahmad Yassaviy D) Alisher Navoiy
35. Ahmad Yassaviy qaysi hikmatida arabcha «muqir» so'zidan foydalanib,
faqatgina faqir-u haqirligiga emas, balki Yaratguvchiga banda ekaniga ham
yana bir bor iqror bo'ladi?
A) «Rabbim yodi ulug’ yoddur aytur bo'lsam» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatida
B) «Ichdim sharob, bo'ldum xarob, aslim turob» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatida
C) «Tushim uzor, Buroq to'zor, ketsa bozor» misrasi bilan boshlanuvchi
hikmatida
D) «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi bilan
boshlanuvchi hikmatida
36. Ahmad Yassaviy qalamiga mansub quyidagi hikmatda ohangdoshlikni
kuchaytirib, o'quvchiga estetik zavq bergan narsani toping.
Zohid bo'lma, obid bo'lma, oshiq bo'lg'il,
Mehnat tortib ishq yo'lida sodiq bo'lg'il,
Nafsni tepib, dargohiga loyiq bo'lg'il,
Ishqsizlarni imoni yo'q ham joni yo'q.
A) barmoq vaznida yozilganligi B) so'zlar takrori
C) og'zaki ijodga yaqinligi D) mubolag'a
37. Ahmad Yassaviy «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi
bilan boshlanuvchi hikmatida qaysi ishqiy obrazlarni keltirib o‘tadi?
A) Bahrom va Dilorom B) Vomiq va Uzro
C) Farhod va Shirin D) Majnun va Laylo
38. Ahmad Yassaviy «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi
bilan boshlanuvchi hikmatida qanday insonning «mahshar kunida armoni»
bo'lmasligini ta’kidlaydi?
A) ota-onasini rozi qilgan insonning В) pok niyatli qalb egasining
C) ilmni sevgan insonning D) sabrli ishq egasining
39. Quyidagi satrlar muallifi kim?
Nafs yo'lig'a kirgan kishi rasvo bo'lur,
Yo'ldan ozib, toyib, to'zib gumroh bo'lur.
Yotsa, qo'psa shayton bilan hamroh bo'lur,
Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor.
A) Abdurahmon Jomiy B) Alisher Navoiy
C) Sa’diy Sheroziy D) Ahmad Yassaviy
40. Ahmad Yassaviy «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi
bilan boshlanuvchi hikmatida qaysi taxallusni qo'llagan?
A) Ahmadiy C) Qul Xoja Ahmad
B) Xoja Ahmad Yassaviy D) Miskin Yassaviy
41. Ahmad Yassaviy «Ishq da’vosin manga qilma, yolg'on oshiq» misrasi
bilan boshlanuvchi hikmatida chin oshiqning sifatlariga diqqat qaratib, uning
qanday bo'lishi lozimligini tasvirlab o‘tadi?
1) «Alloh debon ichga nur»ni to'ldirishi;
2) butun tanadagi tomir-u suyaklar larzaga kelgan holda «Haq zikri»ni qilishi;
3) «Рок qalb, pok til bilan ko'ngil qo'yishi»;
4) niyatni xolis qilgan holda «Yaratganni suyishi»;
5) rohat va farog‘atdan kechishi.
A) 3,4,5 B) 1,2,3 C)1,2,5 D) 2, 4, 5
42. Ishq xususiyatlari ta’riflangan quyidagi satrlar muallifi kim?
«Buni ko‘rmagan kishi bilmas va bunga yetmagan kishi bovar
(ishonch) qilma skim, hijron-u firoq mundin iboratdur...»
A) Alisher Navoiy B) Atoyi
C) Ahmad Yassaviy D) B6bur
43. Ishq xususiyatlari ta’riflangan quyidagi satrlar qaysi asardan olingan?
«Buni ko'rmagan kishi bilmas va bunga yetmagan kishi bovar
(ishonch) qilmaskim, hijron-u firoq mundin iboratdur...»
A) «Mahbub ul-qulub» asaridan B) «Devoni hikmat» asaridah
C) «Majolis un-nafois» asaridan D) «Taviz ul-oshiqin» asaridan
44. Yassaviy hikmatlari, asosan, qanday shakllarda bitilgan? ’
A) to'rtlik va murabba’ shakllarida B) murabba’ va musaddas shakllarida
C) tasne’ va musamman shakllarida D) muxammas va to'rtlik shakllarida
45. Nechanchi yillarda Ahmad Yassaviyning Turkistondagi qabri o'rnida hozir
ham qad rostlab turgan muhtasham maqbara qurdiriladi?
A) 1391-1394-yillarda B) 1393-1394-yillarda
C) 1395-1397-yillarda D) 1397-1399-yillarda
46. Ahmad Yassaviy qachon vafot etgan?
A) 1143-yilda B)1166-yilda
C) 1178-yilda D)1124-yilda