September 10

My School Crush

O‘sha haftaning payshanba kuni edi.

Tanaffus paytida Yi-hyun dugonalari bilan maktab hovlisida o‘tirardi.

Hye-yoon nimanidir gapirib, kuldirayotgan, Jeong-eui esa unga qo‘shilib kulayotgan edi.

Shu payt ularning yoniga boshqa bir sinfdan bir bola kelib qoldi.

— Yi-hyun ...

Yi-hyun boshini ko‘tardi.

— Yana nima?

— O‘qituvchi seni qidirayotgandi. Keyingi dars uchun daftarlarni olib kelishingni aytdi.

— Ha, mayli. Rahmat.

Bu bola Yi-hyunning sinfdoshi bõladi.

— Aytgancha, sen qaysi klubga yozilgansan?

Yi-hyun kulib qo‘ydi.

— Hali bilmayman.

— Unda birga boramiz. Men ham klub tanlamoqchiman.

— Mayli.

Ular gaplashib turishardi.

Ammo hovlining narigi tomonida kimdir ularga qarab turardi.

Park Solomon.

U do‘stlari bilan turgan bo‘lsa ham, nigohi bir necha bor Yi-hyunga qaytardi.

[Huddi shunday deb tasavur qilamiza]

Yi-hyun kuldi.

Solomonning yuzidagi ifoda esa o‘zgarmadi.

Ammo u negadir o‘zini noqulay his qila boshladi.

— Nima bo‘ldi? — deb so‘radi yonidagi do‘sti.

— Hech narsa.

Solomon nigohini boshqa tomonga burdi.

Bir necha soniyadan keyin esa yana Yi-hyunga qaradi.

Bu safar u bola Yi-hyunga nimadir deb, uning qo‘lidagi daftarni oldi.

Solomonning qoshi biroz chimirildi.

Nega menga yoqmayapti?

U o‘ziga bu savolni bergan zahoti undan qochgandek boshqa tomonga qaradi.


Darsdan keyin Yi-hyun sinfdan chiqdi.

Yo‘lakda Solomon bilan to‘satdan yuzma-yuz kelib qoldi.

Ularning ko‘zlari yana uchrashdi.

Ammo bu safar Solomonning nigohida nimadir boshqacha edi.

Yi-hyun buni tushunmadi.

— Salom...

Solomon bir soniya jim turdi.

— Salom.

Ular yonma-yon o‘tib ketishdi.

Yi-hyun bir necha qadam yurgach, ortiga qaradi.

Solomon ham ayni paytda ortiga qarayotgan edi.

Yana ko‘zlar.

Yana o‘sha tushunarsiz jimlik.


— Yi-hyun!

Hye-yoon uning yoniga yugurib keldi.

— Nega ortingga qarab qolding?

— Hech narsa.

— Yolg‘on.

Yi-hyun kulib qo‘ydi.

— Shunchaki...

U bir oz o‘ylanib qoldi.

— Menimcha, Solomon bugun g‘alati edi.

— Qanaqasiga?

Yi-hyun yelkasini qisdi.

— Bilmayman.

U Solomon ketgan tomonga qaradi.

“U nega menga boshqacha qaradi?”

Ammo bu savolga javob topolmadi.

Chunki o‘sha kuni Solomonning o‘zi ham nima sababdan bezovta bo‘lganini tushunmagandi.

Ba'zan yurak nimanidir his qiladi, aql esa hali bunga nom topa olmaydi.